• Biogeografiyaning asosiy tushunchalari.
  • Fauna
  • Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya




    Download 424 Kb.
    bet4/50
    Sana14.06.2024
    Hajmi424 Kb.
    #263569
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    биогеография лекция узб

    Savollar va topshiriqlar.
    1.Biogeografiya fani nimani o'rgatadi, u qaysi fanlar bilan bog'liq?
    2. Biogeografiya fanining rivojlanish tarixini qanday bosqichlarga bo'lish mumkin 
    3. Biogeografiya fanining rivojlanishiga qaysi olimlar o'zlarining hissasini qo'shgan 
    4. O'zbekstanda ekologo-geografik maktabning asosini soluvchilar kimlar 
    5. Biogeografiyaning qanday amaliy ahamiyati bor, xalq xo'jaligining qaysi sohalarida keng qo'llaniladi 


    Biogeografiyaning asosiy tushunchalari.
    Geografik rayonlar bir-biridan undagi yashaydigan mikroorganizmlar, o'simliklar, zamburug'lar va hayvonlarning tarkibi bo'yicha ajratiladi. Masalan, Rossiyaning Evropa bo'limida igna bargli o'simliklar va boshqalar o'sadigan bo'lsa, O'rta Osiyoda esa boshqa o'simliklar o'sadi. Flora deb - shu rayonda yashovchi o'simliklar, mikroorganizm va zamburug'larning yig'indisiga aytiladi.
    Shuning bilan bir qatorda shu rayonda hayvonlarning ko'plab turlari -oddiy malyuska, gornostay, bo'ri, kulrang ayiq va boshqa hayvonlar yashaydi. Fauna deb - ma'lum bir rayondagi hayot kechiradigan hayvon turlarining yig'indisiga aytiladi.
    U yoki bu rayondagi fauna va floraning yig'indisiga - biota deb aytiladi (Bobrinskiy, 1951).
    Bu atamalar faqatgina o'simlik, zamburug' va mikrooragnizm yoki hayvonlarga qo'llanilib qolmasdan, o'simlik yoki hayvonot olamining yirik bo'limlariga ham qo'llaniladi. Masalan, gulli o'simliklar florasi, qushlar faunasi, kemiruvchilar faunasi, sut emizuvchilar faunasi va boshqalar.
    O'simliklar, zamburug'lar, mikroorganizmlar va hayvonlar birgalikda hayot kechirib bir-biri bilan har xil aloqada bo'ladi va bir-biriga har xil ta'sir ko'rsatadi. Boshqacha qilib aytganda birgalikda yashovchi organizmlar jamiyatni paydo qiladi. Bu jamiyat turlicha bo'lishi mumkin. Masalan biz o'rmon jamoasi, mikroorganizmlar jamoasi deb ajratishimiz mumkin. Biroq jamiyatlar ichida o'simlik va hayvonlar jamoasi yaxshi o'rganilgan. Shuning uchun biz bundan keyin shular haqida aytamiz.
    Jamoa tushunchasi juda keng ma'noda aytiladi. Jamoa deb umumiy o'rmonni, igna bargli o'rmonni ham va boshqalarni aytamiz. Shular ichida aniq jamoani ajratib bilish kerak. Yirik tipologik bosqichlarga tundra, igna bargli o'rmonlar, keng yaproqli o'rmonlar, dala, cho'l, savanna, tog' boshqalar kiradi.
    Biom - bu tushunchasi u yoki bu zona va kichik zonalardagi jamoalarning majmuasiga aytiladi.
    Shunday qilib flora va fauna birlashib biotani paydo qiladi. O'simliklar qatlami va hayvonot dunyosi yig'indisi jamoalarni va biomlarni paydo etadi.
    Bir savol tuqiladi: Evropaning keng yaproqli o'rmonlarining flora va faunasining tarkibi Janubiy Amerikaning flora va faunasidan farqi qanday tushuntiriladi Bu jamoalarning yashash sharoitlari o'xshash va ular o'xshash biotaga ega bo'lishi kerak. Biroq bu unday emas. Bu mintaqalarning geologik tarixi har xil.
    Shunday qilib biotalarning tarkibi shu regionning geologik tarixiga bog'liq bo'ladi.

    Download 424 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 424 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya

    Download 424 Kb.