|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 6/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбSavollar va topshiriqlar.
1. Flora va fauna deganimiz nima
2. Biota va biom deganimiz nima
3. O'simliklar va hayvonlar jamiyati deganimiz nima
4. Biogeografiyaning qanday bo'limlari bor?
5. Biogeografiya muammolarini o'rganishning qanday bosqichlari bor?
Biosfera va uing asosiy elementlari
Rejasi:
1. Biosferada organizmlarning tarqalishi.
2. Biosferadagi organizmlarning biomassasi.
3. Biosferadagi biologik unumdorlik.
Evolyutsiya natijasida yer yuzasida makon bosgan ayrim qobiq yoki hayot qobig'i - biosfera deb ataladi. Biosfera haqida tushunchalar Avstriya olimi E.Zyuss tomonidan 1875 yili fanga kiritilgan. Biroq biosferaning tuzilishi va ta'limotini rus akademigi V.I.Vernadskiy 1926 yili ilmiy tarafdan isbotlab berdi. U biosferani bizning sayyoramizning bir bir vaqtlarda hayot kechirgan yoki hayot davom etayotgan, tirik mavjudodlarning ta'siriga uchragan yoki uchirayotgan bir mintaqasi deb tushuntiradi. Shunday qilib biosfera hozirgi vaqtda sayyoramizning katta ekosistemasini tashkil qiladi, unda keng hajmdagi moda almashish jarayoni sodir bo'ladi.
Biosfera o'z ichiga quyidagi bo'limlarni oladi:
1) Havo qatlamining (atmosfera) quyidagi bo'limi - troposfera, bu yerda hayot 10-15 km gacha aktiv bo'ladi, Undan yuqori qismida esa spora, bakteriyalargina yashay oladi (22 km) bu qobiq stratosfera deb ataladi.
2) Barcha suv qatlamlari (gidrosfera), bunda hayot suvda eng chuqur joyi 11 km gacha tarqalgan.
3) Qattiq qobiq litosferaning u'stida va ostida hayot tarqalgan. Keyingi yillarda litosferaning 4500 m chuqurligida neft suvlari orasida mikroorganizmlar topilgan. Agar biosferaga atmosfera qatlamidagi tinch holatidagi organizmlarni ham qo'shadigan bo'lsak, unda uning chegarasi vertikal bo'yicha 25-40 km gacha boradi.
V.I.Vernadskiyning (1944) aytishicha biosfera ostida 5-6 km ga cho'zilgan, bir bir tekis qoplanmagan cho'kma jinslar o’lkasi bor. Bu o’lkani u stratisfera deb atadi. Stratisfera biosfera tarafidan tuzilgan, sababi cho'kma jinslarning tuzilishida organizmlar katta rol o'ynaydi. Bu jinslar gidrosferada paydo bo'ladi.
Biosfera chegarasida aktiv hayot kechirish imkoniyati bo'lmaydigan o’lkalar bo'ladi. Masalan, troposferaning yuqori qatlamida, shuningdek eng sovuq va issiq tumanlarda (yer yuzining) organizmlar faqatgina tinch holatda uchraydi. Biosferaning bunday o’lkalarining yig'indisini parabiosfera deb ataymiz (Xatchinson, 1972 ).
Biroq biosferaning organizmlar aktiv holatda hayot kechiradigan o’lkalarda, hayot bir tekis tarqalmagan.
Litosfera va troposfera chegarasida o'simlikning yer usti va yer osti ildizlari joylashgan bo'limni V.B.Sochova (1944) fitosfera deb atasa, Lavrenko (1949) fitogeosfera deb ataydi. Fitosferaning quvvatliligi okean o’lkasida juda kuchli, bu yerda 11 km ga yetadi, qurg'oqlikda esa metrlarda yoki o'nlagan metr (ayrim regionlarda 100-150m) da o'lchanadi.
Biosfera uchun faqat tirik organizmlarning faoliyati xarakterli bo'lib qolmasdan, uning uchta farqi bor: birinchidan, bunda ko'p hajmdagi suyuq suvning bo'lishi: ikkinchidan, unga quyosh nurlarining kuchli energiyasi tushadi: uchinchidan, biosfera bu qattiq, suyuq va gazsimon moddalar orasida turadi. Shunga bog'liq biosfera uchun o'ziga xos xislat bu modda va energiyaning uzluksiz almashinishi bo'lib hisoblanadi, bunda tirik organizmlar aktiv rol o'ynaydi.
Hozirgi kungacha biosferada tirik organizmlarning soni ma'lum emas, biroq chama bilan miqdori ma'lum. O'simliklarning biomassasi hayvonlarnikidan ancha yuqori, bir xil ma'lumotlarda u 10a’9, ikkinchisiga -10a’9 -10g’a’ hayvonlarda esa 10a’u’ g, boshqa o'simliklar biomassasining 4-5 qatоr kam (Xilmi,1966).
I.A.Suetovaning (1974) hisobi bo'yicha quruqlikning barcha tirik moddalari 6,410a’hg, okeandagi biomassa esa (29,91015g) quruqlikdagiga qaraganda 3 qatorga kam. Bu muallifning ko'rsatishicha quruqlikda o'simliklar biomassasi 6,410a’hg, hayvonlarning biomassasi esa - 0,00610a’hg, ga, okeanda bo'lsa o'simliklar biomassasi 1,110a’o’g, hayvonlarning biomassasi -28,810a’o’g, ga teng. Shunday qilib, quruqlikda o'simliklar biomassasi hayvonotlar biomassasiga qaraganda 3 uch qatorga katta, okeanda hayvonotlar biomassasi o'simliklarga qaraganda 28 marotaba ko'p. Okeanda o'simliklarning asosiy biomassasini plankton organizmlar, mikroskopik vodorosllar quraydi.
Hisob-kitob bosqichidan mustasno quruqlik va okeanda organizmlar biomassasining umumiy tarqalish qonuniyatlari bor: okeanda organizmlarning umumiy biomassasi quruqlika qaraganda past, o'simliklarning asosiy biomassasi quruqlika yig'ilgan, okeandagi hayvonlar biomassasi quruqlikdagi hayvonlar biomassasiga qaraganda biroz yuqori.
Quruqlikda biomassabiomassaning to'planishi o'rmonlarda kuzatiladi, uning hissasi 10a’w-10a’hg ga teng: yer yuzasida maysa o'simliklarining biomassasi o'rmon o'simliklarining biomassasiga qaraganda 5-10 marotaba kam.
Atmosferaning yuqori qatlamiga kelib tushadigan barcha to'lqindagi nurlarning quyosh energiyasining tezligi 700kkal/sm2 sutkasiga. Shundan yiliga ko'rinarli nurning 55kkal/sm2 ga yaqini yer yuzasiga yetib keladi va organizmlar fondalanadi.
Quyosh nuri energiyasining organik moda yig'ish qobiliyati - tirik organizmlarning maxsuldorligi deb ataladi. Bu paydo bo'lgan maxsulot quyidagilarga bo'linadi:
1. Umumiy dastlabki mahsulot - organik moddalarning umumiy soni yoki energiya bilan bog'liq bo'lgan yiliga 1m2 maydonda aniqlanadigan maxsulot.
2. Yangi birinchi maxsulot - energiya bilan bog'liq bo'lgan, organik moddalarning soni yoki nafas olishga sarflangan energiyadan qolgan maxsulot.
3. Ikkinchi maxsulot - Bu organizmlarning foydalanishi va qayta ishlashi natijasida paydo bo'lgan maxsulot, ya'ni hayvonlarning produktsiyasi.
R.Uittikerning (1980) ma'lumoti bo'yicha yer yuzining umumiy toza maxsulot yiliga 1,7•.1017 g ni quraydi, bu yalni biomassadan 11 marotaba kam. Hayvonlar mahsuloti yiliga 3,9•1012 g ni tashkil qiladi, ularning biomassasi 2,0•1012 g ni quraydi.
Maxsulotni paydo qilishda va qayta ishlashda organizmlarning har xil guruhlarning roli har xil. Bular uch guruhga bo'linadi:
1. Produtsentlаr - bular birlamchi maxsulotni beruvchilar (fotosintez ishlovchi yashil o'simliklar, xomosintez ishlovchi bakteriyalar va boshqalar)
2. Konsumentlаr - bular birlamchi yoki ikkilamchi maxsulotni foydalanuvchilar va ularni boshqa organik modda ko'rinishiga aylantiruvchilar (hayvonlar, parazit o'simliklar va boshqalar)
3. Redutsentlаr (destruktorlar) - o'lik organik moddalar hisobidan yashovchi va ularni miniral moddalargacha tarqatuvchi organizmlar (ko'pchilik bakteriyalar, zamburug'lar va oddiy hayvonlar).
O'z navbatida konsumentlar 3 ta kichik guruhlarga bo'linadi:
1. O'simlik bilan oziqlanuvchi organizmlar-fitofaglar.
2. Ikki qatorli konsumentlar - yirtqich va parazitlar, bular o'simlik bilan oziqlanuvchi organizmlarni yeyishadi.
3. Uch qatorli konsumentlar - bular yirtqich va parazitlar bilan oziqlanuvchi yirtqich va parazitlar: Keyingi ikki guruhning vakillarini zoofaglar deb ataymiz. Bundan tashqari M.S.Gilyarovning (1965) ko'rsatishicha hayvonlar, bular faqat organik moddalarni bir turdan ikkinchi turga aylantirib qo'ymasdan mineral yoki organik yengil miniralizatsiyalovchi moddalarning ma'lum bir miqdorini ajratib chiqarib, faqat konsument bo'lib qolmasdan redutsent ham bo'la oladi. Umuman tabiatda moda almashuvi ushbu uchta guruhdagi organizmlarning ta'sirida bo'ladi.
Bizning sayyoramizda kechadigan moda almashish jarayonining tezligi 16km qalinlikdagi yer qobig'i massasining faqat 0,01Fga yaqinini tashkil qiluvchi tirik moddalarning katta bo'lmagan massasi bilan bir xil emes o'xshash.
Shunga qaramasdan organizmlar tez ko'payish orqali moda almashinuvini tazlashtiradi va planetar rolni bajaradi.
V.I.Vernadskiy (1934) tirik organizmlarning qulay sharoitda organik moddalarni tuzishdagi imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Masalan; bir diatom suv o'tining xujayrasi to'sqinliksiz ko'payish vaqtida 8 kun ichida bizning sayyoramizning hajmidek maydonga ega bo'ladi, keyingi bir soat davomida esa bu hajm ikki xissa ortadi. Oddiy infuzoriya besh yilda yerdan 104 marotaba katta miqdordagi organik moddani berishi mumkin.
V.I.Vernadskiyning ko'rsatishicha xolera bakteriyasi chorak sutka davomida yer yuzasini qoplab olsa, quruqlikning sekin ko'payuvchi organizmi - hind pili buni 3000-2500 yilda ishlashi mumkin deydi. N' xolera bakteriyasiga geoximik energiyaning berilish tezligi taxminan 33000sm/s, ya'ni ovoz to'lqinining tezligiga yaqin, u fil uchun 10-2 sm/s ga teng, bu degan so'z ularning geoximik effekti bir xil. Ammo bunday potentsiyal imkoniyat to'liq amalga oshmaydi. Sababi ko'pchilik oganizmlar ko'payish yoshiga yetmay nobud bo'ladi.
Yer yuzida kechadigan barcha jarayonlarning manbai - quyosh hisoblanadi. Fotosintez jarayoni natijasida organik moddalar (uglevodlar) paydo bo'ladi. Fotosintez juda sust foydali ta'sir etish koeffitsenti bilan xarakterlanadi. Xatchinsonning (1972) ma'lumoti bo'yicha quruqlikdagi o'simliklar optimal sharoitda quyoshdan kelib tushadigan ko'rinadigan nurlarning faqat bir necha foizini foydalanadi, lekin quruqlikning yuzasiga ta'siri foydali koeffitsentning miqdori 0,1-0,3% ni tashkil qiladi. P.Dyuvino, M.Tangning (1958) fikricha yerga tushadigan quyosh energiyasining faqatgina 1% igina fotosintezga ishlatiladi. Quyosh energiyasining koeffitsentini juda kam foydalanish sababini ko'pchilik mualliflar troposfera va gidrosferadagi SO2 ning juda kam kontsentratsiyasidan deb o'ylaydi. Fotsintez jarayoni quyidagi formulada ko'rinadi:
6CO2+6H2O+674000kkal=S2H12O6+6O2
Fotosintez jarayonida xlorofilli o'simliklar organik moddalarni to'plash bilan birga quyosh energiyasida singdiriladi va uni biroz vaqt biosferada ushlab turadi. Konsumentlar bu organik moddalarni foydalanish bilan birga energiyani ham oladi, redutsentlar esa harakatchanligi natijasida o'lik organik materiyadan energiya ajraladi. Kelib chiqish tarafidan organik moddalar bo'lgan foydali qazilmalarda, masalan: kaustobiolitlarda (tosh ko'mir, torf, neft va boshqalar), quyosh energiyasi uzoq vaqt konserva holatida saqlanadi.
Ayrim organizmlar organik modda tuzish uchun quyosh energiyasidan foydalanmaydi, u oksidlanish davrida bo'lingan energiyadan foydalanadi.
Bu jarayon Xemosintez - deb ataladi. U fotosintezga qaraganda organik moddani juda kam miqdorda to'playdi. Unga ayrim bakteriya guruhlari qatnashadi.
|
| |