VIII-bob. Texnikum qabulxonasida jismoniy shaxslarni va yuridik




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana14.05.2024
Hajmi0,55 Mb.
#233135
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
7a890867d19974f5e9900200f1ad9c76

VIII-bob. Texnikum qabulxonasida jismoniy shaxslarni va yuridik 
shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi 
114. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari texnikumda har ish 
kuni tushdan so‘ng soat 9
00
dan kech soat 17
00
gacha qabul qilinadi. Dam olish 
kunlari bundan mustasno. 
115. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish 
direktor, direktorning o‘rinbosarlari va Ichki nazorat va arxiv bo‘limi mudiri 
tomonidan amalga oshiriladi, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini 
qabul qilishni qayd etish elektron jurnalda rasmiylashtiriladi. 
116. Direktor va direktorning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslarni 
va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jismoniy shaxslar va yuridik 
shaxslar vakillarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibiga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
117. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari texnikumning 
maxsus ajratilgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari 
qabulxonasida qabul qilinadi. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini 
xizmat xonalarida, yo‘laklarda, eshiklarning oldida va texnikum binosiga tutash 
hududda qabul qilish ta’qiqlanadi. Aholi sog‘lig‘i uchun xavf ehtimoli mavjud 


bo‘lgan alohida hollarda (misol uchun respublikada yoki alohida hududda 
epidemiologik vaziyat yomonlashganda), jismoniy va yuridik shaxslarning 
vakillarini qabul qilish faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi. 
118. Murojaatda keltirilgan masala hal qilinmaganligi sababli jismoniy 
shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari takroriy murojaat qilgan taqdirda, ushbu 
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini direktor yoki direktorning 
o‘rinbosarlari dastlab qabul qilgan xodim ishtirokida qabul qiladi. 
119. Qabulga kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari 
tomonidan ularning murojaatida ko‘rsatilgan masala texnikum vakolatiga tegishli 
bo‘lmagan taqdirda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul 
qilgan direktorning o‘rinbosari, tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan ushbu 
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga qaysi davlat organi yoki 
tashkilotiga murojaat etish kerakligini batafsil tushuntirib beradi. 
120. Texnikum rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar jismoniy shaxslar va 
yuridik shaxslarning vakillaridan tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarning 
sabablarini tahlil etadilar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini umumlashtirib, 
murojaatlar o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydilar. 
121. Ichki nazorat va arxiv bo‘limi boshlig’i kamida bir yilda ikki marotaba 
tushayotgan murojaatlar xususiyatini va sabablarini tahlil etib, ko‘tarilgan 
masalalarga jiddiy e’tibor qaratgan holda Kengash majlisida muhokama uchun 
ma’lumotlar beradi. 

Download 0,55 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VIII-bob. Texnikum qabulxonasida jismoniy shaxslarni va yuridik

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish