Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/61
Sana26.01.2024
Hajmi8,39 Mb.
#146274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
AX OMTMamarajabova X

shlab chiqarish ta’limi 
bo’yicha direktor 
o‘rinbosari: 
S.Ravshanov 
Dars o‘tiladigan guruh 
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana 
№ 1 -Mavzu: Axborotning qimmatliligi O‘quv 
mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli 
Mashg‘ulot vaqti-80 
daqiqa 
O‘quvchilar soni: 26 –31 gacha 
Mashg‘ulot shakli va 
Turi 
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bO‘yicha O‘quv mashg‘uloti 
O‘quv mashg‘ulot 
rejasi 
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash 
muammolari 
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar 
3. Tizim va tarmoqlardagi zaifliklar 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga axborotning qiymatliligi bO‘yicha bilim va 
kO‘nikmalarini shakllantirish 
Mashg‘ulotdan 
kutilayotgan natijalar: 
Axborot 
xavfsizligi tushunchasi, 
axborotni 
himoyalash, 
tahdidlar va zaifliklar bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish 
Pedagogik vazifalar: 
Axborot xavfsizligi bo‘yicha 
tushuncha shakllantirish; 
AKT tizim va tarmoqlariga 
taxdidlar to‘g‘risida tushuncha 
berish; 
Tizim va tarmoqlardagi zaifliklar 
bo‘yicha ko‘rsatmalar berish. 
O‘quv faoliyati natijalari: 
Axborot xavfsizligi bo‘yicha tushunchaga ega 
bo‘ladilar; 
AKT tizim va tarmoqlariga taxdidlarni yoritib bera 
oladilar; 
Tizim va tarmoqlardagi zaifliklar va ularni oldidni 
olish bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar. 
O‘qitish metodlari 
Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, 
aqliy hujum 
O‘qitish vositalari 
O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, videoproektor, slayd 
O‘quv faoliyatini tashkil etish 
shakllari 
guruhli, juftlikda 
O‘qitish sharoiti 
Maxsus jixozlangan o‘quv xona (kompyuter o‘quv 
xonasi) 
Qaytar 
aloqaning 
yo‘l va 
vositalarining yO‘l va vositalari 
Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, 
berilgan o‘quv topshiriqlarini baholash 


O‘QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ta’lim shakli 
Ish bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchining 
O‘quvchi- 
ning 
O‘quv 
mashg‘ulo- 
tiga kirish 
(5 daqiqa) 
Tashkiliy qism: 
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va 
davomatini tekshirish 
Mashg‘ulotga 
tayyorlanadi 
2. Asosiy 
bosqich 
(65 daqiqa) 
Tayanch bilimlarni faollashtirish 
1. Yangi fan bo‘yicha o‘quvchilarning tushunchalarini 
aniqlash uchun o‘quvchilarga savollar beriladi, ularni 
baholaydi (1-ilova) 
Maqsad va vazifalarni belgilanishi 
2. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish 
natijalari bilan tanishtiriladi; 
3. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan 
tanishtiriladi; 
4. O‘quv ishlarida o‘quvchilarni baholash mezoni va 
ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (2-ilova); 
Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish 
5. Tezkor so‘rov, savol-javob, aqliy hujum texnikalari 
orqali bilimlarni faollashtiradi; 
Yangi o‘quv metodlari bayoni: 
6. Nazariy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga 
muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha 
xarakatlar tartibini bayon etadi. 
7. Mavzu bo‘yicha PowerPoint tartibida namoish va 
sharxlar bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy 
holatlarni bayon qiladi 
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash 
8. Mustahkamlash uchun savollar beriladi. 
Savollarga 
javob 
beradilar 
Yozib 
oladilar 
Guruhlarga 
bO‘linadilar. 
Javob 
beradilar 
Diqqat 
qiladilar 
Guruhlarda 
ishlaydilar 
Fikr 
almashadilar 
3. 
Yakuniy 
bosqich 
(10 daqiqa) 
Mashg‘ulot yakuni: 
1. O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan 
o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va 
rag‘batlantiradi; 
Uyga vazifa berilishi: 
2. Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
yo‘riqnoma beriladi 
O‘z- O‘zini 
O‘zaro 
baholashni 
O‘tkazadilar. 
Topshiriqni 
yozadilar 
Maxsus fan o‘qituvchisi: 
Mamaradjabova Xurshida 


Tezkor savol-javob 
1. Axborot xavfsizligi deganda nimani tushunasiz? 
2. Axborotning qimmatliligi nima? 
3. Axborotning qiymatini qanday me’zonlar belgilaydi? 
Baholash mezoni O‘quvchilarning 
bilim va ko‘nikmalarini baholash 
1- 
ilova 
2- 
ilova 
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi 
tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma og‘zaki, savol- javob, test, 
amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish 
natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan 
maqsadga hamohang bo‘lishi lozim. 
O‘quvchilarni baholash mezoni bilan tanishtirilib, baholash ko‘rsatkichlari 
bilan tanishtirib o‘tiladi: 
O‘quv fani o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish va baholash o‘qituvchi 
dars jarayonida, amaliy ravishda amalga oshiriladi. Baholash metodlarini 
shakllantirish baholash ob’ekti nima ekanligini aniqlash kerak (aniq nimani 
baholash). 
O‘qitish natijalarini faoliyat natijalari orqali baholash, kompetensiyalarni 
faqat faoliyat jarayonida baholanadi (faoliyatning to‘g‘ri bajarilganligini kuzatib 
borish). 
O‘quv fan (modul)ining o‘qitish natijalarini va kompetensiyalarni 
baholash: 
- 5 “A’lo”: amaliy faoliyatni to‘g‘ri bajarilishi (manipulyatsiyalar, modellar, 
ko‘nikmalar va hokazo) 90-100% ga bajarish; 
- 4 “Yaxshi”: amaliy faoliyatni (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar 
va boshqalarni) bajarish algoritmiga muvofiq 75-89 foizga bajarish; 
- 3 “Qoniqarli”: amaliy faoliyatni bajarish algoritmiga muvofiq talab 
qilinadigan ish turlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va h.k) 60- 74 
foizga bajarish; 


2 “Qoniqarsiz”: kerakli ish turlarini algoritmini bajarish ketma-ketligini 
sezilarli darajada buzilishi, amaliyot davomida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishga 
intilmaslik; 
- kerakli ish turlarini bajarish algoritmini qo‘pol ravishda buzgan holda 
(60% dan past) ish turlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va 
boshqalar) bajarish. 
O‘quvchilar faoliyatini baholash mexanizmi 
90-100 % 
5 baho 
A’lo 
75-89 % 
4 baho 
Yaxshi 
60-74 % 
3 baho 
Qoniqarli 
60 % dan past 
2 baho 
Qoniqarsiz 


Yangi mavzu bayoni 
№-_1_-MAVZU AXBOROTNING QIMMATLILIGI 
Reja: 
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari 
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar 
3. Tizim va tarmoqlardagi zaifliklar 
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari 
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning 
uchun xam qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. 
Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan 
boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning
yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va 
razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin 
hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng 
tarqaladigan mahsulotga 
aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, 
saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni 
o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, 
axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining 
paydo bo‘lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari 
Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi
axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. 
Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot 
tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot 
texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng 
qo‘llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni boshqarish 
va x.k.) 
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta 
ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq 
vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya 
bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar 
axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida 
jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga 
turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo‘lmoqda. 


Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlari- 
dan bo‘lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot 
resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy 
texnikalar juda ham Kompyuterlashtirilib yuborildi. Shuning uchun xam ularga 
axborot qurollarini qo‘llash ehtimoli katta. 
Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiya- 
larining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo‘llanishi inson psixologiyasi 
va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko‘rsatish vositalarining samaradorligini 
yuksaltirib yubordi. 
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi 
muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz 
texnologiyalarga o‘tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta 
qurish asosidagina yo‘lga qo‘yish mumkin. 
Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o‘zining hayotiy davriga 
ega bo‘ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo‘lmaganda 
yo‘qotishdan iboratdir (2-rasm ). 
Axborotlar xayotiy davrining xar bir bosqichida ularning himoyalan- ganlik 
darajasi turlicha baholanadi. 
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng 
muxim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning 
mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy 
iqtisodiy va boshha moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan 
turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir. 
Axborotning hayotiy davri 
Axborotni saqlash va 
So’rovlar bo’yicha 
Axborotni qayta ishlash 
arxivlash 
axborotlarni tanlash 
Saqlash uchun axborotlarni 
Axborotdan foydalanish 
tizimlashtirish, tartibga solish va 
o’girish 
Olingan axborot 
Axborotlarni 
Hisobot ma’lumotlari 
foydaliligi va aniqligi 
bo’yicha baholash 
Birlamchi axborot 
Axborotlarni yangilab 
Eski axborotlarni 
turish 
yo’kotish 


2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar 
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga 
yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar 
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. 
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni 
o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa 
Kompyuter ma’lumotlari to‘lami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan 
ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu 
xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. 
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining 
axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, 
ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy 
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. 
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar 
yetkazmokchi bO‘lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, 
ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan xolda 
moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak. 
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash 
mumkin: 
• maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina 
kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab 
qo‘yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki 
axborotni oshkor qilish, deyiladi; 
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, 
maxfiyligi kafolati; 
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash 
va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning 
buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi; 
• autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs 
xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning 
buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi; 
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron 
biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini 
isbotlash mumkinligi kafolati. 
Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish 
mumkin: 


• ishonchlilik — tizim meyoriy va g‘ayri tabiiy xollarda 
rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati; 
• aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati; 
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot 
manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim 
bajarilishlik kafolati; 
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan 
kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati; 
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq 
o‘zini kim deb atagan bulsa, aniq O‘sha ekanligining kafolati; 
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar 
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan 
kelishilgan xolda o‘zini tutishi. 
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat: 
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo‘qotilishi, 
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; 
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini 
olish; 
- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, 
tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish; 
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini 
ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy 
aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish; 
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy 
maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion 
xukuklarini ximoyalash; 
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning 
konfidentsialligini saklash; 
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni 
yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash. 
3. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va 
zaifliklar. 
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang‘ich bosqichida viruslar va 
Kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u 
davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog‘liqligi katta emas 


edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o‘sishi hamda biznesning axborotdan 
foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog‘liqligi sharoitida 
mashina vaqtining yo‘qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan 
zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi. 
Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida 
dunyo miqyosidagi yo‘qotishlar 2002 yildagi barcha yo‘qotishlar yig‘indisining 
50%ini tashkil etgan, yoki bo‘lmasa 2006 yilning o‘zida Rossiya Federeatsiyasida 
14 mingdan ortiq Kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan. 
Kor’orativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bO‘ladi. 
Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg‘on 
axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab 
bO‘ladi: 
Kompyuterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot 
hajmining oshishi; 

ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo‘lgan 
axborotlarning to’lanishi; 

ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash 
tarmoq resurlaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi; 

masofadagi ishchi joylar soninig oshishi; 

foydalanuvchilarni bog‘lash uchun Internet global tarmog‘ini va 
aloqaning turli kanallarini keng ishlatish; 

foydaluvchilar Kompyuterlari o‘rtasida axborot almashinuvining 
avtomatlashtirilishi. 
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki 
yo‘qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan 
harakatlar tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, so‘z barcha axborot 
xususida emas, balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega 
bo‘lgan qismi xususida ketya’ti. 
Zamonaviy kor’orativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo‘ladigan keng 
tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid 
manbalari kor’orativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning 
tashqarisida (tashqi manba) bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish to‘g‘ri, chunki 
bitta tahdid uchun (masalan, o‘g‘irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi 
harakat usullari turlicha bo‘ladi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni hamda 
kor’orativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng 
samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi. 


Tez-tez bO‘ladigan va xavfli (zarar o‘lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga 
foydalanuvchilarning, o‘eratorlarning, ma’murlarning va kor’orativ axborot 
tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari 
kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi 
xatoliklar sabab bO‘lgan tizimning to‘xtashi yoki bo‘zilishi) to‘g‘ridan to‘g‘ri 
zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin 
bo‘lgan nozik joylarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Global axborot tarmog‘ida 
ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai 
tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo‘lishi 
mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli. 
Zarar o‘lchami bo‘yicha ikkinchi o‘rinni o‘g‘irlashlar va soxtalashtirishlar 
egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash 
choralari bilan a’lo darajada tanish bo‘lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor 
bO‘lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog‘langan quvvatli axborot kanalining 
mavjudligida, uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo‘qligi bunday 
faoliyatga qo‘shimcha imkon yaratadi. 
Xafa bo‘lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va 
juda samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bO‘shaganida 
uning axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi 
shart. 
Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin 
qilingan urinishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha buzilishlarning 10%ini 
tashkil etadi. Bu kattalik anchagina bo‘lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash 
tajribasi ko‘rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta 
suqilib kirish urinishlariga duchor bo‘lar ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida 
tashkilot kor’orativ yoki lokal tarmog‘i Kompyuterlarining xujumlarga qarshi 
turishi yoki bo‘lmaganida axborot xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish 
uchun yetarlicha himoyalanmaganligini hisobga olish zarur. Masalan, axborot 
tizimlarini himoyalash Agentligining (AQSH) testlari ko‘rsatadiki, 88% 
Kompyuterlar axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nozik joylarga egaki, ular 
ruxsatsiz foydalanish uchun faol ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot 
tuzilmasidan sasofadan foydalanish xollari alohida kO‘rilishi lozim. 
Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda Kompyuter muhiti duchor 
bO‘ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko‘rilishi zarur. Ravshanki, 
himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko‘rish uchun tashkilotning 
sarf-harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash 


bo‘yicha hech qanday choralar ko‘rilmaganida kutiladigan yo‘qotishlardan oshib 
ketmasligi shart. 
Umuman olganda, tashkilotning Kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga 
duchor bo‘ladi: 
1. Ma’lumotlarni yo‘qotilishi yoki o‘zgartirilishi. 
2. Servisning to‘xtatilishi. 
Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq 
odamlarning bostirib kirishidan to Kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin. 
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi. 1.1-rasmda 
kor’orativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo‘yicha statistik 
ma’lumotlarni tasvirlovchi aylanma diagramma keltirilgan. 
Statistik ma’lumotlar tashkilot ma’muriyatiga va xodimlariga kor’orativ 
tarmoq va tizimi xavfsizligiga tahdidlarni samarali kamaytirish uchun 
xarakatlarni qaerga yo‘naltirishlari zarurligini aytib berishi mumkin. Albatta, 
fizik xavfsizlik muammolari bilan shug‘ullanish va inson xatoliklarining 
xavfsizlikka salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi zarur. Shu 
bilan bir qatorda kor’orativ tarmoq va tizimga ham tashqaridan, ham ichkaridan 
bo‘ladigan xujumlarni oldini olish bo‘yicha tarmoq xavfsizligi masalasini 
yechishga jiddiy e’tiborni qaratish zarur. 
Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. 
Axborot xavfsizligi deb nimaga aytiladi? 
2. 
Axborotning himoyasi deb nimaga aytiladi? 
3. 
Axborotning maxfiyligi nima? 
4. 
Axborotni soxtalashtirish deganda nimani tushunasiz? 
5. 
Axborotni ximoyalashning maqsadlari nimalardan iborat? 
Uyga vazifa 
1. 
Iqtisodiy xavfsizlik nima? 
2. 
Mudofaa xavfsizligi nimalardan iborat? 
3. 
Ekologik xavfsizlik tarkibi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Axborot 
texnologiyasi. 
Axborotlarni 
kriptografik 
muxofazasi. 
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 
1105:2006 


Vizual-didaktik resurslar 


“TasdiqlaymanI

Download 8,39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish