|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 28/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбBiotsenozlarning tasnifi. Biotsenoz umumiy tushuncha. Fitotsenozning asosi-assaotsiatsiya bo'lib hisoblanadi. Assotsiatsiya-bir xil sharoitda o'sadigan ma'lum bir bir flora tarkibga va ma'lum fizionomiyaga ega o'simlik birlashmasi bo'lib hisoblanadi. Assotsiatsiya assotsiatsiya guruxiga birlashadi. Bir guruh bir xil edifikatorga ega, biroq bir qatlamning tarkibi bo'yicha ajraladigan, o'sish sharoitlari o'xshash bo'lgan assotsiatsiya kiradi. Undan yuqori birlik formatsiya bo'lib, unga birdek edifikatorga ega assotsiatsiya guruhlari kiradi. (To'rang'il formatsiyasi, Qamish formatsiyasi) edifakatorlari bi xil hayot shakliga kiradigan formatsiyalar formatsiya guruhini paydo qiladi. Formatsiya guruhlari hayot shaklining yaqinligi bo'yicha formatsiya sinflariga birikadi. Tasniflashni bir qancha yuqori birligi hayot shakllarining umumlashgan guruhining ustivorligi bo'yicha ajratiladigan o'simliklar tipi hisoblanadi. Biotsenozning solishtirma doimiyligi, moddalarning doimiy aylanishini va energiya oqimini ta'minlaydi. Biotsenozlar iqlim sharoitiga yetganda bir qancha doimiy bo'ladi. Biotsenozning turlari qancha ko'p bo'lsa shuncha doimiy bo'ladi. Biotsenozlar tabiiy va sun'iy bo'lib bo'linadi. Ikkinchisini odamlar paydo etadi. Uning doimiyligi odamlar harakatining homiylari saqlanib qoladi.
Topshiriq va savollar.
1. Biotsenoz degan nima va uning fazodagi harakatini tushuntiring?
2. Biotsenozdagi organizmlar orasidagi aloqaning turlari qanday?
3. Konsortsiya deganimiz nima?
4. Jamoalarning dinamikasini tushuntiring?
7-ma'ruza. Areal haqida tushuncha.
Rejasi:
1. Bir tekis va ayrilgan areallar.
2. Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari.
3. Endemik, kosmopolit va relikt turlar.
Har bir sistematik bosqich (tur, va boshqalar) faqat morfologik va fiziologik farqi bilan emas, uning ma'lum bir tarqalishi bilan xarakterlanadi. Hech bir tur o'zining arealining maydonida to'liq qatlam paydo qila olmaydi. U bir uchastkalarda kop, bir yerlarda kam yoki dizyunktiv bo'ladi. Bir tekis areallarning barcha uchastkalari tur osobi uchun qulay bo'lib keladi. Boshqacha qilib aytganda bir tekis areallarning ichida uni ayrim uchastkalarga bo'lib turuvchi kuchi yetmaydigan bo'lagi bo'lmaydi. Tur arealining ichida bemalol birinchisidan ikkinchisiga o'tib yuraveradi. Ajralgan yoki dizyunktivli areallarda turning bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga tabiiy hozirgi faktorlar yordamida o'tishi mumkin emas, ya'ni arealning bo'lak uchastkalari orasida organizmlarning kuchi yetmaydigan bo'larlari bo'ladi. Bunda ajralgan areallaning barchasida ham turning faqat shu shakli yashaydi. Bu gomogen dizyunktsiya deb ataladi. Shuningdek bu uchastkalar shu turning har xil turlari bilan, bir va shu turning har xil turlari bilan qoplangan bo'ladi. Bu sharoitlarda dizyunktsiya har xil geterogenli bo'ladi. Turlik dizyunktsiya kichik turlik dizyunktsiyaga qaraganda qadimiy hisoblanadi. Demak, bundan xulosa chiqaradigan bo'lsak, agar tur bir o'rinda paydo bo'lib, keyinchalik u yerdan boshqa yerga yoyilib, tarqalishga to'sqinlik bo'lmaguncha xoxlagan areal birinchi navbatda bir tekis bo'laveradi. Faqat shunday bashoratgina turlarning tabiiy tanlash yo'li bilan kelib chiqishi haqidagi nazariya bilan bog'liq bo'ladi. Agar tirikchilik etish sharoitlari o'zgarishi natijasida bir tekis areal buzulgan yoki ajralgan arealga aylanadi. Muhit sharoitining o'zgarishi har xil xarakterga ega bo'ladi. Bunga yana maydonlarning qisqarishi, yerning yangi uchastkalarining paydo bo'lishi yoki yo'q bo'lib ketishi, shuningdek yosh tog' sistemalarining paydo bo'lishi ham areallarning ajralishiga (bo'laklanishiga) sabab bo'ladi.
Iqlimning o'zgarishiga bog'liq areallarning bo'laklanishiga misol qilib Janubiy qutbning muz bosish davri bilan bog'liq bo'lgan sovuqni aytishga bo'ladi. Evraziya materigida keng tarqalgan keng yaproqli o'rmonlar muz bosishdan keyin faqat Yevropada Volino-Podol chhqqilarida, O'rta rus cho'qqisining shimoliy bo'limida Stavropol cho'qqisida, Shimoliy Ural va bir qator Osiyo tumanlarida shuning ichida Kuznets Olatog', Primorskiy kray va boshqa regionlarning boshponalarida saqlanib qolgan. Muz komponentlarining keyin chekinishi bilan keng bargli o'rmonlar bu regionlardan chiqib arealning ajralgan uchastkalari asta-sekin tutasha boshlagan. Biroq shunda ham keng bargli o'rmonlarning bo'laklangan areallari saqlanib qolgan. Masalan, lipa Evropada Tobolskgacha va so'ng yana Kuznets Olatog' va Krasnoyar krayida, keyinchalik Uzoq Sharqda boshqa turlari bilan o'sib turadi. Ko'k hakka G'arbiy Evropa Sharqiy Sibir ajralgan arealini egallaydi. Afrikaning tropik o'rmon o’lkasi va Janubiy Osiyo o’lkasining hozirgi ajralishi bu o'rmonda yashovchilarning buzilgan arealining qayta tiklanishiga olib keladi. Bu turlar geterogen xarakterga ega bo'lib (fil, nosorog, chala maymunlar va boshqalar) bu bo'laklanish uchlamchi davrning oxirida yuz bergan edi.
Ayrim vaqtlarda bo'laklangan areallar ushbu sharoitda ham paydo bo'ladi.: bir tur (parazit yoki yirtqich) boshqa tur bilan chambarchas bog'langan bo'lsa, xo'jayin esa qandaydir bir sabab bilan oldingi arealidan yo'qolib ketsa, bu sharoitda xo'jayin izidan bu areal bo'limidan u bilan chambarchas bog'langan turda yo'q bo'lib ketadi. Turning birinchi tarqalgan o’lkasi-turning kelib chiqish markazi deb ataladi.
Turlarning kelib chiqishi va ularning areallarining tuzilishi haqidagi hozirgi fikrlar (ko'rinishlar) zoolog E.Mayr (Zoologik tur va evolyutsiya,1968) va botanik V.Grant (O'simliklarda tur paydo bo'lish,1984) tomonidan ishlab chiqilgan. Turlarning populyatsiyalari bir tekis bo'lmaydi. Ular uchun gen oqimi va ularning perekombinatsiyalari bilan bog'liq genotopik o'zgarishi xarakterli. Genotiplarning muhit bilan o'zaro ta'siri natijasida shu guruh osoblarning morfologik, fiziologik va ekologik o'zgachaligiga ega bo'lgan fenotiplar kelib chiqadi. Genotip va fenotiplarning geografik o'zgarishi-tur populyatsiyalarining yashash sharoitlarining geografik o'zgarishlarining natijasi.
Organizmlarning har xil sistematik bosqichlarining (ayniqsa o'simlik va hayvon) tur paydo bo'lish tiplari har xil. Hayvonlar uchun allotropik tur paydo bo'lish xarakterli. Bunda yangi turlar geografik izolyatlarda paydo boladi. O'simliklar uchun simpatrik tur paydo bo'lish katta o'rinni egallaydi. Tur paydo bo'lishda ma'lum rolni gibridizatsiya bajaradi.
Areallarning chegaralari jimjimali (qo'zg'almali), progressivli (kengayuvchi) yoki regressivli (tarqaluvchi) va doimiy bo'ladi. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi haqidagi fan ko'plab olimlar tomonidan ishlangan. Unga Ch.Darvin va A.De-Kandoll katta xissa qo'shdi. Biroq bu yo'nalish bo'yicha ahamiyatli ishlar rus genetigi va botanik geograf N.I.Vavilov tomonidan ishlangan. Birinchi navbatda u tur ichidagi savol bilan shug'ullandi. O'zining "Linney turi-sistema sifatida" nomli atoqli kitobida shunday yozgan. "Linney turi-bu bo'laklangan, harakatchan, morfofiziologik sistema, u o'z navbatida ma'lum bir muhit va areal bilan bog'langan"-deydi. N.I.Vavilovning ikkinchi ahamiyatli nazariy umumiyligi (fikri) gomologik qatorlarning qonuni degan nom olgan nasllik o'zgarishlarning gomologik qatori haqidagi fikri hisoblanadi. Bu qonunga muvofiq turkum turlarning va turkumlarning nasliy o'zgarishlari ma'lum darajada o'xshash bo'ladi. Eng so'ngida N.I.Vavilov madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlarini aniqlab chiqdi. U bunday degan. "Madaniy floralarning tarixiy rivojlanish markazining kelib chiqishi uchun: 1) mahalliy flora turlarga boy bo'lish kerak, 2) Qadimgi dehqonchilik tsivilizatsiyasi bo'lishi kerak deydi deydi.
N.I.Vavilov madaniy o'simliklarning 8 asosiy kelib chiqish markazlarini ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda madaniy o'simliklarning kelib chiquvchi 10 o'chog'i sanaladi. (Kupzov,1975): 1. Osiyo oldi, 2. Yer O'rta dengizi, 3. Efiopiya, 4. O'rta Osiyo, 5. Xitoy, (Vavilov buni Sharqiy Osiyo deydi deydi), 6. Hindiston, 7. Indoneziya (Vavilov buni Indo-Malay deydi) 8. Meksika (Vavilov bo'yicha buni Markaziy Amerika-Janubiy Meksika) 9. Peruan (Vavilov bo'yicha Janubiy Amerika) 10. Sudan.
|
| |