Rejasi:
1. Yer yuzida o'simliklarning tarqalish podsholiklari.
2.O'simliklarning tarqalish o’lkalari.
3. O'simliklarga ta'rif.
Quruqlikning floristik sistemalari R.Gud va A.L.Taxtadjyan, faunastik bo'linishi N.A.Bobrinskiy va V.G.Geptner tomonidan yaxshi ishlangan. Shulardan bizlar flora uchun A.L.Taxtadjyanning, fauna uchun esa V.G.Geptnerning sistemasini ko'rib chiqamiz. A.L.Taxtadjyan quruqlikni olti floristik podsholikka: Golarktik, Paleotropik, Neotropik, Kap, Avstraliya va Golantarktiklarga bo'ladi.
1. Golarktika podsholigi. O'z ichiga Evropa, Afrikaning Shimoliy bo'limini (Saxara, Araviya yarim orolini o'z ichiga oladi), uning Janubiy chegarasi Induga, Gimalayga yetadi. Shimoliy Amerikada u barcha tropiksiz bo'limni egallaydi, uning shimoliy chegarasi Meksika tog'laridan o'tadi. Bu podsholik quruqlikning yarmidan ko'pini egallaydi. 30 endem oilaga ega. Bunda magnoliyalar, lavralilar, lyutiklar, barbarislar, buklar, qayinlar, g'ozalar, gvozdikalar, soralar, grechixa, ivalar, atanaq gullilar, vereskalar, birinchi gullilar, malvalilar, molochaylar, atirgullilar, sobiqlilar, soyabonlilar, murakkab gullilar, liliyalar, sholilar, osokalar, g'allalar, qarag'ay, xvoylar yashaydi.
2. Paleotropika podsholigi. Afrikani (shimolidan tashqari) Madagaskar, Janubiy Osiyo, Tinch okeanning orollarini (Zond, Filippin, Yangi Gvineya, Gavaya va boshqalar) o'z ichiga oladi. 40 endem oilasi bor. Shularning ichida ma'lum to'rt turi (nepenteslar-hashorat bilan oziqlanuvchi nepentes turkumining vakillari, bananlar, pandanolilar va flagellyariyalar) yashaydi, annonolilar, ebenolilar, qovoqlar.
3. Neotropika podsholigi. Tropik Janubiy va markaziy Amerikani hamda Florida yarim orolining janubini o'z ichiga oladi. 25 endem oilasi bor. Umumiy turkumlar 450 dan kam emas. Passifloralilar, molochaylar, fitolakkalilar, niktaginolalilar, paslenlilar mirtolilar yashaydi.
4. Kap podsholigi. Juda kichik podsholik. Afrikaning shimolini, sharqda Port-Elizabet atrofini o'z ichiga oladi. 7 endem oilasiga ega 7000 tur hayot kechiradi. 280 dan ortiq turkumi (Shuning 210 tasi endem) o'zidan chiqqan. Florasi ikki tomondan kelib chiqqan. Oldinlari Gondvand materigi bilan tutash bo'lgan, proteyalar, restionolilar xarakterli, leukadendron turlari (kumush daraxt) bor. Shuningdek kunoniya, metrosideros, tseziya, todeya paporotnigi. Kap florasi dekorativ o'simliklarning shuning ichida piyozlar, tuynakli amarillis, kliviya, gladiolus va boshqalarning daragi.
|