|
Biogeografiyaning qisqacha rivojlanish tarixi
|
bet | 2/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбBiogeografiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
Biogeografiya fanining tarixi quyidagi bosqichlarga bo'lib o'rganiladi:
1. XVI asrning boshlarigacha qisqa-qisqa ma'umotlar davri.
2. XVI asr boshi - XVIII asr oxirlarida dunyoning paydo bo'lishida dinning ustunlik qilish davridagi floristik va faunistik ma'lumotlarning to'planish davri.
3. XVIII asr oxiri - XIX asr o'rtalarida falokat nazariyasining ustinligi vaqtida botanik va zoogeografik ishlarning boshlarning boshlanish davri.
4. XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvinning evolyutsiya nazariyasi asosida biotsenologiyaning paydo bo'lishi va botanika-geografik, zoogeografik, ekologik tadqiqotlarning kuchli avj bilan rivojlanish davri.
5. O'simliklar jamoasi haqidagi bilimning rivojlanishi, shundan buyon botanik geografiya va zoogeografiyaning ekologik hamda tarixiy yo'nalishlarning avj bilan rivojlanishi, biogeografiyaning paydo bo'lishi uchun harakatlar XX asrning o'rtalarigacha.
6. Biogeografiya fanining XX asr o'rtalaridan boshlab o'zgacha fan bo'lib rivojlanishi.
1. Qadimgi davrda o'simlik va hayvon turlarining soni bo'yicha ma'lumotlar ko'p bo'lmagan. Masalan: Gomerning asarlarida (m. av. XII hamda VIII asr) 63 tur o'simlik esga olinadi, "Tibbiyot otasi" hisoblangan Gippokratning asarlarida (m. av. 460-377yy) - 236, Feofrastning (m. av. 370 yili tug'ilgan) asarlarida - 500 ga yaqin o'simlik tilga olingan. Ma'lum hayvon turlarining soni undan ham oz bo'lgan. U vaqtdagi olimlarda yerdagi mintaqalar bo'yicha ma'lumotlar kam bo'lgan. Faqat qadimgi birinchi botanigi - Feofrastning ilmiy ishlaridagina bizlar ozgina botanika-geografik ko'rinishlar ko'ra olamiz.
O'rta asr davrida fan dinning xizmatkori bo'lgan. Usha vaqtdagi ma'lumotlar, ilmiyy ishlar diniy ko'z qarashga ega bo'lgan. Bu davrning oxirida Marko-Poloning sayoxatidan keyin yer kurrasini o'simliklar va hayvonlar haqida ma'lumotlar to'liqtira boshlagan. Albert Bolshtadskiyning tadqiqotlari botanika hamda zoogeografik bilimlarning tarqalishiga imkoniyat yaratdi.
2. Yevropaning feodal ellarida kapitalizmning paydo bo'lishi bilan xalqlar orasida aloqa kuchaydi. Uzoq ellar yovvoyi hayvonlar va o'simliklar olib kela boshladi. Ellarda botanik bog'lar paydo bo'la boshladi, 1333 yili Venetsiyada, 1525 yili Paduda, 1544 yili Pizada va boshqa botanik bog'lar ochildi. Qurib qolgan o'simliklarni saqlagichlar - gerbariylar paydo bo'ldi, o'simliklar haqida kartinalar va maqolalar chiqa boshladi. XVI asrning boshidan boshlab, asta sekin hayvon va o'simliklar tuzilishi bo'yicha ko'plab ma'lumotlar yig'ila boshladi, yangi turlarning soni borgan sari ko'paya boshladi. XVIII asrda Shved olimi Karl Linney tomonidan yozilgan ma'lum "Tabiyat sistemasi" biologiya fanining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. K.Linney sistematikaning asosini soldi (sinf, urug'dosh, qator, ko'payish, tur). Keyin J.Kyuve unga tip kategoriyasini qo'shdi. K.Linney o'simlik va hayvonlarning ko'plagan turlarini sistemaga solib aniqladi, ularni bog'liqlik nomlar bilan (turkum nomi va tur epiteti) ya'ni binarli nomenklatura bilan atadi.
Bu davrni o'simlik va hayvonlarning sistematikasining gurkurab rivojlangan va flora bilan fauna uchun materiallarning to'planish davri deb ataladi, bu botanik geogafiya hamda zoogegrafiyaning bundan keyin ham rivojlanishiga yordam beradi. Faqat flora va fauna sistemaga solingandan keyin har xil ellarda yer kurrasining bo'lak mintaqalarining (nam tropik o'rmonlar, cho'l, qumloq, o'rtacha poyas o'rmonlari, tundra va boshqalar) flora va faunasi ajratib o'rganila boshladi, bularning har xilligini sababi izlana boshladi. O'simliklarning oson yig'ilishi va o'rganilishiga bog'liq botanik geografiya rivojlanishning birinchi bosqichida zoogeografiyadan oldinga chiqib ketdi, keyin zoogeografiya ham bu davrda yaxshi rivojlandi. Botanika va zoogeografik kuzatish odatda faqat shu sayoxatchilar (sanoqli) tomonidan olib borilgan, faqat shu olimlar tomonidan qayta ishlandi. Faqat keyinroq XIX asr boshlarida botanika va zoogeograflarning qiziqishlari ortib kengaya boshladi.O'rta asr davrida fan dinning xizmatkori bo'lgan. O'sha vaqtdagi ma'lumotlar, ilmiyy ishlar diniy ko'z qarashga ega bo'lgan. Bu davrning oxirida Marko-Poloning sayoxatidan keyin yer kurrasini o'simliklar va hayvonlar haqida ma'lumotlar to'liqtira boshlagan. Albert Bolshtadskiyning tadqiqotlari botanika hamda zoogeografik bilimlarning tarqalishiga imkoniyat yaratdi.
Bu davrda diniy ko'z-qarash xukumronlik surishiga qaramasdan ko'pgina botanik va zoogeografik ma'lumotlar to'plandi.
XVIII asrda tabiatni o'rganuvchi ekspeditsiyalar tashkil qilindi. P.S.Pallas, I.Lepexin va boshqalar tomonidan ko'p sonli ekspeditsiyalar o'tkazilib Rossiyaning tabiati o'rganildi. Hayvonlar va o'simliklar haqidagi ma'lumotlar yig'ilgan, birinchilardan bo'lib yozilgan fiziko-geografik monografiya S.Krashennikovning "Kamchatka yerlarining tuzilishi" degan kitobi edi (1775). Biroq bu davrda yig'ilgan ma'lumotlarning faqatgina ayrimlaridan biz materialistlik tushuntirishlarni ko'ramiz.
3. Bu davrning yirik olimlaridan biri A.Gumboldt hisoblanadi. Uning ilmiy ishlari botanik geografiyaga bag'ishlangan bo'lsa ham K.A.Timiryazov va boshqa olimlar uni faqat botanik geografiyaning emas, balki zoogeografiyaning ham asosini soluvchi deb hisobladi. Bu baholash to'g'ri, sababi A.Gumboldning o'zi botanik-geografik ma'lumotlardagi erishgan yutuqlarni zoogeografiyada ham qo'llash kerakligi haqidagi fikrni aytgan edi.
Bu inson Janubiy hamda Markaziy Amerikaga sayoxat qilib (1799-1801 yillari Bonplan bilan birga) va ushbu kuzatishlari asosida yer sharining o'simlik qatlamining tarqalish xaritasini tuzadi, yig'ilgan botaniko-geografik bilimlarni sistemalashtirib, botanik geografiyaning barcha yo'nalishlarining asosini tuzadi. U o'simliklarning tarqalishi iqlimga mustaqil ekanligini, har xil geografik poyaslarda (Tog', tekislik va boshqalar) o'simliklarning tarqalishini iqlimga bog'liq ekanligini aytdi. Gumboldt hozirgi o'simliklarning tarqalishida yerning geologik tarixi haqida so'rashni o'rtaga qo'yib o'simlik turlarining kelib chiqish markazlari haqidagi fikrni aytib o'tdi. Gumboldning har xil ellar bo'yicha flora uchun yig'ilgan statistik ma'lumotlar florastik botanik geografiyaning boshlanishiga asos soldi. Gumboldt "o'simlikning fizionomik tuzilishini" 19 guruhga bo'ldi. Shular asosida hayot haqidagi fan - o'simliklarning ekologik geografiyasining asosi tuzildi. Botanik geografiyada asosiy to'rt yo'naltiruvchi faoliyat olib borildi.
Birinchidan, yer kurrasining har xil tumanlarining florasi bo'yicha bir qancha ma'lumotlar paydo bo'ldi, masalan: K.F.Ledeburning to'rt tomli "Rossiyaning florasi". Ikkinchidan, yer yuzining har xil mintaqalaridagi floralar haqida statistik ma'lumotlar taqqoslanishi floristik tumanlashtirishning rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, omillarning (markaziy) o'simlik qatlamida va o'simlik turlariga ta'siri o'rganilishi, shuningdek o'simlikning tarqalish usullarini o'rganish ekologik botanik geografiyaning predmetini tashkil qiladi. Eng so'nggisi to'rtinchidan, tarixiy botanik geografiyaning ham savollariga yechim topila boshladi. Bu davrning yirik botanik geograflari sifatida O.Dekandol hamda A.Dekandol (Frantsiya), D.Guker (Angliya) va boshqalarni aytishga bo'ladi.
Hayvonot dunyosini o'rganishning ekologik ilgarilashi Moskva Universitetining professori K.F.Rule tomonidan rivojlantirildi. Biz bu insonni ekologiyaning asosini soluvchi deb atashga to'liq haqqimiz bor. Bu inson tarafidan tuzilgan zoologiya bo'yicha dasturlarda quyidagilarni uchratamiz: "Hayvonlarni o'rganish - bu demak tashqi olam organizmlari bilan qarama-qarshi ta'sirda bolgan hayvonlarning ichki tabiiy kuchlarining rivojlanish qadami orqasidan kuzatish" (Rule, 1854).
K.F.Rulening shogirdi N.A.Severtsov ustozining faoliyatini davomettirib "Voronej guberniyasining hayvon, qush va gadlar umridagi periodlik ko'rinishlar" degan birinchi ekologik monografiyani yozadi. Bu ishda biogeografiyaning bundan keyin rivojlanishida ahamiyatli bo'lgan ko'p sonli ekologik faktorlarning har xil landshaft hayvonlarga ta'siri aytiladi.
Bu davrda biogeografiyaning rivojlanishida diniy katastrofa nazariyasi o'zgacha ahamiyatga ega. Bu nazariya Fransuz zoologi va paleontologi J.Kyuve tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyada ketma-ket bo'lgan katastrofalar natijasida bizning sayyoramizning o'simlik va hayvonlari to'liq qirilib ketgan, shundan keyin xudo tomonidan yangi turlar paydo bo'lgan deyiladi.
XIX asr o'rtalarigacha Ch.Darvin ta'limoti paydo bo'lgungacha botanik geografiyaning va zoogeografiyaning asosiy yo'nalishi rivojlanadi bunda zoogeograflar tomonidan yig'ilgan bilimlarning hajmi botanik- geograflarnikidan kam bo'ladi.
4. Ch.Darvinning Tabiiy tanlash yo'li bilan turlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyasi 1859 yili yorug'likka chiqib, u shu vaqtdagi biologiyaning barcha sohalarining yutuqlari bo'ldi. "Turlarning kelib chiqishi" degan asarining XII-XIII bobi o'simlik va hayvonlarning geografik tarqalishiga bag'ishlangan. Ch.Darvin tiriklikning orollarda kelib chiqishi haqida masalani o'rgandi (Xuan-Fernandes, Folklend va Galapagos).
Darvin davridan keyin analitik izlanishlar - fiziologik, anatomik, morfologik ishlanishlar (laboratoiya bilan bog'liq) olib borildi. Shuning bilan bir qatorda tabiiy sharoit bilan bog'liq fanlar ham oldingiga qaraganda yuqori tezlik bilan rivojlana boshladi. Ekologik geografik botanika bo'yicha A.Grizebax (1872) o'zining "Yer sharining o'simlik qatlami" nomli, E. Varmingning (1896) "O'simliklarning ekologik geografiyasiga" nomli asar va A.Shimperning (1898) "Fiziologiya asosida o'simliklar geografiyasi" nomli asarlari chop etildi. Keyingi ikki kitob xozirgi kungacha o'zining qadrini yo'qotmagan.
Botanik geografiyada tarixiy printsp ustida A.Engler (1879,1882) katta ish olib bordi.
Botanik geografiyaning rivojlanishida (Rossiyada) I.G.Borshovning "Orol-Kaspiy hududining botanik geografiyasi uchun materiallar" (1865) degan kitobi katta ahamiyatga ega. Bu kitobda o'simliklar iqlim va tuproq bilan chambarchas bog'liqligi isbotlangan. I.G.Borshov ushbu kitobida ayrim o'simlik turlarining tarqalish zonalarining ko'rinishini tasvirlab -birinchilardan bo'lib botaniko-geografik xarita tuzishga harakat qildi.
Birinchi original botanik geografiya bo'yicha rus tilidagi o'quv qo'llanma 1896 yili A.N.Beketov tomonidan ishlab chiqildi.
1903 yili G.I.Tanfilev 1:25000000 masshtabdagi xaritasi bor Rossiyaning o'simlik qatlami haqida qo'lyozma chiqardi. Bu Rossiyadagi birinchi ruscha geobotanik xarita edi. Shundan keyin yer yuzining har xil regionlarining florasining xaritalari chiqa boshladi.
Bu davrda zoogeografiya ham tez qadam bilan rivojlandi. P.L.Skleter (1875) statistik metodni qo'llash asosida o’lka deb atalgan zoogeografik sistemani (aniqrog'i faunastik) ishlab chiqdi. 1868 yili Ch.Darvinning do'sti T.Geksli quruqlikni zoogeografik (faunastik) rayonlashtirishda evolyutsion printsipni kiritishni taklif qildi. Bu printsip asosida R.Lidekker (1896) uch geyani yoki podsholikni bo'ldi: Notogeya - xaltali va bir o'tkelli (odnoproxodnie) larning rivojlanish markazi, neogiya - to'liq emas tishlilarning rivojlanish markazi: arktogeya - oliy darajali, sut emizuvchilarning ko'pchilik bo'limining rivojlanish markazi.
Bu davrda quruqlikni zoogeografik rayonlashtirishning ekologik printsplari N.A.Severtsov (1877) va uning shogirti M.A.Menzbir tomonidan Evropa, Janubiy Osiyo va Janubiy Afrikani o'z ichiga oluvchi Paleoarktika o’lkasiga kiritildi. Boshqa olimlardan Menzbirning farqi, u faunistik rayonlashtirishda faqat yirik sistematik kategoriyalarni (otryad, jamoa, rod) qo'llab qolmasdan turlarni ham qo'llash kerakligini aytib o'tdi.
Quruqlikning zoogeografiyasidan butun jahon okeanning zoogeografiyasining farqi bu davrda asta-sekin rivojlandi. Fiziko-geografik faktorlar asosida butun jahon okeanning zoogeografik o’lkalarini belgilash 1895 yili A.E.Ortman tomonidan ishlab chiqildi (bu yangiliklar 1873-1876 yy Angliya sudnosi Chellendjerning ekspeditsion ishlari asosida amalga oshdi).
Bu davrda organizmlar jamiyati haqidagi fan - biotsenologiya dunyoga keldi. Biotsenoz atamasi 1877 yili K.Mebius tomonidan fanga kiritildi. O'simliklar jamoasi haqidagi fanning asosini soluvchilar I.K.Pachoskiy (1896) va P.N.Krilov (1898) bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvinning turlarning kelib chiqishi haqidagi fanning ishlab chiqilishi natijasida biologiya fanlarining asosi tashkil qilindi.
5. Bu davrda ekologik va tarixiy botanik geografiyaning va zoogeografiyaning bundan keyingi rivojlanishi davom etdi. Ko'plab ma'lumotlar yig'ildi, o'simlik va hayvonlar haqida har xil kitoblar yozila boshladi. Moskva universitetining geografiya fakultetida 1920 yillari S.G.Grigorev biogeografiya kursi bo'yicha ma'ruza o'qiydi.
Zoogeografiya o’lkasidan katta ishlardan V.G.Geptnerning "Umumiy zoogeografiya" (1936), N.A.Bobrinskiy, A.L.Zenkevich, Ya.O.Birshteynning "Hayvonlar geografiyasi" (1946) bunga misol bo'ladi.
Chet ellardan S.Ekmanning "Dengiz zoogeografiyasi" (1935), R.Gessening (1924) "Ekologiya asosida zoogeografiya"si, F.Dalning "Ekologik zoogeografiya asoslari", shuningdek I.G.Bartolomyu, V.E.Klark va P.G.Grimshouning (1911) "Zoogeografik atlaslari" chiqdi.
Shunday qilib bu periodda botaniko va zoogeografik muammolar parallel ravishda yechilib borildi.
O'rta Osiyoda 1930-40 yillarda ekologo-geografik maktablarning D.I.Kashkarov va Korovinning boshchiligida tuzilishi bu mintaqada ekologo-geografik izlanishlar avj olib rivojlanishiga asos soldi. 70 yillarda ularning shogirdlari L.N.Babushkin hamda T.Zaxidovning ekologo-geografik o'rganishlari O'rta Osiyoda cho'l zonalarini rayonlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. E.P.Korovinning paleobotanik o'rganishlar O'zbekstanda katta yutuqlarga erishuvining uning "O'zbekstanning o'simliklar qatlami" nomli kitobi bo'ldi. D.N.Kashkarov fanda birinchilardan bo'lib parodali hayvonlarni rayonlashtirishni ekologo-geografik asosda yurgizishni qo'ydi.
6. Bu davr XX asrning 60 yillaridan boshlandi. Bu bu davrda biogeografiya mustaqil fan bo'lib rivojlanadi. Umumiy biogeografik qonuniyatlar tuziladi, biogeografiya bo'yicha original kitoblar chop etiladi. Masalan, A.G.Voronovning "Biogeografiya" (1963), P.D.Yaroshenkoning "Umumiy biogeografiya" (1975) va boshqalar.
Hozirgi paytda Biogeografiya fani barcha biolog, ekolog va geograf studentlarga o'qitildi.
|
| |