Qashqadaryo
viloyati yuridik texnikumi
direktorining 2023-yil 25-avgust
28-um-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Qashqadaryo viloyati yuridik
texnikumida
ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi
toʻgʻrisida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi
PQ–2881-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari
samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va
uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha
darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Byurokratik
to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga
zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–4546-son qarori, va 2017-yil 9-avgustdagi F–5017-son “Ijro intizomi bo‘yicha
yagona idoralararo elektron tizimni joriy etish to‘g‘risida”gi farmoyishi, Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son “Ijro
intizomini mustahkamlash
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 1999-yil 29-martdagi 140-son “Oʻzbekiston
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro
nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlari
va 2010-yil 22-iyuldagi 155-son “Respublikada qogʻozni tejash va undan oqilona
foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari va
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 29-oktyabrdagi 254-um son
buyrug‘iga muvofiq, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida (bundan
buyon
matnda texnikum deb yuritiladi) ish yuritish va hujjatlar, shu jumladan jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini (keyingi o‘rinlarda – murojaatlar deb
yuritiladi) ijrosini nazorat qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ish yuritishni tashkil etish va uning ahvoli uchun mas’uliyat, shuningdek
ushbu Yo‘riqnomaga rioya etilishini nazorat qilish va texnikum xodimlariga
uslubiy yordam ko‘rsatish Ichki nazorat va arxiv bo’limi boshlig‘i, hamda bo‘linma
rahbarlari zimmasiga (vakolati doirasida) yuklatiladi.
3. Texnikum tarkibiy bo‘linmalarida (bundan
buyon matnda tarkibiy
bo‘linma deb yuritiladi) hujjatlar bilan ishlash vazifasi yuklatilgan ish
yurituvchilar, mas’ul xodimlar, tarkibiy bo‘linma rahbari bilan birgalikda ushbu
hujjatlarni belgilangan muddatda sifatli ko‘rib chiqilishi hamda saqlanishi uchun
javobgardir.
4. Texnikumda qogʻozni tejash va undan oqilona foydalanish, ortiqcha vaqt
va mehnat sarfini oldini olish maqsadida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat
qilish belgilangan talablar asosida elektron hujjat aylanish tizimi (bundan buyon
matnda elektron dastur deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Bunda har bir xodim elektron dasturdan (mavjud hollarda elektron raqamli
imzodan) muntazam ravishda foydalanishga mas’ul hisoblanadi.
5. Tarkibiy bo‘linmalarda ish yurituvchi mehnat ta’tilida, malaka
oshirishda
yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmagan hollarda uning
vazifasini mansab yo‘riqnomasi bo‘yicha biriktirilgan xodim yoki tarkibiy
bo‘linma rahbarining topshirig‘iga muvofiq boshqa xodim bajaradi.
Shuningdek, hujjatlar uchun mas’ul xodim
egallab turgan lavozimidan
ozod etilganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda, uning ish yurituvida bo‘lgan
barcha hujjatlar yangi tayinlangan xodimga yoki uning vazifasini bajarish
vaqtincha yuklatilgan xodimga topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida,
elektron shakldagi hujjatlar elektron dastur orqali topshiriladi.
Texnikum direktori buyrug‘iga asosan tarkibiy bo‘linma rahbarining
ixtiyoridagi hujjatlarni topshirish hamda qabul qilish bo‘yicha komissiya tuzilishi
mumkin.
6. Texnikumda hujjatlarni tayyorlanishi va tegishlicha kelishilishi elektron
dastur orqali belgilangan talablarga
muvofiq amalga oshiriladi, qog‘oz shaklida
yuritiladigan va imzolanishi talab etiladigan ayrim toifadagi hujjatlar bundan
mustasno.
7. Xodimlar tomonidan xizmatga doir hujjatlardagi ma’lumotni oshkor etish
man etiladi. Xizmat hujjatlari bilan bevosita tegishli yoki xizmat topshirig‘ini
bajarishga aloqador bo‘lgan shaxslargina tanishib chiqishlari mumkin.
Xizmat
hujjatlari bilan boshqa shaxslarni tanishtirish, ularga xizmatga oid ma’lumotlarni
berish, matbuot, veb-saytda chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda oshkora qilish,
ulardan ma’ruza, nutq va boshqa tadbirlarda foydalanish faqat texnikum direktori
(bundan buyon matnda direktor deb yuritiladi) ruxsati bilan amalga oshirilishi
mumkin.
8. Texnikumda xizmat doirasida foydalaniladigan hujjatlar bilan ishlash
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 5-dekabrdagi 17-1-1-son
qarori bilan
tasdiqlangan Maxfiy bo‘lmagan “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU)
grifli hujjatlar hamda nashrlar bilan ishlash, ularni saqlash va ro‘yxatga olish
to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Ish yuritishda qulayliklar yaratish maqsadida
texnikumning tegishli
tarkibiy boʻlinmalariga quyidagicha indekslar beriladi:
1) Direktor – 1
2) Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – 2
3) Direktorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari – 3
4) Texnikum kengashi – 4
5) Ichki nazorat va arxiv bo’limi - 5
6) Kadrlar bo‘limi – 6
7) Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi – 7
8) Ilmiy bo‘lim – 8
9) Buxgalteriya – 9
10) Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi – 10