III-bob. Hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlash




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana14.05.2024
Hajmi0,55 Mb.
#233135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7a890867d19974f5e9900200f1ad9c76

 
III-bob. Hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlash 
 
39. Texnikumda feldyegerlik xizmati va pochta aloqasi xizmatlari (ularning 
joʻnatilgan manzili va konverti buzilmaganligi tekshiriladi) hamda elektron pochta 
(dastur)lar orqali keladigan hujjatlar texnikumning Ichki nazorat va arxiv bo‘limi 
tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olinadi va elektron hujjat aylanishi 
dasturi (bundan buyon matnda elektron dastur deb yuritiladi) orqali ushbu 
Yo‘riqnomaning 51-bandida belgilangan elektron kitoblarda ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi. 
40. Texnikumda tegishli elektron (“E-xat” elektron hujjat aylanish tizimi, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, adliya idoralarining 
elektron pochtasi hamda boshqa shu kabi) dasturlar orqali kelib tushgan hujjatlar 
va murojaatlar Ichki nazorat va arxiv bo’limi xodimlari tomonidan ularni toʻgʻri 


yuborilganligi va toʻliqligi tekshirib qabul qilinishi, shuningdek, notoʻgʻri 
yuborilgan, toʻliq (ilovalari mavjud) boʻlmagan hujjatlar esa sabablari koʻrsatilgan 
holda shu vaqtning oʻzida tegishli elektron manziliga qaytarilishi lozim.
41. Texnikumga davlat feldyegerlik va pochta aloqa xizmatlari va elektron 
dasturlar orqali kelib tushadigan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri olib kelinadigan hujjatlar 
va murojaatlar ish kunlari tushlik paytidan tashqari ertalab soat 8.
30
dan kech soat 
17.
30 
gacha qabul qilinadi. 
42. Ichki nazorat va arxiv bo’limi xodimlari yuqori turuvchi tashkilotlardan 
jo‘natilgan hujjatlarni shaxsan sanab, imzo chekib, shtamp bosib qabul qilib 
oladilar. 
Buyurtmali hujjatlar aloqa reestrlari bilan solishtirilishi shart. 
43. Ish vaqtidan tashqari vaqtda hujjatlar qabulxona navbatchisi tomonidan 
toʻgʻriligi va toʻliqligi tekshirilgan holda belgilangan tartibda qabul qilib olinadi va 
ish kuni boshlanishi bilan tegishli mas’ul xodimlarga topshiriladi. Ijrosi kechiktirib 
boʻlmaydigan hujjatlar boʻyicha qabulxona navbatchisi zudlik bilan tegishli 
ravishda texnikum rahbariyatini (yoki ichki nazorat va arxiv bo’limi boshligʻini) 
telefon orqali xabardor qilishi lozim 
44. Texnikumga davlat feldyegerlik va pochta aloqa xizmatlari, elektron 
dasturlar orqali kelib tushadigan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri olib kelinadigan 
hujjatlarni boshqa tarkibiy boʻlinmalar tomonidan qabul qilib olinishi ta‘qiqlanadi, 
quyidagilar bundan mustasno: 
texnikumning maxsus elektron pochtasiga xalqaro munosabatlar sohasida 
keladigan hujjatlar. Bunda ushbu hujjatlarni qabul qilib olgan xodim tomonidan 
orqa tomoniga to‘liq rekvizitlari yozilgan holda imzolanib, shu kuniyoq ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun Ichki nazorat va arxiv bo‘limiga topshiriladi; 
texnikum rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra aloqa xatisiz tarkibiy bo‘linmalar 
qabul qilib olgan hujjatlar, bunda ushbu hujjatlarni shu kunning o‘zida Ichki 
nazorat va arxiv bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash, ularni qabul qilib 
olgan tarkibiy bo‘linma tomonidan amalga oshirilishi lozim. 
Istisno holatlarda ish vaqtidan tashqari vaqtda direktorga zudlik bilan 
kiritiladigan ro‘yxatga olinishi shart bo‘lgan hujjatlar texnikumning tegishli 
tarkibiy bo‘linmalari (direktor qabulxonasi kotibi, direktorning o‘rinbosarlari 
qabulxonasi kotibi va ish yurituvchilari) mas’ullari tomonidan qabul qilib olinishi 
mumkin va o‘sha kunning o‘zida yoki ish kuni boshlanishi bilan Ichki nazorat va 
arxiv bo‘limiga ro‘yxatga olish uchun topshiriladi. 
Ijrosi kechiktirib bo‘lmaydigan hujjatlar bo‘yicha Ichki nazorat va arxiv 
bo‘limi mas’ul xodimi zudlik bilan direktorning o‘rinbosarlarini yoki bo‘lim 
rahbarlarini telefon orqali xabardor qilishi lozim. 


45. Ichki nazorat va arxiv bo‘limi xodimlari tomonidan hujjatlar jo‘natilgan 
manzil, agar ular konvertda jo‘natilgan bo‘lsa, konvert buzilmaganligi, 
hujjatlarning ilovalari mavjudligi, to‘liqligi tekshiriladi hamda hujjatlarning 
raqamlari ularning konvertidagi raqamlar bilan solishtiriladi. 
Agar hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lib, konvertlar ochilgan bo‘lsa, ikki 
nusxada dalolatnoma tuzilib, bir nusxasi hujjatni yuborgan tashkilotga yoki 
muallifga hujjatni ilova qilgan holda yuboriladi. 
Xuddi shunday, yanglishib joʻnatilgan hujjatlar yuzasidan ikki nusxada 
dalolatnoma tuziladi va uning konvertini ilova qilgan holda yangi konvertga 
solinib, shu kuniyoq muallifga qaytariladi yoki taalluqliligi boʻyicha tegishli 
tashkilotlarga yuboriladi. Bu haqda tegishli reyestrga belgi kiritiladi. 
46. Kelib tushgan hujjatlarning konverti, jo‘natuvchining manzili hamda 
hujjatning jo‘natilgan va qabul qilib olingan vaqtini uning konverti bo‘yicha 
aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda saqlanadi va hujjatlarga ilova qilinadi. 
Murojaatlar (jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlari) 
kelib tushgan konvertlar yo‘q qilinmaydi. 
47. Kelib tushgan hujjatlar Ichki nazorat va arxiv bo‘limida bir ish kuni 
davomida tegishli elektron dasturda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va va shu kunning 
o‘zida kiritilgan hujjatlar elektron dastur orqali imzo uchun direktorga taqdim 
etiladi.
48. Texnikumga kelib tushadigan hujjatlar ro‘yxatga olinadigan hamda 
ro‘yxatga olinmaydigan toifaga bo‘linadi. 
Texnikum rahbariyati nomiga kelib tushadigan taklifnoma va tabriknomalar 
(har xil marosimlar munosabati bilan, bayram va tantanalarga oid), shaxsiy 
yozishmalar va hokazolar (jumladan, texnikum rahbariyati nomiga kitob, 
monografiyalar taqdim etish) ro‘yxatga olinmaydi. 
49. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan hujjat bilan xodimlarning 
ishlashi qat’iyan ta’qiqlanadi. 
50. Vazirlik tomonidan yuborilgan topshiriqlar va hujjatlar ijrosi boʻyicha 
texnikumning ma’lumot va umumlashtirish tariqasidagi javob xat-hujjatlari 
elektron dasturda mazkur topshiriqlar va hujjatlar ijrosi qismida biriktiriladi hamda 
texnikumning javob xat-hujjatlari alohida qoʻshimcha elektron pochtalar orqali 
yuborilmaydi va vazirlik tomonidan ular alohida roʻyxatga olinmaydi, ko‘rib 
chiqish va ijro uchun yuboriladigan hujjatlar bundan mustasno. 
Texnikum tomonidan yuborilayotgan xat-hujjatlarda ularning maqsadi va 
mazmuni ko‘rib chiqish, ijro, ma’lumot yoki umumlashtirish bo‘yicha aniq 
ko‘rsatilishi shart. 


51. Kelgan hujjatlar tegishli mas’ul xodimlar tomonidan ish kuni davomida 
elektron dastur orqali belgilangan tartibda quyidagi jurnallarda elektron shaklda 
roʻyxatga olinadi:
Jurnallar nomi: 
1-
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik 
universiteti, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasidan kelib 
tushgan hujjatlar 
2-
Sud, prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati tizimi 
organlaridan kelib tushgan hujjatlar 
3-
Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat feld’yegerlik va pochta aloqa 
xizmatlari orqali hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlar 
4-
Boshqa adliya organlari va muassasalaridan kelib tushgan hujjatlar
Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy organlaridan kelib 
tushgan hujjatlar 
5-
Turli idora va tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlar 
6-
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar 
Mahkamasining qaror va farmoyishlari 
7-
O‘z tashabbusi bilan jo‘natiladigan hujjatlar uchun beriladigan 
maxsus raqamlar 
8-
Texnikum xodimlarining ichki ariza va bildirgi, shuningdek boshqa 
hujjatlar 
9-
Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” hamda 
“Hukumat portali” orqali kelib tushgan murojaatlari 
10-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
ta’lim, fan va innovatsiyalar 
vazirligi
, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar 
vazirligi
Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasidan kelib tushgan 
hujjatlari 
11-
Jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonasi orqali kelib 
tushgan murojaatlari 
13.
Jismoniy va yuridik shaxslarning adliya vaziri virtual qabulxonasi 
orqali kelib tushgan murojaatlari 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan hujjat kelib tushgan 
taqdirda, u elektron dastur orqali 1-jurnalga kirim qilinadi. Masalan: ro‘yxatga 
olingan hujjatning tartib raqami o‘n bo‘lsa, 1/10 v.h.k shaklida yoziladi. 
Texnikumda hujjatlarning turlari va toifasidan kelib chiqib jurnallar 
ozargatirilishi va yangidan yaratilishi mumkin. 


52. Texnikumga boshqa toifadagi yangi hujjatlar kelib tushganda ularning 
roʻyxati va hisobi alohida yuritilishi lozim boʻlsa, elektron dasturida qayd etib 
oʻtilgan jurnallarning tartib raqamlariga ketma-ketlikda yangi jurnallar yuritilishi 
mumkin. 
53. Hujjatlarni roʻyxatga olish tartib raqamlari tegishli jurnallar boʻyicha har 
yil boshidan yangidan hisoblanadi.
54. Texnikumga kelib tushgan hujjatlar belgilangan tartibda roʻyxatdan 
oʻtkazilib, qogʻozga chiqarilmagan holda elektron dastur orqali tarkibiy 
boʻlinmalarga tegishlicha ijro, ma’lumot va umumlashtirish uchun yuboriladi.
Ayrim hollarda zaruratga koʻra, qogʻoz shaklida yuritilayotgan roʻyxatga 
olish jurnallari yil yakuni bilan qoida tariqasida ularning sahifalari raqamlanib, ip 
bilan tikilib, muhrlanadi va direktor imzosi bilan tasdiqlanib, idoraviy arxivga 
belgilangan tartibda topshiriladi. 
55. Hujjatlar roʻyxatga olinganda ularning qogʻoz shakli birinchi beti oʻng 
tomon pastki qismiga Ichki nazorat va arxiv bo’limi shtampi bosiladi, kirim raqami 
va sanasi qayd etiladi. 
56. Qogʻoz shaklida kelib tushgan hujjatlar tegishli mas’ul xodimlar 
tomonidan skaner qilinib, elektron shaklga oʻtkaziladi va u elektron dasturda 
hujjatning roʻyxatdan oʻtkazilgan jildiga biriktiriladi. 
57. Elektron dasturda roʻyxatga olish jurnallarida hujjatlarning chiqish va 
kirish sanasi, raqami, tashkilot va muallif nomi, kelib tushish turi, hujjatning 
qisqacha mazmuni va tegishli jurnal nomi, hujjatning elektron (skaner yoki 
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan) shakli va hujjatning ijro muddati 
kiritilib, ijrochi tarkibiy boʻlinma rahbarlari (ular xizmat safarida yoki mehnat 
ta’tilida boʻlganda esa oʻrinbosarlari) belgilanadi.
Zaruratga koʻra roʻyxatga olish jurnallarida boshqa ma’lumotlar ham 
kiritilishi mumkin.
Murojaatlarni roʻyxatga olish jurnallariga belgilangan talablarga muvofiq 
ularni qoʻshimcha ma’lumotlari kiritiladi. 
58. Hujjatlar Ichki nazorat va arxiv bo’limi xodimlari tomonidan ular kelib 
tushgan kunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda kelib tushganda keyingi birinchi ish 
kunida oʻrganib chiqiladi va tegishliligi boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarga 
taqsimlanadi, (elektron shaklda) rezolyutsiya (ustxat) qoʻyiladi.
Hujjatlar ish vaqti tugashiga yaqin vaqtda kelib tushganda ular keyingi ish 
kunida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib 
tushgan hujjatlar bundan mustasno. 
59. Ustxat (rezolyutsiya) – rahbarning hujjatni ko‘rib chiqish va ushbu hujjat 
yuzasidan tegishli harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmasi bo‘lib, ijrochi 


tarkibiy bo‘linma rahbarlarining familiyasi va ijro etish muddatini o‘z ichiga oladi. 
Bunda ustxatda (rezolyutsiyada) imzo va sana qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 
Texnikumning ustxatida hujjat ijroga beriladigan direktor o’rinbosarlari, 
xodimlar va tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari F.I.Sh. ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, direktor va direktor o’rinbosarlari ko‘rsatmasiga asosan, 
shuningdek, ayrim hujjatlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda Ichki nazorat 
va arxiv bo’limi tomonidan hujjatlardagi ustxatlarda ko‘rsatilgan topshiriqlar 
o‘zgartirilishi, qo‘shimcha ijrochi belgilanishi yoki muddatlari uzaytirilishi yoxud 
qisqartirilishi mumkin. 
60. Texnikumning umumiy masalalar boʻyicha buyruqlari, farmoyishlari, 
Hay’at qarorlari, shuningdek nazorat rejalari, chora-tadbirlar rejalari hamda boshqa 
turdagi rejalar va dasturlari tegishlicha ularni nazoratiga mas’ul xodim yoki Ichki 
nazorat va arxiv bo’limi xodimlari tomonidan elektron dasturda belgilangan 
tartibda har bir nazorat bandi boʻyicha ijrochilar alohida kiritilgan holda roʻyxatga 
olinadi hamda elektron dastur orqali tegishli ijrochilarga yetkaziladi 
61. Muhim ahamiyatga ega boʻlgan ayrim ichki hujjatlar rahbariyat 
topshirigʻiga asosan tegishlicha ularni nazoratiga mas’ul Ichki nazorat va arxiv 
bo’limi xodim tomonidan elektron dasturda tegishli jurnalda roʻyxatga olinib, 
tarkibiy boʻlinmalarga ijroga yuboriladi.
62. Yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan hujjatlar ular olingandan soʻng 
bir soat mobaynida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda elektron dastur orqali tegishli 
tarkibiy boʻlinmalarga ijroga yuboriladi. 
63. Elektron dastur orqali kelib tushgan hujjatlar elektron dasturda ro‘yxatga 
olinadi va hujjat rezalyutsiyasi rahbar tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng ijrochi 
tarkibiy bo‘linmaga elektron dastur orqali borib tushadi. 
64. Direktorga imzo uchun taqdim etiladigan hujjatlar ish kuni soat 8
30
va 
17
30
ga qadar direktorga imzo uchun taqdim etiladi (zudlik bilan ijro etilishi lozim 
bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno). 
65. Hujjatlar tezkorlikda (elektron) tarqatilishi uchun direktor tomonidan 
zudlik bilan ularga rezolyutsiya (ustxat) qoʻyilishi lozim.
Bunda rahbariyat huzuridagi ish yurituvchilar va xodimlar ham bevosita 
mas’ul hisoblanadi.
66. Qogʻoz shaklida kelgan, shuningdek qogʻoz shaklida rahbariyatga 
chiqarilgan hujjatlar tegishli rahbariyat tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng 
tarkibiy boʻlinmalar (yoki mas’ul xodimi) ularni ertasi kuni soat 10:00 ga qadar, 
zudlik bilan ijroga qaratilishi lozim boʻlgan hujjatlarni esa Ichki nazorat va arxiv 
bo’limi xodimlari chaqiruviga asosan tezda olib ketishlari shart. 


Elektron dastur orqali tegishli rezolyutsiyalar olingandan so‘ng, tarkibiy 
bo‘linma rahbari (u bo‘lmagan taqdirda ularning vazifasi yuklatilgan mas’ul 
xodim) hujjatlarni elektron dasturdan zudlik bilan tanishib chiqishi shart. 
Ijrochi sifatida belginlangan tarkibiy bo‘linma rahbari (u bo‘lmagan taqdirda 
ularning vazifasi yuklatilgan mas’ul xodim) kelib tushgan topshiriqni uning 
xususiyatidan kelib chiqib, bo‘linmaning bitta xodimiga yoki bir nechtasiga 
taqsimlashga va o‘z vaqtida yetkazilishiga mas’ul hisoblanadi.
67. Hujjatlarning ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishi uchun har bir tarkibiy 
boʻlinma rahbari hamda ish yurituvchilari (ular boʻlmagan taqdirda vazifasi 
yuklatilgan mas’ul xodim) javobgardir. 
Kelib tushgan hujjatlar tarkibiy boʻlinmaga taalluqli emas deb 
hisoblanganda, ushbu tarkibiy bo‘linma rahbari yoki mas’ul xodimi tomonidan 
zudlik bilan Ichki nazorat va arxiv bo’limi xodimlariga ma’lum qilinishi lozim. 
68. Agar texnikumning bir tarkibiy bo‘linmasiga kelib tushgan hujjat boshqa 
bir tarkibiy bo‘linmaga taalluqli bo‘lib chiqsa, ushbu hujjat ijroga olingan kunning 
o‘zida direktor roziligi bilan tegishli tarkibiy bo‘linmaga o‘tkaziladi va u shu 
zahotiyoq Ichki nazorat va arxiv bo’limida elektron dasturga kiritiladi hamda 
boshqa ijrochiga yetkaziladi.
Ushbu hujjat boshqa ijrochiga yetib borguncha javobgarlik birinchi ijroga 
qabul qilgan ijrochi mas’uliyatida bo‘ladi. 
69. Hujjatlardagi rahbar tomonidan qoʻyilgan rezolyutsiyani (ustxatni) 
oʻzgartirilishi, boshqa yoki qoʻshimcha ijrochi belgilanishi yoki muddatlari 
uzaytirilishi yoxud qisqartirilishi faqatgina rahbarining roziligi bilan amalga 
oshiriladi, rahbar ish joyida boʻlmagan hollarda unga axborot berilgan holda 
tegishli ravishda uning oʻrinbosarlari yoki tegishli Ichki nazorat va arxiv bo’limi 
boshligʻi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
70. Ayrim hollarda ijrochi tarkibiy boʻlinma tomonidan hujjatni toʻliq va 
batafsil oʻrganib chiqish natijasida unda boshqa tarkibiy boʻlinmalarga ham 
taalluqli boʻlgan masalalar mavjud boʻlsa, ijrochi tarkibiy boʻlinmaning 
asoslantirilgan bildiruviga koʻra rahbariyat koʻrsatmasi bilan Ichki nazorat va arxiv 
bo’limi xodimlari tomonidan tegishli tarkibiy boʻlinmalar ushbu hujjatga 
qoʻshimcha ijrochi sifatida qoʻshilishi mumkin.
71. Rezolyutsiyada (ustxatda) ikki yoki undan ortiq ijrochilar koʻrsatilgan 
hollarda roʻyxat boʻyicha birinchi qayd etilgan tarkibiy boʻlinma boshligʻi hujjat 
yuzasidan asosiy ijrosi hisoblanadi. 
72. Texnikum rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ijro va nazorat qilish 
uchun berilgan hujjat boʻyicha roʻyxatda aloxida belgi bilan qayd etilgan tarkibiy 
boʻlinma boshligʻi yoxud mas’ul xodimi ijro uchun asosiy mas’ul ijrochi 
hisoblanadi.


Roʻyxatda koʻrsatilgan boshqa ijrochilar oʻz vazifa va vakolatlari doirasida 
masalaning hal etilishida, umumlashtirilgan hujjatlar tuzishda asosiy ijrochiga 
koʻmak berilishini taʻminlaydilar.
Rezolyutsiyada (ustxatda) rahbariyat tomonidan xat-hujjatlar ijrosini tashkil 
qilish boʻyicha boshqacha qoida ham belgilanishi mumkin.
73. Rahbariyat tomonidan ikki yoki undan ortiq ijrochilar koʻrsatilgan holda 
hujjat ijro uchun berilgan taqdirda, birinchi koʻrsatilgan ijrochi oldida keyingi 
ijrochilar mas’ul hisoblanadi.
Keyingi ijrochining mas’uliyatsizligi oqibatida berilgan topshiriq oʻz vaqtida 
va sifatli ijro etilmagan taqdirda bu holat unga nisbatan intizomiy javobgarlikka 
tortish uchun asos hisoblanadi. Hujjatning ijrosi uchun rahbariyat tomonidan 
belgilangan ijrochilar hujjat toʻliq ijro etilmagunga qadar mas’ul javobgar boʻlib 
qolaveradi.
74. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan elektron dastur orqali roʻyxatga olingan 
hujjatlarga oʻzgartirish kiritish, oʻchirib tashlash va tikilgandan keyingi 
jurnallarning sahifalarini oʻzgartirish va ularga tuzatishlar kiritish ta‘qiqlanadi.
Agar uzrli sabablar bilan tegishli kitobga o‘zgartirish va tuzatish kiritish 
zaruriyati paydo bo‘lsa, bu haqda tegishli tushuntirish yozuvi kiritiladi hamda 
tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-bob. Hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va taqsimlash

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish