• 3. Orollarga odamlarning ta’siri.
  • kosmopolitizatsiya
  • Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya




    Download 424 Kb.
    bet42/50
    Sana14.06.2024
    Hajmi424 Kb.
    #263569
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
    Bog'liq
    биогеография лекция узб

    Topshiriq va savollar.
    1. Poyaslilik deganda nimani tushunasiz?
    2. Tog'larda organizmlarning tarqalishini qaysi omillar belgilaydi?
    3. Qisqa va keng poyasli tarqalishga ega organizmlarga qaysi organizmlar kiradi?


    13- ma'ruza.Oroldagi hayot
    Rejasi:
    1.Okean va materik orollari.
    2. Orollarga o'simlik va hayvonlarning qadam bosishi.
    3. Orollarga odamlarning ta’siri.
    Butun jahon okean orollari kelib chiqishi, kattaligi, balandligi bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Orollar okean va materik orollari bo'lib 2 ga bo'linadi. Okean orollari quruqlik bilan hechqachon bog'lanmagan, ular okean tubidan ko'tarilib chiqqan. Bularga koralli, vulqonli va skladchatli duga orollari kiradi. Materik orollari qit'a bilan oldin tutashgan bo'lib, biroq bir geologik davrda shu qit'adan ajralib qolgan bo'ladi. Okean va materik orollarida biotning rivojlanishi uchun sharoitlar har xil bo'lib keladi. Okean orollari o'zining vakillarini okeandan olgan, materik orollarining vakillari esa shu bo'lingan qit'a vakillariga o'xshash ya'ni bir xil bo'ladi. Oldingi vakillari nobud bo'lib, keyin uning o'rniga okeanda yashovchi vakillar keladi.
    Organizmlarning okean kengishligini egallash usullari qayday bo'ladi Bu savol bilan Ch.Darvin ham shug'ullangan edi. U "ko'pchilik o'simlik turlarining urug'lari o'zining ko'karuvchanligini uzoq vaqt saqlashini va ular orollarga okean oqimi bilan borib qolgan" deydi. Shu bilan bir qatorda ayrim o'simlik urug'lari qushlarning ichaklari bo'ladi, yana ular tuproq bo'laklari bilan aralashib qushlarning panjalari orqali va suzib yuruvchi daraxt poyalari orqali kelib qolgan bo'lishi mumkin. Ularning tarqalish omillariga yana shamollar, odamlar va uning transportlari kiradi. Shu bilan birga organizmlarning tarqalishi dengiz va atmosferaning sharoitidan, orollarning uzoqligidan bog'liq bo'ladi.
    Dj.Gressit va S.Ioshimoto (1963) har xil sistematik guruhga kiruvchi hayvonlarning tarqalish qobiliyatini aytib o'tadi. Ularning ko'rsatishicha reptiliyalar masalan, stsinkalar, gekkonlar va boshqa kaltakesaklar, ilonlar, shuningdek chuchuk suv baliqlari ko'pchilik orollarda (okean orollarida) yo'q. Umurtqasilar orasida okean orollarida hasharotlar, ikkinchi navbatda yer usti molyuskalari ustunlik qiladi. Sababi hasharotlar to'rt usul bilan (shamol, suzib yuruvchi daraxtlar, qushlar pati va panjasi hamda odam orqali) tarqaladi.
    Hasharotlarning qushlar orqali tarqalishi kamdan-kam bo'ladi. Shuningdek suzib keluvchi hasharotlar ham ko'p emas. Sababi, sho'r suv ularga noqulay ta'sir ko'rsatadi. Ko'pchilik hashorat turlari daraxt novdalari orqali tarqaladi. Masalan: chumolilar, termitlar va boshqa. Shamol bilan qo'ng'izlar, kapalaklar va boshqa hashoratlar, ularning qo'g'irchoqlari uchib keladi (ikki qanotlilar). Masalan, korabllardan ushlangan umurtqasizlarning 40-76,7% ni ikki qanotlilar tashkil qiladi.
    Amfibiyalar sho'r suvni ko'tara olmaydi. Shuning uchun ularning okean orqali tarqalishi cheklangan. Qalbaki o'simliklarning okean orqali tarqalishida tiriq qolishi juda kam uchraydi. Daraxt novdalari orqali epifitlar tarqalishi mumkin. Odatda o'simliklarning tarqalishi diasporalar yordamida amalga oshadi. Yengil urug'lar va sporalar shamol orqali uchib keladi. O'simliklarning tarqalishida ahamiyatli rolni odam bajaradi. Ularning ta'siri natijasida ko'pchilik o'simliklar kosmopolit bo'ladi.
    Materik orollarida organizmlarning tarqalishi uning hajmiga bog'liq bo'ladi. Masalan: bir qit'adan yaqinda ajralib chiqqan ikki orolning kattasida qit'adagi organizmlarning barchasi yoki ko'pchiligi sanalib qoladi, ikkinchi kichikroq orolda esa teskarisi.
    F.Darlington Antil orollari uchun orol hajmlari va amfibiya, reptiliya turlarining soni orasida quyidagi aloqani o'rnatdi: orol hajmlarining 10 marotaba qisqarishi - bunda yashovchi guruh tur sonining ikki barobar kamayishiga olib keladi.
    R.Mak-Artur va E.Vilson quyidagicha ko'rsatma beradi: "Orol faunasi qancha boy bo'lgani sari, ularning ichida siyrak turlar ko'p bo'ladi va ularning nobud bo'lishi tez yuzaga keladi". F.Darlington Antil orollari uchun orol hajmlari va amfibiya, reptiliya turlarining soni orasida quyidagi aloqani o'rnatdi: orol hajmlarining 10 marotaba qisqarishi - bunda yashovchi guruh tur sonining ikki barobar kamayishiga olib keladi.
    Qit'aga yaqin joylashgan orollar faunasi uzoq joylashgan orollar faunasiga qaraganda boy bo'ladi. Bu qonuniyat okean orollariga ham tegishli.
    F.Darlingtonning ko'rsatishicha agar 1000 osobning bir osobi 100 mil enlikdagi kengishlikni yaxshi kesib o'tsa, unda u ya'ni 1000 osobning bir osobi keyingi 100 mil oraliqni ham bosib o'tadi. Boshqacha qilib aytganda migrantlarning o'chog'idan 200 mil uzoqlikda joylashgan orolga faqat milliondan bir osob yetib boradi, qit'adan esa 300 mil uzoqlikda joylashgan orol - faqat 1000 milliondan biri (bir osob) hisoblanadi.
    Agar uzunasiga cho'zilgan orol qit'aga perpendikulyar joylashgan bo'lsa, unda organizmlarning orolga tarqalish imkoniyati ko'p bo'ladi, orolning uchi esa qit'a uchiga qarab joylashgan bo'lsa unda organizmlarning tarqalish imkoniyati oz bo'ladi. Kontinentallik kelib chiqishiga ega hajmi kichkina orollar yirik orollarga taqqoslaganda yangi (to'liq) okean faunaga ega bo'ladi.
    Kuchli shamollar (uragan) orollarga hayvon va o'simliklarni faqat olib kelib qo'ymasdan, shu bilan birga daraxtlarni yo'q qilib yuboradi. Tarqalish, dispersiya - bu faqat turning orolga joylashishining (maxkamlanishining)-birinchi bosqichi. Bundan keyin ular F.Forsbergning aytishicha etsezis stadiyasini ya'ni shu yerga moslashish stadiyasini o'tish kerak. Suv bo'ylari o'simliklari bu stadiyani yaxshi bosib o'tadi, baland tog' o'simliklariga bu qiyinchilikka uchraydi, hatto nobud ham bo'ladi.
    Orol biotalarining xarakterli belgisi - keluvchilarni asta-sekin olib kelish, joylashtirish bo'lib hisoblanadi.
    Orolga yangidan kelgan tur oldin kelgan tur bilan raqobatga kirishadi, biroq yengilib qoladi, sababi oldin kelganlar u yerga moslashib ulgurgan va guruhli turda raqobatlashadi. Shuningdek oldin kelgan yoki shu yerda yashayotgan tur yangi kelgan yoki shu yerda yashayotgan tur, yangi kelgan turga qulay sharoit yaratib beradi (masalan: oziq bo'ladi, boshpona bo'ladi va boshqa).
    Kolonizatsiyaning oxirgi bosqichi - organizmlarning birgalikda hayot kechirishiga moslashuv, etsezis stadiyasidan boshlab jamoalarning tashkil topishi (paydo bo'lishi) boshlanadi.
    Orollar uchun ularning biotalarining kosmopolitizatsiya jarayoni ahamiyatli. Orollarning kosmopolit vakillari hatto har xil iqlim zona va poyaslarda uchraydi. Butn jahon o'simlik kosmopolitlariga oqimlar orqali, qushlar, orasida - shamollar orqali tarqalgan turlar kiradi. Odam oroldan orollarga sayohat qilib kosmopolitizatsiya jarayonini tezlatadi.
    Orollarda qadam bosiz tezligi juda katta xissa. F.Fosbergning aniqlashicha Gavay orollarida o'simliklarning yaxshi kolonizatsiyalanishi (qo'nim topishi) o'rtacha 20-30 ming yilda bir marta bo'ladi. Biroq bu tezlik barcha orollar uchun bir xil emas. Yoziq orollarda bir kolonizatsiya tezligi 200-300 yil, Nauru orollarida esa 1000 yil - Okean kelib chiqishiga ega orollar - biogen (koralli), vulqonli va geosinklinal bo'lishi mumkin.
    Okeanlik kelib chiqishiga ega orollar uchun flora va faunaning paydo bo'lishining ikki tipii mavjud: birinchisi reliktli - bu ma'lum bir arxipelagning ayrim orollaridagi qadimgi fauna va floraning u yoki bu turlarining yo'q bo'lib ketishi va ularning boshqa orollarda saqlanishi natijasida yuzaga keladi. Ikkinchi tipi - immigratsiion - ularga asta-sekin turkum shakllar kelib tushadi. Tur paydo bo'lish jarayoni orollarda qoida bo'yicha qit'alarga qaraganda tez yuz beradi. Tur paydo bo'lish jarayoni orolning tabiatining har xil ekanligiga bog'liq bo'ladi, shu bilan bir qatorda orol hajmiga ham bog'liq bo'ladi.
    Endemizm darajasi qoida bo'yicha orol va unga yaqin qit'a orasidagi masofaga bog'liq bo'ladi. Eng oxirida endemizm miqdori orollarning ekologik sharoitiga bog'liq bo'ladi.
    Orollarda u yoki bu guruh vakillarining gigant yoki irgejeyli shakllari tez uchrashib turadi. Buning sababi aniqlanmagan. Shuningdek orollarda uchmaydigan qushlar va hashoratlar ham uchraydi. Uchmaydigan qushlar turining kelib chiqishida bosh rolni orolda ularni ovlovchi (oziqlanuvchi) sut emizuvchilarning yo'qligi bajaradi. Hashoratlarda esa kuchli shamollar bosh rolni bajaradi.
    Orollarning o'simlik va hayvonot dunyosi antropogen tasirida tez qirilib ketadi. Sababi u izolyatsiyalangan (bo'laklangan). Ayrim vaqtlarda bu jarayon qaytmas bo'ladi. Masalan: Komandor oroli qirg'oqlarida yashagan Stellar dengiz sigiri, qanotsiz chistik (O.Nyufawndlend) moa (Yangi Zelandiya), dront va boshqalar.
    Shuning bilan birga orolga odamlarning boshqa hayvonlarni olib kelishi ham shu orolning o'simlik va hayvonot dunyosiga teskari ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunga misol juda ko'p. Echkilar ko'plab orollarda (Sharofatli Elena) o'simliklarning ko'pchilik turlarini yo'q qilib yubordi. Avstraliyadan Yangi Zelandiyaga olib borilgan o'simlikxo'r, xaltali opossum bu yerning ko'pchilik tumanlarining o'rmonlarini yo'q qildi. Sichqonlar (alamanlar) ham faunaga ma'lum darajada zarar keltiradi. Ulr qushlarning tuxumini va uyasini yo'q qiladi. Masalan, ular Raul orolidagi (Kermadek arxipelagi) kermadek chag'allasini to'liq yo'q qilib yuborgan.
    Yovvoyi cho'chqalar ham hayvonotlar dunyosiga katta zarar keltiradi. Yangi Zelandiyada ular monotipli endemik otryad vakili bo'lgan - gatteriyani, uchmaydigan qush - kivani va sovi popugayini yo'q qildi.
    Shuning uchun orolga u yoki bu o'simlik va hayvon turini olib kelmasdan oldin shu turning eklogiyasini o'rganib olish kerak.



    Download 424 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




    Download 424 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya

    Download 424 Kb.