|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 29/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узб1. Osiyo oldi markazida bug'doyning bir zernyanki va ikki zernyankilari, arpa va qora bug'doy, ko'k beda, espartset, ekinlik ushoq, qovun, qovoq, uzum, oshqoboq, nok, olma, gilos, anor, anjir, kelib chiqqan.
2. Yer O'rta dengiz. Yirik donli yer o'rta ovetsi (Avena byzantiga), zig'ir, ko'knor, oq gorchitsa, maslina, karam, sabzi, lavlagi, piyoz, sarimsoq piyoz, sparja, rediska kelib chiqqan.
3.Efiopiya. Sorgo, kleykovina, kofe daraxti, qattiq va angliya (28-xromosomali) bug'doylari, tarvuz.
4. O'rta Osiyo. Yumshoq bug'doy h.b 42 xromosomali bug'doylar, sobiqlilardan gorox, chechevitsa, nut, mash, kandir, serept gorchitsalari, mahalliy madaniy uzumning shakllari, nok, o'rik, olmalar kelib chiqqan.
5. Xitoy. Tariq, grechixa, soya, kanatnik, xurmo, mongol o'rigi, Xitoy gilosi va olchasi kelib chiqqan.
6. Hindiston. sholi, tsitruslar (limon, apelsin, mandarin), qand qamishi, Osiyo paxtalari, mango, bodring va baqlajon kiradi.
7. Indoneziya. non daraxti, kakos palmasi, mangustan, bananlar, durman, qora murch, kardamon, gvozdika daraxti, muskat g'ozasi kelib chiqqan.
8. Meksika. Makka jo'xori, oddiy loviya, qizil murch, amerika paxtasi-uplend, papaya, mevali opuntsiya, maxorka chilimi kelib chiqqan.
9. Peruan. kartoshka, pomidor, uzın talshıqlı «egipet» paxtası, tu’rk temekisi kelip shıqqan.
10. G'arbiy sudan. Bu markaz boshqalariga qaraganda ancha yosh. Bu yerda yalang'och sholi (Oryra glaberrina) yog' palmasi, kola g'ozasi va boshqa turlar kelib chiqadi.
Bu markazlarning har biri keng maydonlarni egallagan. Areallarning o'lchamlari juda har xil bo'ladi. Hattoki areallar orasida asosiy taksonomik bosqichlar (turlar) juda keng (kosmopolit) va ma'lum darajada (endem) bo'ladi.
«Kosmopolit» so'zi barcha dunyoga tarqalgan degan ma'noni anglatadi. Yer usti organizmleridan ularga barcha quruqlikka tarqalgan turlar kiradi, suv hayvonlaridan esa barcha yer yuzlik okeanda yashovchi turlar kiradi. Biroq bunday hayot kechiruvchi (Arktikadan, Antarktikagacha) hayvonlar yer ustida ham, suvda ham ko'p. Bizlar shuning uchun kosmopolit turlarni keng areal chegarasiga ega bo'lganlarni aytamiz. Boshqacha qilib aytganda uning ekologik amplitudasi uning arealiga qaraganda kengroq bo'ladi. Kosmopolit turlarga ichki suvlarda-rdestlar, ryaskalar, qamish dengiz hayvonlaridan-ochiq rangli delfin, kasatka, dolgorukiy kit, yer usti hayvonlari-skopa, cokol-sapsan, qora qarga kiradi. Odam bilan aralash yuruvchi hayvonlar-uy sichqoni, qora sichqon, oduvanchik, cho'pon xaltasi, hasharotlardan to'shak mitasi, nonxo'rak, uy pashshasi, kosmopolit arealga ega. Shunday qilib, kosmopolit turlar deb yer usti quruqligining kamida 1/4 qismini yoki dunyo okeani va ichki suvlarning 1/4 qismida tarqalgan turlarga aytamiz.
Endemik turlar deganimiz-uncha katta bo'lmagan arealga ega bo'lib, ular o'zlarining tabiiy o’lkasining chegarasidan chiqa olmaydi. Masalan, tog'li yerlarning endem turlari, cho'lning endem turleri va boshqalar. Eski endem turlarga oldinlari keng territoriyani egallagan, biroq keyin iqlimiy, fiziko-geografik o'zgarishga uchrab u yerlar boshqa yerlardan izolyatsiyalanib kichrayib qoladi. Yer yuzining yosh uchastkalarida yosh endemlar uchraydi. Qadimgi endemlarning ichida paleoendem turlar bolib, ularning yaqin turkumlari bo'lmaydi. Yosh endemlarning (neoendem) keng o’lkaga ega bo'lgan yaqin turkumlari bo'ladi. Paleoendemizm-regressivlik ko'rinish, neoendemizm-progressivlik ko'rinish.
Turning arealining kattaligi uning harakatchanligini, ekologik valentligiga va uning yoshiga bog'liq bo'ladi.
Qoida bo'yicha yirik sistematik bosqichlarning areali kichik bosqichlarga qaraganda katta bo'ladi.
Hozirgi yashash sharoitiga qarama-qarshi holda bo'lgan turlar relikt turlar deb ataladi. Bular qadimgi davrning qoldiqlari hisoblanadi.
Reliktiv sabablar har xil bo'ladi: ular formatsiyaviy edafik (geomorfologik) va iqlimiy bo'ladi. Relikt tur o'zining arealidan juda uzoqlikda esam, faqat uning bir kichkina bo'limida bo'ladi. Barcha sharoitlarda reliktivlilik shundan xabar beradi, tur o'zining oldingi arealidan keskin farq qiladigan va hozirgi vaqtda arealning boshqa bo'limlarida hayot kechiradi. Formatsiyaviy reliktlarga-vetrennitsa dubravnaya, sircha kiradi.
Edifak reliktlarga-ruppiya, tsanekelliya, xondrilla kiradi. Iqlimiy reliktlar nam va issiq sharoitga moslashgan bo'ladi. Hozirgi vaqtda eski relikt turlar uchlamchi davrning reliktlari. Masalan, G'arbiy Zakavkaze o'rmonlari, Olis Sharqning Janubi, Iqlimiy reliktlarning ikkinchi shakli muzlik davrining reliktlari (sfagnum moxlari, yumaloq yaproqli rosyanka, pushitsalar). Relikt tur keng arealga ega bo'lishi mumkin, biroq relikt bu arealning bir yoki bir necha maydonning chegaralangan yerida yashaydi. ularni sovuqdan va qurg'oq shamoldan tog' kovaklari saqlab qoladi.
|
| |