10. Hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda Oʻzbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda lotin alifbosi bo‘yicha
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilingan holda bayon etilishi lozim.
11. Hujjatlar birinchi va uchinchi shaxs nomidan ularning hajmidan kelib
chiqib, quyidagi parametrlardan foydalangan holda yozilishi lozim:
standart A4 formatdagi qogʻozga qora rangda;
12-14 oʻlchamli “Tіmeѕ New Roman”
shriftida;
chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, yuqori va past hoshiyasi 2 sm;
birinchi qator xatboshisi 1,25;
qatorlararo oraliq (interval) 1-1,2 oʻlchamda;
betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida 2 raqamidan boshlab
yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.
12. Hujjatning birinchi betidagi matn blankda, keyingi betlardagi matn blank
(bundan keyin matnda blank deb yuritiladi) bilan bir xil hajm va sifatda bo‘lgan
toza qog‘ozda yoziladi.
Blanklar texnikumda chiqish hujjatlarida qo‘llaniladi. Blank – O‘zbekiston
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan (bundan buyon matnda gerbli muhr
deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (yuqori turuvchi
tashkilot sifatida alohida shrift bilan ko‘rsatilgan holda)
va texnikumning nomi,
joylashgan manzili, telefon va faks raqamlari, shuningdek elektron pochta manzili
ko‘rsatilgan rasmiy ish qog‘ozi hisoblanadi.
13. Blankda tayyorlangan hujjatlarga direktor va direktorning o‘rinbosarlari
imzo qo‘yish huquqiga ega.
Boshqa xodimlarning blanklarda tayyorlangan hujjatlarga imzo qo‘yishi
ta‘qiqlanadi. Imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lmagan xodimlar tomonidan imzo
qo‘yilgan taqdirda, bunday hujjatlar haqiqiy
emas deb hisoblanadi hamda
xodimlarga nisbatan javobgarlik masalasi koʻrib chiqiladi.
Tarkibiy bo’linmalarning tegishli ma’lumotnoma shaklidagi hujjatlari
ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Bunda mazkur hujjatlar Yoʻriqnomaning 1-ilovalariga muvofiq blanklarda
rasmiylashtirilishiga ruxsat berilmaydi.
14. Texnikumga tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi ichki yozishmalar blanksiz
oddiy xat yoki bildirgi orqali amalga oshiriladi.
15. Hujjat uni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan
imzolanadi. Hujjatlarda
imzolovchilarning lavozimi, shaxsiy imzosi, ismi va
otasining ismini bosh harflari hamda familiyasi ko‘rsatiladi. Hujjatda imzolovchi
mansabdor shaxsning martaba darajasi va ilmiy darajasi ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatlarga “uning o‘rniga” degan old ko‘makchi,
shuningdek lavozimi
nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Hujjatlarni kelishish – viza olish tegishli elektron tizim orqali amalga
oshiriladi.
Texnikum rahbariyatiga barcha turdagi ichki hamda tashkilotlarga va
fuqarolarga joʻnatilayotgan hujjatlar tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari yoki ular oʻz
ish joyida boʻlmagan hollarda ularning vazifasini bajaruvchi boshqa xodimlar va
mas’ul ijrochi xodimlar tomonidan viza qoʻyilgan holda taqdim etiladi.
17. Hujjat direktor va direktor o’rinbosarlarga imzolash uchun kiritilgunga
qadar ijrochi xodim tomonidan ko‘rib chiqilib viza qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Bunda
elektron dastur orqali kiritiladigan hujjatlar mustasno.
Tarkibiy bo‘linma rahbari va hujjatni ko‘rib chiqqan mas’ul
ijrochi
ma’lumotlarning qonuniyligi, to‘g‘riligi, to‘laligi, aniqligi va hujjatning o‘z
muddatida ijro etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
18. Yuqori tashkilotlarga jo‘natiladigan hujjatlar shaxsan direktor yoki uning
vazifasini vaqtincha bajaruvchi direktor o’rinbosari tomonidan imzolanadi.
19. Kelishish – hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va fikr bildirish
usuli hisoblanadi.
Kelishish tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda alohida mas’ullar bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Bunda umumiy faoliyatiga doir, shuningdek, texnikum xodimlariga alohida
vazifalarni belgilovchi hujjatlar (topshiriqlar, nazorat rejalar, yo‘l xaritalari, media-
reja, chora-tadbir rejalari) imzolashga kiritilishidan avval Kadrlar bo’limiga
kelishish uchun kiritilishi shart.
20. Texnikumda hujjatlarni kelishish hujjat loyihasidagi masalalarga daxldor
boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Boshqa tashkilotlar bilan kelishuv kelishish ustxati, kelishuv toʻgʻrisidagi
xat, kelishuv varagʻi yoki Kengash Majlis bayonnomasini taqdim etish bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Rozilik belgisi (viza) hujjatning kelishuvini ifodalaydi.
21. Viza – hujjatni tayyorlagan xodim yoki undagi masalalar daxldor bo‘lgan
boshqa xodimlarning hujjatni “imzo” rekviziti ostiga qo‘yilgan imzosi hisoblanadi.
Jo‘natiladigan hujjatlar
ikki nusxada tayyorlanib, asliga faqat imzolovchi
rahbar, ikkinchi nusxasiga imzolovchi bilan birgalikda hujjatni tayyorlagan xodim
yoki undagi masalalar daxldor bo‘lgan boshqa xodimlarning imzosi qo‘yiladi, asl
nusxa texnikum Ichki nazorat va arxiv bo’limi tomonidan skaner qilinadi va
ikkinchi nusxasi hujjat ijrochisiga qaytariladi.
Elektron ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar bundan mustasno.
22. Tasdiqlanadigan hujjatlarda imzosi yuqori o‘ng burchakda bo‘ladi.
Masalan: