Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya




Download 424 Kb.
bet19/50
Sana14.06.2024
Hajmi424 Kb.
#263569
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
биогеография лекция узб

Namlik. Yoki suv, yer usti organizmlari uchun eng ahamiyatli omil bo'lib, u hujayra protoplazmasi, qonlar, o'simliklar va hayvonlar tanasining shiralarning asosiy bo'limini tashkil qiladi.
Evrigigrobiont - organizmlar namlikning har xil darajasida yashay oladi. Organizmlar namlikka ta'siriga qarab quyidagicha bo'linadi: 1.Gigrofil organizmlаr - bular yuqori namlikni sevuvchilar (pashshalar) 2. Mezofil turlаr- o'rta namli muhitni yashovchilar. 3-kserofillаr - yuqori namlikka chiday olmaydigan, qurg'oq sevuvchi organizmlar (tuyalar, kaltakesaklar va boshqa)
O'simliklar ham bo'linadi. 1. Gidatofitlаr – to'lig'i bilan deyarli suvga botib o'suvchi o'simliklar. 2. Gidrofitlаr - yer usti va suvda o'suvchi o'simlikler (qamish, yekan, va boshqalar) 3. Gigrofitlаr – namli yerlarda hayot kechiruvchi o'simliklar guruhi, suv tanqisligiga chiday olmaydi. 4-Mezofit – o'rtacha namlikka moslashgan o'simliklar (efemer, efemeroid). 5-kserofitlаr - qurg'oq joyda yashovchi o'simliklar. Bular issiq va qurg'oq sharoitli o’lkalarda yashaydi. Ikkiga bo'linadi. Sukkulentlаr va sklerofitlаr. Sukkulentlаr o'zlarining to'qimalarida suvning ko'p miqdorini yig'ish qobiliyatiga ega (kaktus, aloe, sariqsazan, qorasora va boshqa) Bularning yaproqlari qalin va shirali bo'ladi. Sklerofitlаr - bular qurg'oq, qattiq butalar yoki cho'l o'simliklari. Ularning sukkulentlardan farqi namlikni o'ziga olmasdan, o'zidan chiqaradi. Sovuq va nam sharoitlarda o'suvchi o'simliklar psixrofitlаr, sovuq va qurg'oq joylardagilar esa xriofitlаr deb ataladi.
Umumiy qilib aytganda hayvonlar suvni uch turli yo'l bilan qabul qiladi: ichimlik suv arqali, shirali oziq arqali va metabolizm ya'ni oksidlanish va yog', oqsil, uglevodlarning bo'linishi natijasidan.
Shamol - o'simliklarning urug'i, sporasi, mevasi va hayvonlarning urug'ining tarqalishida katta rol o'ynaydi. Shuning bilan birga shamol o'simliklarning shakllarining tuzilishiga ta'sir ko'rsatadi.
Atmosferaning gaz tarkibi – Vulqon atrofida birdaniga o'zgaradi. Hayvonlarda kislorod tarkibining pasayishiga moslashishi uning qonidagi gemoglobinning ortishi bilan bog'liq. Bu hayvonlar baland tog'larda yashaydi. O'simliklarning balandlikda yashashi, uning tkanida xlorofillning ortishiga bog'liq bo'lishi mumkin.



Download 424 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Download 424 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya

Download 424 Kb.