|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 30/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбTopshiriq va savollar.
1. Areal deganimiz nima, uning qanday shakllari bor?
2. Madaniy o'simliklarning qanday kelib chiqish markazlari bor?
3. Endem va kosmopolit organizmlarga qaysi turlar kiradi?
4. Relikt tur deb nimaga aytamiz?
8-ma'ruza.
Yer yuzidagi hozirgi fauna va floraning kelib chiqishi.
Rejasi:
1. Okeanda o'simlik va hayvonlarning kelib chiqishi.
2. Quruqlikda o'simlik va hayvonlarning kelib chiqishi.
3. Organizmlarning geografik tarqalishini dalillovchi nazariyalar.
Yerning organik dunyosi ilk bor okeanda kelib chiqdi. Quruqlikda esa ma'lum bir vaqtgacha hayot bo'lmaydi. Yer yuzi issiq, atmosferada kislorod bo'lmay, unda azon qatlami yo'q edi. Quruqlikda hayotning rivojlanishi uchun sharoitlar keyinchalik paleozoyda paydo bo'ldi. Yerda hayot 4-3,5 mlrd. Yil oldin paydo bo'ldi. Ular prokariot organizmlar edi.
Yuqori proterozoyda (1250 dan 550 mln. Yil oldingacha cho'zilgan) har xil vodorosllar keng tarqalgan va birinchi hayvonlar-gubkalar, radiolyariyalar, bo'g'in oyoqliliar paydo bo'ldi. Paleozoy erasining birinchi davrida (kembriy) bundan 430 mln. yil oldin tamomlangan) sporalilar va qadimgi faunaning faunalari- arxeotsiatlar, bezzamkovie, iyin oyoqlilar va tribolitlar yashagan. Ordovik davri uchun (350 mln. Yil oldin tugagan) korallar, mshankalar, tribolitlar, graptolitlar, sporali o'simliklar va birinchi yer usti hayvonlarining paydo bo'lishi xarakterli bo'lgan. Silur davrida har xil dengiz faunasi-korallar, graptolitlar iyin oyoqlilar gullab rivojlanadi, baliqlar va gigant baqachanoqli skarpionlar paydo bo'ldi. Devon davrida (350 dan 275 mln. Yil oldin) ko'p sonli yer usti o'simliklari yashagan, hasharotlar va yer suv hayvonlari paydo bo'lgan. Tosh ko'mir davrida (225 mln. Yil oldin tugagan) quruqlikda plaun va paporotnik kabilar avj olgan, dengizlarda-foraminiferalar (fizulinid), iyin oyoqlilar, to'rt nurli korallar gullab rivojlangan. Paleozoyning keyingi davri-permda (185 mln. yil oldin) silliq urug'li o'simliklar paydo bo'ldi, yer suv hayvonlari va sudralib yuruvchilarning ko'p bo'lishi, davr oxirida ko'pchilik paleozoy guruhlarining nobud bo'lishi yuz berdi.
Mezazoy erasining Trias davrida (185-150 mln yil oldin) silliq urug'lilar keng tarqalgan, ammonit va yer usti hayvonlari ham keng tarqalgan. Yura davrida (110 mln. yil oldin tugagan) silliq urug'lilar (sagovniklar, ginkgolilar va boshqa) gullar rivojlanadi, shuningdek ammonitlar, belemnitlar va gigant sudraluvchilar avj olib rivojlanadi. Por davrida (70 mln. yil oldingacha cho'ziladi) yopiq urug'li o'simliklar paydo bo'ldi va keng tarqaldi, shuningdek hayvonlardan ammonitlar, belemnitlar va gigant sudraluvchilar keng tarqalgan. Paleogenda (30 mln yil oldin) qadimgi sut emizuvchilar, yopiq urug'lilar gulab rivojlandi. Dengizlarda yirik foraminiferalar, nummulitlar, plastinkalar va qorin oyoqli mollyuskalar keng tarqalgan. Neogenda (1 mln. oldingacha) sut emizuvchilar tarkibi hozirgi tuyoqli, yirtqichlar bilan to'ldi.
O'simliklar va umurtqasizlar hozirgiga yaqin bo'lgan. To'rtlamchi (antropogen) davrining o'simlik va hayvonotlar dunyosi hozirgiga yaqin bo'lgan, shu davrda odam paydo bo'lgan.
Dunyo okeanining qadimgi vakillari prokariotlar bo'lib-birinchi bakteriyalar va so'ng ko'k-yashil vodorosllar bo'lgan. Bakteriyalar geterotroflar bo'lib organik moddalar bilan oziqlangan, song avtotrof organizmlar paydo bo'ldi. Birinchi avtotroflar-xemotrof bakteriyalar bo'lip, ular kimyoviy reaktsiya energiyasining oksidlanishidan organik modda sintezlangan. So'ngra fotosintezlovchi ko'k-yashil vodorosllar paydo bo'lib ular quyosh energiyasidan foydalangan. Prokarot organizmlarning yerda yashashi 1.mlrd yilga davom etgan.
Erda birinchi anaerob organizmlar yashab, ular aste sekin atmosferani va suvni kislorod bilan boyitib borgan va yerda aerob organizmlarning hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratgan. Arxeyning oxiri va proterozoyning boshida (2,6-2,2 mlrd. yil oldin) atmosferada oksidlanuvchi jarayon hodisasi mumkin bo'lgan kislorod miqdori bo'lgan. Bu o'z navbatida eukariot organizmlarning (soddalilar tipi) so'ngra murakkab organizmlarning paydo bo'lishiga (yuqori proterozoyda) olib keldi. Fotosintezlovchi avtotroflarning paydo bo'lishi bilan ikkinchi geterotrof turlar-avtotroflar bilan oziqlanuvchi geterotroflar paydo bo'ldi. So'ngra organizmlar quruqlika chiqa boshladi. Bu davrda atmosferada SO2 ko'p bo'ldi. Bir avtorlar organizmlarning quruqlikka chiqishi paleozoy erasining kembriy davrida (430-550 mln. yil ilgari) yuz beradi desa, boshqa avtorlar, proterozoy erasining oxirida (1 mlrd. yil ilgari) deydi. Azon qatlami paydo bo'lgandan keyin yer yuzida ko'p sonli eukariotlar paydo bo'ldi. Yerda eski sporali o'simliklar plaun kabilar va silliq urug'li-bennetitlar, sagovniklar paydo bo'lishi bilan atmosferada kislorod ko'paydi.
Trias va yura davrining chegarasida (150 mln. yil oldin) yuqori darajali sporalilarning va silliq urug'lilarning o'rnini yopiq urug'lilar egallaydi. Natijada ularni changlantiruvchi hasharotlar paydo bo'ldi. Por davrida (70 mln yil ilgari) paleozoyning oxirida paydo bo'lgan gigant reptiliyalar o'z o'rnini gomoyotermli hayvonlarga (qu shva sut emizuvchi) bo'shatib berdi. Gubkalar, bo'g'in oyoqlilar, radiolyariyalar yuqori proterozoyda, baliqlar silurda, hasharotlar-devonda, ochiqurug'lilar-permda, yopiqurug'lilar-por davrida paydo bo'ldi. Neogen davridagi o'simliklar va umurtqasiz hayvonlar hozirgi organizmlarga juda yaqin bo'lgan. Avstraliya va Yangi Zelandiya qadimgi turlarga juda boy. Faqat Avstraliyada bizlar eski sut emizuvchilarning vakillarini-tuxum qo'yib ko'payuvchilar, xaltalilar, qushlardan-kilsiz emuni uchratamiz. Yangi Zelandiyada qadimgi sudraluvchilar-gatteriya, qushlardan-kilsiz kivi va boshqalari yashaydi.
|
| |