|
Biotsenozdagi organizmlar orasidagi aloqa
|
bet | 26/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбBiotsenozdagi organizmlar orasidagi aloqa. Bu aloqalar ichida ahamiyatli o'rinni trofik aloqa egallaydi. Shular orqali trofik darajalar aniqlanadi: ular-produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar bo'lib hisoblanadi. Ozuqalarning yig'indisi bo'yicha evrifaglar (ozuqaning keng atrofiga ega turlar) va stenofaglar (ozuqani tor atrofiga ega turlar) ajratiladi. Bu guruh chegarasida hayvon shakllari bo'linib chiqadi: O'simlikxo'rlar, hayvonxo'rlar va hayvon bilan o'simlik aralashgan ovqatlanish ya'ni iste'mol qiluvchilar. Hayvonlarning kichik guruhini urug' bilan oziqlanuvchilar (yashil ozuqani foydalanuvchilar, daraxtlarning, o'simliklarning qobig'ini, go'sht yoki tirik hayvonlarning boshqa to'qimalarini, o'liklarni qo'ziqorinlarni iste'mol qiluvchilar) va koprofaglar (o'simlik to'qimalaridan chiqadigan ekskrementlarni foydalanuvchilar) Organizmlar o'rtasidagi aloqalarning ikkinchi yo'nalishi topik aloqa ya'ni bir hayvonning ikkinchi hayvon uchun yashash o'rni yoki tura rjoy bo'ladi. Hayvonlarning ko'pchilik turlari o'simlik novdasida, shoxida, qobig'ida yashaydi. Bir substratda doimiy bo'lish, bu ularning rangidan va shakllarining kelib chiqishiga (himoyalovchi deb ataluvchi) olib keladi. Organizmlar orasidagi uchinchi yo'nalishiga forik aloqalar, bunda bir turlar boshqa turlarning oldingi o'rnidan boshqa o'rinlarga tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Masalan hayvonlar o'simliklarning urug'larini bir joydan ikkinchi joyga olib borishi (orqali). Aloqalarning to'rtinchi yo'nalishiga - fabrik aloqa kiradi. Bunda bir tur o'ziga boshpana ishlab chiqib olish uchun har xil chiqindi mahsulotlarni foydalangan vaqtdagi aloqalar tushuniladi.
O'simliklar biotsenozning tuzilishini tashkil qilganda uning energetik bazasini tashkil qiladi. Hayvonotlar ushbu ishlanib chiqqan organik moddalarda foydalanuvchilar bo'lib qatnashadi. Qo'ziqorinlar biotsenozda har xil rolni o'ynaydi. Ular ichida konsumentlar, parazitlar va redutsentlar bor. Shuningdek ko'pchilik qo'ziqorinlarning tanasi hayvonlarga oziq bo'ladi. Bakteriyalar-bular redutsentlar. Hayvonlarga son miqdor aloqa bo'yicha 3 ballik shkala: tur ko'p sonda, oddiy, kamyob bol?p qo'llaniladi.
|
| |