|
ORGANIZMLARNING HAYOT SHAKLLARI
|
bet | 23/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбORGANIZMLARNING HAYOT SHAKLLARI.
O'simlik va hayvonlar o'xshash sharoitda yashab o'zining tashqi ko'rinishiga ega bo'ladi. Bu organizmlarning tashqi ko'rinishiga qarab "tiriklik shakllari" deb ularni o'rganamiz. "O'simliklarning tiriklik shakllari" tushunchani ilk bor 1806 yili A.Gumboldt tarafidan berildi. U o'simliklarni daraxtlar, butalar, yarim butalar va o'simliklar deb tasniflagan edi.
Hozirgi kunda eng ko'p tarqalgan K.Raunkier tomonidan ishlab chiqilgan o'simliklarning tiriklik shakllarining tasnifi bo'lib hisoblanadi. U o'simliklarni tasniflashda faqat bir ma'lum, biroq moslashish uchun ahamiyatga ega bo'lgan belgini tanlab oladi, ya'ni murtak sharoitining yoki novda uchlarining yilning noqulay kunlari davomida tuproq yuzida va qor qatlamida ta'sirini hisobga oladi. U barcha o'simliklarni 5 tipga ajratadi.
1. Fanerofitlаr - o'suvchi murtaklar ochik yoki yopiq holda bo'lib, yer ustidan 30 sm yuqorida joylashgan. Ularga daraxtlar, butalar, yarim butalar, lianlar kiradi.
2. Xamefitler – o'suvchi murtaklari tuproq yuzasidan 20-30 sm balandlikda joylashib, ular qishda qor bilan yopiladi. Bular asosan daraxtlar, butalar va yashil o'simliklar.
3. Gemikriptofitlаr- o'suvchi murtaklari tuproq ustida joylashib, o'simlik yaproqlari bilan yopilgan holda qishlaydi (krapiva)
4. Kriptofitlаr- qishda yer usti bo'limlari nobud bo'ladigan ko'p yillik yashil o'simliklar. Ularning o'sish murtaklari tuproq tagida (geofitlar) va ostida (gidrofitlar). Bularga bo'yon, oqbosh, qamish va boshqalar.
5. Terofitlаr- bular yil mavsumining noqulay sharoitidan keyin urug' holida saqlanadigan o'simliklar bo'lib, ularga bir yillik yashil o'simliklari kiradi.
O'rta Osiyo cho'l o'simliklarining tiriklik shakllarini E.P.Korovin (1961, 1962) to'liq turda ishlab chiqqan.
D.N.Kashkarov (1945) hayvonlarning tiriklik shakllarini tasniflashda, ularning harakat qilish moslashuvini hisobga olgan holda, quyidgicha tuzadi.
I. Sovuqqonlilar (poykilotermli) hayvonlar: 1) yil davomida harakatlanuvchilar: 2) yil davomida harakatsizlar: a) yozda uxlovchilar b) qishda uxlovchilar.
II. Issiqqonlilar (gomoyotermli): A. O'troq. 1) Yil davomida harakatchan: 2) Yilning bo'limida harakatlanuvchilar: a) yozda uxlovchilar b) uxlovchi. B. Mavsumli 1) in soluvchilar, 2) qishgi, 3) yozgi 4) yoz oralig'ida
Har xil muhitda harakat qilish qobiliyatiga qarab quyidagicha bo'linadi.
|
| |