• Topshiriq va savollar.
  • 3.Biotsenozdagi organizmlar orasidagi aloqa.
  • Biotsenozning kenglikdagi faoliyati.
  • Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya




    Download 424 Kb.
    bet25/50
    Sana14.06.2024
    Hajmi424 Kb.
    #263569
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
    Bog'liq
    биогеография лекция узб

    POPULYATSIYA.
    Tur asosiy sistematik bosqich bo'lgani bilan eng maydasi emas. U tarqalish o’lkasining bir bo'limini egallovchi-kichik turga, kichik turlar esa o'z navbatida populyatsiyaga bo'linadi. Populyatsiya - bu bir turga kiruvchi ko'payuvchi avlod beradigan, ma'lum bir hududni egallovchi osoblarning yig'indisi hisoblanadi. Populyatsiyaning qamrovi o'zining tuzilishi, jinsiy va yosh tarkibi va boshqalar bo'ladi. N.P.Naumov (1963) populyatsion birlikni ajratishda landshaftli-biotopik usulga asoslanib, populyatsiyani elementar, ekologik va geografik deb uch guruhga bo'ladi:
    1. Elementar (mahalliy) populyatsiya-bu kichkina birlikli maydonda yashovchi mavjudodlarning yig'indisi. Bularning soni biotsenozdagi har xil tiriklik sharoitlariga bog'liq qancha sharoitlar birlikli bo'lsa, shuncha elementar populyatsiyaning soni kam bo'ladi. 2. Ekologik populyatsiya-bu elementar populyatsiyalarning yig'indisi. Bular asosan tiriklik guruhlar bo'lib, muhitning ma'lum sharoitiga moslashgan. 3. Geografik populyatsiya-bu ekologik populyatsiyaning yig'indisi bo'lib, birgalikli geografik sharoitda yashovchi mavjudodlarni o'z ichiga oladi.
    Topshiriq va savollar.
    1. Ekologik omillarning qanday turlari bor va ularga ta'rif bering.
    2. Organizmlarning tiriklik shakllarini tushuntiring.
    3. Migratsiya degаnimiz nima?
    4. Populyatsiya degаn nima va uning qanday guruhlari bor?


    6-ma'ruza. Biotsenoz haqida tushuncha.
    Rejasi:
    1.Biotsenoz haqida tushuncha.
    2. Biotsenozning kengaytirilgan jarayoni.
    3.Biotsenozdagi organizmlar orasidagi aloqa.
    O'simliklar va hayvonlar birgalashib sayyoramizda jamoani paydo etadi. Jamoa-bu umumiy tushuncha bo'lib, bunda birgalikda harakat qiluvchi xohlagan bir joydan tirik organizmlarning yig'indisiga tushunamiz. Biz undan kichikroq birlikni-biotsenozni qo'llaymiz.
    Biotsenoz- bu birgalikda yashovchi va o'zaro bog'liq organizmlarning yig'indisi bo'lib hisoblanadi. Hoxlagan biotsenozning asosiy xususiyatlarining biri-uning tur tarkibi hisoblanadi. Namli tropik biotsenozlarning tur tarkibi juda boy bo'lib keladi, o'rtacha poyasniki jarli, cho'l va sovuq mintaqalarning tur tarkibi esa undan ham battar jarli bo'ladi. Maydon birligiga to'g'ri keilishi turlar soni-turlik to'yinganlik deb ataladi. U har xil biotsenozlarda turlik tarkib kabi o'zgarib boradi. Turlik to'yinganlik yer usti biotsenozlarida ayniqsa gulli o'simliklarda yuqori, u orasida mox va lishayniklarda, hasharotlarda, qush, sut emizuvchilar va boshqa hayvolarda katta bo'lib turadi. Har bir biotsenozda ma'lum bir tiriklik shakllarining guruhlari ustunlik qiladi. Masalan, o'rmon biotsenozida fanerofitlar, cho'l o’lkalarida-xamefitlar, sut emizuvchilardan yer qazuvchilar ustunlik qiladi. Ularni dominant turlar deb ataydi. Dominantdan boshqa subdominantlar bo'ladi. Bu tushunchalar sanoq xarakteristikaga ega. Jamoaning tuziish va xarakterini aniqlovchi dominantlar edifiktorlar deb ataladi. Odatda biotsenoz-fitotsenozga, zootsenozga, mikotsenoz va mikrobiotsenozga bo'linadi.
    Biotsenozning kenglikdagi faoliyati. Xohlagan tirik modda ma'lum bir kenglikdagi faoliyati bilan, birinchi navbatda uning harakatsiz komponenti- o'simliklari bilan xarakterlanadi. Jamoaning vertikal tuzilishi uning yarusligida ko'rinadi. Yaruslar soni har xil bo'ladi. Ular yuqoridan pastga sanaladi. Yarusli yer osti va yer usti bo'lib bo'linishi mumkin, gidrofit jamoasida u suv usti, suv osti va gruntlarning ichida bo'ladi. Yer usti biotsenozlarida juda ko'p sonli yarustni o'rmon egallaydi. Nam tropik o'rmonlarda qulay sharoitda, daraxtlarni bo'lak yaruslarga ajratib bo'lmaydi: Daraxtlarning tojlari bir tekis daraxt pashshaxonasini tashkil qiladi. O'rtacha poyas o'rmonlarida birdan uchgacha daraxtli yaruslarni ko'ramiz. Daraxtlar ostida butalar yarusi rivojlangan (bu tropik o'rmonlarda bo'lmaydi), quyida yashil o'simliklar va butachalar yarusi, oxirida tuproq ustida, moxli yoki lishaynikli yarus bo'ladi. O'simliklarning yer osti organlarida yaruslarni paydo qiladi. Yaruslar shunga bog'liq turda doimiy bo'lishi mumkin, agar ular daraxtlar yoki yosh novdali butalardan tashkil topgan bo'lsa. Maysa o'simliklaridan tashkil topgan yaruslar o'zgaruvchan bo'ladi. Ko'payish davrida maysalar gullash va yana boshqa jarayonlar uchun o'ziga tegishli bo'lgan balandlikka yetguncha asta-sekin rivojlanadi. Barcha o'simliklar yarusni tuzavermaydi. Ulardan boshqa u yoki bu yaruslarning tarkibiga kiruvchi turlar bo'lib, ular yarus orasidagilar deb ataladi. Ularga epifit va lianlar kiradi. Epifitlar - har xil balandlikda o'z mustaqil o'suvchi o'simliklarga joylashadi. Lianlar har xil yaruslarning o'simliklarning boshlariga qarab saralanadi.
    Hayvonlar qandaydir bir doimiy yarusga ega emas. Tuproqning umurtqassiz hayvonlari uning ma'lum bir sharoitini kun, yil, umri davomida almashtirib turadi. Biotsenozning gorizontal joylashishi - mozaykali bo'lib hisoblanadi. Bundan tabiiy savol kelib chiqadi, bizlar mozaykali tuzilishdan biotsenozlarning ketma-ket yashashi chegerasini qanday aniqlaymiz Bu yerda asosiy kriteriya - bir yoki bir necha umumiy edifikatorlarning ortib ketishi yoki yo'qligi bo'lib hisoblanadi.

    Download 424 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




    Download 424 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya

    Download 424 Kb.