|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 22/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбANTROPIK OMILLAR.
Antropik ta'sirlar hozirgi kunda tabiatda yashovchilar orasida eng kuchlisi bo'lib hisoblanadi. Odam organizmlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatib ularni nobud qila oladi, shuningdek, ularning muhitini o'zgartirish orqali ta'sir qiladi. Odamning to'g'ridan-to'g'ri ta'siri natijasida yer yuzidan juda ko'plab hayvon va o'simliklar yo'q bo'lib ketdi. I.Steller topgan dengiz sigirini yo'q qilib yuborishga faqat 26yil ketdi. Bundan tashqari Tasmaniya xaltali bo'risi, ko'pchilik Afrika antilopalari yer yuzidan yo'q bo'lib ketdi. Sharoit shu darajaga yetib bordi, eng oxirida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Kengashi "Qizil kitob"ni tashkil qildi. Hozir barcha ellarning o'zining "Qizil kitob"i bor. Odam o'zining ta'siri orqali o'simlik va hayvonlarning yangi nav hamda parodalarini chiqaradi ularning arealini kengaytiradi. Umuman odamzod o'zining aqli orqali juda ko'p narsalarni ishlay oladi. V.I.Vernadskiy bu omil haqida bunday deydi "Hozirgi vaqtda yerda boshqa sferalardan boshqa odam aqlining harakatchanligi sferasi ya'ni Noosfera degan qatlam paydo bo'ldi"-deydi.
İndikatsiya- Yerda yashovchi organizmlar muhitning aniqlangan ma'lum bir sharoitlari bilan bog'liq. Ular katta yoki kichik hajmda bu sharoitlarning ko'rsatkichi indikatori boladi. Masalan, biz o'simliklar orqali grunt suvlarining chuqurligini, uning kimyoviy tarkibini va kislotaliligini va boshqalarni, shu bilan birga yer osti qazilma boyliklarining bu yerda bor yoki yo'qligini bilib olamiz.
Statsiya- deb u yoki bu turning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan sharoitlarning yig'indisiga aytamiz.
Biotop- bu ma'lum bir abiotik sharoitlar bilan xarakterlanuvchi biotsenoz hayot kechiradigan yer yuzining uchastkasi.
Biotsenoz- bu har doim rivojlanib turuvchi tirik organizmlarning yig'indisi, birlashmasi hisoblanadi. Biotsenoz yig'indisidagi biotop biogeotsenozni tashkil qiladi. U o'zida tabiatning abiotik va biotik komponentlarini ko'rsatadi.
Biogeotsenoz biotop va biotsenoz kabi o'zining ma'lum bir yashash muhitining yakkaligi bilan xarakterlanadi. Bu yer yuzidagi eng mayda bo'lim bo'lib hisoblanadi.
Rus fizikaviy geografiyasida eng mayda geografik bosqich-fatsiya va biogeotsenoz deyarli sinonimlar. Ekosistema-bu yer yuzining quruqligining borligi, masalan o'rmon ekosistemasi, okean ekosistemasi va boshqalar. Bu tushunchani 1935 yili A.Tensli kiritdi. Biogeotsenoz-bu hamma vaqtda tabiiy bo'ladi, ekosistema esa sun'iy ham bo'lishi mumkin (akvarium, kosmik korabl)
|
| |