Beziyon viruslar - o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi
viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi
xolos.
Xavfsiz viruslar - tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video)
bilan
bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon
yetkazmaydi.
Xavfli viruslar - Kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bO‘luvchi
viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin.
Juda xavfli viruslar - dastur va ma’lumotlarni
buzilishiga hamda
Kompyuter ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi,
muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar.
Boshqarishni virus dastur — eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki,
viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi. Buzuvchi viruslar dasturlar
zaharlanganida ularning ishga layoqatligini saqlash xususida qayg‘urmaydilar,
shu sababli ularga ushbu bosqichning ma’nosi yo‘q.
Buzmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt
ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus dastur-
eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq.
Virus paydo bo‘lish belgilari.
Zararlangan Kompyuterda eng muhimi virusni aniqlash. Buning uchun virusni
asosiy belgilarini bilish kerak:
1. Funktsional dasturlarni ishini to‘xtatish yoki noto‘g‘ri ishlashi;
2. Kompyuterni sekin ishlashi;
3. OS ni yuklanmasligi;
4. Fayl va kataloglarni yo‘qolishi yoki ulardagi ma`lumotlarni buzilishi;
5. Fayllar modifikatsiyasining sana va vaqtining o‘zgarishi;
6. Fayl hajmining o‘zgarishi;
7. Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko‘ayishi;
8. Bo‘sh o‘erativ xotira
hajmining keskin kamayishi;
9. Kutilmagan ma`lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi;
10. Kutilmagan tovushlarning paydo bo‘lishi;
11 .Kompyuterning tez-tez osilib kolishi.
Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga ko‘ra ham bo‘lishi mumkinligini eslatib
o‘tamiz.
“Tasdiqlayman”
Ishlab chiqarish ta’limi
bo‘yicha direktor
o‘rinbosari:
S.Ravshanov
Dars o‘tiladigan guruh
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana
№ 5 -Mavzu: Virusdan himoyalanish tizimini yaratish O‘quv
mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli