• 5- maruza. Ekologiyaning asosiy qoidalari. Rejasi: 1. Ekologik (abiotik, biotik, antropogen) omillar. 2. Organizmlarning hayot shakllari.
  • 2 Biotik omillar
  • Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya




    Download 424 Kb.
    bet17/50
    Sana14.06.2024
    Hajmi424 Kb.
    #263569
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
    Bog'liq
    биогеография лекция узб

    Topshiriq va savollar.
    1. Kriteriyalarning qanday turlari bor va ular qayday maqsadlarda foydalaniladi?
    2. Eukariot va prokariot organizmlarga ta'rif bering?
    3. O’simliklаr podsholigiga ta'rif bering?
    4. Hayvonlar podsholigini tushuntirib bering?


    5- ma'ruza. Ekologiyaning asosiy qoidalari.
    Rejasi:
    1. Ekologik (abiotik, biotik, antropogen) omillar.
    2. Organizmlarning hayot shakllari.
    3. Migratsiya, invaziya, populyatsiya.
    Organizmlarning tarqalishi birinchi navbatda ular yashaydigan muhit sharoitlari bilan aniqlanadi. Muhit ularga o'zlarining har xil elementlari bilan ta'sir qiladi. Muhitning har bir elementi omil hisoblanadi. Tabiatda bu elementlar bir-biridan bo'laklangan turida harakat qilmaydi, balki murakkab bir kopleks sifatida harakat qiladi.
    Har xil organizmlar ekologik omillarni turlicha qabul qiladi, Omillar abiotik, biotik va antropogen omil bo'lib bo'linadi.
    1. Abiotik omil bimrinchi navbatda iqlim omillariga kiradi. Bunga havoning namligi, yog'ingarchiliklar, havoning, atmosferaning gaz tarkibi va boshqalar kiradi. Bu omillar organizmlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Abiotik omillarning ikkinchi guruhiga edafik yoki tuproq omillari (tuproqning fizik, kimyoviy mexanik xususiyatlari) kiradi. Uchinchi guruhga gidrologik omillar ya'ni suvning qattiqligi, gaz tarkibi va boshqalar kiradi. Abiotik omillarning to'rtinchi guruhiga orografik yoki relf omillari kiradi. Bunda relf har xil ko'rinishda (tik, jar, tog'li, tekislik) ta'sir etadi.
    2 Biotik omillar ga tirik organizmlarning bir-biriga bo'lgan har xil ta'sirini tushunamiz (simbiotik, konkurentlik, yirtqich va parazitlik). Oldinlari biotik omillarga odamlarning ta'sirini ham kiritadigan edi. Hozir odamning ta'siri kuchayib uni o'z oldiga
    3. Antropogen ta’sir deb o'rganamiz. Har bir faktorning organizmga qulay ta'sir qilishining ma'lum chegarasi bor. O'zgaruvchan omil ta'sirining yakuni uning paydo bo'lishi kuchiga bog'liq. Faktorning kam va yuqori ta'siri yakka maxluqlarning hayot kechirishiga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir etishning qulay kuchi ekologik omilning optimum (qulay) zonasi deb ataladi yoki soddalashtirilgan sol deyiladi. Optimumdan burilish kuchlari esa yo'q qiluvchi ta'sirga o'tadi (pessimum zonasiga). Eng yuqori va quyi omil -kritik belgi. Chidamlilik chegarasi bilan kritik nuqta oralig'i tirik organizmlarning muhitning aniq omiliga bo'lgan ta'sirini ekologik valentligi (qonuniyligi) deb ataladi.
    Ekologik omillarning keng amplitudasida yashay oluvchi organizmlarni evribiontlar, omillarning qisqa amplitudasida yashovchi organizmlarni esa stenobiontar deb ataymiz.
    Evritermli turlar-temperaturaning bir qancha tebralishiga chidasa, evribatli turler bosimning keng diapazoniga, evrigal turlar esa - muhitning har xil sho'rlanish darajasiga chidaydi. Aksincha stenotermli, stenobatli va stenogal turlar - bu darajaga chiday olmaydi yoki tor ekologik valentlikka ega. Ekologik omillar har bir organizmlarning har xil funktsiyasiga bir tekis ta'sir qilmaydi. Bu bir tur uchun qulay, boshqa turlar uchun noqulay bo'ladi. Masalan, 40-45 С havo temperaturasi sovuqqonli hayvonlar organizmida modda almashish jarayonini tezlatadi, himoyalanish faolligini esa to'xtatadi. Ko'p baliqlar uchun suv temperaturasi jinsiy yetilishiga qulay bo'lsa, uvuldiriq sochish uchun boshqacha temperaturadagi suvga ko'chib ketadi. Evritermli turlar stenogal, stenobatlik bo'lishi mumkin va aksincha. Har xil omillarga ta'siri bo'yicha ekologik valentliklar yig'indisi turlarning ekologik spektrini tashkil qiladi.
    Har bir tur ekologik imkoniyati bo'yicha o'ziga xos xususiyatga ega. Turlarning ekologik yakkalik qoidasini rus botanigi L.G.Ramenskiy (1924) shakllashtiradi.
    Ekologiyada omillarning o'zaro ta'siri degan qonuniyat bor. Masalan, shamol kuchli bo'lsa, sovuq tez uradi, aksincha shamolsiz bo'lsa kamroq uradi. Shunday qilib, bir omil ikkinchisi bilan aralashib yuradi.
    Jonzotlarning qulay sharoitidan bir qancha uzoqlashgan muhit omillari ayniqsa shu tur uchun yashash imkoniyatini qiyinlashtiradi. muhitning taqiqlovchi omillari turlarning (yashash) geografik arealini aniqlaydi.




    Download 424 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




    Download 424 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya

    Download 424 Kb.