|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 13/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбSoddalilar tipi. Bular bir hujayralilar bo'lib hisoblanadi. Ayrim vaqtlarda hujayralar koloniyalarni paydo etadi. Soddalilar keng tarqalgan. Ular dengizning yuzidan eng chuqur yerlarigacha tarqalib plankton, bentosning tuzilishida qatnashadi. Ko'pchiligi tuproqda hayot kechiradi. Umirtqassiz va umirtqali hayvonlarning ichagiga joylashib xo'jayinning qoldiq ovqatlari bilan oziqlanadi, ya'ni saprofit ko'rinishida yashaydi. Soddalilarning barcha sinflarida ko'pchilik sonda parazit turlari uchraydi. Soddalilar okean ilini paydo etishda katta rol o'ynaydi.
Gubkalar tipi. Bular dengiz hayvonlari bo'la turib hayot kechiradi. Ularning skileti uglekisliy, kaltsiy, kremniy yoki organik modda spongindan tashkil topgan.
Gubkalar - kuchli biofiltratorlar bo'lib o'zining tanasidan ko'p miqdorda suvni o'tkazadi. Ayrim gubkalar boshqa organizmlar bilan kommensalizm aloqada bo'ladi. Masalan, yashil bir xujayrali vodorosllar gubka tanasiga o'rnashib dushmandan himoyalanadi, o'z navbatida gubkani kislorodga boyitadi.
İchak quwıslılar tipi. Suvda yashaydi. O'troq holda hayot kechiradi yoki butun jahon okean suvida suzib yuradi. Bularga poliplar, meduzalar, gidralar kiradi. Korall poliplari tropik suvlarda yashaydi. Rif tuzuvchi poliplar (korollar) 50 m dan quyida yashamaydi, ularning simbiontlari bir xujayrali vodorosllar-zooksantellalar. Bular poliplarga kislorod bersa, ekinchi tarafdan korall koloniyalarida dushmanlardan himoyalanadi.
Yaproq qurtlari tipi. Bu tipning erkin yashovchi vakillari-turbelyariyalar-dengizlarda ichki suvlarda, siyrak quruqlikning namli uchastkalarida yashaydi. Ko'pchilik turlari hayvon va odamlarda parazitlik qiladi. Bir avlodi birdan ikki va uch xo'jayinda hayot kechiradi.
Yumaloq qurtlar tipi. Bu tip vakillari juda har xil sharoitlarda-okean va dengiz tubida (ekvatordan arktikagacha). Faqat bentos vakillari emas, balki plankton vaillari ham bor. Chuchuk suvlarda, tuproqda uchraydi. Ular barcha chirish jarayonlarida qatnashadi.
|
| |