• 3. Arktogeya
  • 1. Papuas kichik o’lkasi.
  • 2. Avstraliya kichik o’lkasi
  • 3. Yangi Zelandiya kichik o’lkasi
  • 4. Polineziya kichik o’lkasi
  • 5. Gavay kichik o’lkasi.
  • - ma'ruza.Quruqlikning faunistik bo'linishi




    Download 424 Kb.
    bet34/50
    Sana14.06.2024
    Hajmi424 Kb.
    #263569
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
    Bog'liq
    биогеография лекция узб

    10- ma'ruza.Quruqlikning faunistik bo'linishi.
    Rejasi:
    1. Notogeya podsholigining hayvonotlar dunyosi.
    2.Neogeya podsholigining hayvonotlar dunyosi.
    3.Arktogeya podsholigining hayvonotlar dunyosi.
    Bu sistemani biz V.G.Geptner bo'yicha o'rganamiz. U buni uch podsholikka bo'ladi.
    1. Notogeya. Bir o’lka-Avstraliyani o'z ichiga oladi. Xarakterli o'zgachaligi tuxum qo'yuvchilar, usti podsholik uchun endemik bo'lgan bir yo'llilarning bo'lishi xaltali sut emizuvchilarning ustunlik qilishi va yo'ldoshlilarning (kemiruvchilarning qo'shmaganda) yo'qolib ketishi misol bo'ladi.
    2. Neogeya. Bir o’lka-Neotropikani o'z ichiga oladi. Xarakterli farqi-tuxum qo'yuvchilar, bir yo'llilar yo'q, xaltalilarning ayrimlari bor va yo'ldoshli sut emizuvchilardan hasharot bilan oziqlanuvchilar umuman yo'q, to'liq emas tishlilarning har xil turlari tarqalgan. 3. Arktogeya. Boshqa qolgan quruqliklar kiradi. Bunda xaltalilar umuman yo'q, yo'ldoshlilarning esa har xil otryadi ustunlik qiladi. Bu podsholikka V.G.Geptner uch o’lkani- Efiopiya, Sharqiy yoki Indo-Malay va Golarktikani kiritadi.
    1. Avstraliya o’lkasi. Bu yerda tuxum qo'yuvchilar kichik sinfining ikki oilasi (o'rdak burunlilar va exidnalar) hamda xaltalilarning olti oilasi yashaydi. Yo'ldoshlilardan olib kelingan dingo itlaridan boshqa kemiruvchilarga juda boy. Bu yerda gidromid urug'doshlarning turlari, psevdomis turkumlarning turlari, zanjir dumli sichqonlar, kengurusimon sichqonlar (notomis) va alaman sichqonlar (konilurus) va boshqalar yashaydi. Endemik turlar Yangi Gvineyada, Solomon orollarida, Tasmaniyada uchraydi. Avstraliya o’lkasining chegarasi (Indomalay bilan chegarasi) "Uolles liniyasi" Bali va Lembok orollari orasidan o'tadi. Avstraliya o’lkasi beshta kichik o’lkaga: Papuas, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Polineziya, Gavayga bo'linadi.
    1. Papuas kichik o’lkasi. (Sulavesi, Timor yaqin orollari bilan Malukka orollari, Yangi Gvineya, Bismarka arxipelagi, boshqa mayda orollar va Avstraliyaning shimoliy bo'limi). Endemik turlari: exidnalar urug'doshidan proexidnalar turkumi, xaltalilarning ikki turkumi, kemiruvchilarning uch turkumi. Uchar itlar (8 turkumi endem) ning turlichaligi xarakterli. Qushlardan kilsiz kazuarlar katta oyoqli tovuqlar, ventsenosli kaptarlar, mitalar, shalashniklar; papugaylardan-qora kakadu, jannat qushlari, paradizka, pteridofora; daraxt kengurusi, kus-kus vangal mushugi, proexidna yashaydi.
    2. Avstraliya kichik o’lkasi. Avstraliyani (shimoliy bo'limidan ashqari) va Tasmaniya orolini o'z ichiga oladi. Xaltalilarning 6 oilaga, 34 turkumga kiruvchi 106 turi bor. Barchasi endemik. Faqat shu yerda xaltali chumolixo'rlar, xaltali kunitsalar, bo'rsiqlar, tiyinlar, sonlar, koala, vombatlar, dingo - xaltali bo'rilar, gigant kengurular, endem o'rdak tumshuqlilar: exidna, qushlardan-endem emu oilasi, lirodum (jannat qushi) baliqlardan endem ikki taraflama nafas oluvchi neotseratodlar yashaydi.
    3. Yangi Zelandiya kichik o’lkasi. Yangi Zelandiyaning shimoliy va janubiy orollaridan boshqa Oklend, Kempbell, Antipodalar va Chatem o’lkalari kiradi. Endemik turlari-polineziya sichqonlari, uchar sichqonning ikki turkumi. Qushlardan endem urug'doshga: kivi, keya va sovinli popugaylar, nobud bo'lgan deb hisoblangan, biroq saqlanib qolgan tog'li ko'llarning uchmaydigan sulton tovuqlari, guyya va stich qushlari, sudraluvchilardan: gatteriya faqat mayda orollarda saqlangan. Liopelma qurbaqasi endem hisoblangan.
    4. Polineziya kichik o’lkasi. Tinch okean satxining barcha subtropik va tropik orollarini o'z ichiga oladi. Faunada-uchinchi itlar, qushlardan strich-salanganlar, kaltakesaklardan-gekkonlar va stsinkalar, ilonlardan-tinch okean udavlari. Yangi Kaledoniyada endemik qush-kagu (monotipli oila vakili), qizilboshli medonos Samoada-tishli kaptarlar, iguan kaltakesaklari, polineziya olomonlari keng tarqalgan.
    5. Gavay kichik o’lkasi. Gavay orollari bilan himoyalangan endemik oila qush-tsvetochnitsalar, uzun dumli muxolovkalar, lori popugaylari va boshqa.

    Download 424 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




    Download 424 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - ma'ruza.Quruqlikning faunistik bo'linishi

    Download 424 Kb.