|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 18/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбIQLIM OMILLARI.
Yorug'lik - iqlim omillar ichida organizmlarning hayot kechirish imkoniyatini aniqlovchi asosiy omillarning biri hisoblanadi. O'simliklar faqat shu yorug'likda fotosintezni ishlab chiqaradi. Quyosh nurlari yer yuzida kechadigan barcha jarayonlar uchun energiyaning asosiy manbai bo'lib hisoblanadi. O'simliklar yorug'likning ma'lum bir miqdoriga moslashadi. Ular yorug'likka ta'siriga qarab uch guruhga bo'linadi.
1. Yorug'sevar o'simliklar - geliofitlаr. Bular yashab turganerida quyosh nurining tushib turishini xoxlaydi yoki ochiq yer o'simliklari.
2. Soyasevar o'simliklar - stsiofitlаr, bular o'rmonlarda quyi qatlamda, chuqur, suv tagida yashovchi o'simliklar, bular quyoshning kuchli nuriga chiday olmaydilar.
3. Soyaga chidamli va quyosh nuriga ham ozmuncha moslashgan bo'lib - bularni fakultativ geliofitlаr deb ataydi.
Hayvonlarga quyosh nuri o'simliklar kabi juda kerakli omil bo'lib hisoblanmaydi. Biroq hayvonlar hayotida quyoshning har xil nurlari ahamiyatli hisoblanadi. Hayvonlarning qorong'ulikni, ayrimlari esa yorug'sevar bo'lib bo'linadi. Ba'zi bir hayvonlar sutkaning ma'lum bir bo'limida ham faol hayot kechirib, boshqa vaqtlarda chuqurlarda yashirinib yotadi (masalan: ko'rshapalaklar)
Temperatura - yer yuzasidagi organizmlarning hayot kechirishini rivojlantirishning va tarqalishini aniqlovchi juda ahamiyatli faktorlarning biri hisoblanadi. Bir qator hayvonlar tananing doimiy ichki temperaturasiga ega bo'ladi, bular gomoyotermli hayvonlar deb ataladi. Ayrim hayvonlarning tana temperaturasi o'zgaruvchan bo'lib, ayrim vaqtlarda termoregulyatsiya qobiliyatini joylaydi, bular poykilotermli lar deb ataladi, ya'ni sovuqqonlilar (o'simliklar, umurtqassiz hayvonlar, sudraluvchilar va boshqalar) Ayrim hayvonlar geterotermli hayvon bo'lib yilning noqulay mavsumlarida uyquga ketadi yoki g'orlarga yashirinadi (kalamushlar, tipiratikonlar, ko'rshapalak va boshqalar).
Yerdagi barcha organizmlar temperaturaga ta'siri bo'yicha evritermli va stenotermli bo'lib bo'linadi. Ayrim stenotermli organizmlar faqat yuqori temperaturada yashaydi. Bular issiqsevarlar bo'lib hisoblanadi. Masalan, ko'k-yashil vodorosllar va bakteriyalar 70-80 С da yashaydi. Boshqa stenotermli hayvonlar sovuqni yoqtiradi (oq ayiq, pingvin va boshqalar)
Quruqlikda temperatura rejimi ikki yo'nalishda o'zgarib boradi: havoning o'rtacha yillik temperaturasi tropikadan polyar kengishlikkacha pasayib boradi. Sutkalik va yillik temperaturaning amplitudasi chetdan kontinentning chuqurligiga qarab ko'tarilib boradi. Yer yuzining xoxlagan nuqtadan yilning har xil vaqtida ma'lum bir o'rtacha sutkalik mavsumlik va yillik temperaturaning amplitudasiga ega bo'ladi. Temperaturalik rejimining bu xususiyatlari u yoki bu o'rinda organizmlarning yashash imkoniyatini cheklaydi. K.Bergman qoidasi bo'yicha sovuq joylarda yirik hayvonlar issiq joylarda esa kichkina hayvonlar yashaydi. D.Allen (1877) qoidasida hayvonlarning tana tuzilishi (quloq, dum va boshqa) Shimoldan Janubga qarab kattalashib borayotgani aytilgan. Ayrim hayvonlar guruhlashib issiqlikni taqsimlaydi. Zich bo'lib yurishi natijasida o'rtacha 37 С issiqlik paydo bo'ladi (masalan, pingvinlar)
|
| |