Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




Download 32,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana19.12.2023
Hajmi32,53 Mb.
#123431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yol harakati qoidalari va harakat xavfsizligi

Магазин 


365 
Yo‘l xarakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orkali 
boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb xisoblanadi. 
Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga 
soluvchi bo‘lmagan chorraha tartibga solinmagan chorraha deb 
hisoblanadi. 
Haydovchi — yo‘llarda biron-bir transport vositasini boshqarib 
borayotgan shaxs. 
Boshqarishni o‘rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki 
ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan 
shaxslar xam haydovchiga tenglashtiriladi. 
Harakatlanish bo‘lagi — avtomobillarning bir qator bo‘lib 
harakatlanishi uchun kengligi yetarlicha bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan 
belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday 
bo‘ylama bo‘lagi. 
SAVOLLAR: 
2. Yo‘l harakati qoidalarining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
3. Yo‘l harakati qatnashchilari nimalarga rioya qilishlari shart? 
4. Asosiy atamalarning vazifalari nimalardan iborat? 


366 
№9 MAVZU: Yo‘l harakati ishtirokchilarning vazifalari. 
Reja: 
1. Haydovchining umumiy majburiyatlari. 
Tayanch iboralar: Haydovchilarning vazifalari, haydovchilarga 
nimalar taqiqlanadi, piyodalarning vazifalari, ular bajaradigan shartlar, 
yo‘lvchilarning vazifalari. 
3.1. Mehanik transport vositasining haydovchisi:
- haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport 
vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik 
guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo‘yilgan bo‘lsa, uning talonini, 
haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qo‘yilgan xollarda 
vaktinchalik ruxsatnomani;
- vaktinchalik boshkarish xukukini beruvchi talon yoki vaktinchalik 
ruxsatnoma bilan transport vositasini boshkarishda esa xaydovchining 
shaxsini tasdiklovchi xujjatni (fukarolik pasporti va x.k.);
- transport vositasi ruyxatdan utkazilgani xakidagi xujjatni, 
transport vositasining egasi bulmagan xollarda esa umumiy egalik 
xukukini beruvchi, tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini 
tasdiklovchi xujjatni, belgilangan xollarda yo‘l varakasi va tashilayotgan 
yukning xujjatlarini yonida olib yurishi, militsiya xodimlari talab kilganda 
tekshirish uchun berishi shartdir. 
3.2. Tegishli toifadagi xaydovchilik guvoxnomasiga ega bulgan 
shaxs uziga karashli bulmagan transport vositasini, uning egasi, yoxud 
tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiklovchi xujjatlari bulgan 
shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshkarishi mumkin. 
3.3. Konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan 
transport vositasi harakatlanib borayotganda haydovchi xavfsizlik kamari 
taqib olishi va xavfsizlik kamarlari taqilmagan yo‘lovchilarni tashimasligi 
shart.
Quyidagilarga xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beriladi: 

Qoidalarning 25.8-bandiga muvofiq orqa o‘rindikdagi 12 
yoshgacha bo‘lgan bolalar; 

transport vositasini haydovchilikka o‘qiyotgan o‘quvchi 
boshqarayotganda boshqarishni o‘rgatayotgan shaxs; 

homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish 
imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar; 

orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar; 


367 

aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalish taksilari 
haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar; 

aholi punktlarida — tashqi qismiga tegishli rangli grafik 
sxemalar chizilgan maxsus transport vositalari haydovchilari va 
yo‘lovchilari. 
Mototsiklni boshqarayotganda haydovchi tugmalangan maxsus 
bosh kiyimi kiyishi va tugmalangan max-sus bosh kiyimi kiymagan 
yo‘lovchilarni tashimasligi kerak. 
3.4. Xalkaro yo‘llardagi xarakatlanishda ishtirok etayotgan mexanik 
transport vositasi xaydovchisining yonida «Yo‘l xarakati xakidagi» 
Konventsiya talablariga mos keladigan xaydovchilik guvoxnomasi va 
transport vositasining ruyxatdan utganligi xakidagi xujjat, transport 
vositasida esa ruyxatdan utgan davlatning rakamli va taniklik belgisi 
bulishi shart. 
3.5. Transport vositasi xaydovchisi kuyidagilarga amal qilishga 
majburdir: 
xarakatlanishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, 
tozaligini va tulik jixozlanganligini tekshirishi; 
harakatlanish vaktida transport vositasining texnik xolatini soz 
xolda bulishini ta’minlashi; 
xarakatlanishni boshlashdan oldin Yo‘lovchilarning transport 
vositasiga tulik chiqib joylarini egallaganligiga, transport vositasining 
eshiklari yopilganligiga, Yo‘lovchilar tashish uchun maxsus jixozlangan 
yuk avtomobillarida Yo‘lovchilar tashiyotganda ushbu Qoidalarning 6.2 
bandi talablari bajarilganligiga ishonch xosil kilishi; 
xarakatlanish jarayonida piyodalar, ayniksa bolalar, nogironlar, 
kariyalarga va velosipedchilarga nisbatan extiyotkorlik choralarini kurishi; 
militsiya xodimlarining talabiga kura mastlik holatini aniklovchi 
maxsus tekshiruvdan utishi;
yo‘l-transport 
xodisasi 
tufayli 
shikastlangan transport vositasini shatakka 
olish (faqat yuk avtomobilida), tabiiy ofatlar 
sodir bulgan joylarga 
yetib 
borish, 
shuningdek, kechiktirib 
bulmaydigan 
xizmat 
vazifalarini bajarish zarurati turilgan xollarda militsiya 
xodimlariga, yo‘lakay yunalishda tibbiy yordam 


368 
kursatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga, zudlik bilan tibbiy 
yordamga muxtoj bulgan fukarolarni davolash muassasasiga olib borish 
uchun tibbiyot va militsiya xodimlariga, militsiyaning shtatdan tashkari 
xodimlariga va jamoatchi avtonazoratchilarga transport vositasidan 
foydalanishga imkon berishi. 
Eslatma: tibbiy xizmatlar uchun transport vositasidan foydalanishga 
imkon berishdan boshka xollar fukarolarga tegishli transport vositalariga 
taallukli emas. Transport vositasidan foydalangan shaxs xaydovchi talab 
kilganda yo‘l varakasiga yurilgan vaktni, bosib utilgan masofani, uz ismi-
sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yo‘l varakasi bulmagan takdirda tegishli 
namunadagi maolumotnoma yozib berishi lozim. 
Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish xukukiga 
ega bulgan shaxs xaydovchining talabiga muvofik uz xizmat 
guvoxnomasini kursatishi shart. 
3.6. Haydovchilarga kuyidagilar taqiqlanadi: 
transport vositasini xar kanday mastlik (alkogol, giyoxvand modda 
va boshkalar) xolatida, sezgirlik va ehtiborni susaytiradigan dori-
darmonlar ta’sirida, yo‘l xarakati xavfsizligiga taxdid soladigan darajadagi 
charchoklik va betoblikda boshkarish; 
xar kanday mastlik xolatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan 
dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l xarakati xavfsizligiga taxdid soladigan 
darajada charchoklik va betoblikda bulgan, shuningdek, transport 
vositasini boshkarish xukukini beradigan tegishli toifadagi guvoxnomasi 
bulmagan yoki yo‘l varakasida ismi-sharifi kursatilmagan shaxslarga 
transport vositasini boshkarish uchun topshirish; 
texnik nosoz transport vositasini, moped, motoroller va 
mototsikllarni tovush pasaytirgichsiz boshkarish; 
transport vositasining tormoz tizimi yoki boshkaruvi ishdan chiksa, 
ulagich moslamasi (avtopoezd tarkibida) nosoz bulsa, koronri vaktda yoki 
yetarlicha kurinmaslik sharoitida — faralar va orka gabarit chiroklari 
yonmasa, yomrir, kor yorayotgan vaktda esa xaydovchi tomonidagi oyna 
tozalagich ishlamay kolsa, bunday transport vositalarida xarakatlanish; 
Eslatma: ishchi tormoz tizimi yoki boshkaruvi sekin 
xarakatlanayotgan transport vositasini tuxtashi yoki manevr kilishiga 
imkon bermasa, ular ishlamayotgan xisoblanadi. 
transport vositalariga tegishli ruxsatsiz maxsus texnik jixozlar 
(ratsiya, sirena va x.k.)ni urnatish; 


369 
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (shuningdek, piyodalar 
jamlanmalari) xarakatiga xalakit berish va ular orasiga kirish; 
transport vositasini boshqarish paytida telefondan, ishlab 
chiqaruvchi korxona tomonidan transport vositasi salonining old qismida 
o‘rnatilgan tele-, vidiomanitordan foydalanish; 
transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan priborlar 
paneliga, quyosh soyaboniga va orqa tomonni ko‘rish ko‘zgusiga tele-, 
vidiomanitorlar o‘rnatish. 


370 
№10 Mavzu: Yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining 
majburiyatlari. 
Reja: 
1. Yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchining vazifalari. 
4.1. Yo‘l-transport xodisasi sodir bulganda unga daxldor 
xaydovchilar kuyidagilarni bajarishlari shart: 
transport vositasini darxol tuxtatishi, falokat yorurlik ishoralarini 
yoki falokat sababli tuxtash belgisi (miltillovchi kizil chirok)ni urnatishi, 
transport vositasini va xodisaga daxldor buyumlarni joyidan 
kuzratmasligi; 
Shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur 
bulgan choralarni kurishi, «Tez tibbiy yordam»ni chakirishi, shoshilinch 
xollarda esa shikastlanganlarni yakdn oradagi davolash muassasasiga 
yo‘lakay transportda junatishi, buning iloji bulmagan xollarda uz 
transport vositasida olib borishi, u yerda uz ismi-sharifini, transport 
vositasining rakamli belgisini bildirishi (xaydovchilik guvoxnomasini yoki 
uz shaxsini tasdiklovchi, transport vositasining ruyxatdan utganlik xujjatini 
kursatishi) va xodisa ruy bergan joyga kaytib kelishi; 
Agar boshqa transport vositalarining xarakatiga tuskinlik kilsa, 
avvalo transport vositasi, xodisaga alokador buyumlar va izlarning 
xolatini kayd etib (imkoniyati bulgan xollarda guvoxlar ishtirokida), 
ularning yukolmasligini tahminlashi, so‘ngra qatnov qismini bushatishi 
yoki xodisa ruy bergan joyni aylanib utishni tashkil kilishning uziga borlik 
bulgan barcha choralarini kurishi; 
xodisa xakida militsiyaga xabar berishi, guvoxlarning ismi-sharifini 
va manzilgoxini yozib olib, militsiya xodimlarining kelishini kutishi. 
4.2. Agar Yo‘l-transport xodisasida shikastlanganlar bulmasa va 
xaydovchilar xodisa vaziyatiga baxo berishda uzaro kelisha olsalar, 
oldindan xodisa chizmasini tuzib va uni imzolab, yakin oradagi DAN 
maskani yoki militsiya organiga xodisani rasmiylashtirish uchun borishlari 
mumkin. 
Yo‘l transport hodisasi bir vaqtning o‘zida sug‘urta hodisasi 
hamdir.O‘zbekiston Respublikasi 2008 yil 21 apreldan kuchga kirgan 
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilanganidek, Sug‘urta 
hodisasi-transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, 
sog‘ligi va mol mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug‘urta 
qildiruvchining yoki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini 


371 
majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha javbgarligi sug‘urtalangan 
boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi bo‘lib, bu 
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini keltirib 
chiqaradi. 
Ushbu qonunning 3-bob, 19 moddasida sug‘urta hodisalari 
bo‘yicha zararning o‘rnini qoplash tartibi belgilangan: 
- 
jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan to‘l-
transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi mazkur 
hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga ko‘ra ularga ushbu transport 
vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan majburiy 
sug‘urta shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni habar qilishi shart. 
- 
Sug‘urta qildiruvchi yoki uning vakili sug‘urta hodisasi sodir 
bo‘lganda: 
Jabrlanuvchiga uch calendar kundan kechiktirmay sug‘urta 
polisining nusxasini topshirishi; 
Darhol, majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan 
muddatdan kechiktirmay, sodir bo‘lgan hodisa haqida yozma shaklda, 
sug‘urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga yoki 
unung filialiga hamda yo‘l -transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va 
transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l harakati 
havfsizligi xizmatiga bildirishi. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, 
sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan zararning moiqdori, yo‘l-
transport hodisasiga daxldor barcha shaxslarning, shu jumladan, taxmin 
qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon 
qadar to‘liq hajmda, shuningdek, sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk 
marotaba 
qay 
tarzda 
habardor 
bo‘lganligi 
va 
sug‘urta 
qildiruvchiningnega hodisani talabnomaga bildirishga sabab deb 
hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak; 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek, tibbiyot 
seysmologiya, veteraniriya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa 
tashkilotlar sug‘urta tovoning miqdorini aniqlash maqsadida sug‘urta 
hodisalari sodir bo‘lishining sabablari va holatlari to‘g‘risidagi hamda 
yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan 
hujjatlar va hulosalarni sug‘urtalovchilarning hamda To‘lovlarni 
kafolatlash jamg‘armasining so‘roviga ko‘ra taqdim etilishi shart. 


372 
Yo’l transport hodisasi sodir etgan haydovchining vazifalari 
Tranport vositasini darhol to’xtatish 
Tan jarohati olganlarning bor-yo’qligini aniqlash 
Bor- 
Yo’q- 
Moddiy talofatni aniqlash 
Birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish 
Yo’q- 
Bor- 
“Tez tibbiy yordam” 
chaqirish imkoni- 
YTHni to’g’ri baholab, o’zaro 
kelisha oladilarmi- 
Bor- 
Yo’q- 
Ha- 
Yo’q- 
Hodisa 
chizmasini 
chizib va uni 
imzolab, yaqin 
oradagi YPH 
maskaniga
borish 
Boshqa transport 
vositalari 
harakatiga 
to’sqinlik qiladimi? 
“Tez tibbiy 
yordam” 
chaqirish 
Shifohonaga 
yo’lakay 
transport 
vositasi bormi 
Bor- 
Yo’q- 
Ha- 
Yo’q- 
Tibbiy 
muassasaga 
yuborish 
O’z transport 
vositasida olib 
boorish va hodisa 
ro’y bergan joyga
qaytib kelish 


373 
Savollar 
1. Mexanik transport vositasini haydovchisi o‘zi bilan qanday 
xujjatlarni olib yurishi shart? 
2. Transport vositalarini haydovchilari nimalarga amal qilishlari 
kerak? 
Hodisaga aloqador buyumlar va 
izlarning holatini qayd etib, 
ularning yo’qolmasligini ta’minlash, 
so’ngra qatnov qismini bo’shatish. 
Hodisa haqida IIOga habar 
berish, guvohlarning ism-sharifini 
va manzilini yozib olib, IIO 
hodimining kelishini kutish. 


374 
№11. Mavzu: Piyodalarning majburiyatlari va yo‘lovchilarning 
majburiyatlari. 
Reja: 
1. Piyodalarning vazifalari. 
2. Yo‘lovchilarning vazifalari 
1. Piyodalarning vazifalari 
5.1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar 
yo‘lkasidan, ular bulmaganda esa yo‘l 
yokasidan yurishlari kerak. Kupol yuklarni olib 
ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz 
aravasida borayotgan shaxslarning trotuar 
yoki yo‘l yokasidan yurishlari boshka 
piyodalarning 
xarakatlanishiga 
xalakit 
berayotgan bulsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak. 
Trotuarlar, piyodalar yo‘lkasi, yo‘l yokasi bulmasa yoki ulardan 
yurishning imkoniyati bulmagan xollarda piyodalar velosiped yo‘lkasidan 
yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bulagi bor yo‘llarda qatnov 
qismining ung chetidan) bir kator bulib yurishlari mumkin. 
Axoli yashaydigan joylardan tashkarida yo‘lning qatnov qismida 
xarakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining xarakatiga karshi 
yunalishda yurishlari kerak. 
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, 
moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday xollarda 
transport vositalarining xarakat yunalishi buylab yurishlari kerak. 
Eslatma: piyodalar yo‘lkasida, trotuarlarda, yo‘lning yokasida 
piyodalarning xarakatlanishiga xalakit beradigan kurilma va jixozlar 
urnatish man etiladi. 
5.2. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir katorda turt kishidan 
ortik bulmasdan yo‘lning qatnov qismida fakat transport vositalarining 
xarakat yunalishi buylab ung tomondan yurishga ruxsat etiladi. 
Jamlanmaning oldi va orkasida chap tomondan kizil bayrokcha, 
korong‘i vaktda yoki yetarlicha kurinmaslik sharoitida esa oldinda ok, 
orkada kizil rangli chirok kutargan kuzatuvchilar bulishi kerak. 
Bolalar guruxini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular 
bulmaganda esa yo‘l yokasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar 
kuzatuvida olib yurish ruxsat etiladi.
5.3. Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar utish joylaridan, 
shuningdek, yer osti va yer usti utish joylaridan, ular bulmaganda esa 


375 
chorraxalarda trotuar chiziklari yoki yo‘l yokasi buylab kesib utishlari 
kerak. 
Kurinadigan oralikda utish joyi yoki chorraxa bo‘lmasa, ajratuvchi 
bulaksiz va tusiksiz yo‘llarda piyodalarga yo‘lning ikki tomoni yaxshi 
kurinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan tug‘ri burchak 
ostida kesib utishlariga ruxsat etiladi. 
5.4. Piyodalar yo‘l xarakati tartibga solingan joylarda tartibga 
soluvchining yoki svetoforlarning, ular bulmaganda esa transport 
svetoforlarining shoralariga amal kilishlari kerak. 
5.5. Piyodalar xarakat tartibga solinmaydigan piyodalar utish 
joylarida, yakinlashib kelayotgan transport vositasigacha bulgan 
masofani va uning tezligini chamalab kurib, utish uzlari uchun xavfsiz 
ekanligiga ishonch xosil kilganlaridan so‘ng yo‘lning qatnov qismiga 
chikishlari mumkin. 
SHuningdek, ular yo‘lning qatnov qismini piyodalar utish joylaridan 
tashkarida kesib utishda transport vositalarining xarakatlanishiga xalakit 
bermasliklari, yakinlashib kelayotgan transport vositalarining yukligiga 
ishonch xosil kilmasdan turib kurinishni cheklovchi tuxtab turgan 
transport vositasi yoki 
boshka biror tusik panasidan chikmasliklari kerak. 
Piyodalar tuxtab turgan avtobus va trolleybusning orka tomonidan, 
tramvayning esa oldi tomonigan yo‘lni kesib utishlari shart. 
5.6. Agar yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘lik bo‘lmasa, 
qatnov qismiga chikkan piyodalar ushlanib kolmasliklari va tuxtamasliklari 
kerak.Utishga ulgurmagan piyodalar karama-karshi yunalishdagi 
transport okimlarini ajratuvchi chizikda tuxtashlari lozim. Keyingi 
xarakatlanish xavfsiz ekanligiga 
ishonch xosil kilgandan so‘ng va 
svetofor yoki tartibga soluvchining 
ishoralarini xisobga olgan xolda 
utishni davom ettirishlari mumkin. 
5.7. Yalt-yalt etuvchi kuk 
rangli yoki ko‘k va kizil rangli chirok-
mayokchasi va (yoki) maxsus 
tovush ishorasi yokilgan transport vositalari yakinlashib kelayotgan bulsa, 
piyodalar qatnov qismidan utmasliklari, unda xarakatlanayotganlar esa 
bu transport vositalariga yo‘l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini 
bushatishlari kerak. 


376 
5.8. 
Belgilangan 
yo‘nalishdagi 
transport vositalari va taksilarni faqat 
bekatlarda, ular bo‘lmagan taqdirda esa 
trotuarlar yoki yo‘l yoqasida kutish kerak. 
Maxsus 
jixozlangan 
bekatlari 
bo‘lmagan to‘xtash joylarida transport 
vositasi to‘la to‘xtagandan so‘ng unga 
chiqish uchun yo‘lning qatnov qismiga 
chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan 
keyin ushlanib qolmasdan yo‘lning qatnov qismini bo‘shatishlari shart. 
Bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar Qoidalarning 
5.4-5.7 bandlari talablariga amal qilishlari kerak. 
2. Yo‘lovchilarning vazifalari 
6.1. Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagandan 
so‘ng trotuar yoki yo‘l yokasi tomonidan chikishga va tushishga, 
mototsiklda xarakatlanganda esa maxsus bosh kiyimini tugmalashga 
majburdirlar. Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l 
yokasi tomonidan tushishi yoki ularga chikishining iloji bulmagan xollarda 
qatnov qismida amalga oshirilishi mumkin, bunda boshka yo‘l xarakati 
katnashchilariga xalakit berilmasligi va xavf tug‘dirilmasligi kerak. 
6.2. Yo‘lovchilarga: 
transport vositasi xarakatlanayotgan vaktda xaydovchini 
boshkarishdan chalg‘itish va unga xalakit berish; 
bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlar satxidagi yoki undan 
yukoridagi yuk ustida utirish; 
transport vositasi xarakatlanayotgan vaktda uning eshiklarini 
ochish taqiqlanadi. 


377 
№12 MAVZU: Yo‘l belgilari. Ogahlantiruvchi belgilar. 
Reja: 
1. Belgilarning tavsiflanishi. 
2. O‘rnatilishi. 
Tayanch iboralar: Ogohlantiruvchi belgilarning vazifasi, o‘rnatilishi, 
yana qaysi belgilar bilan ishlatilish va asosiy belgilari.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga 
yaqinlashayotganligini, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi. 
Xavf-xatar ushbu belgida ramziy shaklda ifodalaniladi. 
Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq rangda, xoshiyasi qizil 
rangda bo‘lgan teng tomonli uchburchak shaklidan iborat. 
Bu yo‘l belgilari aholi yashaydigan joylarda 50-100 metr, aholi 
yashamaydigan joylarda 150-300 metr masofada o‘rnatiladi. 
Aholi yashamaydigan joylarda bu 
guruhdagi 
belgilarning 
olisroq 
masofada 
o‘rnatilishi 
transport 
vositalarining 
tezligiga 
bog‘liq 
(shahardan 
tashqaridagi 
tezlik 
shahardagidan 
birmuncha 
yuqori 
bo‘ladi). Haydovchi yo‘l belgisi o‘rnatilgan joydan xavfli qism 
boshlanadigan joygacha tezlikni pasaytirib ulgurishi lozim. Yo‘l sharoiti 
qanchalik murakkab va jiddiy bo‘lsa, shunchalik ko‘p ogohlantiruvchi 
belgilar o‘rnatiladi.1.1 «SHlagbaumli temir yo‘l kesishmasi»
Bu belgilar temir yo‘l kesishmalari oldida o‘rnatilib, birinchi belgi 
o‘rnatilgan kesishma shlagbaum, temir yo‘l simofori bilan jihozlangan 
bo‘lib harakatlanishni temir yo‘l navbatchisi nazorat qiladi. 
1.2 «SHlagbaumsiz temir yo‘l 
kesishmasi»Ikkinchi 
«1.2» 
belgi 
o‘rnatilgan kesishma nazoratchisiz 
bo‘lib, xavfsizlikni ta’minlab temir 
yo‘lni kesib o‘tish haydovchining 
o‘ziga havola etiladi. 
«Bir izli temir yo‘l» «Kup izli 
temir yo‘l» 1.3.1 1.3.2: Bu belgilar bevosita shlagbaumsiz temir yo‘l 
kesishmasi oldida o‘rnatiladi. «1.3.2» belgisi birinchi izdan tashqari 
ikkinchi va undan keyingi izlardan xam poezd kelib qolishi mumkinligi 
haqida ogohlantiradi. SHuning uchun haydovchi barcha izlarda poezd 


378 
yo‘qdigiga ishonch hosil qilgan holda kesishmadan o‘tishi 
mumkin.«Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv» 
Bu belgilar axoli yashamaydigan joylarda 
o‘rnatilib haydovchining temir yo‘l kesishmasiga 
yaqinlashayotganligi haqida qo‘shimcha ravishda 
ogohlantiradi. 
«1.4.1» - «1.4.3» belgilari yo‘lning o‘ng 
tomonida, «1.4.4-1.4.6» belgilari yo‘lning 
chap tomonida o‘rnatiladi. 
«Tramvay yo‘li bilan kesishuv» «1.5» 
Yo‘lning burilishi yoki undagi do‘nglik 
tufayli yo‘lni kesib o‘tadigan tramvay izi 
ko‘rinmasa (chorrahadan tashqari), unday 
joylarga ushbu «1.5» yo‘l belgisi o‘rnatiladi. 
Kesishmada tramvay imtiyozga ega buladi. 
«Teng 
axamiyatli 
yo‘llar kesishuvi»
Bu belgi, usti qanday 
qoplama (asfalpt, beton, 
tosh) bo‘lishidan qatoi 
nazar, teng ahamiyatli 
yo‘llar kesishgan joylar 
oldida o‘rnatilib, imtiyoz o‘ng tomondan 
kelayotgan transport vositasiga beriladi. 
«Aylanma harakatlanish bilan kesishuv» 
Aylanma harakatlanish 
joriy etilgan maydon yo‘l 
sharoiti (burilish, do‘nglik) 
tufayli 
harakatlanish 
xavfsizligini 
ta’minlovchi 
masofadan ko‘rinmasa, u holda o‘sha xavfsizlikni 
ta’minlovchi masofada «1.7» yo‘l belgisi o‘rnatiladi. 
Ko‘rish masofasi yetarli bo‘lsa, «1.7» yo‘l belgisini 


379 
o‘rnatish shart emas, chunki 
aylanma harakatlanish joriy 
etilgan 
maydon 
oldida 
buyuruvchi «4.3» yo‘l belgisi 
o‘rnatiladi. «Svetofor tartibga 
soladi» «1.8» 
Harakatlanishni 
svetofor 
tartibga 
soladigan chorraha va piyodalar o‘tish joyi yo‘l 
sharoiti tufayli harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi masofadan 
ko‘rinmasa, u xolda o‘sha xavfsizlikni ta’minlovchi 
masofada «1.8» yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Svetofor 
xavfsizlikni ta’minlovchi masofadan ko‘rinsa, «1.8» yo‘l 
belgisi o‘rnatilmaydi. 
«Ko‘tarma ko‘prik»
Bu belgi ko‘tarma ko‘prik 
yoki solda kesib o‘tish joylari 
oldida 
o‘rnatilib, 
yo‘lning 
ko‘prik yoki sol oldida uzilib 
qolishi mumkinligi haqida 
ogohlantiradi. 
«Sohilga 
chiqish» 
Bu belgi, daryo yoki suv xavzasi qirg‘oqlariga chiqishda o‘rnatilib, 
haydovchidan tezlikni kamaytirish va eotiborni oshirishni talab qiladi. 
Haydovchining extiyotsizligi ushbu yo‘l belgisida ko‘rsatilgan holga olib 
kelishi mumkin. 
«Xavfli burilish» 


380 
Bu belgilar kichik radiusli burilish yoki ko‘rinishi chegaralangan 
burilishlar oldida o‘rnatilib, xavfli burilish o‘ng 
yoki 
chap 
tomonda 
ekanligi 
haqida 
ogohlantiradi. Transport vositalarini bunday 
burilishlarda yuqori tezlikda haydash ro‘paradagi 
bo‘laklarga chiqib ketish, ag‘anab ketish 
hollariga olib kelishi mumkin. 
«Xavfli 
burilishlar»
Bu belgi yo‘lning ikki qismli kichik 
radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish 
joyi yaqinida o‘rnatiladi. Kichik radiusli yoki 
cheklangan burilish ikki qismdan ko‘p bo‘lsa, 
bu «1.12.1», «1.12.2» yo‘l belgilari qo‘shimcha 
«7.2.1» «Ta’sir oralig‘i» axborot belgisi bilan 
qo‘llaniladi. Haydovchi yo‘lning bunday 
qismlaridan tezlikni kamaytirib, ehtiyot 
choralarini ko‘rib o‘tishi kerak. 
«Tik nishablik» 
Bu belgi pastlik, nishablik 
oldida o‘rnatilib, belgi ichidagi raqam nishablikni foiz 
hisobida 100 m. uzunlikka tug‘ri keladigan pasayishini 
ko‘rsatadi. Pastlik cho‘zilib ketgan bo‘lsa, u holda ushbu 
belgi «7.2.1» «Ta’sir oralig‘i» qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi. 
Nishablik 
tomon 
harakatlanayotgan 
haydovchi yo‘lning tor qismlarida ro‘paradan 
tepalik 
tomon 
harakatlanayotgan 
haydovchiga yo‘l berishi lozim. 
«Tik balandlik» 
Bu belgi tik balandliklar 
oldida 
o‘rnatiladi 
va 
haydovchini 
transport 
vositasining dinamik xususiyatlari, yukli yoki yuksizligiga 
qarab, kerakli uzatmaga ulash, balandlikka to‘xtamasdan chiqish 
kerakligidan ogohlantiradi. Aks holda avtomobil to‘xtab qolib, o‘z og‘irligi 
bilan orqaga ketishi mumkin. Nishablik va balandlik ketma-ket keladigan 
bo‘lsa, yuqoridagi belgilar 


381 
50-100 m. masofada emas, balki 
bevosita 
nishablik 
va 
balandlik oldida o‘rnatiladi. 
«Sirpanchiq yo‘l»
Yo‘lning ustki o‘tish 
qismi maolum sabablarga 
ko‘ra (loy, qavatma-qavat 
xo‘l barglar, gudron muzlik 
oqibatida) sirpanchiq bo‘lib qolsa, bunday qism 
oldida ushbu «1.15» yo‘l belgisi o‘rnatiladi. haydovchi yo‘lning bunday 
qismlarida tezlikni kamaytirishi, keskin to‘xtamasligi, keskin burilmasligi 
lozim, aks holda transport vositasi sirpanib ketadi va uni boshqarish qiyin 
kechib, boshqaruvdan chiqib ketadi. 
«Notekis yo‘l» 
Yo‘lning 
uydim-
chuqur, to‘lqinsimon burtma 
joylari, ko‘prik ulamalarining 
notekis 
qismlari 
oldida 
ushbu «1.16» yo‘l belgisi 
o‘rnatiladi va transport vositasining tezligi 
keskin oshirlsa yoki u keskin to‘xtatilsa 
turg‘unlikni yo‘qotib, ag‘anab ketishi 
mumkinligi haqida ogohlantiradi. 
«Tosh otilishi xavfi»
Bu belgi yo‘lning 
taomirlash 
ishlari 
borayotgan 
joylarida 
g‘ildirak bilan ostidan tosh, 
shag‘al va shunga o‘xshash 
narsalarning otilib chiqish ehtimoli borligidan 
ogohlantiradi. Yo‘lning bunday qismlarida haydovchi tezlikni kamaytirib, 
oraliq masofani tosh otilish xavfsizligi mavjud masofagacha uzaytirishi 
lozim. 
«Yo‘lning torayishi» 


382 
Yo‘lning 
torayish 
qismlari oldida (torayadigan 
tomondan) "Ikki tomonlama 
torayish" «1.18.1», « O‘ngga 
torayish» «1.18.2», «CHapga 
torayish» «1.18.3» yo‘l belgilari 
o‘rnatiladi. 
«Ikki 
tomonlama 
harakatlanish» 
Bu belgi yo‘lning bir taraflama harakatlanii qismi 
tugab, qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishi 
oldida o‘rnatiladi. 
«Piyodalar o‘tish joyi» 
Bu belgi haydovchini 
svetofor 
boshqarmaydigan 
piyodalar 
o‘tish 
joyiga 
yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi 
«Bolalar» 
Bu 
belgi 
haydovchini 
bolalar 
muassasiga (bog‘cha, maktab, internat va 
shu kabi joylarga) yaqinlashayotganligini va 
yo‘lning bu qismidan har daqiqada bolalar 
chiqib 
qolishi 
mumkinligi 
haqida 
ogohlantiradi. Belgi aholi yashamaydigan 
joylarda takrorlanadi. 
«Velosiped yo‘lkasi»
Bu belgi velosiped yo‘lkasi 
bilan kesishuv (chorraha emas) 
joylari yaqinida o‘rnatiladi. 
Bunday kesishuvlarda imtiyoz 
haydovchi tarafida bo‘lsa ham, tezlikni 
kamaytirib eotiborni oshirish lozim 


383 
«Ta’mirlash ishlari» Bu 
belgi yo‘lning taomirlash 
ishlari olib borilayotgan 
qismlari yaqinida o‘rnatilib, 
haydovchining ehtiyot bo‘lib 
o‘tishi kerakligi to‘g‘risida 
ogohlantiradi. Yo‘lning bunday qismlari 
qorong‘i paytlarda xavfli 
hisoblanadi. 
«Mol haydab o‘tish» 
Bu 
belgi 
mol 
boqiladigan yaylov yokalab 
o‘tadigan yo‘llarda, fermalar 
yaqinida, 
mol 
haydab 
o‘tiladigan 
joylarda 
o‘rnatilib, yo‘lga mollar 
podasi 
chiqib 
qolishi 
mumkinligidan 
ogohlantiradi.«Yovvoyi 
hayvonlar» Bu belgi yo‘lning 
o‘rmon xujaligi, qo‘riqxona va shunga 
o‘xshash joylardan o‘tadigan qismlarida 
o‘rnatilib, yo‘lga yovvoyi hayvonlar chiqib 
qolishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. 
«Toshlar tushishi» Muz, qor yoki sel kelib tog‘ 
ko‘chishi mumkin bo‘lgan torli yo‘l qismlariga «Toshlar tushishi» belgisi 
o‘rnatilib, xavf-xatar faqat qatnov qismlaridagina emas, balki tepa tog‘ 
tarafdan ham bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. «Yonlama 
shamol» «Yonlama shamol» yo‘l belgisi kuchli shamol avtomobil, 
mototsiklni boshqarishga salbiy ta’sir etib, yo‘l fojiasini keltirib chiqarishi 
mumkin bo‘lgan (tog‘ daralari, jarlik, suv xavzalari) joylarga o‘rnatiladi. 
Ayniqsa yo‘lning ustki qismi muzlab, sirpanchiq bo‘lgan paytlari yonlama 
shamol avtomototransport boshqarishga salbiy ta’sir etishi mumkin. 


384 
«Pastlab 
uchuvchi 
samolyotlar» 
Aeroport 
yaqinidan 
o‘tuvchi 
yo‘llarning 
samolyotlar 
pastlab uchuvchi qismlariga 
«Pastlab 
uchuvchi 
samalyotlar» yo‘l belgisi 
o‘rnatilib, qisqa muddatli shovqinlar bo‘lib 
turishi haqida ogohlantiradi.«Tonnel» 
Qayrilish, burilish yoki boshqa tusiqlar orqali tonnelga 
kiraverishda uning peshtog‘i ko‘rinishi cheklangan yoki sunpiy ravishda 
yoritilmagan bo‘lsa, oldida «Tonnel» yo‘l belgisi o‘rnatiladi. 
«Boshqa 
xavf-xatarlar»Yo‘lning 
ogohlantiruvchi belgilarda kuzda tutilmagan 
xavf-xatarli qismi (tez-tez tuman bo‘lib turadigan joylar, jarliklar, tutun 
bo‘lib yo‘lning ko‘rinishi cheklangan qismlari) oldida «Boshqacha xavf-
xatarlar» yo‘l belgisi o‘rnatiladi. 


385 
«Burilishni yo‘nalishi» Yo‘lning xavfli 
burilish qismlariga «Burilishning yo‘nalishi» 
belgisi o‘rnatiladi. Bu belgilar uch xil bo‘lib, 
burilishning o‘ngga, chapga va bir vaqtning 
o‘zida o‘ng va chapga yo‘nalganligini 
ko‘rsatadi. 
Savollar: 
1. 
Ogohlantiruvchi belgilarning vazifalari nimalardan iborat. 
2. 
Ogohlantiruvchi belgilar qancha masofa oldin o‘rnatiladi. 
3. 
Temir yo‘l kesishmasida qaysi belgilar necha metr masofaga 
o‘rnatiladi. 
4. 
Qaysi belgilar faqat aholi yashamaydigan joylarda o‘rnatiladi. 


386 
№13 MAVZU: IMTIYOZ BELGILARI 
Reja: 
1. Belgilarning vazifalari. 
2. Belgilarning o‘rnatilishi. 
Tayanch iboralar: Asosiy yo‘llardagi imtiyoz, tepaliklardagi imtiyoz, 
teng xuquqli chorrahalardagi imtiyoz. 
Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan 
joylarda yoki yo‘lning tor qismida transport vositalarining harakatlanish 
navbatini belgilaydi. 
«Asosiy yo‘l»
Harakatlanish 
tartibga 
solinmagan 
chorrahalarda 
ikkinchi 
darajali 
harakatlanayotgan 
transport 
vositasidan 
oddin 
o‘tish 
huquqini beradi. Belgi yo‘lning 
boshlanishida o‘rnatilib, har bir 
chorraha oddida takrorlanishi mumkin. Asosiy yo‘l bilan 
kesishadigan ko‘ndalang yo‘llarda, chorraha oldida «Yo‘l 
bering» yoki «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» 
belgilari o‘rnatiladi. Agar chorrahada asosiy yo‘l o‘z 
yo‘nalishini o‘zgartirsa, u holda ushbu belgi ostiga qo‘shimcha 7.13 
"Asosiy yo‘lning yo‘nalishi" belgisi o‘rnatiladi. 
«Asosiy yo‘lning oxiri»
Asosiy yo‘l imtiyozli belgi o‘rnatilgan joyda tugaydi. 
«Ikkinchi darajali yo‘l bilan 
kesishuv» Bu belgi asosiy yo‘lda 
o‘rnatilib, 
haydovchiga 
harakatlanish 
tartibga 
solinmagan chorrahada imtiyoz 
beradi va aholi yashaydigan joylarda 
chorrahadan 50-100 m va aholi yashamaydigan 
joylarda 150-300 m. oldin o‘rnatiladi. 
"Ikkinchi darajali yo‘lning tutashuvi" 
Bu belgi asosiy yo‘lda o‘rnatilib avvalgi belgiga o‘xshab tartibga 
solinmagan chorrahalarda haydovchiga imtiyoz beradi. 


387 
«Yo‘l bering» 
Bu belgi haydovchi kesib 
o‘tayotgan yo‘lidan kelayotgan 
transport vositasiga yo‘l berishi 
kerakligini bildiradi. Aholi yashamaydigan 
joylarda 
belgi 
qaytarilishi 
mumkin. Asosiy yo‘lda transport 
vositalari bo‘lmasa, ikkinchi 
darajali 
yo‘ldan 
kelayotgan 
haydovchi 
chorrahadan 
to‘xtamasdan 
o‘tib 
ketishi 
mumkun. 
«To‘xtamasdan 
harakatlanish taqiqlangan» 
Asosiy 
yo‘lning 
yo‘nalishidan qatoiy nazar, belgi 
haydovchiga tartibga solinmagan chorrahaga to‘xtamasdan 
kirib 
kelishni 
taqiqlaydi. 
Haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, agar u 
bo‘lmasa kesib o‘tiladigan qatnov qismining 
chetida to‘xtab o‘tadi. Belgi temir yo‘l 
kesishmasi yoki karantin postidan oldin 
o‘rnatilgan bo‘lsa, haydovchi to‘xtash chizig‘i 
oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi 
kerak. Bu belgi sakkiz qirrali bo‘lib, uni shakl 
orqali ajratish ham mumkin. 
«Ro‘para harakatlanishning ustunligi» 
Yo‘lning tor qismlarida 
(ko‘prik, tonnel va boshqa joylar) 
qarama-qarshi keluvchi transport 
vositalari 
bir 
vaqtda 
o‘ta 
olmaydigan 
holatlarda, 
ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga 
yo‘l berish kerak 
«Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan 
imtiyoz»
Qarama-qarshi keluvchi transport vositalari bir 


388 
vaqtning o‘zida o‘ta olmaydigan yo‘l qismlarida, ro‘paradan 
kelayotgan transport vositasidan oldin o‘tish huquqiga ega.
Savollar: 
Imtiyoz belgilarining vazifalari nimadan iborat? 
Asosiy yo‘lda va ikkinchi darajali yo‘ldaqaysi belgilar 
o‘rnatiladi.? 
«Yo‘l bering» va «To‘xtamasdan harakatlanish 
taqiqlanadi» belgilari talablari nimadan iborat? 
«To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» belgisi nima uchun 
sakkiz qirrali? 


389 
MAVZU №14: TAQIQLOVCHI BELGILAR 
Reja: 
1. Belgilarning vazifasi. 
2. O‘rnatilishi va ta’sir doirasi. 
Tayanch iboralar: Yo‘l harakati vaqtida taqiqlovchi shartlar, 
transport vositalariga qo‘yiladigan taqiqlovchi shartlar. 
Taqiqlovchi belgilar asosi (foni) oq, xoshiyasi qizil doiradan iborat 
bulib, harakatlanishni ma’lum darajada cheklaydi yoki umuman 
taqiqlaydi.
Ularning ta’sir kuchi o‘rnatilgan joydan boshlab birinchi 
chorrahagacha, chorraha bo‘lmaganda aholi yashash joyining 
oxirigacha davom etadi. 
Ba’zi belgilar o‘sha joyning 
o‘zigagina taalluqli bo‘ladi. 
«Kirish taqiqlangan» 
«3.1» 
Transport 
vositalarining 
bir 
tomonlama harakatlanishini joriy etishda 
yo‘lning bir tarafiga ushbu belgi urnatilib, 
barcha transport vositalarining (belgilangan yo‘nalishli transport 
vositalari bundan mustasno) kirishi taqiqlanadi. 
«Harakatlanish taqiqlangan» «3.2»
Dam 
olish 
uylari, 
sanatoriy, kasalxona va 
umumfoydalaniladigan 
hovlilarga 
kiraverishda 
transport 
vositalari 
harakatini cheklash maqsadida ushbu yo‘l 
belgisi 
o‘rnatiladi. 
Bu 
belgining 
belgilangan yo‘nalishli transport vositalari, 
nogironlar haydaydigan motokolyaska, 
avtomobil, belgi ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi yoxud ularga va 
korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga dahli yo‘q. Bunday 
xollarda transport vositalari belgilangan joyga yakin chorrahadan kirib 
chikishlari kerak. Bu yerda ikki taqiqlovchi belgidan birining (3.1) talabi 
ustun 
buladi.«Mexanik 
transport 
vositalarining 
xarakatlanishi 
taqiqlangan»«3.3» 


390 
Bu belgi barcha turdagi mexanik transport vositalarining 
harakatlanishini taqiqlab, ot-arava, velosipedchilar harakatiga dahli 
bo‘lmaydi. Bu belgi xam avvalgi (3.2) belgiga o‘xshab ta’sir oralig‘ida 
yashovchi va ishlovchilarga dahldor emas. 
«Yuk 
avtomobillarining 
hrakatlanishi 
taqiqlangan» «3.4» 
Belgida 
cheklangan massa ko‘rsatilmagan bo‘lsa 
bu belgi to‘la massasi belgida 
ko‘rsatilganidan ortiqcha ko‘rsatilmagan 
bo‘lsa, to‘la massasi 3.5 tonnadan yuqori 
barcha yuk avtomobillarining barcha traktorlarning, o‘zi yurar mashina va 
mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgi «3.2» belgisiga 
o‘xshab ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchilarga dahldor emas. 
«Mototsikllar 
harakatlanishi 
taqiqlangan» «3.5» 
Bu 
belgining 
avtomobil, 
avtobus, 
velosiped, moped, ot-arava harakatiga 
dahli yo‘q, bu belgi xam «3.2» belgisiga 
o‘xshab ta’sir oralig‘ida yashovchi va 
ishlovchilarga dahldor emas. 
«Traktorlar harakatlanishi 
taqiqlanadi» 
«3.6» 
Yo‘llardagi 
transport 
vositalarining 
tezligini oshirish maqsadida barcha 
turdagi traktorlar, o‘zi yurar mashina va 
mexanizmlarning harakatlanishi taqiqlanadi. Bu belgi xam «3.2» belgisiga 
o‘xshab ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchilarga dahldor emas. 
«Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan» «3.7» 


391 
Bu belgi avtopoezdlarning 
harakatlanishi va manevr qilishi 
qiyin bo‘lgan tor ko‘chalar oldida 
o‘rnatilib, 
tirkamali, 
yarim 
tirkamali 
avtomobil 
va 
traktorlarning hamda barcha turdagi transport 
vositalarining shatakka olib harakatlanishini 
taqiqlaydi, buning ham ta’sir oralig‘ida 
yashovchilar va ishlovchilarga dahli yo‘q. Belgining tirkamali yengil 
avtomobilga dahli yo‘q. 
«Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan» «3.8» 
Mexanik transport vositalarining harakatini yengillatish maqsadida 
baozi yo‘llarda ot-arava, ot-chana, bug‘u-chana harakati taqiqlanadi. Bu 
belgi «3.2» belgiga o‘xshab ta’sir oralig‘ida 
yashovchi va ishlovchilarga dahldor emas. 
«Velosipedda 
harakatlanish 
taqiqlanadi» «3.9» 
Yo‘llarda 
umumfoydalanadigan transport 
(avtobus, trolleybus) serqatnov bo‘lib, bekatda 
to‘xtashga, 
bekatdan 
ko‘zg‘alishga 
velosipedchilar xalal bermasligi uchun ko‘rsatilgan belgiga asosan 
velosipedchilar va mopedchilar harakati taqiqlanadi. 
«Piyodalarning harakati taqiqlanadi» «3.10» 
Yo‘l xizmatchilari va taomirlovchi ishchilarga 
belgining dahli yo‘q. Bu belgi metro stantsiyalarida 
(eskalatordan tushib chiqish, bir stantsiyadan ikkinchisiga 
o‘tish 
joylarida) 
bir 
tomonlama harakatni joriy etish uchun ham 
ishlatiladi. 
«Vazn 
cheklangan» 
«3.11» 
Ko‘tarish 
qobiliyati 
cheklangan 
ko‘prik 
va 
estakadalarda, xaqiqiy massalar yig‘indisi 
ko‘prik oldida o‘rnatilgan belgida ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lgan yuk 


392 
avtomobillarining yarim tirkamali yuk avtomobillarining harakatlanishini 
taqiqlaydi.
«O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan» «3.12» 
Qoplamasi 
yupqa 
bo‘lgan avtomobil yo‘llariga, 
og‘ir yuk mashinalari zarar 
yetkazmasligi uchun, bitta 
o‘qqa tushadigan og‘irlik yo‘l 
belgisida ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lsa, 
bunday avtomobillarning harakatlanishi 
taqiqlanadi. 
SHuni eslatib o‘tish kerakki, yengil avtomobillarda og‘irlik ikki o‘qqa 
teng ravishda taqsimlanadi. 
Ikki o‘qdi yuk avtomobillarda 
oldi o‘qqa 1/3, orqa o‘qqa 
2/3 og‘irlik tushadi. Uch uqli 
avtomobilda 
og‘irlik 
uchchala o‘qqa teng tarqaladi. 
«CHeklangan balandlik» «3.13» 
Balandligi chegaralangan temir yo‘l 
kesishmalari, tonellar, ko‘prik va estakadalar ostidan o‘tuvchi yo‘llarda 
baland yoki yuki baland bo‘lgan yuk avtomobillari ko‘rsatilgan 
inshootlarga zarar yetkazmasliklari uchun, ushbu belgi bilan ularning 
harakatlanishi taqiqlanadi. Belgi bo‘lmagan taqdirda yo‘l harakati 
qoidasiga ko‘ra balandlik 4 m. bilan cheklanadi. 
«CHeklangan kenglik» «3.14» 
Eniga tor bulgan 
tonnel, 
ko‘prik 
va 
estakadalar oldida ushbu 
belgi o‘rnatilib, belgida 
ko‘rsatilgandan enli yuk avtomobilining 
(yoki uzun avtomobilning) inshootlarga 
zarar yetkazmasligi uchun, ularning 
harakatini taqiqlaydi. 
«CHeklangan uzunlik» 3.15»
Kup burilishli uzun tor kuchalarda uzun yuk avtomobillari tikilib 
qolmasligi, xarakat ishtirokchilariga xalakit bermasligi uchun, kuchaning 


393 
bunday qismi oldida ushbu belgi urnatiladi, u uzun yuk avtomobillar 
xarakatini takiklaydi. 
«Eng kam oralik» 
«3.16» 
Ushbu 
belgi 
muzliklar, sirpanchik yo‘llar, 
tog‘li yo‘llar, kutarish k;obiliyati cheklangan 
uzun kupriklar oldiga urnatilib, eng kam 
oralik masofani chegaralaydi. 
«Bojxona» «3.17.1» 
Ushbu belgi davlat tili va ingliz tilida yozilib, 
bojxonada 
kerakli 
hujjatlarni rasmiylashtirish 
uchun tuxtab utishni talab kiladi. 
«Xavf-xatar» «3.17.2» 
Ko‘p talofotli yo‘l 
fojiasi yoki falokat yuz 
berganda (kor kuchishi, tog‘ 
kuchishi, yo‘lni suv bosishi, 
kuprikni suv olib ketishi kabi) shu yo‘l qismlarida urnatilib, falokatni 
bartaraf etuvchi xizmatchilarning avtomobillaridan 
tashkari boshka barcha avtomobillar xarakatini takiklaydi. 
O‘nga burulish taqiqlanadi» «3.18.1» 
«CHapga burilish taqiqlanadi» «3.18.2» 
Bu belgilar yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatilib,aynan shu 
kesishmaga ta’sir etadi, belgilangan yo‘nalishli transport 
vositalariga buning dahli yo‘q. «CHapga burilish 
taqiqlanadi» belgisi o‘rnatilgan joydan orqaga qayrilish 
mumkin.
«Qayrilish taqiqlanadi» 
«3.19» 
Bu belgi umumfoydalanish 
transportidan 
tashqari 
barcha 
transport 
vositalarining 
orqaga 
qayrilishini taqiqlaydi. Belgi o‘rnatilgan 
joydan chapga burilish mumkin. 


394 
«Quvib o‘tish taqiqlanadi» 
«3.20» 
Burilish yoki dunglik tufayli 
ko‘rinishi cheklangan serqatnov 
yo‘llarda, tor ko‘chalarda harakat 
xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu belgi 
o‘rnatilib, barcha turdagi transport vositalariga 
quvib o‘tishni taqiqlaydi. Bu belgi soatita 40 km. 
dan kam teelikda, yakka tartibda kelayotgan transport vositalarini quvib 
o‘tishga ruxsat etadi. «3.20» belgisi yakinlashayotgan birinchi 
kesishmagacha (chorraxaga) yoki «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning 
oxiri» belgisi o‘rnatilgan joygacha ta’sir etadi. 
«Yuk avtomobillarida quvib 
o‘tish taqiqlangan» «3.22» 
Bu belgi to‘la vazni 3,5 
tonnadan yuqori bo‘lgan yuk 
avtomobillari va soatiga 40 km. dan kam tezlikda, 
yakka tartibda kelayotgan transport vositalaridan 
boshqa transport vositalarini quvib o‘tishni 
taqiqlaydi. Bu belgi yaqinlashayotgan birinchi 
kesishmagacha yoki "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan 
xududning oxiri" belgisi o‘rnatilgan joygacha ta’sir etadi. 
«Yuqori tezlik chegaralangan» «3.24» 
Yo‘lning xavfli qismlarida harakat xavfsizligini 
ta’minlash uchun ushbu belgi 
o‘rnatilib, 
barcha 
turdagi 
transport vositalarining yuqori tezligini 
cheklaydi. Bu belgi yaqinlashayotgan birinchi 
kesishmagacha yoki "Yuqori 
tezlik cheklangan xududning 
oxiri" 
belgisi 
o‘rnatilgan 
joygacha ta’sir etadi. «Tovush 
moslamalaridan 
foydalanish 
taqiqlangan» «3.26» 
Dam olish uylari, kasalxonalar, sanatoriylar, bolalar dam olish 
lagerlari oldida ortiqcha shovqin solinmasligi uchun ushbu belgi 
o‘rnatilib, barcha turdagi transport vositalarining tovush moslamalaridan 
foydalanishini taqiqlaydi. Yo‘l transport hodisalarining oldini olish 


395 
maqsadida istisno tarzida tovush moslamasidan foydalanish (tovush 
signali berish) mumkin. 
«To‘xtash taqiqlangan» 
«3.27» 
Serqatnov yo‘lning tor 
qismlarida 
transport 
vositalarining 
uzluksiz 
harakatini yuqori darajada ta’minlash uchun 
ushbu 
belgi 
o‘rnatilib, 
belgilangan 
yo‘nalishli transport vositasidan boshka 
barcha transport vositalarining 
to‘xtashini taqiqlaydi. 
«To‘xtab turish taqiqlangan» «3.28» 
Yo‘lning yetarli darajada 
keng bulmagan qismlariga 
ushbu belgi urnatilib, barcha transport 
vositalarining 10 minutdan 
ortiq turishlarini takiklaydi 
(taksometri ishlab turgan taksi 
avtomobili, 
nogiron 
xaydovchilarga 
tegishli 
avtomobil va motokolyaska, 
yuk ortilayotgan yoki tushirilayotgan avtomobillar bundan 
mustasno). «Oyning tok kunlarida tuxtab turish taqiqlanadi» 
«3.29» 
«Oyning juft kunlari tuxtab turish taqiqlanadi» «3.30» 
Yo‘llarning o‘ng va chap chekkalarini navbatma-navbat 
mexanizmlarda supirib tozalab olish va shu kabi ishlarni amalga oshirish 
maksadida ushbu belgilardan foydalaniladi. Bu belgilar talabi "3.28" belgi 
talabi bilan bir xil. 


396 
«Barcha cheklovlarning oxiri» 
«3.31» 
Bu belgi barcha cheklovlarning oxiri deb nomlansada, 
amalda 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26, 3.27, 3.28, 3.29, 3.30 
belgilarning ta’sir qismini kesishmadan avvalroq tugatish 
uchun ishlatiladi. 
Savollar: 
1. 
Taqiqlovchi belgilarning vazifasi nimalardan iborat? 
2. 
«Barcha cheklovlarning oxiri »belgisi qaysi belgilarga taluqli? 
3. 
CHapga qayrilish taqiqlangan joyda qayrilish mumkunmi? 
4. 
Qayrilish taqiqlangan joyda chapga burulish mumkunmi? 
5. 
Qaysi belgi shatakka olishni taqiqlaydi? 
6. 
Bojxona belgisi nimani taqiqlaydi? 
7. 
To‘xtash va to‘xtab turish belgilari yo‘lning qaysi qismida 
amal qiladi? 


397 
№15 MAVZU: BUYURUVCHI BELGILAR 
Reja: 
1. 
Belgilarning vazifalari. 
2. 
O‘rnatilish shartlari. 
Tayanch 
iboralar: 
Ta’sir 
oralig‘i, 
haydovchilarning harakatlari, to‘siqlardan aylanib 
o‘tish. Buyuruvchi belgilar asosan havorang, 
belgisi oq, ko‘rinishi doira shaklida bo‘lib, 
transport vositalarini muayyan tartib bo‘yicha 
harakatlanishini talab etadi.
Buyuruvchi belgilar yo‘lning muayyan tartib 
bo‘yicha harakatlanish lozim bo‘lgan qismlari 
oldida o‘rnatiladi. Bu belgilarning ta’siri qatnov 
qismlarning qaysi kesishmasi oldida o‘rnatilsa, shu 
kesishmaga tatbiq etiladi.
4.1.1. belgisi yo‘l boshlanishiga o‘rnatilsa, 
ta’siri shu yo‘l davomidagi birinchi kesishmagacha 
amal qiladi. Belgi 4.1.1. yo‘l bo‘ylab o‘ng tomonda 
joylashgan hovlilarga burilishni taqiqlamaydi. 
4.1.1. — 4.1.6. belgilarining belgilangan yo‘nalishli transport 
vositalariga dahli yo‘q. 
Yo‘ldagi xavfsizlik maydonchalarining ajratish bo‘laklarini, 
ustunlarni, taomirlash ishlari bo‘layotgan qismlarni chetlab o‘tish uchun 
ushbu belgilar o‘rnatilib, qaysi tarafdan chetlab o‘tish zarurligi ko‘rsatiladi 


398 
"Aylanma harakatlanish" "4.3." 
Bu belgi maydonlar oldida o‘rnatilib, maydon o‘rtasida 
do‘nglik bo‘lmasdan tekis bo‘lsa ham, to‘g‘ri kesib o‘tmasdan, 
soat strelkasiga teskari aylanib o‘tish kerakligini ko‘rsatadi. 
"Engil avtomobillar harakatlanadi" "4.4" 
Bu belgida yengil avtomobil ifodalangan 
bo‘lsa 
ham, 
belgi 
yengil 
avtomobillardan tashqari barcha 
turdagi avtobuslar, mototsikllar va 
to‘la vazni 3,5 tonnadan kam 
bo‘lgan 
yuk 
avtomobillarining 
harakatlanishiga ruxsat etib, to‘la vazni 3,5 
tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va 
traktor harakatlanishini taqiqlaydi (belgi ta’siri 
oralig‘ida yashovchi barcha turdagi transport 
egalari va ishlovchilar bundan mustasno). 
"Velosiped yo‘lkasi" "4.5" 
Bu belgi velosiped va mopedlar 
harakatlanishidan tashqari trotuar bo‘lmagan taqdirda bu 
yo‘lakdan xalaqit bermaslik sharti bilan piyodalarning 
yurishiga ham ruxsat etadi. 
"Piyodalar yo‘lkasi" "4.6" 
Bu belgi faqat piyodalarning 
yurishiga ruxsat etadi. Baozan bu 
belgi ("3.10" belgi bilan birga) metro 
stantsiyalari oralig‘ida piyodalarning 
bir taraflama harakatini joriy etish uchun ham 
ishlatiladi. 
"Eng kam tezlik" "4.7" 


399 
Belgi ko‘rsatilganga teng yoki undan yuqori 
tezlikda harakatlanishni talab etadi. Ko‘p bo‘lakli 
yo‘llarning chap bo‘lagida transport tezligini 
oshirish maqsadida ushbu belgidan 
foydalanish mumkin, lekin yuqori tezlik 
chegarasi yo‘l harakati qoidasi bo‘yicha 
qoladi. 
"Eng kam tezlik belgilangan 
yo‘lning oxiri" "4.8" 
"4.7". belgisining ta’sir qismini qisqartirish uchun ishlatiladi. 
Savollar: 
1. 
Buyurish belgilarining vazifalari nimadan iborat va ular 
yo‘lning qaysi joylariga o‘rnatiladi. 
2. 
Buyuruvchi belgilarning belgilangan yo‘nalishli transport 
vositalariga taaluqli va taaluqli emasligini aniqlang. 
3. 
«Engil avtomobil harakatlanadi» belgisi o‘rnatilgan joyda 
qanday transport vositalari harakatlanishlari mumkun? 
4. 
Velosipedlar yo‘lkasida piyodalar harakatlanishi mumkunmi? 
Piyodalar yo‘lkasidan velosipedlarchi? 
5. 
«Harakatlanish to‘g‘riga» belgisi o‘ngga hovliga kirishga 
ruxsat beradimi? 


400 
№16 MAVZU: AXBOROT-ISHORA BELGILARI 
Reja: 
1. Axborot-ishora belgilarining vazifalari. 
2. O‘rnatilish tartibi va shartlari. 
Tayanch iboralar: Avtomobil yo‘llari, aholi yashash punktlari, 
manzilgacha bo‘lgan masofalar, piyodalar 
o‘tish joylari. 
Axborot-ishora 
belgilari 
harakatlanishga muayyan tartib 
kiritadi yoki uni bekor qilali, 
shuningdek aholi yashaydigan 
joylar va manzillarning joylashuvi 
haqida axborot beradi. 
"Avtomagistral" «5.1» 
Maxsus tartib o‘rnatilgan va transport vositalarining tez 
harakatlanishini ta’minlaydigan - 
Avtomagistral 
boshlanishiga 
ushbu belgi o‘rnatiladi. 
"Avtomagistral oxiri" "5.2" 
Ushbu belgi o‘rnatilgan 
joydan boshlab mahsus tartib 
talablari 
bekor 
kilinadi 
va 
"Avtomobillar 
uchun 
mo‘ljallangan yo‘l" tartibi kuchga kiradi. 
"Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l" "5.3" 


401 
Ushbu belgi barcha turdagi avtomobillar, avtobus va 
mototsikllarning harakatlanishiga ruxsat etib, ot-arava, velosiped va 
boshqa transportlar harakatini taqiqlaydi. 
"Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri" "5.4" 
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan boshlab barcha turdagi transport 
vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. 
"Bir 
tomonlama 
harakatlanish" "5.5" 
Tor ko‘cha va yo‘llarda 
harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
transport vositalarining harakatini yo‘lning 
qatnov qismi bo‘yicha bir tomonlama joriy 
etish 
uchun 
ushbu 
yo‘l 
belgisidan 
foydalaniladi. Bu belgi yo‘l boshida o‘rnatilib, 
harakat davomida orqga qayrilishni taqiqlaydi. 
Aholi yashaydigan joylarda bir tomonlama 
harakatlanish joriy etilgan yo‘llarning chap tarafida to‘xtash va to‘xtab 
turishga ruhsat etiladi. Bir taraflama harakatlanish joriy etilgan yo‘llarda 
hovli va yo‘lga tutash boshqa hududlarga burilish taqiqlanmaydi. 
"Bir tomonlama harakatlanish yo‘lining oxiri" "5.6" 
Ushbu belgi transport vositalari bir tomonlama harakatlanadigan 
yo‘lningtugaganligini bildiradi. 
"Bir 
tomonlama 
harakatlanish 
yo‘liga 
chiqish" 
«5.7.1» «5.7.2» 
ushbu 
belgi 
chorraha 
oldida 
o‘rnatilib, haydovchiga 
kesishadigan yo‘lda belgi yo‘nalishi bo‘yicha bir 
tomonlama harakatlanish joriy etilganini 
ko‘rsatadi. 
"Bulaklar buyicha harakatlanish yunalishi" "5.8.1" 
Ushbu belgi chorrahga yaqin (chorraxala) ko‘p bo‘lakli keng 
yo‘llarda harakatlanish tartibini belgilaydi. haydovchilarga tushunish oson 
bo‘lishi uchun bir belgida uchtagacha bulakdagi 
harakatlanishni ifodalash mumkin. Bo‘laklar soni 


402 
uchtadan ortiq bo‘lsa, yana belgi kiritish lozim. SHuni tapkidlash kerakki, 
chapga burilishga ruxsat etilgan joydan orkaga kayrilish mumkin. 
"Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi" «5.8.2» 
Ushbu belgi avvalgi "5.8.1" belgisining bir turi 
bo‘lib, har bir bulakdagi harakatlanish tartibi alohida 
belgi bilan ko‘rsatiladi. 
"Bulakning 
boshlanishi' "5.8.3" 
Yo‘lning balandlikka 
ko‘tariladigan 
qismlarida 
og‘ir 
yuk 
avtomobillari va sekin yurar transportlar 
boshqa transport vositalariga halaqit 
bermasligi uchun, ularga qo‘shimcha bo‘lak 
ajratilib, bo‘lak boshlanish joyiga ushbu belgi o‘rnatnladi, bo‘lak ohiriga 
esa "5.8.5" "Bo‘lak ohiri" belgisi o‘rnatiladi. 
"Bo‘laknyang boshlanishi" 
"5.8.4" 
Uch bo‘lakli yo‘llarda o‘rta 
bo‘lakdan foydalanishga ruhsat 
etiladigan qism oldida ushbu belgi o‘rnatilib, bu 
bo‘lak sekin yurar transport vositalaridan o‘zib 
ketishga imkon beradi. 
"Bo‘lak 
ohiri" 
«5.8.5» «5.8.6» 
Uch 
bo‘lakli 
yo‘lning 
foydalanishga 
ruhsat etilgan o‘rta bo‘lak qismi tugashi oldiga 
ushbu belgi o‘rnatiladi. 
"Bo‘laklar 
bo‘yicha 
harakatlanish yo‘nalishi' "5.8.7" 
"5.8.8"
Ushbu belgilar chorraha oldida 
o‘rnatilib, transport vositalarining ro‘para qatnovlariga mo‘ljallangan uch 
bo‘lakli yo‘llarda harakatlanish tartibini belgilaydi. Bu 
belgilar bo‘lmasa, haydovchi o‘rta bo‘lakni ikkala tarafdan 
quvib o‘tishga mo‘ljallangan deb o‘ylashi mumkin. Baozi 
hollarda transport oqimining tezligini oshirish uchun yuk 


403 
avtomobillarining o‘rta bo‘lak bo‘yicha harakatlanishi taqiqlanadi. Yuk 
avtomo6illari chekka (o‘ng) bulakdan harakatlanadi. 
"Belgilangan yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lak" "5.9" 
Ushbu 
belgi 
transport 
vositalarining 
oqimi 
bo‘yicha 
yo‘nalgan, belgilangan yo‘nalishli 
transport 
vositalari 
uchun 
mo‘ljallangan bo‘lakni belgilashda 
ishlatiladi. Ushbu bo‘lak boshqalaridan sidirg‘a 
chiziq bilan ajratilgan bo‘lsa, u holda bu bo‘lakka boshqa transport 
vositalarining kirishi taqiqlanadi. 
Agar uzuq chiziqchalar bilan 
chegaralangan bo‘lsa, u holda 
yo‘lovchi tushirish yoki olish, o‘ngta 
burilish uchun bo‘lakka kirish mumkin. 
"Belgilangan yunalishli transport vositalari 
uchun bo‘lagi bor yo‘l" "5.10.1'' 
Ushbu belgi bir tomonlama 
harakatlanish yo‘lining chetki chap 
bulagi umum foydalaniladigan 
transport vositalariga ajratilgani 
haqida axborot beradi. Bo‘lak boshqalaridan 
(uzuq bulmagan) sidirg‘a chiziq bilan ajratilib, 
unga boshqa transport vositalarining kirishi 
taqiqlanadi. 
«Belgilangan yunalishli transport vositalari» 
bo‘lagi bor yo‘lga chiqish" 5.10.2" "5.10.3" 
Ushbu belgilar kesishadigan yo‘lda bir tomonlama harakatlanish 
joriy qilingan bo‘lib, yo‘lning bir bo‘lagi belgilangan yo‘nalishli transport 
vositalariga ajratilgan va uning boshqa transport vositalarining 
harakatlanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda ekanligidan axborot beradi. 
"Belgilangan yunalishli transport vositalari uchun 
bo‘lagi bor yo‘lning oxiri" "5.10.4" 
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan boshlab barcha 
transport vositalari yo‘l qatnov qismining barcha kengligi 
bo‘yicha harakatlanishi, to‘xtashi va to‘xtab turishi mumkin. 


404 
"Qayrilish joyi" 5.11.1" 
"Qayrilish oralig‘i" "5.11.2" 
Ushbu belgilar kayrilish joyi va 
uning oralig‘ini belgilab, transport 
vositalarining 
chapga 
burilishini 
taqiqlaydi.
"Avtobus va trolleybus to‘xtash 
joyi" «5.12»
"Tramvay to‘xtash joyi'' "5.13"
"Taksi tuxtab turish joyi" "5.14" 
Ushbu belgilar o‘ziga hos transport vositalarining to‘xtash va 
to‘xtab turish joylarini ko‘rsatib, belgi o‘rnatilgan joydan 15 metrgacha 
masofada boshqa transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishini 
taqiqlaydi. 
"Piyodalar utish joyi" «5.16.1» «5.16.2» 
Ushbu belgilar piyodalar o‘tish joyini 
belgilab, "Zebra" shaklidagi yotiq chiziq bilan 
yoki ularsiz ishlatilishi mumkin. "5.16.1" belgisi 
yo‘lning o‘ng tarafiga o‘rnatilib, piyodalar o‘tish joyining old chegarasini 
bildiradi, "5.16.2" yo‘l belgisi avvalgi belgining aks ta’sirini ko‘rsatadi va 


405 
yo‘lning chap tarafiga o‘rnatilib, piyodalar o‘tish joyining tugash 
chegarasini kursatadi. 
"Piyodalarning yer ostidan o‘tish joyi" 
«5.17.1» «5.17.2» 
"Piyodalarning yer ustidan o‘tish joyi" 
«5.17.3» «5.17.4»
Ushbu belgilar yer ustidan (ko‘pincha 
temir yo‘l tashlama ko‘prigi ustidan) va yer 
ostidan (serqatnov ko‘chalarning ostidan) 
o‘tish joylarini ko‘rsatadi. 
"Tavsiya etilgan tezlik'' «5.18» 
Ushbu belgi yo‘lning shart-sharlitlari, 
yoki meteorologiya (ob-havo) sharoitlariga 
qarab shu qism uchun maolum 
tezlikni (belgida ko‘rsatilgan) 
tavsiya qiladi. Belgi birinchi 
chorrahagacha 
ta’sir 
kiladi. Agar bu belgi 
ogohlantiruvchi belgi 
bilan birga qo‘llansa, 
uning ta’sir oraligi havfli qismning uzunligi 
bilan aniqlanadi. 
"Oxiri berk yo‘l" «5.19.1» «5.19.2» «5.19.3» 
Ushbu belgi yo‘lning davomi yo‘q ohiri berk 
ekanligini 
ko‘rsatib, 
harakatlanishni 
taqiqlamaydi 
(ko‘chaga 
kirishni 
taqiqlamaydi). 
"Yo‘nalishning 
dastlabki 
ko‘rsatkichi" "5.20.1" 
Belgida ko‘rsatilgan aholi 
yashaydigan 
joy 
yoki 
manzilga 
avtomagistral 
orqali boriladigan bo‘lsa - asosi yashil, oddiy yo‘llarda - 
asosi havo rang, shahar yo‘llarida - asosi oq belgilar bilan 
harakat yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 


406 
Belgida, belgi o‘rnatilgan joydan chorrahagacha 
bo‘lgan masofa yoki yo‘nalishlar bo‘yicha, 3.12-3.15 
taqiqlovchi belgilardan biri o‘rnatilgan qismni aylanib 
o‘tish kerakligi ko‘rsatiladi. Belgi shahar yo‘llarida 50-
100 metr, shahardan tashqarida 150-300 metr masofada, 
avtomagistrallarda 300 metr va undan ortiq masofalarda o‘rnatiladi. 
"Yo‘nalishlarning dastlabki ko‘rsatkichi" "5.20.2" 
Bu belgining avvalgi belgidan farqi aholi yashaydigan joy va 
boshqa manzillarga borish yo‘nalishi ko‘rsatilganidadir. Avtomagistral 
yo‘nalishi yashil asosli belgi bilan, oddiy yo‘llarning yo‘nalishi esa asosi 
havo rang belgi bilan ko‘rsatilgan. 
Savollar? 
1. Qaysi belgi orqamacha harakatlanishni taqiqlaydi? 
2. "Avtamobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l"da qanday transport 
vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi va qaysilarga ruxsat etiladi? 
3. "Bir tomonlama harakatlanish joriy yo‘li"da qaysi tomonga 
harakatlanish taqiqlangan; -o‘ngga?, chopga?, orqaga?, tug‘riga? 
4. Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo‘lga, ko‘ndalang 
yo‘ldan chiqib orqaga qayralish mumkinmi? 


407 
№17 MAVZU: AXBOROT-KO‘RSATISH BELGILARI 
Reja: 
1. Belgilarning vazifalari. 
2. O‘rnatilish tartibi va shartlari. 
"Harakatlanish tasviri" «5.20.3»
CHorraha oldida o‘rnatilgan 
ushbu belgi biron yo‘nalish bo‘yicha 
harakatlanish taqiqlangan murakkab 
chorrahalarda harakatlanish tartibini ko‘rsatadi. 
"Yo‘nalish 
kursatkichi" 
"5.21.1" 
Manzil tomon burilish 
joyida ushbu belgi o‘rnatilib, 
qancha 
kilometr 
masofa 
qolganini ko‘rsatadi. 
"Yo‘nalishlar ko‘rsatkichi" "5.21.2" 
Ushbu belgi avvalgi belgining bir turi 
bo‘lib, bir necha manzil tomon harakatlanish 
yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. 
"Aholi yashaydigan joyning boshlanishi" 
"5.22" 
Asosi oq rangda, aholi yashash joyi qora 
rangda yozilgan bunday belgilar yuqori tezlikni 
soatiga 70 km bilan chegaralab, tovush 
signallaridan foydalanishni taqiqlamaydi. 
"Aholi 
yashaydigan 
joyning ohiri" "5.23" 
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan boshlab, 
avvalgi belgi "5.22" kiritgan chsgaralar bekor 
kilinadi. 


408 
"Axoli yashaydigan joyning boshlanishi" 
"5.24"
Asosi xavo rang, yozuvi ok. rangda 
yozilgan bunday belgilar xarakat tezligi va 
tovush 
signallaridan 
foydalanishni 
cheklamasdan, fakat belgida yozilgan 
geografik joy nomini bildiradi. Ushbu belgi 
urnatilgan joyda axoli yashaydigan joydagi 
yo‘llarda joriy etilgan tartib talab etilmaydi. 
"Axoli yashaydigan joyning oxiri" "5.25"
Ushbu belgi avvalgi belgi ko‘rsatgan 
geografik joyning oxirini bildiradi. 
"Manzil nomi" "5.26" 
Aholi yashaydigan joylardagi ko‘chalar 
nomi, aholi yashamaydigan joylarda esa daryo, 
ko‘l va boshka xushmanzara joylarning nomi 
ushbu belgi bilan kursatiladi. 
"Masofalar kursatkichi" "5.27" 
Ushbu belgi shaharlardan chikib ketish 
joylariga urnatilib, yo‘nalish bo‘yicha joylashgan 
aholi yashaydigan manzilgacha bo‘lgan 
masofani bildiradi. harakatdagi haydovchi o‘qib 
ulgurishi uchun bitta belgida uchtagacha 
manzil nomi yozilishi mumkin. 
"Kilometr belgisi" "5.28" 
Ushbu belgi yo‘l boshlanganidan boshlab har kilometr oxiriga 
o‘rnatiladi. "Yo‘l rakami" «5.29.1» «5.29.2» 
Ushbu belgilar yo‘l raqami va yo‘nalishni ko‘rsatib, haydovchiga 
avtomobil yo‘llari atlasi bo‘yicha undan foydalanishini osonlashtiradi.
"Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo‘nalishi" 
"5.30.1" "5.30.2" ''5.30.3" 
Ushbu belgilar chorraha oldida o‘rnatilib, yuk mashinalari 
haydovchilariga eng qulay yo‘lni ko‘rsatib, shu yo‘l bo‘yicha 
harakatlanishni tavsiya etadi. Boshqa yo‘llarga burilish taqiqlanmaydi, 
lekin tez orada yuk avtomobillari harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga 
olib keladi. 


409 
"Aylanib utish tasviri" "5.31" 
Asosi sariq, rangda bo‘lgan 
ushbu belgi vaqtinchalik yopib 
qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab 
o‘tish chizmasini ko‘rsatadi. Belgi 
aholi yashaydigan joyda 50-100 m. aholi 
yashamaydigan joylarda 150-300 m. masofada, 
baozi hollarda aylanib o‘tiladigan yo‘lning oldida 
o‘rnatiladi. 
"CHetlab utish yunalishi" 
«5.32.2» «5.32.3» «5.32.1»
Asosi sariq rangda bo‘lgan ushbu belgi 
vaktinchalik yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab 
o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bu belgi avvalgi 
belgiga o‘xshab aholi yashaydigan joyda 50-100 
m, aholi yashamaydigan joyda 150-300 m. 
masofada, baozi hollarda aylanib o‘tiladigan 
yo‘lning oldida o‘rnatiladi. 
"To‘xtash" "5.33" 
Ushbu belgi svetoforga 5-20 m. 
yetmasdan, baozi hollarda svetofor ostida 
o‘rnatilib, svetoforning fakatgina taqiqlovchi 
ishorasida, transport vositalarining to‘xtash 
joyini ko‘rsatadi. 
"Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning 
boshlang‘ich ko‘rsatkichi" "5.34.1 "5.34.2" 
Ushbu belgi ajratuvchi bo‘lakli yo‘llarda, 
turli tadbirlar (xalq, sayli, miting, sport 
yig‘ilishlari) sababli vaqtinchalik yopib qo‘yilgan 
yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini yoki boshqa qatnov qismiga o‘tish 
yo‘nalishini ko‘rsatadi. 
"Reversiv harakatlanish" "5.35" 
Ushbu belgi yo‘lning boshida o‘rnatilib, bir yoki bir 
necha bo‘laklarda harakatlanish yo‘nalishining qarama-
qarshi tomonga o‘zgarishi mumkinligi haqida axborot 
beradi. 


410 
"Reversiv harakatlanishning oxiri" «5.36» 
"5.36" belgisi yo‘lning oxiriga o‘rnatilib, reversiv 
harakatlanishning oxirini ko‘rsatadi. 
"Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish" "5.37" 
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatilib, kesishadigan 
yo‘lning bir yoki bir necha bo‘laklarida harakatlanish 
yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkinligi 
haqila axborot beradi. 
«Turar joy dahasi» «5.38» 
Turar joy dahalarida piyodalar trotuardan tashqari 
qatnov qismida harakatlanishi mumkin. Bunda piyodalar 
imtiyozga ega buladi. Haydovchiga yurgazgichni ishlab 
turgan holda tuxtab turishi, mexanik transport vositasini 
boshqarishni o‘rgatishi va to‘la vazni 3.5 t. dan ortiq bo‘lgan 
avtomobillarini (maxsus maydon bo‘lmasa) to‘xtab turishi 
taqiqlanadi. 
«Turar joy daxasining oxiri» «5.39»
«Falokatli holatlar uchun kirish yo‘li» «5.40» Tog‘li 
yo‘llarda, davonla, tik nishabdan tushib kelayotgan transport 
vositalarining to‘xtatish tizimi ishlamay qolsa, to‘xtatish 
uchun ajratilgan yo‘liga kirishini ko‘rsatadi. Yo‘l harakati 
qoidalaridagi 20.2 bandda ko‘rsatilgan hollarda foydalaniladigan yo‘l. 
Savollar 
1. Qaysi belgi orqamacha harakatlanishni taqiqlaydi? 
2. "Avtamobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l"da qanday transport 
vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi va qaysilarga ruxsat etiladi? 
3. "Bir tomonlama harakatlanish joriy yo‘li"da qaysi tomonga 
harakatlanish taqiqlangan; -o‘ngga?, chopga?, orqaga?, tug‘riga? 
4. Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo‘lga, ko‘ndalang 
yo‘ldan chiqib orqaga qayralish mumkinmi? 
5. "Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish" belgilari yo‘lning qaysi joylarida 
o‘rntiladi? 
6. "Belgilangan yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan 
bo‘lak" da boshqa transport vositalari harakatlanishn mumkinmi? 
Yo‘lovchi tushirish yoki olish uchun ushbu bo‘lakka kirish mumkinmi? 
7. Qayrilish joyida chapga burilish mumkinmi? 
8. Asosi oq rangda bo‘lgan "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi" 
belgisi harakatlanishga qanday chegaralar kiritadi? 


411 
№18 MAVZU: SERVIS BELGILARI 
Reja: 
1. Servis belgilarining vazifalari. 
2. O‘rnatilish joylari va tartibi. 
Tayanch iboralar: Birinchi tibbiy yordam berish joylari, 
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joylari, 
avtomobil yo‘llaridagi qulayliklar. 
Servis 
belgilari 
transport 
vositalari, 
yo‘lovchilar 
va 
haydovchilarga 
yo‘l 
yoqasida 
joylashgan xizmat ko‘rsatish joylari 
haqida maolumot beradi. 
"Tibbiy yordam kursatish joyi" 
«6.1»
"SHifoxona" «6.2»
«Yonilga shaxobchasi» «6.3»
"Texnik xizmat ko‘rsatish joyi" 
«6.4»
"Transport vositalarini yuvish 
joyi"
«6.5»
"Oshxona" «6.7»


412 
"Ichimlik suvi" «6.8» 
"Mexmonxona" «6.9» 
"Kemping" «6.10» 
"Dam olish joyi" «6.11» 
"DAN maskani" «6.12»
Ushbu belgilar xizmat ko‘rsatish 
joylari oldida yoki ular tomonga boradigan 
yo‘l boshida o‘rnatiladi. Ikkinchi holatda 
belgi o‘rnatilgan joydan xizmat ko‘rsatish joyigacha bo‘lgan masofa belgi 
ostida ko‘rsatiladi. 


413 
№19 MAVZU: QO‘SHIMCHA AXBOROT BELGILARI 
O‘QUV SAVOLLAR 
1. Qo‘shimcha axborot belgilarining turlari. 
2. Qo‘shimcha axborot belgilarining qo‘llanilishi. 
TAYANCH IBORALAR 
Manzilgacha bo‘lgan masofa, ta’sir oralig‘i, 
Qo‘shimcha axborot belgilarining asosi oq rangda bo‘lib, doimo 
boshqa belgilar bilan birga qo‘llanadi va ularning ta’sirini 
muayyanlashtiradi yoki cheklaydi. 
"Manzilgacha bo‘lgan masofa". 
"7.1.1" 
Ushbu belgi: 
- ogoxlantiruvchi belgilar bilan qo‘llansa - xavfli joygacha bo‘lgan 
masofani; 
- imtiyoz belgilari bilan qo‘llansa - belgining ta’siri qancha masofadan 
keyin (imtiyoz yoki yo‘l berish) boshlanishini; 
- taqiqlovchi belgilar bilan qo‘llansa qancha masofadan keyin yo‘lning 
harakatlanishi taqiqlangan qismi boshlanishini; 
- axborot-ishora belgilari bilan qo‘llansa - chorrahadan manzilgacha 
bo‘lgan masofani ko‘rsatadi. 
"Manzilgacha bo‘lgan masofa". 
“7.1.2 
CHorraha yoki kesishma oldida "2.5" "To‘xtamasdan o‘tish taqiqlanadi" 
belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, "2.4" "Yo‘l bering" belgisi o‘rnatilgan joydan 
chorraha yoki kesishmagacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi. 
"Manzilgacha bo‘lgan masofa". «7.1.3» «7.1.4» 
Ushbu belgilar chorrahadan, kesishmadan manzilgacha bo‘lgan 
masofani ko‘rsatadi. 
"Ta’sir oralig‘i". 
“7.2.1” 
Ushbu belgi: 
- ogohlantiruvchi belgilar bilan qo‘llansa — yo‘lning havfli qismi 
qanchagacha davom etishini; 
- taqiqlovchi belgilar bilan qo‘llansa — ularning ta’sir oralig‘ini; 
- axborot-ishora belgilari bilan qo‘llansa, "5.15 ","5.18" - ularning ta’sir 
oralig‘ini ko‘rsatadi. 
"Ta’sir oralig‘i", "7.2.2" "7.2.3'' 
"7.2.2" belgisi 3.27 — 3.30 belgilar bilan qo‘llanib, ularning ta’siri 
saqlangan oraligni ko‘rsatadi. 


414 
"7.2.3" belgisi 3.27 — 3.30 belgilar bilan qo‘llansa — ular ta’sir 
oralig‘ining oxirini ko‘rsatadi. "7.2.4" belgisi 3.27 - 3.30 belgilar bilan qo‘llansa 
- haydovchiga ushbu belgilar ta’sirida ekanligi haqida mahlumot beradi. 
Ta’sir oralig‘i". 
7.2.5 
"7.2.6" 
"7.2.5" va "7.2.6" belgilari 3.27 — 3.30 belgilari bilan qo‘llanib, 
ushbu belgilarning ta’sir oralig‘i va yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. 
"7.3.3" 
"Ta’sir yo‘nalishlari" "7.3.1" "7.3.2"
Ushbu belgilar chorraha oldida o‘rnatilgan taqiqlovchi, buyuruvchi va 
axborot-ishora belgilari bilan qo‘llanib, ularning ta’sir yo‘nalishini ko‘rsatadi. 
"Transport vositasining turi" "7.4.1" 
Ushbu belgilar asosiy belgilar bilan birga qo‘llanib, asosiy belgining ta’siri 
qaysi turdagi transportga taalluli ekanini tasvirdagi surat orqali ko‘rsatadi. 
Yengil avtomobil surati tasvirlangan "7.4.3" belgi to‘la vazni 3,5 tonnagacha 
bo‘lgan yuk avtomobillariga ham taalluqli, yuk avtomobili surati tasvirlangan 
"7.4.1" belgi, to‘la vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillarga tegishli. 
"SHanba, yakshanba va bayram kunlari", "Ish kunlari", "Hafta kunlari" 
Asosiy belgilar ostiga o‘rnatilgan ushbu belgilar, asosiy belgini 
xaftaning qaysi kuniga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. 
"Amal qilish vaqti" 
"7.5.4" 
Asosiy belgi bilan qo‘llangan ushbu belgi, asosiy belgini kunning qaysi 
vaqtida amal qilishini ko‘rsatadi. 
"Amal qilish vaqti" "7.5.5" Asosiy belgilar bilan kursatilgan ushbu belgilar 
asosiy belgi haftaning qaysi kuni va qaysi soatida amal qilishini ko‘rsatadi. 
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
I. Yo‘l chiziqlarining vazifasi nimadan iborat? 
2. Yo‘l chiziqlari qanaqa turlarga bulinadi? 
3. Uzluksiz oq chiziqning vazifasi nimadan iborat? 
4. Uzluksiz oq chiziqni kesib o‘tishga ruxsat etiladimi? 
5. Avtomagistralda qanday yotiq chiziq qo‘llaniladi? 


415 
№20 MAVZU: QO‘SHIMCHA AXBOROT BELGILARI 
O‘QUV SAVOLLAR 
1. Qo‘shimcha axborot belgilarining turlari. 
2. O‘rnatilish tartibi va shartlari. 
TAYANCH IBORALAR 
Manzilgacha bo‘lgan masofa, ta’sir oralig‘i, 
Qo‘shimcha axborot belgilarining asosi oq rangda bo‘lib, doimo 
boshqa belgilar bilan birga qo‘llanadi va ularning ta’sirini muayyanlashtiradi 
yoki cheklaydi. 
"Transport vositalarini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli." "7.6.1-7.6.9" 
Ushbu belgilar "To‘xtab turish joyi" belgisi bilan qo‘llanib, yengil 
avtomobillar va mototsikllarning trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 
"To‘xtab turish joyi" belgisi bilan qo‘llangan "7.6.1" belgisi barcha turdagi 
transport vositalarining to‘xtab turish usulini ko‘rsatadi. 
"Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi" "7.7" Kasalxonalar, 
sanatoriylar, dam olish uylari, aholi zich yashaydigan joylarda va shunga 
o‘xshash joylarda ekologiyani toza saqlash uchun "To‘xtab turish joyi" bilan 
birga 7.7 belgisi qo‘llanib, to‘xtab turish 
joyida faqat dvigateli ishlamayotgan transport vositalarining to‘xtab 
turishiga ruhsat etilganini bildiradi. 
"Pullik xizmat ko‘rsatish joyi" 
"7.8"
"To‘xtab turish joyi" belgisi bilan qo‘llangan ushbu belgi to‘xtab 
turish joyi pullik ekanini ko‘rsatadi. 
"To‘xtab turish muddati cheklangan" "7.9"
Do‘kon, bozor va shunga o‘xshash joylarda haridorlarning to‘xtab turish 
joyidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun "To‘xtab turish joyi" bilan 
birga qo‘llangan ushbu belgi to‘xtab turish muddatini 
cheklaydi. 
"Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi" "7.10"
To‘xtab turish joyida ("5.15") yoki dam olish joyida ("6.11") avtomobillarga 
mayda texnik xizmat ko‘rsatish uchun estakada yoki ko‘zdan 
kechirish chuqurchasi bor ekanligini bildiradi. 
"To‘la vazni cheklangan" 
"7.11" 
Ushbu belgi bahzi taqiqlovchi yoki buyuruvchi belgilar bilan qo‘llanib, to‘la 
vazni qo‘shimcha belgida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lgan transport 
vositalariga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. 
"Xavfli yo‘l yoqasi" 
"7.12" 


416 
"Tahmirlash ishlari" belgisi bilan qo‘llangan ushbu belgi yo‘l yoqasida 
tahmirlash ishlari olib borilayotganini, yo‘ldan tashqariga chiqish xavfli 
ekanligini ko‘rsatadi. 
"Asosiy yo‘lning yo‘nalishi" "7.13" 
Ushbu belgi asosiy yo‘l o‘z yo‘nalishini o‘zgartirganida "Asosiy yo‘l 
"Yo‘l bering", "To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi" belgilari bilan 
qo‘llaniladi. 
Harakatlanish bo‘lagi" "7.14" 
Bu belgi asosiy belgilar yoki svetofor bilan qo‘llanib, ularning ta’siri 
qo‘shimcha belgi ko‘rsatadigan bo‘lakka tegishli ekanligini bildiradi. 
Ko‘zi ojiz piyodalar" "7.15"
Ushbu belgi "Piyodalar o‘tish joyi" "1.20","5.16.1", "5.16.2" belgilari va 
svetofor bilan qo‘llanib, haydovchiga piyodalar o‘tish joyidan 
ko‘proq ko‘zi ojizlar o‘tishi mumkinligini bildiradi. 
"Nam qoplama" 
"7.16" 
Yuqori tezlikning cheklanishi, eng kam oraliqning cheklanishi sabablarini 
mahlum qilish uchun asosiy belgilar bilan birga "7.16" qo‘shimcha belgisi 
qo‘llaniladi. 
"Nogironlar"
"7.17" 
Asosiy belgilar bilan qo‘llangan ushbu belgi, asosiy belgi faqat 
nogironlarga tegishli ekanini bildiradi. "To‘xtab turish joyi" belgisi "7.17" 
belgi bilan qo‘llansa, to‘xtab turish joyi faqat nogironlarga tegishli avtomobil 
yoki motokolyaskaga taalluqli bo‘ladi. 
"Nogironlar mustasno" "7.18" 
Taqiqlovchi belgilar bilan o‘rnatilgan ushbu belgi taqiqlovchi belgining 
nogironlarga tegishli avtomobil yoki motokolyaskaga taalluqli emas ekanligini 
bildiradi. 
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
1. 
Sariq rangdagn yotiq chiziqlarning vazifasi nimadan iborat va 
yo‘lning 
qaysi joylarida chiziladi? 
2. Sariq rangdagi yotiq chiziqlarni kesib o‘tishga ruxsat beriladilsh? 
3. Reversiv bo‘lakni ko‘rsatuvchi yotiq chiziqni kesib o‘tish mumkinmi? 
4. Yonma-yon chizilgan uzluksiz va uzlukli (uzilgan-uzilgan) 
chiziqlarnshg 
vazifasi nimadan iborat va qaysi tarafidan kesib o‘tish mumkin? 
5. Tik chiziqlarning vazifalari nimadan iborat? 


417 
№21 Mavzu: Transport vositalarini taniqlik belgilari. 
Reja:
1. Transport vositalarini taniqlik belgilari. 
2. Xavfli yuklarning taniqli belgilari. 
"Avtopoezd" — yuk avtomobillari va g‘ildirakli traktor (1,4 tonna va undan 
yuqori) larda tirkam bo‘lganda, shuningdek, tutashtirilgan avtobus va trolleybus 
kabinalari tomining old qismi o‘rtasiga bir qator qilib 150 dan 300 mm oraliqda 
ko‘ndalang joylashgan uchta zarg‘aldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, 
tomonlarining har biri 250 millimetr bo‘lgan sariq rangli uchburchak shaklidagi 
belgi; 
"Turumlangan" (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport 
vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, 
qizil hoshiyali oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi; 
Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200-300 
millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga 
teng bo‘lishi kerak. 
"Bolalar guruhini tashish" — avtobus yoki mahsus jihozlangan yuk 
avtomobillarida bolalar tashilganda, transport vositasining old va orqa 
tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo‘l belgisidagi bolalar timsolining tasviri 
tushirilgan, sariq rangdagi turtburchak ko‘rinishidagi belgi; 
turtburchakning tomonlari 250-300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi 
turtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak. 
"Kar haydovchi" — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan 
transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr 
bo‘lgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etgan sariq 
rangli doira shaklidagi belgi; 
"Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi" — boshkarishni urgatishda 
foydalanadigan transport vositalarining old va orqa tomoniga ichiga 
korarangda "O"' xarfi tushirilgan, transport vositasining turiga karab tomonlari 
200 millimetrdan 300 millimetrgacha bo‘lgan, qizil hoshiyali oq rangli 
uchburchak shaklidagi belgi; 
"Tezlik cheklangan" — juda og‘ir, havfli va katta o‘lchamli yuklarni 
tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining texnik tavsifnomasida 
ko‘rsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 12.2, 12.3 va 12.4 bandlarida 
belgilangan tezlikdan past bo‘lgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa 
devorining chap tomoniga 3.24 — "Yuqori tezlik cheklangan" yo‘l belgisining 
kichraytirilgan rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi; 


418 
Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo‘lmasligi, hoshiyasining 
kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak. 
"Havfli yuk"— havfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa 
tomoniga o‘rnatilgan o‘lchami 690x300 millimetr, zarg‘aldoq rangli o‘ng qismi 
400x300 millimetr bo‘lgan, chap qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib 
turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi 
turtburchak shaklidagi belgi (4-ilova); 
"Katta o‘lchamli yuk"— ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal bo‘yicha 
galma-gal joylashgan qizil va oq ragli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan 
yuzali, o‘lchami 400x400 millimetrli turtburchak shaklidagi belgi; 
"Uzun o‘lchamli transport vositasi" — yukli yoki yuksiz uzunligi 20 
metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan ko‘proq tirkamali 
avtopoezdlarning orqasiga kengligi 40 millimetr bo‘lgan qizil hoshiyali, 
o‘lchami 1200x200 millimetr bo‘lgan, tarkibning tasviri tushirilgan sariq rangli 
turtburchak shaklidagi belgi; 
ko‘rsatilgan o‘lchamli belgini joylashtirishning imkoniyati bo‘lmasa, bir xil 
ikkita 600x200 millimetrli o‘lchamdagi belgini transport vositasining o‘qiga 
simmetrik ravishda o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. 
"Falokat sababli to‘xtash" — miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti 
talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi. 
Haydovchilarning xohishiga ko‘ra quyidagi taniqlik belgilari o‘rnatilishi 
mumkin: 
"SHifokor" — shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining 
old va orqa tomoniga o‘rnatiladigan, tomonlari 140 millimetrdan bo‘lgan ko‘k 
rangli turtburchak ichida, diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 
millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi;
"Nogiron" — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan 
transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatiladigan barcha tomonlari 
150 millimetrdan bo‘lgan va qora rangdagi 7.17 yo‘l belgisining tasviri 
tushirilgan sariq rangli turtburchak shaklidagi belgi;
28.4. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni 
ko‘rsatadigan ogohlantiruvchi qurilma o‘lchami 200x200 millimetr bo‘lgan, 
diagonali bo‘yicha ketma-ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq 
rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki 
taxtachalar ko‘rinishida tayyorlanishi kerak. 
Egiluvchan ulagichning har bir metriga bittadan ogohlantiruvchi qurilma 
o‘rnatiladi. 


419 
28.5. Qattiq o‘lagichli qurilmaning tuzilishi davlat standarti talablariga 
mos bo‘lishi kerak. 
28.6. Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: 
agar avtomobillar, avtobuslar, avtopoezdlar, tirkamalar, mototsikllar, 
mopedlar, traktorlar va boshqa uziyurar mashinalarning texnik holati va 
jihozlanishi 3-ilovadagi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan 
shartlar ro‘yhatining biron-bir talabiga javob bersa; 
trolleybus va tramvaylarda tegishli texnik foydalanish qoidalarida ko‘zda 
tutilgan nosozliklardan birortasi bo‘lsa; 
transport vositalari davlat texnika ko‘rigidan o‘tmagan, shuningdek, 
tegishli ruhsatsiz qayta jihozlangan bo‘lsa; 
transport vositalari davlat avtomobil nazorati organlarining ruhsatisiz 
miltillovchi chiroq mayoqcha va mahsus tovushli ishora bilan jihozlangan, 
kuzovining yon tomoniga DAN bilan kelishmasdan qiya oq chiziq tortilgan, 
ko‘zda tutilmagan joylarga tegishli raqam belgilari o‘rnatilgan, agregat va 
qismlarining raqamlari yoki raqam belgilari ko‘rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, 
o‘zgartirilgan bo‘lsa. 
28.7. Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga 
javobgar bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: 
texnik nosozligi tufayli foydalanish taqiqlangan, tegishli ruxsatsiz qayta 
jihozlangan, belgilangan tartibda ruyhtdan o‘tkazilmagan yoki davlat texnika 
ko‘rigidan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqarish; 
yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday mastlik (alkogol 
giyohvand va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va ehtiborni susaytiradigan 
dori-darmonlar tahsirida, charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek, 
tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish xuquqi bo‘lmagan, 
belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, giyohvand yoki spirtli 
ichimliklarni surunkali istemol qiluvchi shaxs sifatida hisobda turgan shaxslarni 
transport vositasini boshqarishga qo‘yish; 
asfalg‘t yoki tsement-beton qoplamali yo‘llarga zanjirli traktor va boshqa 
uziyurar mexanizmlarni chiqarish. 
28.8. Yo‘llar, temir yo‘l kesishmalari va boshqa yo‘l inshootlarining 
holatiga javobgar bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslar: 
yo‘llar, temir yo‘l kesishmalari va boshqa yo‘l inshootlarini yo‘l harakati 
xavfsizligini tahminlaydigan holatda saqlashga; 
yo‘l harakatiga halaqkit beradigan har qanday tusqinlik vujudga kelsa 
ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, yo‘lning ayrim qismlarida ulardan foydalanish 


420 
yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki 
taqiqlash choralarini ko‘rishga majburdirlar. 
28.9. Yo‘llarda tahmirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va 
boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo‘l harakati xavfsizligini 
tahminlashga majburdirlar. Bunday joylar, shuningdek, yo‘ldan tashqariga olib 
chiqish imkoniyati bo‘lmagan ish bajarmayotgan yo‘l mashinalari, qurilish 
materiallari, qurilma va shunga uxshashlar tegishli yo‘l belgilari, yo‘naltiruvchi 
va tusuvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha 
ko‘rinmaslik sharoitida esa qo‘shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan 
belgilanishi kerak. 
Tahmirlash ishlari tugallangandan so‘ng yo‘llarda transport vositalari va 
piyodalarning xavfsiz harakatlanishi tahminlangan bo‘lishi kerak. 
28.10. Amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda tegishli 
mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan DAN organlari bilan belgilangan 
tartibda quyidagilar kelishiladi: 
shaharlarda va avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil etishni loyihalash, 
yo‘llarni harakatni tashkil etuvchi texnik vositalar bilan jihozlash; 
yo‘llarni, yo‘l inshootlarini ko‘rish, qayta rekonstruktsiya qilish va 
tahmirlash ishlarini loyihalash; 
yo‘llarga bevosita yaqinroqqa ko‘rinishni cheklovchi yoki piyodalar 
harakatini qiyinlashtiruvchi kioskalar, transparantlar, plakatlar, reklama taxtalari 
va shunga o‘xshashlarni o‘rnatish; 
yo‘nalishli transport vositalari yo‘nalishlari va bekatlarining joylanishi; 
yo‘llarda ommaviy, sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; 
transport vositalarini qayta jihozlash, ularga mahsus yorug‘lik va tovush 
ishoralarini o‘rnatish, transport vositalari kuzovining yon tomoniga qiya oq 
chiziqlar tortish; 
mazkur Qoidalarning 26.5 bandida keltirilgan transport vositalarining 
harakatlanishi; boshqarishni o‘rgatish ruhsat etilgan yo‘llar ruyhati va chizmasi; 
yo‘llarda transport vositalari va piyodalarning harakatiga xavf tug‘diruvchi 
har qanday ishlarni olib borish. 
SAVOLLAR: 
1. 
Mexanik transport vositalari necha kun mobaynida DANdan 
ro‘yhatda o‘tkazish kerak? 
2. 
Qanday transport vositalariga taniqlik belgilar o‘rnatiladi? 
3. 
Qaysi holatlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi? 
4. 
Mansabdor shaxslarga nimalar taqiqlanadi? 
5. 
DAN organlari bilan nimalar kelishiladi? 


421 


422 


423 
№ 22 MAVZU: YO‘L CHIZIQLARI VA ULARNING XARAKTERISTIKASI 
REJA 
1. Yotiq chiziqlar. 
2. Yotiq chiziqlarning talablariga muvofiq haydovchini xatti harakatlari. 
TAYANCH IBORALAR 
Ko‘ndalang chizmalar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar 
Yo‘l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda keng qo‘llanib, 
haydovchining asosiy e’tibori yo‘naltirilgan joylarga chiziladi. Yo‘l chiziqlari 
yotiq va tik chiziq guruhlariga bo‘linadi. 
YOTIQ CHIZIQLAR 
Yotiq chiziqlar yo‘lning qatnov qismi yuzasiga chiziladi.
BO‘YLAMA CHIZIQLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
1.1. Yo‘lning o‘rtasida chizilgan ensiz, sidirg‘a oq chiziq qarama-qarshi 
kelayotgan transport oqimini ajratadi. 
1.1. Yo‘lning xavfli joylarida, harakatlanish yo‘lkalari o‘rtasida chizilgan, 
uzluksiz oq rangdagi sidirg‘a chiziq bo‘laklarning chegarasini bildiradi. 
1.1. Rasmdagi 1.16.2 va 1.16.3 chegaralari. Yo‘lning harakatlanish 
taqiqlangan qismini (xavfsizlik orolchalarining chegarasi) anglatadi. 
1.1. Yo‘lning chekkasi yoki mahsus maydonchalarda chizilib, transport 
vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini bildiradi. 
1.1. Yo‘lning chekkasiga chizilgan ensiz sidirg‘a oq chiziq harakatlanish 
qismining chegarasini bildiradi. 
1.2. Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 
sm) uzluksiz sidirg‘a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi. 
1.3. Yo‘lning o‘rtasida chizilgan parallel ikki sidirg‘a oq chiziq to‘rt va 
undan ko‘p bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari 
oqimini ajratadi. 
1.4. Yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siqqa 
(bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining to‘xtashini taqiqlaydi. 
Belgilangan yo‘nalishli transportga dahli yo‘q. 
1.5. Yo‘lning o‘rtasiga chizilgan, ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi chiziq ikki 
yoki uch bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi kelayotgan transport vositalari 
oqimini ajratadi. 
1.5. Bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan ikki yoki undan ko‘p 
bo‘lakli yo‘llarda bo‘laklarning, chegarasini bildiradi (oraliq masofani chiziqqa 
nisbati 3/1). 


424 
1.6. Bo‘laklar chegarasida chizilgan, ensiz uzuq-uzuq oq chiziq sidirg‘a 
chiziqqa yaqinlashish haqida ogohlantiradi (oraliq masofani chiziqqa 
nisbatan 1/3). 
1.7. Rasmdagi 1.7 chiziq. CHorrahada chizilgan ensiz uzuq-uzuq oralig‘i 
qisqa oq chiziq chorrahalardagi harakatlanish bo‘laklarini bildiradi. 
1.8. Oddiy chiziqdan ikki barobar enli, qisqa, uzuq-uzuq chiziq 
tormozlanish (sekinlashish) yoki tezlanish bo‘lagi bilan Yo‘lning asosiy bo‘lagi 
o‘rtasidagi chegarani bildiradi. 
1.9. Reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasi
A. Reversiv svetoforlar bo‘lmaganda haydovchining o‘ng tomonidan 
mumkin. 
B. Reversiv svetofor yoqilgan bir yo‘nalishli bo‘laklarni ajratayotganda 
istalgan tomondan mumkin. 
V. Reversiv svetofor o‘chirilgan bo‘lsa, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 
transport oqimlarida taqiqlanadi. 
1.10. Sariq. Yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq 
(bordyur) ustidan chizilgan sariq chiziq to‘xtab turishni taqiqaydi. 
Taksometri ishlab turgan taksilarga dahli yo‘q. 
1.11. Sidirg‘a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat 
biror bo‘lakka qayta tizilishiga ruxsat etadi. 
A. Uzuq-uzuq tarafdan mumkin. 
B. Sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki chetlab 
o‘tishni tugatayotganda mumkin. 
1.17. Sariq. Sariq rangdagi, arrasimon chiziq umumfoydalanadigan 
transport vositalari hamda taksilarning to‘xtab turish joyini bildiradi. 
1.12. "To‘xtang" yozuvi "to‘xtash" chizig‘i svetoforning va tartibga 
soluvchining taqiqlovchi ishorasida, boshqarilmaydigai chorrahalarda, 
"To‘xtamasdan o‘tish taqiqlangan" (2.5) belgisi oldida haydovchi to‘xtashi lozim 
bo‘lgan joyni ko‘rsatadi. Bu chiziq "to‘xtash" axborot-ishora belgisi (5.33) bilan 
qo‘llanilishi mumkin. 
1.13. Bir qator bo‘lib terilgan uchburchaklar, 1.20 bitta katta uchburchak. 
"Yo‘l bsring" belgisi bilan qo‘llanib, kesishgan yo‘lda harakatlanayotgan 
transport vositasiga yo‘l berish zarur bo‘lganda, haydovchi to‘xtashi lozim 
bo‘lgan joyni ko‘rsatadi. Yo‘l chekkasida o‘rnatilgan "Yo‘l bering" belgisi 
ko‘rinishi cheklangan kun bo‘lakli yo‘llarda qo‘llanilishi mumkin. 
1.14.1-1.14.2. Parallel chizilgan keng uzluksiz chiziqlar ("zebra") 
piyodalarning o‘tish joyini bildiradi. "Piyodalar o‘tish joyi" (5.16) axborot-ishora 
belgisi bilan qo‘llanilishi mumkin. Yo‘lning bunday joylarida, haydovchi shu 


425 
yo‘nalishning qatnov qismida bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yuborish kerak (YXK 
16.). 
1.14.3. Svetofor yordamida, tartibga solinadigan piyodalarning o‘tish joyi. 
Svetoforning qizil chirog‘i yashilga almashib, piyodalar qatnov qismini tark 
etishga ulgurmagan bo‘lsa, haydovchi piyodalarning shu yo‘nalish bo‘yicha 
o‘tib borishlariga imkon berishi kerak (YHQ. 16.3). 
1.15. Velosiped yo‘li kesib o‘tgan joy. Bunday boshqarilmaydigan 
kesishmada velosiped haydovchisi yo‘lda harakatlanayotgan transport 
vositalarini o‘tkazib yuborishlari kerak (imtiyoz yo‘ldagi transport vositalarida). 
1.16. Transport oqimlari ajraladigan 1.16.3 transport oqimlari qo‘shiladigan 
joydagi yo‘naltiruvchi orolchani bildiradi. Orolchaning chegarasi 1.1 chizig‘i 
bilan belgilangan bo‘lib, uni kesib o‘tish yoki ustiga chiqib to‘xtash taqiqlanadi. 
1.18. CHorrahada va kesishmalar oldida bo‘laklar buyi qatnov qismining 
yuzasiga chizilgan yo‘naltirgich, mustaqil ravishda yoki "Bo‘laklar bo‘yicha 
harakatlanishning yo‘nalishi" (5.8.1-5.8.2) axborot-ishora belgilari bilan 
qo‘llanib, transport vositalariga bo‘laklar bo‘yicha ruhsat etilgan yo‘nalishni 
ko‘rsatadi. 
1.19. 45" burchak ostida chizilgan yo‘naltirgich, yo‘l qismining tor joyiga 
yaqinlashganlik haqida ogohlantirib, alohida yoki "yo‘lning torayishi" 
(1.18.1- 1.18.3) belgilari bilan birga qo‘llaniladi. 
1.22. Son bilan yonma-yon yozilgan xarf yo‘l harakatlanish yo‘nalishi) 
rakamlarini ko‘rsatadi. 
1.23. Yo‘lning faqat belgilangan yo‘nalishli transport bo‘lagini bildirib, 
(5.9:5.10.1) axborot-ishora belgilari bilan qo‘llaniladi. Bu bo‘lak sidirg‘a chiziq 
bilan ajratilmagan taqdirda, haydovchilar o‘ngga burilish, yo‘lovchilarni 
chiqarish, tushirish uchun bu bo‘lakka kirishlari mumkin (Y.X.Q. 21.2). 


426 


427 


428 


429 


430 
№ 23 MAVZU: Yotiq chiziqlarning talablariga muvofiq haydovchining xatti-
harakatlari. 
REJA 
1. Yotiq chiziqlar bo‘yicha harakatlanish. 
2. Yotiq chiziqlarning talablariga muvofiq haydovchini xatti harakatlari. 
TAYANCH IBORALAR 
Ko‘ndalang chizmalar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar 
Yo‘l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda keng qo‘llanib, 
haydovchining asosiy e’tibori yo‘naltirilgan joylarga chiziladi. Yo‘l chiziqlari 
yotiq va tik chiziq guruhlariga bo‘linadi. 
YOTIQ CHIZIQLAR 
Yotiq chiziqlar yo‘lning qatnov qismi yuzasiga chiziladi.
BO‘YLAMA CHIZIQLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
1.1. Yo‘lning o‘rtasida chizilgan ensiz, sidirg‘a oq chiziq qarama-qarshi 
kelayotgan transport oqimini ajratadi. 
1.1. Yo‘lning xavfli joylarida, harakatlanish yo‘lkalari o‘rtasida chizilgan, 
uzluksiz oq rangdagi sidirg‘a chiziq bo‘laklarning chegarasini bildiradi. 
1.1. Rasmdagi 1.16.2 va 1.16.3 chegaralari. Yo‘lning harakatlanish 
taqiqlangan qismini (xavfsizlik orolchalarining chegarasi) anglatadi. 
1.1. Yo‘lning chekkasi yoki mahsus maydonchalarda chizilib, transport 
vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini bildiradi. 
1.1. Yo‘lning chekkasiga chizilgan ensiz sidirg‘a oq chiziq harakatlanish 
qismining chegarasini bildiradi. 
1.2. Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 
sm) uzluksiz sidirg‘a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi. 
1.3. Yo‘lning o‘rtasida chizilgan parallel ikki sidirg‘a oq chiziq to‘rt va 
undan ko‘p bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari 
oqimini ajratadi. 
1.4. Yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siqqa 
(bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining to‘xtashini taqiqlaydi. 
Belgilangan yo‘nalishli transportga dahli yo‘q. 
1.5. Yo‘lning o‘rtasiga chizilgan, ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi chiziq ikki 
yoki uch bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi kelayotgan transport vositalari 
oqimini ajratadi. 
1.5. Bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan ikki yoki undan 
ko‘p bo‘lakli yo‘llarda bo‘laklarning, chegarasini bildiradi (oraliq masofani 
chiziqqa nisbati 3/1). 


431 
1.6. Bo‘laklar chegarasida chizilgan, ensiz uzuq-uzuq oq chiziq sidirg‘a 
chiziqqa yaqinlashish haqida ogohlantiradi (oraliq masofani chiziqqa 
nisbatan 1/3). 
1.7. Rasmdagi 1.7 chiziq. CHorrahada chizilgan ensiz uzuq-uzuq oralig‘i 
qisqa oq chiziq chorrahalardagi harakatlanish bo‘laklarini bildiradi. 
1.8. Oddiy chiziqdan ikki barobar enli, qisqa, uzuq-uzuq chiziq 
tormozlanish (sekinlashish) yoki tezlanish bo‘lagi bilan Yo‘lning asosiy bo‘lagi 
o‘rtasidagi chegarani bildiradi. 
1.9. Reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasi
A. Reversiv svetoforlar bo‘lmaganda haydovchining o‘ng tomonidan 
mumkin. 
B. Reversiv svetofor yoqilgan bir yo‘nalishli bo‘laklarni ajratayotganda 
istalgan tomondan mumkin. 
V. Reversiv svetofor o‘chirilgan bo‘lsa, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 
transport oqimlarida taqiqlanadi. 
1.10. Sariq. Yo‘lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq 
(bordyur) ustidan chizilgan sariq chiziq to‘xtab turishni taqiqaydi. Taksometri 
ishlab turgan taksilarga dahli yo‘q. 
1.11. Sidirg‘a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat biror 
bo‘lakka qayta tizilishiga ruxsat etadi. 
A. Uzuq-uzuq tarafdan mumkin. 
B. Sidirg‘a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki chetlab o‘tishni 
tugatayotganda mumkin. 
1.17. Sariq. Sariq rangdagi, arrasimon chiziq umumfoydalanadigan transport 
vositalari hamda taksilarning to‘xtab turish joyini bildiradi. 
1.12. "To‘xtang" yozuvi "to‘xtash" chizig‘i svetoforning va tartibga soluvchining 
taqiqlovchi ishorasida, boshqarilmaydigai chorrahalarda, "To‘xtamasdan o‘tish 
taqiqlangan" (2.5) belgisi oldida haydovchi to‘xtashi lozim bo‘lgan joyni 
ko‘rsatadi. Bu chiziq "to‘xtash" axborot-ishora belgisi (5.33) bilan qo‘llanilishi 
mumkin. 
1.13. Bir qator bo‘lib terilgan uchburchaklar, 1.20 bitta katta uchburchak. "Yo‘l 
bsring" belgisi bilan qo‘llanib, kesishgan yo‘lda harakatlanayotgan transport 
vositasiga yo‘l berish zarur bo‘lganda, haydovchi to‘xtashi lozim bo‘lgan joyni 
ko‘rsatadi. Yo‘l chekkasida o‘rnatilgan "Yo‘l bering" belgisi ko‘rinishi cheklangan 
kun bo‘lakli yo‘llarda qo‘llanilishi mumkin. 
1.14.1-1.14.2. Parallel chizilgan keng uzluksiz chiziqlar ("zebra") 
piyodalarning o‘tish joyini bildiradi. "Piyodalar o‘tish joyi" (5.16) axborot-ishora 
belgisi bilan qo‘llanilishi mumkin. Yo‘lning bunday joylarida, haydovchi shu 


432 
yo‘nalishning qatnov qismida bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yuborish kerak (YXK 
16.). 
1.14.3. Svetofor yordamida, tartibga solinadigan piyodalarning o‘tish joyi. 
Svetoforning qizil chirog‘i yashilga almashib, piyodalar qatnov qismini tark 
etishga ulgurmagan bo‘lsa, haydovchi piyodalarning shu yo‘nalish bo‘yicha 
o‘tib borishlariga imkon berishi kerak (YHQ. 16.3). 
1.15. Velosiped yo‘li kesib o‘tgan joy. Bunday boshqarilmaydigan 
kesishmada velosiped haydovchisi yo‘lda harakatlanayotgan transport 
vositalarini o‘tkazib yuborishlari kerak (imtiyoz yo‘ldagi transport vositalarida). 
1.16. Transport oqimlari ajraladigan 1.16.3 transport oqimlari qo‘shiladigan 
joydagi yo‘naltiruvchi orolchani bildiradi. Orolchaning chegarasi 1.1 chizig‘i 
bilan belgilangan bo‘lib, uni kesib o‘tish yoki ustiga chiqib to‘xtash taqiqlanadi. 
1.18. CHorrahada va kesishmalar oldida bo‘laklar buyi qatnov qismining 
yuzasiga chizilgan yo‘naltirgich, mustaqil ravishda yoki "Bo‘laklar bo‘yicha 
harakatlanishning yo‘nalishi" (5.8.1-5.8.2) axborot-ishora belgilari bilan 
qo‘llanib, transport vositalariga bo‘laklar bo‘yicha ruhsat etilgan yo‘nalishni 
ko‘rsatadi. 
1.19. 45" burchak ostida chizilgan yo‘naltirgich, yo‘l qismining tor joyiga 
yaqinlashganlik haqida ogohlantirib, alohida yoki "yo‘lning torayishi" 
(1.18.1- 1.18.3) belgilari bilan birga qo‘llaniladi. 
1.22. Son bilan yonma-yon yozilgan xarf yo‘l harakatlanish yo‘nalishi) 
rakamlarini ko‘rsatadi. 
1.23. Yo‘lning faqat belgilangan yo‘nalishli transport bo‘lagini bildirib, 
(5.9:5.10.1) axborot-ishora belgilari bilan qo‘llaniladi. Bu bo‘lak sidirg‘a chiziq 
bilan ajratilmagan taqdirda, haydovchilar o‘ngga burilish, yo‘lovchilarni 
chiqarish, tushirish uchun bu bo‘lakka kirishlari mumkin (Y.X.Q. 21.2).


433 


434 


435 


436 


437 
№24 Mavzu: TIK CHIZIQLAR 
Reja: 
1. Tik chiziqlarning turlari. 
2. Chiziqlarning vazifasi. 
Tik chiziqlar yo‘l inshootlarini va jihozlari yuzlariga ketma-ket 
chizilgan yo‘l-yo‘l, oq-qora chiziqlar majmo‘idan iborat bo‘lib, ularning 
o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi. 
Osmon bulut, kulrang bo‘lganda, qorong‘i vaqtlarda yo‘lning 
yoritilmagan qismlarida yo‘l yoqasidagi tik beton inshootlarining rangi osmon 
va yo‘lning rangi bilan juda o‘xshab ketadi va harakatdagi haydovchi ularni 
farqlay olmay, beton inshootlarini ko‘rmay qoladi. Bu hol haydovchini beton 
inshootlarga urilib ketishiga olib keladi. 
1.1. – chiziqlar ko‘priklar, osma yo‘llar ustunlari yuzasiga chizilib 
harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisiga yo‘ldagi xavf soluvchi 
to‘siqning rangini keskin ajratib, ko‘rinishini osonlashtiradi. 
1.2. – chiziqlar tonellar, ko‘priklar, osma yo‘llar va ko‘priklarni pastki 
qirralariga chizilgan oq-qora rangli chizma haydovchiga inshootning pastki 
qismini farqlashini osonlashtiradi. 
1.3. – chiziqlar ajratish bo‘laklaridagi yoki «xavfsizlik orolchalari» dagi 
dumaloq ustunlarni bildiradi. 
1.4. chiziqlarni yo‘naltiruvchi beton yoki temir-beton ustunlar, to‘siq 
tirgaklar va qoziqlarni bildirib, qorong‘i vaqtda, quyuq tumanda, hamma joy 
oppoq qor bilan qoplanganda yo‘lning troektoriyasini o‘zining keskin 
farqlanadigan oq-qora rangi bilan aniq ko‘rsatadi. 
1.5. – chiziqlar yo‘lning kichik radiusli burulishlari, tik nishabliklari va 
boshqa xavfli joylarida yo‘l chetiga o‘rnatilgan to‘siqlarning yon yuzlarini 
bildiradi. 
1.6. – chiziqlar – boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzlarini bildiradi. 
1.7. – chiziqlar – yo‘lning xavfli joylarida uning chetidagi to‘siqni 
(bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan «xavfsizlik orolchalari»
Mavzuni chuqqurlashtiruvchi savollar. 
1. 
Yo‘l chiziqlarining vazifasi nimadan iborat? 
2. 
Yo‘l chiziqlari qanqa turlarga bo‘linadi? 
3. 
Uzluksiz oq chiziqning vazifasi nimadan iborat? 
4. 
Uzluksiz oq chiziqni kesib o‘tishga ruhsat etiladimi? 
5. 
Avtomagistrallarda qanday yotiq chiziq qo‘llaniladi? 


438 
6. 
Sarifq rangdagi yotiq chiziqlarning vazifalari nimalardan 
iborat va u yo‘lning qaysi joylarida chiziladi? 
7. 
Sariq rangdagi yotiq chiziqlarni kesib o‘tishga ruxsat 
beriladimi? 
8. 
Reversiv bo‘lakni ko‘rsatuvchi yotiq chiziqni kesib o‘tishga 
ruxsat etiladimi? 
9. 
Yonma-yon chizilgan uzluksiz va uzlukli (uzilgan-uzilgan) 
chiziqlarningvazifasi nimadan iborat va qaysi tarafidan kesib o‘tish 
mumkin? 
10. Tik chiziqlarning vazifalari nimalardan iborat?


439 
№25 Mavzu: Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari, falokat sababli to‘xtash 
belgisining qo‘llanilishi 
O‘quv savollari:
1. Ogohlantiruvchi ishoralar. 
2. Falokat ishoralari. 
Tayanch iboralar: Miltillovchi chiroq, qo‘l bilan beriladigan ishoralar, 
tovush ishoralari, burulishlar, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, falokat yorug‘lik 
ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisi.
9.1. Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi: 
burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo‘l bilan beriladigan 
ishoralar; 
tovushli ishoralar; 
fara chiroqlarining yoqib-o‘chirilishi; 
kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirog‘ining yoqilishi. 
9.2. Harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (kayrilib 
olish)dan va tuxtashdan oldin haydovchi tegishli yo‘nalishni bildiruvchi burilish 
yorug‘lik ko‘rsatgichi, ular bo‘lmaganda yoki buzuq bo‘lganda, qo‘l bilan 
ishoralar berishi shart. 
CHapga burilish (qayrilib olish) ni bildiruvchi ishoraga chap qo‘lni yoki 
tirsakdan tug‘ri burchak ostida bukilgan o‘ng qo‘lni yonga uzatish mos keladi. 
O‘ngga burilishni bildiruvchi ishoraga o‘ng qo‘lni yoki tirsakdan to‘g‘ri 
burchak ostida bukilgan chap qo‘lni yonga uzatish mos keladi. 
To‘xtash ishorasi chap yoki o‘ng qo‘lni yuqori ko‘tarib beriladi. 


440 
9.3. Burilish ko‘rsatgichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manevrni 
bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach darhol to‘xtatilishi lozim (qo‘l 
bilan berilayotgan ishorani manevr qilishdan bevosita oldin tugallash 
mumkin). 
Ishoralar berish boshqa yo‘l harakati qatnashchilarini chalg‘itmasligi 
kerak. 
Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish huquqini 
bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish mashuliyatidan ozod 
qilmaydi. 
9.4. Haydovchi o‘zidan orqada kelayotgan, quvib o‘tishni boshlagan va 
boshqa transport vositalariga halal bermasligiga ishonch hosil qilgandan 
keyingina, harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish haqida ogohlantiruvchi ishora 
berishi kerak. 
9.5. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: 
aholi yashaydigan joylardan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib 
o‘tish haqida ogohlantirish uchun; 
zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun. 
9.6. Quvib o‘tish haqida tovushli ishora o‘rniga yoki u bilan birga fara 
chiroqlarini yoqib-o‘chirib ogohlantirish ishorasini berish mumkin. 
9.7. Burilishni ko‘rsatuvchi barcha yorug‘lik ishoralarining bir vaqtda 
miltillashi falokat ishoralari bo‘lib hisoblanadi. 
Falokat yorug‘lik ishoralari quyidagi hollarda yoqilishi kerak: 
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda; 
to‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtalganda; 
fara chiroqlari haydovchining ko‘zini qamashtirganda; 
shatakka olishda ( shatakka olingan transport vositasida). 
Haydovchi yo‘l harakati qatnashchilarini, o‘zi boshqarayotgan transport 
vositasi xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa hollarda ham ogohlantirish 
uchun falokat yorug‘lik ishoralarini yoqishi kerak. 


441 
9.8. Quyidagi hollarda falokat yorug‘lik ishoralari yoqilgandan keyin, 
shuningdek, u bo‘lmaganda yoki buzuq bulganda, falokat sababli to‘xtash 
belgisi ( miltillovchi qizil chiroq) darhol o‘rnatilishi kerak: 
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda; 
taqiqlangan va ko‘rinish sharoitini hisobga olgan holda transport vositasi 
boshqa haydovchilar tomonidan o‘z vaqtida payqab bo‘lmaydigan joylarda 
majburiy to‘xtab qolganda. 
Bunday belgi (chiroq) muayyan vaziyatda xavf haqida haydovchilarni o‘z 
vaqtida ogohlantirishni tahminlaydigan masofada o‘rnatilishi kerak. Lekin bu 
masofa aholi yashaydigan joylarda transport vositasidan 15 metrdan, ulardan 
tashkarida esa 30 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 
9.9. SHatakka olingan transport vositasida falokat yorug‘lik ishoralari 
buzuq bo‘lganda yoki bo‘lmagan hollarda uning orqa tomoniga falokat sababli 
to‘xtash belgisi o‘rnatilishi kerak. 
Savollar: 
1. 
Tartibga soluvchining ishoralari ogohlantiruvchi ishoralar 
sirasiga kiradimi? 
2. 
Yorug‘lik ko‘rsatkichlari ishlamaganda haydovchi qanday 
ishoralar berish kerak? 
3. 
CHap yoki o‘ng qo‘lni yuqori ko‘tarilishi nimani anglatadi? 
4. 
Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish 
xuquqini beradimi? 
5. 
Haydovchi qachon ogohlantiruvchi ishoralarni berishi kerak? 
6. 
Tovushli ishoralar qaysi holatlarda qo‘llaniladi? 
7. 
Falokat yorug‘lik ishoralari qachon qo‘llaniladi? 
8. 
Falokat sababli to‘xtash belgisi qancha masofaga o‘rnatiladi? 


442 
№26 Mavzu: Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish 
O‘quv savollari:
1. 
Haydovchining harakatlanishni boshlashdan oldingi vazifalari. 
2. Burulishni bajarish qoidalari. 
Tayanch iboralar: Harakatlanishni boshlash, yondosh hudud, qayta 
tizilish, aylanma harakatlanish, sekinlashish va tezlashish bo‘lagi. 
10.1. Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, burilish (qayrilib 
olish), yo‘nalishini o‘zgartirish va to‘xtashdan oldin o‘z harakati bilan boshqa 
transport vositalariga xavf solmayotganligiga va tusqinlik qilmayotganligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. 
10.2. Yondosh xududlardan yo‘lga chiqayotgan haydovchi unda 
harakatlanayotgan transport vositalariga va piyodalarga, shuningdek, undan 
chiqishda o‘zining harakat yo‘nalishini kesib o‘tayotgan piyodalar va 
velosipedchilarga yo‘l berishi kerak. 


443 
10.3. Haydovchi qayta tizilishda yon bo‘lakda yo‘lakay harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirmasdan ketayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Yo‘lakay 
yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta 
tizilayotganda, haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi 
kerak. 
10.4. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun 
burilishdan boshqa barcha hollarda haydovchi o‘ngga, chapga burilish yoki 
qayrilib olishdan oldin shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan 
qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart. 
10.5. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov 
qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi 
yo‘nalishdagi harakat tomoniga o‘tib ketmasin. 
O‘ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining 
o‘ng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak. 
10.6. Transport vositasi o‘zining gabarit o‘lchamlariga yoki boshqa texnik 
sabablariga ko‘ra Qoidalarning 10.4 bandi talablariga muvofiq burilishni bajara 
olmasa, yo‘l harakati xavfsizligini tahminlab va boshqa transport vositalariga 
xalaqit bermasdan undan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi. 
10.7. Relssiz transport vositasining haydovchisi yo‘lning chorrahadan 
tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yo‘nalishdan 
kelayotgan transport vositalariga va yo‘lakay yo‘nalishdagi tramvayga yo‘l 
berishi shart. 
CHorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap 
vaziyatdan qayrilib olish uchun yetarli bo‘lmasa, uni qatnov qismining o‘ng 
chetidan (yo‘lning o‘ng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda 
haydovchi yo‘lakay va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l 
berishi shart. 
10.8. Transport vositalarining harakat yo‘nalishlari kesishadigan va o‘tish 
navbati ushbu Qoidalarda kuzda tutilmagan hollarda haydovchi o‘ng 
tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak. 


444 
10.9. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘layotgan 
haydovchi o‘z vaqtida shu bo‘lakka o‘tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi 
kerak. 
Yo‘lga chiqish joyida tezlanish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda 
harakatlanishi va qo‘shni bo‘lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l 
berishi, so‘ngra oqimga qo‘shilishi kerak. 
10.10. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: 
piyodalarning o‘tish joylarida; 
tonnellarda; 
ko‘priklar, osma yo‘l (estakada) lar, osma ko‘priklar va ularning ostida; 
temir yo‘l kesishmalarida; 
yo‘lning ko‘rinishi biron-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan 
joylarda. 
10.11. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l 
harakati xavfsizligini tahminlashi va boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga 
halaqit bermasligi shart. Zarurat tug‘ilganda, haydovchi boshqa shaxslarni 
yordamidan foydalanishi mumkun. 
SAVOLLAR: 
4. 
Haydovchi harakatlanishni qanday boshlash kerak? 
5. 
Haydovchi burulishni qanday amalga oshirish kerak? 
6. 
Qaysi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi? 


445 
№27 Mavzu: Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi 
O‘quv savollari:
1. Transport vositalarining harakatlanish bo‘lagi. 
2. Transport vositalarining bo‘laklar bo‘ylab harakatlanishi. 
3. Transport vositalari o‘rtasidagi oraliq masofa. 
Tayanch iboralar: Harakatlanish bo‘lagi, yo‘lning chap bo‘lagi, reversiv 
harakatlanish bo‘lagi, oraliq masofa. 
11.1. Relьssiz transport vositalari harakatlanadigan bo‘laklar soni chiziqlar 
yoki 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki 
yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar yo‘l bo‘laklarini o‘zlari, qatnov qismining 
kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va 
ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda aniqlaydilar. Bunda harakat 
ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi qarama-
qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan, deb hisoblanadi. 
11.2.To‘rt va undan ortiq bo‘lakli, harakat ikki tomonlama bo‘lgan yo‘llarda 
qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘laklarga 
chiqish taqiqlanadi. 
11.3. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan uchta bo‘lakli (1.9 chizig‘i bilan 
belgilangandan tashqari) yo‘llarda o‘rta bo‘lakka faqat quvib o‘tish, chapga 
burilish, qayrilib olish va aylanib o‘tish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. 
Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap 
bo‘lakka chiqish taqiqlanadi. 
11.4. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida haydovchilar transport 
vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroqqa olib 
xarakatlanishlari kerak. 


446 
Aholi yashaydigan joylarda Qoidalarning 11.6, 19.1, 26.2 bandlaridagi 
talablarni hisobga olgan holda haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan 
harakatlanish bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Faqat o‘ngga yoki chapga 
burilish, qayrilib olish, quvib o‘tish, to‘xtash oldidan harakatlanish bo‘lagini 
o‘zgartirishga ruxsat etiladi. Biroq bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq bo‘lakli 
har qanday yo‘lda harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan 
hollarda, shuningdek, quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruhsat 
etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga esa faqat 
chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap bo‘lakni egallashga ruhsat 
etiladi. 
Harakat bir tomonlama bo‘lgan yo‘lning chap bo‘lagida to‘xtash va 
to‘xtab turish Qoidalarning 14.1 bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Biror bo‘lakda qo‘shni bo‘lakdagi transport vositalariga nisbatan katta 
tezlikda harakatlanish quvib o‘tish deb hisoblanmaydi. 
11.5. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki 
texnik sabablarga ko‘ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari 
quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, aylanib o‘tish uchun qayta 
tizilishdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng bo‘lakda harakatlanishlari kerak. 
11.6. Yo‘lakay yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir 
sathda joylashgan tramvay izidan shu yo‘nalishdagi boshqa bo‘laklar band 
bo‘lganda harakatlanishga, aylanib va quvib o‘tishga, shuningdek, 5.8.1, 5.8.2 
belgilari bilan belgilanmagan hollarda esa chapga burilish va qayrilib olishga 
ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak. 
Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi. 
11.7. Agar qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan bo‘laklarga ajratilgan bo‘lsa, 
transport vositalarining harakatlanishi qathiy ravishda belgilangan bo‘laklarda 


447 
amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib 
o‘tishga ruhsat etiladi. 
11.8. Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda transport vositalari qatnov 
qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng bo‘lakni egallashi kerak. 
Haydovchiga shu yo‘nalishdagi boshqa bo‘laklarda ham harakatlanishga ruxsat 
berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi. 
11.9. Qoidalarning 14.1, 27.2 bandlarida ko‘zda tutilgandan boshqa 
hollarda transport vositalarining yo‘l yoqasi, trotuar va piyodalar yo‘lkalaridan 
harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo‘ldan foydalanish va kommunal xizmat 
mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat bo‘lmagan 
hollarda bevosita yo‘l yoqasida, trotuar yoki piyodalar yo‘lkalari oldida 
joylashgan savdo shohobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib 
kirish uchun transport vositalariga yaqin yo‘ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda 
yo‘l harakati xavfsizligi to‘la tahminlangan bo‘lishi shart. 
11.10. Haydovchi o‘zidan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin 
to‘xtaganda u bilan tuqnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq masofani, 
shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini tahminlaydigan yonlama oraliq masofani 
saqlashi kerak. 
11.11. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda tezligini soatiga 
50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, ruxsat etilgan to‘la 
vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalarining haydovchilari o‘zi va 
oldida ketayotgan transport vositasi oralig‘ida, ularni quvib o‘tishi mumkin 
bo‘lgan transport vositalari bemalol yo‘lning o‘ng tomoniga qayta tizilishi 
uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak. 
Quvib o‘tishga tayyorlanayotgan, shuningdek, transport vositalarining 
tashkiliy jamlanmasi tarkibida, serqatnov bo‘lgan yo‘llarda harakatlanayotgan 
transport vositalarining haydovchilariga bu talab taalluqli emas. 


448 
11.12. Agar biron-bir tusiq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda 
harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi 
kerak. 
SAVOLLAR: 
1. 
Harakatlanish bo‘lagida transport vositalari qanday joylashadi? 
2. 
Aholi yashaydigan joylarda harakatlanish qanday amalga 
oshiriladi? 
3. 
Transport vositalari trammvay izlari bo‘ylab harakatlanishi 
mumkunmi? 
4. 
Haydovchi oraliq masofani qanday olishi kerak? 


449 
№28 Mavzu: Harakatlanish tezligi 
O‘quv savollari: 
1. Tezlikni tanlash. 
2. Aholi yashash joylarida harakatlanish tezligi. 
3. Tezlikka qo‘yiladigan talablar. 
Tayanch iboralar: yo‘l va ob-havo sharoitlari, harakatlanish 
yo‘nalishi, aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tezligi, shatakka olishdagi 
tezlik, yuqori tezlik, yo‘l-transport hodisalari. 
12.1. Haydovchi xarakatning serqatnovligini,transport vositasi va yukning 
xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish 
yunalishidagi kurinishni hisobga olgan holda transport vositasini belgilangan 
cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak. 
Transport vositasining tezligi haydovchiga Qoidalar talablarini bajarish 
uchun uning harakatini doimo nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak. 
Harakatlanishda, haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida bo‘lgan xavf yoki 
to‘siq paydo bo‘lsa, u transport vositasining tezligini to‘la to‘xtashini 
tahminlaydigan darajada kamaytirish yoki to‘siqni boshqa harakat 
qatnashchilari uchun xavfsiz aylanib o‘tishi choralarini ko‘rishi kerak. 
12.2. Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 
kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 
12.3. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida: yengil avtomobillarga va 
ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga 
tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan; 
shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni 
soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan; 


450 
boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat 
etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni 
soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; 
tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan 
oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 
12.4. Har qanday yo‘llarda: 
odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan 
oshirmasdan; 
mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga 
tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan; 
xavfli, og‘ir vaznli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy 
jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DAN bilan kelishilgan 
tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 
12.5. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: 
tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan 
eng yuqori tezlikdan oshirish; 
tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan taniqlik belgi («Tezlik 
cheklangan») da ko‘rsatilgan qiymatidan oshirish;
zarurat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport 
vositalariga xalaqit berish; 


451 
yo‘l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo‘lmaganda, keskin 
tormoz berish. 
Savollar: 
3. 
Haydovchi tezlikni tanlashda nimalarga ehtibor berish kerak? 
4. 
Aholi yashaydigan va yashamaydigan joylarda harakatlanish tezligi 
qancha bo‘ladi? 
5. 
Tezlikni tartibga soladigan belgilarni ko‘rsatib tushuntirib bering.


452 
№29 Mavzu: Quvib o‘tish 
REJA: 
1. Quvib o‘tish shartlari. 
2. Quvib o‘tishni tugallash. 
3. Quvib o‘tishdagi cheklovlar. 
TAYANCH IBORALAR 
Quvib o‘tishni boshlash, chapga burilish, qayta tizilish, tezlikni oshirish, 
quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish, qarama-qarshi yo‘nalish, ko‘rinishi cheklangan 
joylari. 
13.1. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin: 
o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha 
masofada bo‘sh ekanligiga, bu qarama-qarshi yo‘nalishdagi va shu bo‘lakdagi 
transport vositalarining harakatiga halaqit bermasligiga; 
shu bo‘lakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib o‘tishni 
boshlamaganligiga; 
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib o‘tish, chapga 
burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganligiga; 


453 
quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga 
halaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil 
qilishi shart. 
13.2. Relьssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o‘tishga 
ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan 
transport vositasini quvib o‘tish o‘ng tomondan amalga oshiriladi. 
13.3. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat 
tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik 
qilish taqiqlanadi. 
13.4. Quvib o‘tishni to‘gallagandan so‘ng, haydovchi ilgari egallagan 
harakatlanish bo‘lagiga qaytishi shart (o‘ng tomondan ruxsat etilgan quvib 
o‘tishdan tashqari). 
Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak 
bo‘lsa, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka qaytgani zahoti 
keyingi quvib o‘tishni boshlashga tug‘ri keladigan hollarda orqada o‘zidan katta 
tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga halaqit bermasa, chap 
bo‘lakda harakatlanishni davom ettirishi mumkin. 
13.5. Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 
tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish 
bo‘lagiga chiqib; 


454 
tartibga solinmaydigan chorrahalarda, asosiy bo‘lib hisoblanmaydigan 
yo‘llarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o‘tish, 
kajavasiz ikki g‘ildirakli transport vositalarini quvib o‘tish va ruxsat etilgan 
hollarda o‘ng tomondan quvib o‘tish bundan mustasno); 
piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda; 
temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa 
qolganda; 
quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini; 
tepalikka ko‘tarilishning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan boshqa 
joylarida qarama-qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqib. 
13.6 Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda sekin 
harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib o‘tish qiyin bo‘lgan 


455 
hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo‘lning o‘ng 
tomoniga olishi, zarur bo‘lganda esa orqasida to‘planib qolgan transport 
vositalarini o‘tkazib yuborish uchun tuxtashi kerak. 
SAVOLLAR: 
1. 
Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin nimalarga ehtibor 
berishi kerak? 
2. 
Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga nima 
taqiqlanadi? 
3. 
Qaysi holatlarda quvib o‘tish taqiqlanadi? 


456 
№30 Mavzu: To‘xtash va to‘xtab turish 
O‘quv savollari: 
1. To‘xtash va to‘xtab turish shartlari. 
2. To‘xtash taqiqlangan joylar. 
3. To‘xtab turish taqiqlangan joylar. 
Tayanch iboralar: Yo‘lning chap tarafida to‘xtash va to‘xtab turish, 
yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turish, axoli yashash joylaridan tashqarida 
to‘xtab turish, majburiy to‘xtash, transport vositalarini eshiklarini ochish, to‘xtab 
turishdagi extiyot choralari. 
14.1. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonidagi yoqasida, u 
bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat 
beriladi. 
Axoli yashaydigan joylarda yo‘llarning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab 
turishga har yo‘nalishda kamida bittadan harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan va 
o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan hamda harakat faqat tomonlama bo‘lgan 
yo‘llarda ruxsat etiladi. 
bir 
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari 
harakat bir tomonlama bo‘lgan yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va 
tushirish uchun to‘xtashlari mumkin. 
14.2. Transport vositalarini qatnov qismining cheti bo‘ylab bir qator qilib, 
kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib 
qo‘yishga ruxsat etiladi. 
Yo‘lning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarida boshqa yo‘l harakati 
qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha 
tartibda ham qo‘yishga ruxsat etiladi. 
Piyodalar harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga 
chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar 
va velosipedlarga to‘xtab turishga ruxsat etiladi. 
14.3. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab kolish, dam olish yoki 
boshqa maqsadlarda to‘xtab turish faqat buning uchun ko‘zda tutilgan 
maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi. 


457 
14.4. Quyidagi joylarda to‘xtash taqiqlanadi: 
tramvay yo‘llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar 
harakatlanishiga halaqit beradigan bo‘lsa; 
tonnellarda, temir yo‘l kesishmalarida; 
bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan 
ko‘priklar, osma yo‘l (estakada) lar, osma ko‘priklar va ularning ostida; 


458 
to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq ( qatnov qismining chetini 
belgilagan chiziqdan tashqari) orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan 
joylarda; 
piyodalar o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda; 
qatnov qismining xavfli burilishlarida; 
qatnov qismlari kesishmalarida va kesilayotgan qatnov qismi chetiga 5 
metrdan kamroq masofa qolganda ( qarama-qarshi harakat yo‘nalishlari 
sidirg‘a chizig‘i yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan yo‘lda, unga yondan 
tutashgan yo‘lning qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) bekat 
maydonchalariga, ular bo‘lmaganda esa xarakatga halaqit beradigan bo‘lsa, 
belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari yoki taksining to‘xtash joyi 
kursatkichlariga 15 metr kolganda 
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa 
haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan yoki boshqa transport vositalarining 
harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning 
harakatiga halaqit beradigan joylarda; 


459 
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l 
do‘ngliklari yaqinida; «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi (3.27) hamda chizig‘i 
(1.4) ning tahsirlari doirasida. 
14.5.To‘xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi; 
to‘xtash taqiqlangan joylarda; aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 
belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida; 
temir yo‘l kesishmalariga 50 metr qolganda; 
to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi yo‘l belgilari (3.27-3.30) va 
chiziqlari (1.4, 1.10) tahsirlari doirasida. 
14.6. To‘xtash taqiqlangan joyda majburiy to‘xtagan haydovchi transport 
vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak. 
14.7. Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarning harakatiga halaqit 
beradigan bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish 
taqiqlanadi. 
14.8. Haydovchi transport vositasini o‘z-o‘zidan harakatlanishini yoki o‘zi 
yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini 
ko‘rgandan keyingina o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini 
qoldirishi mumkin. 
Savollar:
1. 
Qaysi sharoitda chap tarafda to‘xtash mumkin? 
2. 
Sidirg‘a chiziq bilan transport vositasi orasidagi masofa qancha 
bo‘lishi kerak? 
3. 
To‘xtab turish taqiqlangan joyda to‘xtash taqiqlanadimi? 
4. 
Piyodalar o‘tish joyida piyodalar bo‘lmasa to‘xtash mumkinmi? 
5. 
Temir yo‘l kesishmasiga necha metr qolganda to‘xtab turish 
taqiqlanadi? 
6. 
Ko‘priklar ustida to‘xtash taqiqlanadimi? 


460 
№ 31 Mavzu: Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish. Belgilangan 
yo‘nalishdagi transport vositalarining imtiyozlari 
O‘quv savollari 
1. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish talablari. 
2. Trammvayning imtiyozlari. 
3. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishi 
uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘laklarda harakatlanish tartibi. 
Tayanch iboralar 
Qiyaliklarda harakatlanish, dovonda harakatlanish, uzatma va tishlashish 
mexanizmlari, depodan chiqish, maxsus ajratilgan bo‘lak, avtobus bekatlari. 
20.1. 1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda yo‘lda qarama-
qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to‘siq bo‘lsa, 
nishablikka harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi yo‘l berishi 
kerak. 
20.2. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 belgisi o‘rnatilgan yo‘lda to‘xtatish 
tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o‘z harakatini to‘xtatish uchun 5.40 
belgisi bilan belgilangan falokatli holatlar uchun yo‘lga kirishlari shart. 
20.3. Yo‘lning 1.13 «Tik nishablik» yo‘l belgisi bilan belgilangan qismida 
uzatma yoki tishlashish mexanizmini ajratilgan holatda xarakatlanish 
taqiqlanadi. 
21.1. Tramvay yo‘li chorrahadan boshqa joylarda yo‘l qatnov qismini 
kesib o‘tadigan bo‘lsa, tramvay relьssiz transport vositalariga nisbatan 
imtiyozga ega bo‘ladi (depodan chiqish joylaridan tashqari). 
21.2. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalarining xarakatlanishi 
uchun 5.9, 5.10.1-5.10.3 belgilari bilan ajratilgan bo‘lakda boshqa transport 
vositalarining xarakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi. 


461 
Agar bu bo‘lak yo‘l qatnov qismining boshqa joyidan uzuq-uzuq chiziq 
bilan ajratilgan bo‘lsa, burilmoqchi bo‘layotgan transport vositalari bu bo‘lakka 
qayta tizilishlari kerak. 
SHuningdek, bunday joylarda belgilangan yo‘nalishdagi transport 
vositalarining harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov 
qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu 
bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
21.3. Aholi yashaydigan joylarda bekatdan xarakatlanishni boshlayotgan 
avtobus va trolleybuslarga haydovchilar yo‘l berishlari kerak. O‘z navbatida 
avtobus va trolleybus haydovchilari ularga yo‘l berilganligiga ishonch xosil 
qilganliklaridan keyingina xarakatlanishni boshlashlari mumkin. 
SAVOLLAR: 
1. Qiyaliklarda harakatlanayotgan transport vositalarining qanday 
imtiyozlari bor? 
2. Tramvay doimo imtiyozga ega bo‘ladimi? 
3. Maxsus ajratilgan bo‘laklarda qaysi holatda harakatlanishga ruxsat 
beriladi? 


462 
№32 Mavzu: Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish 
O‘QUV SAVOLLARI 
1. Yorituvchi faralarni ishlatish qoidalari. 
2. Tumanga qargshi faralarni ishlatish. 
3. Kunning yorug‘ vaqtida faralarni ishlatish. 
TAYANCH IBORALAR 
Yo‘lning yoritilmagan qismi, gabarit chiroqlar, yaqinni va uzoqni 
yorituvchi faralar, tumanga qarshi faralar, fara-projektorlar, zarg‘aldoq yoki 
sariq miltillovchi chiroq-mayoqcha. 
22.1. Qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda, 
shuningdek, tonnellarda harakatlanayotgan barcha transport vositalari: 
yo‘lning yoritilmagan qismida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi faralarini; 
yo‘lning yoritilgan qismida yaqinni yorituvchi faralarini; 
yo‘lning yoritilganligidan qathi nazar, tirkamalarning gabarit chiroqlarini 
yoqishi kerak. 
22.2. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara yaqinni yorituvchi fara 
bilan almashtirilishi kerak: 
aholi yashaydigan joylarda yo‘l yoritilgan bulsa; 
qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositasiga 150 metrdan kamroq 
masofa qolganda, shuningdek, haydovchi transport vositasining chiroqlarini 
vaqti-vaqti bilan o‘chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan 
ham ko‘proq masofada;


463 
qarama-qarshi va bir yo‘nalishdagi haydovchilarning ko‘zini qamashtirishi 
mumkin bo‘lgan boshqa barcha hollarda. 
Ko‘zi qamashgan haydovchi falokat yorug‘lik ishoralarini yoqishi, 
harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi kerak. 
22.3. Qorong‘i vaqtda yo‘lning yoritilmagan qismida, shuningdek, 
yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda to‘xtagan yoki to‘xtab turgan transport 
vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak. 
Etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo‘shimcha qilib 
yaqinni yorituvchi faralar, tumanga qarshi faralar va tumanga qarshi orqa 
chiroqlar yoqilishi mumkin. 
22.4. Quyidagi xollarda tumanga qarshi faralarni qo‘llash mumkin: 
etarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi 
yoki yaqinni yorituvchi faralar bilan; 
qoidalarning 22.5 bandida ko‘zda tutilgan xollarda yaqinni yorituvchi fara 
o‘rnida. 
22.5. Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi xollarda yaqinni yorituvchi faralar 
yoqilishi kerak: 
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi safida xarakatlanayotganda; 
umumiy harakat oqimiga qarshi yo‘nalishda maxsus ajratilgan bo‘lakda 
harakatlanayotgan belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalarida; 
avtobus va yuk avtomobillarida bolalar guruhini tashkiliy tashishda; 
havfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda; 
mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan 
transport vositasida). 


464 
22.6. Fara-projektor va izlovchi faralardan faqat aholi yashaydigan 
joylardan tashqarida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan transport 
vositalari bo‘lmaganda foydalanish mumkin. 
Aholi yashaydigan joylarda esa bunday faralardan faqat xizmat 
vazifalarini bajarayotgan tezkor va mahsus xizmat transport vositalarining 
haydovchilariga foydalanishga ruxsat etiladi. 
22.7. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha ko‘rinmaydigan 
sharoitda qo‘llash mumkin. Orqadagi to‘xtash chiroqlari (stop-signal)ga 
tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulash taqiqlanadi. 
22.8. "Avtopoezd" taniqlik belgisi avtopoezd harakatlanayotganda, 
kunning qorong‘i vaqtida esa yo‘lda to‘xtash va to‘xtab turish paytida ham 
yoqib qo‘yilishi kerak. 
22.9. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yo‘lda 
qurilish, tahmirlash yoki tozalash ishlari olib borayotgan, shuningdek, og‘ir 
vaznli, katta o‘lchamli yoki xavfli yuklarni tashish qoidalarida ko‘zda tutilgan 
hollarda ularni tashiyotgan transport vositalarida yoqilishi kerak. 
SAVOLLAR: 
1. Faralar qaysi vaqtda ishlatiladi? 
2. 
Qaysi holatlarda uzoqni yorituvchi fara yaqinni yorituvchi fara 
bilan almashtiriladi? 
3. 
Tumanga qarshi faralar qachon ishlatiladi? 
4. 
Fara-projektor va izlovchi faralar nima uchun va qanday 
foydalaniladi? 
5. Zarg‘aldoq yoki sariq miltillovchi chiroq-mayoqcha nima uchun 
qo‘llaniladi? 


465 
№33 Mavzu Mexanik transport vositalarini shatakka olish 
O‘QUV SAVOLLARI 
1. SHatakka olish qoidalari. 
2. SHatakka olishni taqiqlovchi shartlar. 
TAYANCH IBORALAR 
Qattiq va egiluvchan ulagich, qisman ortish, taxtacha yoki bayroqcha, 
avtodrom, yopiq maydonchalar, boshqarishni o‘rgatayotgan yo‘riqchi, 
boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan transport vositasi. 
23.1.Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakda olib yurish 
shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi 
bo‘lgandagina amalga oshirilishi kerak. qattiq ulagichning tuzilishi 
(konstruktsiyasi) shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport 
vositasining izidan borishini tahminlagan xollar bundan mustasno. 
23.2. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan 
avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman 
ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining 
kabinasida va yukxoiasida, shuningdek, shatakka olgan transport vositasining 
yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi. 


466 
23.3. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va 
shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4-6 metr oraliqda 
bo‘lishi, qattiq. ulagich yordamida esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Egiluvchan ulagichga Koidalarning 28.4 bandiga muvofik, taxtacha yoki 
bayroqcha kuyilishi kerak.
23.4. SHatakka olish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 
rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli 
bilan shatakka olish bundan mustasno); 
ikki va undan ko‘proq, transport vositalarini; 
shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan 
birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortik bo‘lsa; 
to‘xtatish tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni 
shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo‘lsa 
(haqiqiy vazni kam bo‘lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich 
yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); 
kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni; 
yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda. 
SAVOLLAR: 
1. SHatakka olish qaysi holatlarda amalga oshiriladi? 
2. SHatakka olishda transport vositalarining orasidagi masofa qancha 
bo‘lishi kerak? 
3. SHatakka olishda nimalar taqiqlanadi? 


467 
№34 Mavzu: Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish 
Reja: 
1. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatishga qo‘yiladigan talablar. 
2. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan transport vositasiga 
qo‘yiladigan talablar. 
24.1. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatish yopiq 
maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak. 
24.2. Yo‘llarda boshqarishni o‘rgatishga faqat yo‘riqchi ishtirokida, 
o‘rganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini yetarlicha egallagandan so‘nggina 
ruhsat etiladi. O‘rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi 
shart. 
24.3. Boshqarishni o‘rgatayotgan yo‘riqchi o‘rgatish xuquqini beruvchi 
hujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish xuquqini beruvchi 
guvohnomaga va u bevosita 3 yillik xaydovchilik faoliya- 
tiga ega bo‘lishi kerak. 
24.4. Haydovchilarni tayyorlash mashg‘ulotlari o‘quv yakunida 
avtomobilni boshqarishni o‘rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va 
trolleybus boshqarishni o‘rganuvchi 21 yoshga, mototsikl boshqarishni 
o‘rganuvchi esa 16 yoshga to‘ladigan shaxslar bilan olib boriladi. 
24.5. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport 
vositalari "Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va yo‘riqchi 
uchun orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari 
boshqarishni o‘rgatish transport vositalarida yo‘riqchi uchun qo‘shimcha 
ulovchi (stseplenie) va to‘xtatish tepkilari ham bo‘lishi kerak. 
24.6. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari Davlat avtomobil nazorati 
organlari bilan kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish 
taqiqlanadi. 
SAVOLLAR: 
1. Boshqarishni o‘rgatish xuquqi kimlarga beriladi? 
2. Boshqarishni o‘rgatishga mo‘ljallangan transport vositalariga qanday 
qo‘shimcha uskunalar o‘rnatiladi? 


468 
№35 Mavzu: Yo‘l harakatini tartibga solish..Svetofor ishoralari. 
Reja: 
1. Harakatni tartibga solish. 
2. Svetofor ishoralari. 
Tayanch iboralar: Svetoforning qizil, sariq va yashil ishoralari; 
yo‘naltirgichli svetofor ishoralari, temir yo‘l kesishmalari svetoforlari, tartibga 
soluvchining ishoralari. 
8.1. Svetoforlarda yashil, sariq qizil va oq rangli yorug‘lik ishoralari 
qo‘llaniladi. 
Svetofor ishoralari vazifasiga bog‘liq ravishda doirasimon, yo‘naltirgich, 
piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Doira 
shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda 
joylashgan yashil yo‘naltirgich ko‘rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qo‘shimcha 
tarmoq bo‘lishi mumkin. 


469 
8.2. Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: 
yashil ishora harakatlanishga ruhsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham 
harakatlanishga ruhsat beradi va uning tahsir vaqti tugashi hamda ko‘p o‘tmay 
taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi; 
yashil ishora o‘chishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolganligi 
haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo‘llanilishi mumkin; sariq ishora 
harakatni taqiqlaydi (faqat Qoidalarning 8.13 bandida ko‘zda tutilgandan 
tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi; 
miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruhsat beradi va tartibga 
solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan habardor qiladi, xavf-
hatar haqida ogohlantiradi; 
qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi; 
qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va ko‘p 
o‘tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi. 
8.3. Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor 
ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil mahnoga ega 
bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga ta’sir etadi. 
Agar tegishli yo‘l belgisi bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga 
ruhsat beruvchi Yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruhsat beradi. Qo‘shimcha 
tarmoqdagi yashil Yo‘naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi. Qo‘shimcha 
tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan 
yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi. 
Savollar: 
1. 
Svetafor turlari va ularning doirali ishoralarining mahnolari 
nimalardan iborat? 
2. 
Transport vositalarining haydovchilari svetoforning qo‘shimcha 
tarmog‘ida qanday harakatlanish kerak? 


470 
№36 Mavzu: Svetofor ishoralarida harakatlanish 
Reja: 
1. Svetafor chiroqlarining ma’nolari. 
2. Svetafor ishoralari bo‘yicha harakatlanish. 
8.4. Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora Yo‘naltirgich 
(yo‘naltirgichlar) ning shakli tushirilgan bo‘lsa, u haydovchilarga svetoforning 
qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi 
yo‘naltirgichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini ko‘rsatadi. 
8.5. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko‘rinishida bo‘lsa, u faqat 
piyodalarning harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning 
harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi. 
8.6. Qatnov qismidagi harakat yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi 
mumkin bo‘lgan bo‘laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish 
uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo‘nalgan yo‘naltirgich ko‘rinishdagi 
yashil ishorali reversiv svetoforlar qo‘llaniladi. Bu ishoralar qaysi bo‘lak ustiga 
o‘rnatilgan bo‘lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Ikki 
tomoni 1.9 chizig‘i bilan belgilangan bo‘lak ustiga o‘rnatilgan ishoralari 
o‘chirilgan reversiv svetofor shu bo‘lakka kirishni taqiqlaydi. 
8.7. Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yo‘nalishli boshqa 
transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus bo‘lakda 
tartibga solish uchun T-xarfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon, oq 
rangli; ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin. 
Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, 
harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ng 
tomonga burilishga, o‘rtasidagi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Agar faqat 
yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi. 


471 
8.8. Temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi 
ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi. 
Ko‘rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) 
bo‘lmasa, o‘chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga 
ruxsat beriladi. 
Savollar: 
1. 
Transport vositalarining haydovchilari svetoforning qo‘shimcha 
tarmog‘ida qanday harakatlanish kerak? 
2. 
T harfi ko‘rinishidagi svetaforlar qaysi transport vositalari uchun 
va ularning mahnolari qanday? 


472 
№37 Mavzu: Tartibga soluvchining ishoralari. 
Reja: 
1. Tartibga soluvchining ishoralari. 
2. Tartibga soluvchining ishoralari bo‘yicha harakatlanish. 
QO‘LLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YoKI TUSHIRILGANDA, chap 
va o‘ng yon tomonidan tramvayga tug‘riga, relьssiz transport vositalariga 
tug‘riga va o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga 
ruhsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va 
piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; 
O‘NG QO‘LI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, 
relьssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda, oldi tomonidan barcha 
transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruhsat beriladi. Orqa 
tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi 
taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini 
kesib o‘tishga ruhsat etiladi; 
QO‘LINI YuQORIGA KO‘TARGANDA, Qoidalarning 8.13 bandida 
kursatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha 
yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi. 
Tartibga soluvchi xaydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa 
ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun tartibga 
soluvchi jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo‘llashi 
mumkin. 


473 
8.10. Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o‘tayotgan 
militsiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo‘l ishorasi yoki 
ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to‘xtatishni talab qilishi 
mumkin. Haydovchi esa ko‘rsatilgan joyda to‘xtashi kerak. 
8.11. Yo‘l harakati qatnashchilarining ehtiborini jalb etish uchun xushtak 
bilan qo‘shimcha ishora berilishi mumkin. 
8.12. Svetofor (reversivdan tashqari) ning yoki tartibga soluvchining 
taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i
(5.33 
belgisi) oldida, bunday chiziq bo‘lmaganda esa: chorrahada Qoidalarning 15.7 
bandini hisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari 
kesishmasi oldida; temir yo‘l kesishmasi oldida Qoidalarning 17.4 bandiga 
muvofiq; boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida 
harakatlanishi ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit 
bermagan holda to‘xtashi kerak. 
8.13. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo‘li yuqori 
ko‘tarilganda, Qoidalarning 8.12 bandida ko‘zda tutilgan joylarda keskin tormoz 
bermasdan to‘xtashga ulgira olmaydigan transport vositalarining 
haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi. 
Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo‘lgan piyodalar uni 
bo‘shatishlari, agar buning iloji bo‘lmasa, qarama-qarshi yo‘nalishlardagi 
transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari kerak. 
8.14. Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va 
ko‘rsatmalariga ular svetofor ishoralari, yo‘l belgilari va chiziqlariga zid kelgan 
taqdirda ham amal qilishlari kerak. 


474 
8.15. Temir yo‘l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan 
bir vaqtda piyodalarning kesishma orkali harakatlanishi taqiqlanganligi 
to‘g‘risida qo‘shimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin. 
Savollar: 
1. 
T harfi ko‘rinishidagi svetaforlar qaysi transport vositalari uchun 
va ularning mahnolari qanday? 
2. 
Tartibga soluvchining ishoralarini tushuntirib bering. 
3. 
Tartibga solishning qo‘shimcha ishoralari qanday? 


475 
Mavzu№38 CHorrahada harakatlanish 
O‘quv savollari: 
1. Chorraha va uning turlari. 
2. Chorrahalardan harakatlanish qoidalari. 
Tayanch iboralar: 
CHapga yoki o‘nga burilishda, tirbandlik tufayli to‘xtash, miltillovchi sariq 
ishora, svetoforning yashil ishorasi, svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i, teng 
axamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishmasi, o‘ng qo‘l qoidasi, asosiy yo‘l 
yo‘nalishning o‘zgarishi. 
15.1. CHapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning 
qatnov qismidan o‘tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo‘lkasidan 
yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchilarga yo‘l berishi kerak. 
15.2. Tirbandlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan haydovchi, agar u 
ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik 
tug‘diradigan bo‘lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi 
taqiqlanadi. 
15.3. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga 
soluvchi bo‘lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan 
chorrahalardan o‘tish qoidalariga, chorrahada o‘rnatilgan 
imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart. 
Haydovchi chorraxada o‘ng yoki chap tomonga burilganda, velosiped 
haydovchisi va piyodalarni o‘tkazib, keyin harakatlanishi mumkin (173-rasm). 
Transport vositalari chorrahadan keyin to‘xtab, yo‘lda tirbandlik hosil 
bo‘ladi, chorrahaga qarab harakatlanish taqiqlanadi (174-rasm, «A»). 
Svetofor ishoralari yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchi shaxs bilan 
ta’minlangan chorraxa tartibga solingan deb hisoblanadi (175-rasm «B» va 176-
rasm «V»). 


476 
Svetofor va tartibga soluvchi bo‘lmasa yoki svetofor ishdan chiqib, sariq 
ishora miltillab yonib tursa, bu chorraxa tartibga solinmagan deb xisoblanadi. 
Avtotransport haydovchilari chorrahalarda imtiyozli belgilarga amal qilgan 
holda harakatlanishi mumkin (177-«G», 178-«D»; 179-«E»; 180-«G» va «E» 
Chap tomonga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport 
vositasi haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga ketayotgan yoki o‘ng 
tomonga burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Tramvay 
haydovchilari ham ushbu qoidaga amal qilishlari zarur (181-«J» va «Z»-rasm). 


477 
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha 
yashil ishorali yo‘naltirgich yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasi 
haydovchisi boshqa yo‘nalishlardagi transport vositalariga yo‘l berishi lozim 
(182-rasm «I»). 
Svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport 
vositalariga bir vaqtda harakatlanish yoki yo‘nalishdan qat’iy nazar, tramvay 
oldin harakat qilishiga ruxsat etiladi (183-rasm). 
Burilishda qizil yoki sariq ishora bilan birga yo‘nalish ishorasi yoqilsa, 
tramvay boshqa yo‘nalishdagi transport vositalariga yo‘l berishi kerak (184-
rasm). 
Chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishdagi svetofor ishorasidan 
qat’iy nazar, belgilangan yo‘nalishda harakatini davom ettirishi mumkin (185-
rasm, «K» va «L»).
Lekin chorrahada haydovchining yo‘lida 
joylashgan svetofor oldida to‘xtash chiziqlari 
yoki 5.33 belgisi bo‘lsa, u xar bir belgi va 
ishoraga amal qilishi kerak (186-«M», 187 «M»-
rasmlar). 


478 
Xarakatlanishga ruxsat beruvchi ishora yoqilsa. Xaydovchi chorraxadan 
o‘tib ketayotgan transport vositalarini o‘tkazib va kqtnov qismidan tegishli 
yo‘nalishda o‘tib borayotgan piyodalar yo‘l berishi kerak (188-rasm, «N» va 
«O»). 
Savollar:
1. 
Tartibga solingan chorrahada 
tramvay qanday imtiyozga ega? 
2. 
Teng 
axamiyatli 
yo‘llar 
kesishmasidan o‘tish qoidasi? 


479 
№39 Mavzu: Tartibga solingan chorrahalar. 
Reja: 
1. Tartibga solingan chorraxalar. 
2. Tartibga solingan chorrahada harakatlanish tartibi. 
Tartibga solingan chorrahalar 
15.4. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib 
olayotgan relьssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan 
tug‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga burilayotgan transport vositalariga yo‘l 
berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o‘zaro ushbu qoidaga amal qilishlari 
kerak. 
15.5. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan 
qo‘shimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yo‘naltirgich yo‘nalishida 
harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo‘nalishlardagi 
transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 
15.6. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va 
relьssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, 
harakatlanish yo‘nalishidan qathi nazar, tramvay oldin o‘tish xuquqiga ega


480 
15.7. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, 
undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qathi nazar, belgilangan yo‘nalishda 
harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan 
yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash chiziqlari (yoki 5.33 belgisi) bo‘lsa, 
u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart. 
15.8. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha 
orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan 
tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan piyodalarga yo‘l berishi shart. 
Savollar:
1. 
Tartibga solingan chorrahada tramvay qanday imtiyozga ega? 
2. 
Teng axamiyatli yo‘llar kesishmasidan o‘tish qoidasi? 


481 
№40 Mavzu: Tartibga solinmagan chorrahalar 
Reja: 
1. Tartibga solinmagan chorraxalar. 
2. Tartibga solinmagan chorrahada harakatlanish tartibi. 
15.9 Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada, 
keyingi harakat yo‘nalishidan qathi nazar, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan 
transport vositalariga ikkinchi darajali yo‘lda kelayotgan transport vositasining 
haydovchisi yo‘l berishi kerak.
15.10 Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relьssiz 
transport vositasining haydovchisi o‘ngda kelayotgan transport vositaslariga 
yo‘l berishi kerak. 
Bu 
qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Bunday 
chorrahalarda, keyingi harakat yo‘nalishidan qathi nazar, tramvay relьssiz 
transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. 15.11 Asosiy 
yo‘lning yo‘nalishi asosiy yo‘lda o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan 


482 
haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal 
qilishlari kerak. 
Ikkinchi darajali yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu 
qoidaga amal qilishlari kerak. 
15.12 CHapga burilishda yoki qayrilib olishda relьssiz transport 
vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan 
to‘g‘riga yoki o‘nga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan etilgan 
hollarda quvib o‘tayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga 
tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. 
15.13 Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi 
bor-yo‘qligini aniqlay olmasa ( qorong‘i vaqt, loy, qor, va h.k ) va imtiyoz 
bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak. 
Savollar:
3. 
Tartibga solingan chorrahada tramvay qanday imtiyozga ega? 
4. 
Teng axamiyatli yo‘llar kesishmasidan o‘tish qoidasi? 
5. 
Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarsa transport vositalari 
qanday xarakatlanadi? 
6. 
Svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i oldin o‘tish imtiyozini beradimi? 


483 
O‘ZBEKISTON RES’UBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG‘ONA VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA 
MUVOFIQLASHTIRISH XUDUDIY BOSHQARMASI 
QO‘SHTEPA TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI 
YO‘L XARAKATI QOIDALARI FANIDAN 
“TUZDI“ 
“Yo‘l harakati qoidalari” fani 
o‘qituvchisi: G‘.Saminov 
2021 yil. 


484 
Test savollari 
1. Chorraha deb nimaga aytiladi ? 
A. Yo‘llar kesishgan joyga.
B. Yo‘llarning o‘zoro bir sathda kesishadigan , tutashadigan va ayriladigan 
joyi. 
C. Tuproqli yo‘lga nisbatan qoplamali yo‘lga. 
D. Belgilar bilan belgilangan yo‘lga. 
2. O‘zbekiston Respublikasida yo‘llarda transport vositalarining qaysi 
tomondan harakatlanish tartibi belgilangan? 
A. Hududlar bo‘yicha 
B. Viloyatlar bo‘yicha 
C. O‘ng taraflama harakatlanish tartibi 
D. Chap taraflama harakatlanish tartibi 
3. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga qaysi transport 
vositalari kiradi? 
A. Shahsiy avtomobillar 
B. Yuk avtomobillar 
C. Yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi 
transport vositalari 
D. Avtobuslar 
4. Velosiped nima ? 
A. Zavoddan chiqqan o‘zi yurar vosita 
B. Odam kuchi bilan harakatlantiriladigan 2 yoki 3 g‘ildirakli transport 
vositasi 
C. Moslama vosita 
D. Kichik moped 
5. Majburiy to‘htash deb nimaga aytiladi? 
A. Bekatda to‘htash uchun 
B. Yo‘lovch tushirish uchun 
C. Tehnik nuqson,haydovchi,yo‘lovchining holati,ob-havo sharoitiga 
bog‘liq bo‘lganda 
D. Yo‘lga qo‘yish uchun 


485 
Test savollari
6. Yo‘lovchi deb kimga aytiladi? 
A. Yo‘lda ketayotgan shahs. 
B. Yo‘lda kelayotgan shahs.
C. Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shahs. 
D. Manzilga ketayotgan shahs. 
7. Piyoda deb kimga aytiladi? 
A. Transport vositasidan tashqarida ish bilan band bo‘lmagan shahs. 
B. Velosiped boshqarayotgan shahs. 
C. Bekatda turgan shahs. 
D. Arava boshqarayotgan shahs. 
8. Transport vositasi nima? 
А. Engil avtomobil. 
B. Odamlarni , yuklarni tashishga yoki mahsus ishlarni bajarishga 
mo‘ljallangan qurilma. 
C. Yuk avtomobillari . 
D. Avto kranlar . 
9. Yo‘l harakati qatnashchisi kim? 
A. Yo‘lovchi
B. Yo‘l harakati jarayonida transport vositasi haydovchisi , yo‘lovchisi, yoki 
piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shahs.
C. Yo‘lda harakatni tartibga soluvchi. 
D. Yo‘llarni ta’mirlovchi shahslarga. 
10. Ogohlantifuvchi belgil araholi yashaydigan joylarda necha metr 
masofaga o‘rnatiladi? 
A. 50-100 m.
B. 150-300 m 
C. 100-150 m 
D. 200-300 m 


486 
Test savollari 
11. Avtomagistrallarda nimalar taqiqlanadi? 
A. Piyodalarni harakatlanishi. 
B. Shatakka olish. 
C. Quvib o‘tish. 
D. Tezlik bilan harakatlanish. 
12. Qaysi belgilar temir yo‘lga o‘rnatiladi? 
A. 1.1, 1,2.1.4.1-1.4.6. 
B. 1,8 - 1,12, 1.6, 1.15 
C. 1.1- 1.2 – 1.9 – 1.10 – 1.21 – 1.23. 
D. 1.20- 1.18 – 124 – 1.31
13. Ta’mirlash ishlari belgisi qisqa muddatli ishlar olib borilayotsa necha 
metr masofaga o‘rnatiladi? 
A. 5 -6 m. 
B. 15 – 20 m
C. 10 -15 m 
D. 25 -30 m 
14. Aholi yoshaydigan joylardan tashqarida 1.1 , 1.2, 1.9 , 1.10 , 1.21 , 1.23 
belgilari yo‘lning havfli qismiga necha metr qolganda takror o‘rnatilganda ?. 
A. 100 m 
B. 50 m
C. 150 m 
D. 75 m 
15. Taqiqlovchi belgilarni vazifasi nimalardan iborat. ? 
A. Avtomobillarni harakatlanishini cheklash uchun. 
B. Harakatlanishini cheklaydi yoki umuman taqiqlaydi. 
C. Ba’zi bir cheklovlar kiritadi. 
D. Harakatlanishni taqiqlash uchun. 


487 
Test savollari 
16. Taqiqlovch belgilardan qaysi belgilarni kirish va harakatlanishni 
taqiqlaydi ?
A. 3.2, 3.5, 3.8, 3.15 
B. 3.7, 3.11. 3,15, 3.20. 
C. 3.1, 3.2.
D. 3.12., 3.13, 3.24, 3.22. 3.26. 
17. Barcha cheklovlarni ohiri belgisi qaysi belgilarga taalluqli ? 
A. Ogohlantiruvchi 
B. Taqiqlovchi 
C. Imtiyoz 
D. Servis 
18.Taqiqlovchi belgilarni ta’sir oralig‘i qanday bo‘ladi ? 
A. Eng yaqin chorrahagacha,aholi yashash joyining ohirigacha, keyingi 
belgigacha. 
B. Aholi yashash joyining ohirigacha. 
C. Keyingi belgigacha. 
D. O‘rnatilgan joining o‘ziga tegishli bo‘ladi. 
19. Qaysi belgilar o‘rnatilgan joyga tegishli bo‘ladi ? 
A. 3.18.1, 3.18.2, 3.19. 
B. 3.20, .21, 3.23. 
C. 3.24, 3.25, 3.27. 
D. 3.26, 3.28 , 3.30 
20. Buyuruvchi belgilarning vazifasi nimalardan iborat? 
A .Transport vositalarini muayyan harakat tartibini belgilaydi va talab 
etadi. 
B. Transport vositalarini harakatlanishni cheklaydi. 
C .Majburiy harakatlanishni belgilaydi. 
D. Chetlab o‘tishni belgilaydi. 


488 
Test savollari
21. Buyuruvchi belgilarning qaysi birini yo‘nalishli transport vositalariga 
dahli yo‘q ? 
A. 4.1.1, 4.4.1.4, 4.6, 4.7, 4.8. 
B. 4.1.1- 4.1.6 gacha 
C. 4.1.1- 4.8 gacha 
D. 4.6- 4.7 gacha. 
22. Harakatlanish to‘g‘riga belgisi o‘ngga hovliga kirishga ruhsat 
etadimi?
A. Ruhsat etiladi. B. Taqiqlanadi, C. Birininchi o‘ngdagi xovliga.D. Faqat 
tog‘riga . 
23. Qaysi belgi orqa bilan harakatlanishni taqiqlaydi ? 
A. 5.3. 5, B. 5.37, C. 5. 1, .5.39.
24. Asosi og rangda bo‘lgan, Aholi yashaydigon joyning boshlanishi, 
belgisi harakatlanishga qanday chegaralar kiritadi ? 
A. 40km/soat,tovushli signallardan foydalanishni taqiqlaydi 
B. 70km/soat, tovushli signallardan foydalanishni taqiqlaydi 
C. 80km/soat, tovushli signallardan foydalanishni taqiqlaydi 
D. 90km/soat, tovushli signallardan foydalanishni taqiqlaydi. 
25. Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo‘lda qaysi tomonga 
harakatlanish taqiqlangan. 
A. O‘ngga. B. Chapga. C. To‘g‘riga. D. Orqaga. 


489 
Test savollari 
26. 5.34 belgisi nimani bildiradi ? 
A. To‘siqlarni aylanib o‘tishni. 
B. Boshqa qatnov qsmiga qayta tizilishni. 
C. Qarama – qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqishni. 
D. Aylanib o‘tishni. 
27. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida engil avtomashinalar va 
og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillariga ruhsat etilgan eng 
yuqori tezlik qancha ? 
A. 80 km/soat 
B. 90 km/soat 
C. 100 km/soat 
D. 50 km/soat 
28. Aholi yashamaydigan joylarda shaharlararo qatnaydigan 
avtobuslarga ruhsat etilgan eng katta tezlik qancha ? 
A. 90 km/soat 
B. 80 km/soat 
C. 75 km/soat 
D. 100 km/soat 
29.Aholi yashamaydigan joylarda odam tashiydigan yuk avtomobillarini 
maksimal tezligi qancha bo‘ladi ? 
A. 50 km/soat 
B. 55 km/soat 
C. 70 km/soat 
D. 60 km/soat. 
30. Turar joy dahalarida transport vositalarining tezligi qanday bo‘lishi 
kerak ? 
A. 
10 km . B. 20 km . C. 30 km. C. 40 km. 
Test savollari 
31. 5.8.7. belgisi: 
A). Bo‘lak bo‘yicha xarakatlanish yo‘nalishini 
B). Bo‘laklar bo‘yicha xarakatlanish yo‘nalishini 
C). Bo‘lakning boshlanishini 
D). Bo‘lakni ohirini. 


490 
32. 6.10. belgisi nimani bildiradi ? 
A. Kasalhonani. B. Mehmonhonani. *C. Kemping. D. Dam olish joyini. 
33. 6.8 belgisi nimani bildiradi ? 
A. Suv tarmog‘ini. B. Ichimlik suvini. C.Suv havzasini.
34. 7.1.1 – belgisi bildiradi. ? 
A. Yonilg‘i quyish shahobchasini. 
B. Ta’sir oralig‘ini. 
C. Manzilgacha bo‘lgan masofani.
35. “To`htab turishi cheklangan” belgisi qaysi belgilar turkumiga kiradi? 
A. Q`shimcha axborot belgilar 
B. Buyuruvchi belgilar 
C. Taqiqlovchi belgilar 
D. Ogohlantiruvchi belgilar 


491 
Test savollari 
36. 7.13 – belgisi bildiradi. ? 
A. Yo‘l berishni. B. Asosiy yo‘lni. 
C. Asosiy yo‘lning yo‘nalishini. 
D. To‘htamasdan harakatlanishni. 
37. 7.17-belgisi bildiradi ? 
A.Nogironlarni. B.Nogironlar bundan mustasno. 
C. Motokolyaskani. D.Avtodromni 
38. 7.11-belgisi bildiradi ? 
A. To‘la vazn cheklanganini. B. Yuk ko‘tarish 15 tonnaligini. 
C. Ko‘prikni yuk ko‘tarishi 15 tonnaligini. D. Yukni 15 taligini. 
39. Yorug‘lik ko‘rsatkichlari ishlamaganda haydovchi qanday ishoralar 
berish kerak?
A.Tovushli ishoralar. 
B. Qo‘l bilan ishora berishi. 
C. Ishora bermaydi. 
D. Fara chiroqlari bilan.
40. Chap yoki o‘ng qo‘lni yuqori ko‘tarilishi nimani anglatadi? 
A. To‘htash ishorasini. 
B. Chapga burilishni. 
C. O‘ngga burilishni. 
D. Qayrilib olishni. 


492 
Test savollari 
41. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o‘tish xuquqini 
beradimi? 
A. Bermaydi. 
B .To‘htash oldidan. 
C. Chapga burilish oldidan. 
D. Barcha hollarda. 
42. Haydovchi qachon ogohlantiruvchi ishoralami berishi kerak? 
A. Quvib o‘tish oldidan. 
B. To‘htash oldidan. 
C. Chapga burilish vaqtida. 
D. O‘ngga burilish vaqtida. 
E. Barcha hollarda. 
43. Falokat sababli to‘xtash belgisi qancha masofaga o‘rnatiladi? 
A. Aholi yashaydigan joylarda 15- m ga. 
B. Aholi yashamaydigan joylarda 30- mga. 
C. A va B javob to‘g‘ri . 
D.To‘g‘ri javob yo‘q. 
44. Harakatlanish bo‘lagida transport vositalari qanday joylashadi? 
A. Yo‘l belgilariga qarab. 
B. Qatnov qismidagi chiziqlarga qarab. 
C. Yo‘l belgilari va qatnov qismidagi chiziqlarga qarab. 
D. Haydovchini hohishiga ko‘ra. 
45. Transport vositalari tramvay izlari bo‘ylab harakatlanishi 
mumkunmi?
A. Taqiqlanadi. 
B. Uo‘lakay yo‘nalishdagi izlardan boshqa bo‘laklar band bo‘lganda. 
C.Quvib o‘tish vaqtida ruhsat etiladi. 
D. Barcha hollarda ruhsat etiladi. 


493 
Test savollari 
46. Haydovchi oraliq masofani qanday olishi kerak? 
A. Harakat tezligiga qarab. 
B. Yo‘lning kengilgiga qarab . 
C. Oldindagi transport tormoz berganda to‘qnashib ketishni 
oldini oladigan darajada bo‘lishi kerak. 
D. Haydovchining malakasiga qarab. 
47. Haydovchi tezlikni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? 
A. Avtomobilni tehnik holatini. 
B. Yo‘l sharoyitini . 
C. Ob – havo sharoitini.
D. Barcha sanab o‘tilganlarni. 
48. Aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tezligi qancha bo‘ladi? 
A. 50 km/soat. 
B. 60 km/soat. 
C. 70 km/soat 
D. 80 km/soat 
49. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin nimalarga e’tibor berishi 
kerak? 
A. Ro‘para bo‘lakning bo‘shligiga. 
B. Oldindagi avtomobil chapga burilishni boshlamaganligiga. 
C. Quvib o‘tilayotgan avtomobilga havf solmasligiga. 
D. Barcha sanab o‘tilgan qoidalarga. 
50. Qaysi holatlarda quvib o‘tish taqiqlanadi? 
A. Tramvay izlarida. 
B. Piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda . 
C. Chorrahalarda. 
D.Temir yo‘l kesishmasiga 150 m qolganda. 


494 
Test savollari 
51. Qaysi sharoitda chap tarafda to‘xtash mumkin? 
A.Aholi yashaydigan joylarda har yo‘nalishda bittadan harakat bo‘lagi 
bo‘lgan, o‘rtada tramvay izlari bo‘lmagan joylarda ruhsat etiladi. 
B.Aholi yashaydigan joylarda istalgan joylarda. 
C. Ko‘p qatorli yo‘llarda.
D.Tramvay izlari bo‘lmagan barcha joylarda. 
52. To‘xtab turish taqiqlangan joyda to‘xtab otishga o‘tishga ruhsat 
beriladimi? 
A.Taqiqlanadi. 
B. Faqat engil avtomobillarga. 
C. Odamlarni chiqarish, yuk ortish va tushirish uchun. 
D. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga.
53.Temir yo‘l kesishmasiga necha metr qolganda to‘xtab turish 
taqiqlanadi? 
A.100 m. B. 150 m. C. 50 m. D. 25 m. 
54. Ko‘priklar ustida to‘xtash taqiqlanadimi? 
A. Ruhsat etiladi.
B. Taqiqlanadi. 
C. Harakatlanish bo‘lagi uchtadan ko‘p bo‘lsa. 
D. Barcha hollarda ruhsat beriladi. 
55. Svetafor turlarini necha hil bo‘ladi.
A. 7 hil ko‘rinishda. B. 4 hil ko‘rinishda 
C. 5 hil ko‘rinishda. D. 8 hil ko‘rinishda.


495 
Test savollar 
56. Transport vositalarining haydovchilari svetoforning qo‘shimcha 
tarmog‘ida qanday harakatlanish kerak? 
A. Qo‘shimcha ishora yonganda harakatlanadi. 
B. Asosiy ishora yonganda harakatlanadi. 
C. Haydovchining istagiga ko‘ra. 
57. «T» harfi ko‘rinishidagi svetaforlar qaysi transport 
vositalari uchun taalluqli? 
A. Tramvaylarga. 
B. Barcha avtomobillarga. 
C. Belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga. 
D. Taksi avtomobillarga. 
58. Tartibga soluvchining ishoralari hecha hil ko‘rinishda bo‘ladi ? 
A. 5 B. 3. C. 4. D. 2
59. Tartibga solishning qo‘shimcha ishoralari qanday? 
A. Qollarini gir aylantirishi mumkin. 
B. Hushtak chalishi mumkin. 
C. Ovoz kuchaytirgichdan foydalanishi. 
D.Barcha sanab o‘tilganlaridan.
60. Chapga yoki o‘nga burilayotgan haydovchi nimalarga e’tibor berishi 
kerak? 
A. Svetafor va yo‘l belgilariga amal qilishi. 
B. Piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun yo‘l berishi. 
C. To‘htamasdan harakatni davom ettirishi. 
D. Tramvayga yo‘l berishi. 


496 
Test savollari 
61. Tirbandlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan haydovchi chorrahaga 
kirishi mumkinmi? 
A. Kirishga ruhsat beriladi.
B. Taqiqlanadi. 
C. Ehtiyot choralarini ko‘rgan bo‘lsa. 
D. O‘z huquqidan foydalanadi. 
62. Agar svetoforning qizil yoki tartibga soluvchining harakatlanishga 
ruhsat etgan holatida qaysi taransport vositasi oldin o‘tish huquqiga ega? 
A. Qayrilib olish yoki chapga burilishni tugallamagan haydovchiga. 
B. Tramvay haydovchisiga.
C. Tez yordam avtomobillariga. 
D. Yuk avtomobillariga. 
63. Ikkinchi darajali yo‘llardan harakatlanib chiqishda to‘htash shartmi? 
A. Shart emas. 
B. Shart. 
C. Ko‘ndalang yo‘nalishda transportlar bo‘lmasa shart emas 
D. Belgilarga amal qiladi. 
64. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi o‘zgarganda haydovchilar qanday yo‘l 
tutadilar? 
A. Birinchi bo‘lib harakatlanadilar. 
B. O‘ng qo‘li bo‘sh haydovchi birinchi bo‘lib harakatlanadi. 
C. Belgilarga amal qiladi.
D. O‘z imtiyozlaridan foydalanadi. 
65.Tartibga solinmagan chorrahada harakatlanish tartibi qanday? 
A. Yo‘l belgilari va yo‘l qoplamasiga hamda o‘ng qo‘l qoidasiga amal 
qiladilar. 
B. Svetafor va yo‘l belgilariga amal qiladilar. 
C. Yo‘l belgilari va chiziqlarga amal qiladilar. 
D. Barcha sanab o‘tilgan qoidalarga amal qiladilar. 


497 
Test savollari 
66. Chorrahaga kirishda haydovchi nimalarga ahamiyat berishi kerak? 
A. Belgilangan yo‘nalish bo‘yich chetki holatlarni egallashi. 
B. Quvib o‘tish qoidalariga amal qilishi kerak. 
C. Chorrahalardan o‘tish qoidalariga. 
D. Svetafor ishoralariga. 
67. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasida haydovchi piyodalarga yo‘1 
berishi kerakmi ? 
A. Yo‘l berishi kerak . 
B. Yo‘l berishi kerak emas. 
C. Har qanday holatda yo‘l berishi shart. 
D. Chapga va o‘ngga burilishda yo‘l berishi kerak. 
68. Piyodalar o‘tish joyida qaysi yo‘1 belgilari qo‘llanilishi mumkin?
A. 1.20, 5.16.1, 5.16.2, 5.17.1, 5.17.2, 5.17.3, 5.17.4. 
B. 1.23, 5.22, 528, 3.27,4.5. 
C. 4.6, 3.21, 5.15, 5.40. 
D. 1.23, 5.22, 4.6, 3.21.
69. Chorrahada tartibga soluvchi qo‘lini oldinga uzatgan holatida 
piyodalar qatnov qismini qaysi tomondan kesib o‘tadi ? 
A. Oldi tomonidan. C. Chap tomonidan. 
B. Orqa tomonidan. D. O‘ng tonmonidan. 
70. Temir yo‘1 kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi 
nimalarga e’tibor berishi kerak? 
A. Svetafor ishoralariga. B. Yo‘l belgilariga. C. Shlagbaum va nazoratchi 
holatiga. 
D. Barcha sanab o‘tilganlarga


498 
Test savollari 
71. Temir yo‘1 kesishmasi oldiga qancha masofa qolganda transport 
vositalarini to‘xtab turishi taqiqlanadi? 
A. Ruhsat etiladi. 
B. Taqiqlanadi. 
C. 50 m dan kam qolganda. 
D. 100 m qolganda. 
72. Transport vositalari o‘lchamlari, ruxsat etilgan o‘lchamga to‘g‘ri 
kelmasa temir yo‘1 kesishmasidan o‘tish mumkunmi? 
A. Mumkin. B. Mumkin emas. C. Temir yo‘l boshlig‘i ruhsati bilan. 
D. Boshqa yo‘nalish bilan. 
73. Haydovchilar temir yo‘1 kesishmasiga, shlagbaumga, yo‘1 
belgilariga necha metr qolganda to‘xtashi mumkun 
A. 15 m. B. 5 m . C. 10 m. D. 20 m. 
74. Harakatlanish bo‘lagida transport vositalari qanday joylashadi? 
A. Yo‘l belgilariga qarab. 
B. Qatnov qismidagi chiziqlarga qarab. 
C. Yo‘l belgilari va qatnov qismidagi chiziqlarga qarab. 
D. Haydovchini hohishiga ko‘ra. 
75. Transport vositalari tramvay izlari bo‘ylab harakatlanishi 
mumkunmi?
A. Taqiqlanadi. 
B. Yo‘lakay yo‘nalishdagi izlardan boshqa bo‘laklar band bo‘lganda. 
C. Quvib o‘tish vaqtida ruhsat etiladi. 
D. Barcha hollarda ruhsat etiladi. 


499 
ТЕСТ ЖАВОБЛАРИ 
№ 
Жавoби 
№ 
Жавoби 
№ 
Жавoби 
24 
В 
49 
Д 
25 
Д 
50 
В 

В 
26 
В 
51 
А 

С 
27 
С 
52 
С 

С 
28 
А 
53 
С 

В 
29 
Д 
54 
С 

С 
30 
В 
55 
А 

С 
31 
В 
56 
А 

А 
32 
С 
57 
С 

В 
33 
В 
58 
В 

В 
34 
С 
59 
Д 
10 
А 
35 
А 
60 
В 
11 
А 
36 
С 
61 
В 
12 

37 
А 
62 
А 
13 
С 
38 
А 
63 
С 
14 
В 
39 
В 
64 
В 
15 
В 
40 
А 
65 
А 
16 
С 
41 
А 
66 
А 
17 
В 
42 
Е 
67 
Д 
18 
А 
43 
С 
68 
А 
19 
А 
44 
С 
69 
В 
20 
А 
45 
В 
70 
Д 
21 
В 
46 
С 
71 
С 
22 
А 
47 
Д 
72 
Д 
23 
С 
48 
С 
73 
В 
74 

75 



500 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
FARG‘ONA VILOYATI KASBIY TA‘LIMNI RIVOJLANTIRISH 
VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI 
QO SHTEPA TUMAN2-SON KASB-HUNAR MAKTABI 
YO’L XARAKATI QOIDALARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI FANIDAN 

Maxsus fanlar” kafedrasi 
O‘qituvchi: Saminov G‘ulomjon 
2021 yil 
VIZUAL-DIDAKTIK RESURSLAR TO'PLAMI


501 
Yo’l belgilari. 
Ogohlantiruvchi belgilar 

Download 32,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 32,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

Download 32,53 Mb.
Pdf ko'rish