F
S
M
U
• O‘quvchilar tomonidan yangi mavzu yuzasidan fikrlari bayon
etiladi
• O‘quvchilar tomonidan berilgan fikr bayonlariga misollar
keltiriladi
• O‘quvchilar tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni isbotlab
misollar keltiriladi
• O‘quvchilar tomonidan berilgan fikrlar umumlashtiriladi.
Yangi mavzu bayoni
№-_2_-MAVZU AXBOROT XAVFSIZLIGINING KONSEPTUAL
MODELI
Reja:
1. Axborot xavfsizligini buzuvchilar kategoriyasi
2. Axborot xavfsizligini buzuvchilar modeli
3. Axborot xavfsizligini buzishga sabab bO‘lgan omillar
1. Axborot xavfsizligini buzuvchilar kategoriyasi
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni oldini olish uchun nafaqat o‘eratsion
tizimlarni, dasturiy ta’minotni himoyalash va foydalanishni nazorat qilish, balki
buzuvchilar turkumini va ular foydalanadigan usullarni aniqlash lozim.
Sabablar, maqsadlar va usullarga bog‘liq holda axborot xavfsizligini
buzuvchilarni to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin:
- sarguzasht qidiruvchilar;
- g‘oyaviy xakerlar;
- xakerlar-’rofessionallar;
- ishonchsiz xodimlar.
Sarguzasht qidiruvchi, odatda, yosh, ko‘incha talaba yoki yuqori sinf
o‘quvchisi va unda o‘ylab qilingan xujum rejasi kamdan-kam bo‘ladi. U
nishonini tasodifan tanlaydi, qiyinchiliklarga duch kelsa chekinadi. Xavfsizlik
tizimida nuqsonli joyni to‘ib, u maxfiy axborotni yig‘ishga tirishadi, ammo hech
qachon uni yashirincha o‘zgartirishga urinmaydi. Bunday sarguzasht qidiruvchi
muvaffaqiyatlarini fakat yaqin do‘stlari-kasbdoshlari bilan o‘rtoqlashadi.
G‘oyali xaker — bu ham sarguzasht qiduruvchi, ammo mohirroq. U
o‘zining e’tiqodi asosida muayyan nishonlarni (xostlar va resurslarni) tanlaydi.
Uning yaxshi ko‘rgan xujum turi Web-serverning axborotini o‘zgartirishi yoki,
juda kam hollarda, xujum qilinuvchi resurslar ishini blokirovka qilish.
Sarguzasht qidiruvchilarga nisbatan g‘oyali xakerlar muvaffaqiyatlarini kengrok
auditoriyada, odatda axborotni xaker Web-uzelda yoki Usenet anjumanida
joylashtirilgan holda e’lon qiladilar.
Xaker-’roffesional harakatlarning aniq rejasiga ega va ma’lum resurslarni
mo‘ljallaydi. Uning xujumlari yaxshi o‘ylangan va odatda bir necha bosqichda
amalga oshiriladi. Avval u dastlabki axborotni yig‘adi (O‘eratsion tizim turi,
taqdim etiladigan servislar va qo‘llaniladigan himoya choralari). So‘ngra u
yig‘ilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda xujum rejasini tuzadi va mos
instrumentlarni tanlaydi (yoki hatto ishlab chiqadi). Keyin, xujumni amalga
oshirib, maxfiy axborotni oladi va nihoyat harakatlarining barcha izlarini yo‘q
qiladi. Bunday xujum qiluvchi professional, odatda yaxshi moliyalanadi va
yakka yoki professionallar komandasida ishlashi mumkin.
Ishonchsiz xodim o‘zining harakatlari bilan sanoat josusi yetkazadigan
muammoga teng (undan ham ko’ bo‘lishi mumkin) muammoni to‘g‘diradi.
Buning ustiga uning borligini aniqlash murakkabroq. Undan tashqari unga
tarmoqning tashqi himoyasini emas, balki faqat, odatda unchalik katiy
bo‘lmagan tarmoqning ichki himoyasini bartaraf qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ammo, bu holda uning kor’orativ ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishi
xavfi boshqa har qanday niyati buzuq odamnikidan yuqori bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini buzuvchilar kategoriyalarini
ularni malakalari bo‘yicha guruhlash mumkin: xavaskor (sarguzasht qidiruvchi),
mutaxassis (g‘oyali xaker, ishonchsiz xodim), professional (xaker- ’rofessional).
Agar bu guruhlar bilan xavfsizlikning buzilishi sabablari va har bir guruhning
texnik qurollanganligi taqqoslansa, axborot xavfsizligini buzuvchining
umumlashtirilgan modelini olish mumkin.
2. Axborot xavfsizligini buzuvchilar modeli
Axborot xavfsizligini buzuvchi, odatda ma’lum malakali mutaxassis
bo‘lgan holda Kompyuter tizimlari va tarmoqlari xususan, ularni himoyalash
vositalari xususida barcha narsalarni bilishga urinadi. Shu sababli buzuvchi
modeli quyidagilarni aniqlaydi:
buzuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar kategoriyasi;
buzuvchining bo‘lishi mumkin bo‘lgan nishonlari va ularning
muhimlik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha rutbalanishi;
uning malakasi xususidagi taxminlar; uning texnik qurollanganligining
baxosi;
uning harakat harakteri bo‘yicha cheklashlar va taxminlar.
Tizimdan ruxsatsiz foydalanishga majbur etish sabablarining dia’azoni
yetarlicha keng: Kompyuter bilan o‘ynaganidagi xayajon ko‘tarinkiligidan to
jirkanch menedjer ustidan xokimlik xissiyotigacha. Bu bilan nafaqat ko‘ngil
ochishni xoxlovchi xavaskorlar, balki professional dasturchilar ham
shug‘ullanadi. Ular parolni tanlash, faraz qilish natijasida yoki boshqa xakerlar
bilan almashish yo‘li orqali qo‘lga kiritadilar. Ularning bir qismi nafaqat
fayllarni ko‘rib chiqadi, balki fayllarning mazmuni bilan qiziqa boshlaydi. Bu
jiddiy tahdid hisoblanadi, chunki bu holda beozor shuxlikni yomon niyat bilan
qilingan harakatdan ajratish qiyin bo‘ladi.
3. Axborot xavfsizligini buzishga sabab bO‘lgan omillar
Yaqin vaqtgacha rahbarlardan norozi xizmatchilarning o‘z mavqelarini
suiiste’mol qilgan holda tizimni buzishlari, undan begonalarning
foydalanishlariga yo‘l qo‘yishlari yoki tizimni ish holatida qarovsiz qoldirishlari
tashvishlantirar edi. Bunday harakatlarga majbur etish sabablari quyidagilar:
- xayfsanga yoki rahbar tomonidan tanbehga reaktsiya;
- ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishga firma haq to‘lamaganidan
norozilik;
- firmani qandaydir
yangi tuzilayotgan
firmaga
raqib sifatida
zaiflashtirish maqsadida qasos olish kabi yomon niyat.
Raxbardan norozi xodim jamoa foydalanuvchi hisoblash tizimlariga eng katta
tahdidlardan birini tug‘diradi. SHuning uchun ham xakerlar bilan
kurashish agentligi individual Kompyuter sohiblariga jon deb xizmat
ko‘rsatadilar.
professional xakerlar-hisoblash texnikasini va aloka tizimini juda yaxshi
biladigan Kompyuter fanatlari (mutaassiblari) hisoblanadi. Tizimga kirish uchun
professionallar omadga va farazga tayanmaydilar va qandaydir tartibni va
tajribani ishlatadilar. Ularning maksadi-himoyani aniqlash va yo‘qotish,
hisoblash kurilmasining imkoniyatlarini o‘rganish va maqsadiga erishish
mumkinligi to‘g‘risida qarorga kelish.
Bunday professional xakerlar kategoriyasiga quyidagi shaxslar kiradi:
- siyosiy maqsadni ko‘zlovchi jinoiy guruhlarga kiruvchilar;
- sanoat josuslik maqsadlarida axborotni olishga urinuvchilar;
- tekin daromadga intiluvchi xakerlar guruhi.
Umuman professional xakerlar xavf-xatarni minimallashtirishga urinadilar.
Buning uchun ular birga ishlashga firmada ishlaydigan yoki firmadan yaqinda
ishdan bo‘shatilgan xodimlarni jalb etadilar, chunki begona uchun bank tizimiga
kirishda oshkor bo‘lish xavfi juda katta. Xaqiqatan, bank hisoblash tizimlarining
murakkabligi va yuqori tezkorligi, xujjatlarni yurgizish va tekshirish usullarining
muntazam takomillashtirilishi begona shaxs uchun xabarlarni ushlab kolish yoki
ma’lumotlarni o‘g‘irlash maqsadida tizimga o‘rnashishiga imkon bermaydi.
professional xakerlar uchun yana bir qo‘shimcha xavotir-tizimdagi bir
komponentning o‘zgarishi boshqa bir komponentning buzilishiga olib kelishi va
xatardan darak beruvchi signalga sabab bo‘lishi mumkin.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
1. Sarguzasht qidiruvchilar deb kimlarga aytiladi?
2. G‘oyaviy xakerlar deb kimlarga aytiladi?
3. Xakerlar-’rofessionallarlar deb kimlarga aytiladi?
4. Ishonchsiz xodimlar deb kimlarga aytiladi?
Uyga vazifa
1.
Tizimdan ruxsatsiz foydalanish nima?
2.
Professional xakerlar kategoriyasiga
3.
Xakerlar xavf-xatarini kamaytirish yO‘llari
Foydalanilgan adabiyotlar
Axborot
texnologiyasi.
Axborotlarni
kriptografik
muxofazasi.
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt
1105:2006
Vizual-didaktik resurslar
“Tasdiqlayman”
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha
direktor
o‘rinbosari:
S.Ravshanov
Dars o‘tiladigan guruh
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana
№ 3 -Mavzu: Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va uning tasnifi O‘quv
mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
|