Biogeografiyaning amaliy ahamiyati




Download 424 Kb.
bet3/50
Sana14.06.2024
Hajmi424 Kb.
#263569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
биогеография лекция узб

Biogeografiyaning amaliy ahamiyati
Biogeografiyaning amaliy ahamiyati juda katta. Biogeografiyani bilmasdan turib tabiiy o'simlik va hayvon resurslarini ratsional foydalana olmaymiz. Inson uchun foydali hayvonlar va o'simliklar yer yuzasida bir tekis tarqalmagan. O'simlik va hayvon xom-ashyosini foydalanishning har xil mintaqada o'zining qulay muddati bo'ladi. Xom-ashyo maxsulotning normasini bilish - bu xom-ashyo bazasiga zarar keltiradi. Shuning uchun bizlar biogeografiyaning qonuniyatlarini, foydali hayvon va o'simliklarning geografik tarqalish qonuniyatlarini, ularning sonining yillar bo'yicha o'zgarishini, har xil mintaqalarda sonlar farqlarini, organizmlar umri va xom-ashyo sifati uchun qulay va noqulay sharoitlarni bilishimiz kerak.
Hozirgi vaqtda ko'pchilik hayvon va o'simlik turlarining soni birdan kamayip ketdi va ularni Xalqaro "Qizil kitob"ga kiritishga to'g'ri keldi. Ularning ko'pchiligi aqlga sig'mas darajada pfoydalanish natijasida yer yuzidan yo'qolib ketdi. Hozir ham ko'pchilik turlar yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turibdi. Shuning uchun bu turlarni asrab, ularni ko'paytirishimiz kerak. Noyob turlarni ovlashni ta'qiqlash, noyob o'simliklarni terishni ta'qiqlash, bu turlarga optimal muhitni saqlash biogeografiya qonuniyatlari asosida olib boriladi.
Inson salomatligi uchun yaxshi kurashish biogeografik bilimlarning e'tiborisiz mumkin emas. Ko'pchilik kasalliklar - viruslar, bakteriya, oddiylari, zamburug'lar, parazit qurtlar va boshqa zararkunandalar tomonidan paydo bo'ladi. Atrof muhitning o'zgachaligi shu kasallik chiqaruvchilarning va tarqatuvchilarning yashash imkoniyati bilan aniqlanadi. Masalan: tulyaramiya odamga kasallik hayvonlardan pashshalar, mokretsalar va boshqa hashoratlar orqali yuqadi. odamdan boshqa tulyaremiya bilan ko'pchilik kemiruvchilar, hashoratxo'rlar va boshqa sut emizuvchilar kasallanadi. Bu kasalliklarning, uni chaqiruvchilar, tarqatuvchilar va yuqtiruvchilarning qulay yashash sharoitini, bu sharoit qaysi zona yoki poyasda bo'lishini biz biogeografiya qonuniyatlari orqali bilib olamiz. Buni bilsak biz kasallikning oldini olgan bo'lamiz.
O'simliklar va o'simliklar jamoasi yashash sharoitining indikatori sifatida qo'llaniladi. Ushbu o'simliklarning va hayvonlarning qatnashiga va hajmiga qarab biz atrofning har xil ekanligini: chuqurligini, sho'rlanish darajasini, tuproqning mexanik tarkibini va vazifasini, foydali qazilmalarni bilib olamiz. Hozirgi vaqtda indikatsiya biogeografiyaning yaxshi rivojlangan bo'limi hisoblanadi.
Keyingi yillarda monitoringning muammolari - geografik atrof ustidan kuzatish (aerofoto va kosmik metodlar orqali) keng turda ishlanmoqda. Bu kuzatishlarda ham biogeografiyaning roli katta.



Download 424 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 424 Kb.