|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 9/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбSavollar va topshiriqlar.
1. Biosferadagi kichik va katta modda aylanish deb nimaga aytiladi?
2. Tabiatda uglerodning (S) aylanishini tushuntirib bering?
3. Tabiatda azotning (N) aylanishini tushuntirib bering?
4. Tabiatda kislarodning (O) aylanishini tushuntirib bering?
4- Ma'ruza.
Biosferadagi organizmlarning xilma-xilligi.
Rejasi:
1. Tur kriteriyalari.
2. Prokariot, eukariot organizmlаr.
3. Organizmlarning tasnifi.
Biosfera uchun tirik organizmlarning juda ko'p turliligi xarakterli. Bu har xillikni organizmlar orasidagi tug'ushganlik bog'liqlikni tasvirlovchi sistemaga kiritadi. Asosiy sistematik (taksonomik) bosqich bo'lib tur xizmat qiladi. Har xil sistematik guruhlarga turlarni ayirish uchun ularning belgilarining yig'indisi foydalaniladi. Biz ularni ayirish uchun umumiy tamoyillarni qo'llaymiz.
1. Morfologik. Turlar bir-biridan belgilarining yig'indisi bo'yicha ajraladi. Bunda turlar ko'pincha dimorfli yoki polimorfli bo'ladi:
Biz faqat bu kriteriya bilan turlarni bir-biridan ajirata olmaymiz (bir kriteriyaning o'zi yetarli emas). Sababi tabiatda bir-biriga juda o'xshash turlar bor.
2. Fiziologik. Turlar bir-biridan fiziologik xususiyatlari bo'yicha ajraladi: ko'payish muddati, bolalar soni, oziqlanish jarayonining tezligi, nafas olish va boshqalar. Har xil tur vakillari chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi. Biroq tabiatda ayrim turlar: kanareykalar, daraxt va butalar, quyonlar o'zaro chatishib nasl berishi mumkin. Bu o'z-o'zidan fiziologik kriteriya turlarni bir-biridan ajratish uchun yetarli emasligini ko'rsatadi.
3. Biokimyoviy. Har xil turga mansub organizmlar o'zining kimyoviy tarkibi, shu bilan birga oqsil, uglevod, peptitsidlar, nukleyn kislotalar va boshqalari bilan frqlanadi.
4. Geografik. Har bir tur ma'lum bir tarqalish o’lkasiga - arealiga ega. Lekin ayrim ikki-uch turning areali o'xshash bo'lishi yoki yaqin bo'ladi. Demak bu kriteriyada turlarni bir-biridan farqlash uchun yetarli emas.
|
| |