|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 41/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбTopshiriq va savollar.
1. Zonal, introzonal va ekstrozonal oilalar degan nima?
2. Tundra va Taygada qanday o'simlik va hayvonlar yashaydi?
3. O'rmon, dala va chala cho'l zonasiga ta'rif bering
4. Cho'l va namli tropik o'rmonlar zonasida qanday hayvonlar yashaydi?
12- ma'ruza. Yer usti organizmlarining tik poyas bo'ylab tarqalishi.
Rejasi:
1. Poyaslilik, poyas ichidagi va poyasdan tashqarii jamiyatlari.
2. Har xil geografik muhitdagi tog'larning o'simlik va hayvonotlarning tirikchiligi.
Quruqlik biomi jamoalarining tik joylashishisiz to'liq bo'lmaydi. Tog'larning o'simlik va hayvonotlar qatlami tog'ning etagidan boshlanib, uning usha cho'qqisigacha tarqalib poyaslarning almashishi bilan xarakterlanib turadi. Tekisliklarda o'simlik va hayvonlarning issiq o'lkadan sovuq o'lkaga o'rin almashishini zona deb atasak, tog'larda analogik polosalar poyaslar deb ataladi, bu orasida "vertikal poyaslilik" deb ataladi.
K.V.Stanyukovichning ko'rsatmasiga ko'ra: "o'simlik poyasi" deganda-bir tip yoki ketma-ket keluvchi (qonuniy) bir necha o'simlik tiplaridan tog'lardagi keng va bir tekli gorizontal polosalarni tushunamiz.
Keng qatlamli zonalari va balandlik poyaslari jamoalar ichida printsipial o'zgachaliklar bo'ladi: - keng qatlamli zonalari eni - 100 lagan km bilan o'lchanadi, balandlik poyasining eni esa - 100 lagan m, orasida km bilan o'lchanadi.
Keng qatlamli zonaligi va balandlik poyaslilikning xususiyatini aniqlovchi omillar har xil bo'ladi. Zonal va tik poyaslar uchun umumiy belgilar temperatura rejimi va namlik hisoblanadi, biroq tik poyaslarda ko'tarilgan sari atmosfera bosimi va kislorodning partsial bosimi pasayip boraveradi, keng qatlamli zonalar uchun esa - fotoperiodizm xarakterli.
Tekislikda zonal jamoalardan boshqa ekstrozonal va introzonal jamoalar bor. Xuddi shunday tog'larda ham poyasdan tashqarii va poyaslar orasidagi jamoalar tashkil qilingan. Ma'lum bir bir poyasdan yuqori yoki quyi joylashib, qandaydir bir poyaslar sharoitlari bilan bog'liq va qulay sharoitlarga ega organizmlar poyasdan tashqarii jamoalar deb ataladi. Masalan, tog'dagi o'rmon poyasidagi dala uchastkalari va boshqalar.
Tog'ning hech bir joyida "o'zining poyasini tuzmovchi, bir necha yoki ko'plab poyaslarda uchiruvchi jamoalar poyaslar ichidagi jamoalar deb ataladi.
Masalan, g'or jamoalari, tog' daryolari bo'yidagi jamoalar va boshqalar. Bular shu joylashgan poyasning ayrim xususiyatlariga ega bo'lib va o'zining poyaslar orasidagi xarakterini saqlaydi.
Tog'larda har xil jamoalarning tarqalishida tog' zotlarining xarakteri katta o'rinni egallaydi: Masalan, izvestnyaklarning, granitlarning o'simliklari birdan ayriladi (keskin). Jamoalarning tarqalishi yana tik jarlik darajasi ekspozitsiyasi bilan aniqlanadi. Qoida bo'yicha shimoliy yarim sharda janub yonbarg'ir jamoalari issiqlik va qurg'oqlikni sevgiya keladi, sovuqqa chidamli va nam sevarlar - bular shimoliy yonbag'ir jamoalar hisoblanadi. Janubiy yarim sharda jamoalarning tarqalishi qarama-qarshi sharoitda. G'arb va Sharq yonbag'irlarning mezzo iqlimi ustunlik qiluvchi shamollarning tsirkulyatsiyasi bilan bog'liq bo'ladi.
Ko'pchilik tog'li joylarda poyaslarning o'rin almashinishi (inversiya) va pasayishi seziladi. Poyaslarning inversiyasi sovuq havo massalarining pasayishi bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, Sayan yonbag'irlarining qayinlar-erniklarning rivojlanishi faqat gungirt nina bargli o'rmon poyasining ustida emas, balki bu o'rmonlarning ostida ham o'sadi. Bunday inversiyalar Shimoliy Ural, Janubiy Altay, Pribaykale va boshqalarda uchraydi.
Nam iqlimli joylarning tog'larida har xil ekspozitsiya yonbag'irlarini faqat bir biomli poyas xarakterlaydi (Alpdagi buklar yoki sirchalar poyasi, Sharqiy Sibirdagi daur listvennitsa poyasi). Qurg'oq yoki o'rtacha namli iqlim joylarning tog'larida poyaslarning turlichaligi kuzatiladi. Masalan, Zailiya Olatog'ning alp poyasida alp yaylovi va alp sahrosi hamda archalar, ivalar jamiyati bor. Tyan-Shan tog' tizmasining shimol yonbag'irlarida sirchalar o'rmoni rivojlangan, janub yonbag'irlarida esa shu balandlikda-sahroni (maydonlikni) uchratamiz.
Har xil qit'alardagi yoki bir-biridan o'zgacha regiondagi bir tipli poyaslarning floristik xususiyatlari har xil bo'lib keladi, biroq ular joylashgan yerning hayot shakllarining yig'indisi o'xshash bo'ladi.
Poyaslarning balandlik chegarasi orasidagi oraliqlar har xil bo'ladi. Ular: a) vertikal hayot kechirishning iqlimiy sharoitlarning almashish tezligiga. b) poyasning asosiy jamiyatini tashkil qiluvchi, ustulik qiluvchi o'simlik turlarining ekologik amplituda tebralishiga bog'liq bo'ladi. Poyaslar chegarasida odatda u yoki bu darajada kontinual paydo boladi. Masalan, baland tog'larda o'rmonsiz, o'simliklardan keyin birinchi ayrim bo'lak-bo'lak daraxtlar paydo bo'ladi, so'ngra ularning zichligi kattalashadi, eng oxirida ular zich o'rmon jamiyatiga aylanadi.
Tog' va namli tropik o'rmon tekisliklarining hayot shakllari yig'indisi juda o'xshash bo'ladi. Kunduzi yuqori temperatura tuproqning qattiq qizib ketishiga olib keladi. Shuning uchun tuproq temperaturasi havo temperaturasidan yuqori bo'ladi, kechasi keskin tushib ketadi. Keyinchalik baland tog'larda kapalaklar kunduzgi shaklga ega bo'ladi. Tuproqning yuqori temperaturaligi qo'ng'iz va o'rgimchaklarning tog'ning yuqori yuziga qarab hatto abadiy muzlik (qorli) yerlarga ketishiga majburlaydi. Kuchli shamollar hayvonlarning yurishiga-uchishiga to'sqinlik qiladi. Ular shamollardan berkinadi. Baland tog'larning tiriklik sharoitlari pessimal bo'ladi. Turlarning tabiat tarafidan qat'iy tanlashi yuz beradi, keyinchalik regionlarning hayvonlarining turlik tarkibi bir xil bo'ladi.
Bizlar tog'larda keng poyasli tarqalishga, ko'pchilik balandlik poyaslarga ega bo'lgan va qisqa poyasli, ma'lum bir bir poyasga ega bo'lgan turlarni uchratamiz. Baland tog'larning vakillari keyingi tipga kiradi. Birinchi tirning vakillari evribiont yoki evrifag bo'lishi mumkin (polevkalar, ko'pchilik qushlar) yoki har xil vaqtda pishib yetiluvchi o'simlik urug'lari bilan oziqlanuvchi turlar bo'lishi mumkin (bular evrifag emas). Masalan, Kolibri qushi bir poyasdan 2-chi poyasga o'tib gullarni yeydi.
Umurtqasizlardan muz burgalari qisqa poyasli tarqalishga ega. Ular nina bargli daraxtlarning yerga tushgan changchilari bilan oziqlanadi. Baland tog'liklar uchun har xil tuyoqlilar-tog'-qo'chqorlari, echkilari, Janubiy Amerikada-suylin turlari, o'rkachsiz tuyalar xarakterli. Baland tog'larning faunasining jarliligi quyidagi misoldan namoyon bo'ladi Tirolda (Avstriya) chuqurliklarda yashovchi 240 turli mollyuskalarning alp poyasida 80 turi, qorli nival poyasida 8 turi yashaydi. Nina bargli o'rmonlarda yashovchi 97 turli kapalaklarning Shveytsariyadagi Alp tog'ining baland butalari va alp yaylovli poyasida 27 turi, subnival poyasida esa faqat 8 turi yashaydi.
Qushlardan (qisqa poyasli tarqalishga ega) Kavkaz, O'rta va Markaziy Osiyodagi tog'larning indeykalari (ularlar) kiradi. Baland tog'larda hayvonlarda qishgi uyquga va boshqalarga instinkt rivojlanadi.
Tog' o'simlik va hayvonlar qatlamini o'rganish ilk bor Alp tog'ida boshlandi va tez o'tdi. Shunga bog'liq balandlik poyasi haqida atamalar (subalpli, alpli) paydo bo'ldi. Keyin bu barcha tog'larda qo'llanila boshladi. So'ngra K.V.Stanyukovich poyas tiplari haqida tushuncha yaratdi. Poyas tiplarining bo'linishi birinchi navbatda o'simliklar va hayvonotlar xarakteri bo'yicha, iqlim sharoiti va landshaftli-xojalik, landshaftli-geomorfologik xususiyatiga bog'liq. Shuning bilan bir qatorda namlik sharoitlari o'xshash, biroq temperatura rejimi bo'yicha farqlanadigan poyaslarni bo'lib qarasak bo'ladi.
K.Troll Arktikadan Antarktikagacha bo'lgan tog' poyas tiplarining o'zgarishining vertikal profilini tuzib chiqdi. Uning fikricha, bu sxema nam iqlimli o'lkalarning baandligi poyaslarining xususiyatlarini ko'rsatadi.
Yer sharidagi har xil zonalarning poyaslar tiplarining turliligining (farqining) sabablari birinchi navbatda har xil kenglikdagi tog'larning har xil balandlikdagi iqlim o'zgachaligiga bog'liq.
Shimoliy yarim sharning o'rtacha poyasining Arktikadagi baland tog'larning o'xshashligi-bu vegetatsion davrning qisqaligida ko'rinadi. Janubiy yarim shar o'rtacha poyasning tog'li sistemalarining poyasliligi tropika shimoliy yarim shar bilan o'xshash bo'ladi. Bu janubiy yarim shar tog'larda havoning namligi shimolga qaraganda yuqori bo'lishiga bog'liq. Janubiy Amerikalik And tog'larida hattoki subarktikalik va tropik regionlarning o'simliklari orasida fizionomik va floristik o'xshashlik seziladi. Qurg'oq regionlarda bu qonuniyatlar biroz o'zgaradi. Sahroda havoning namligi yuqorilagandan keyin biroz yuqorilaydi, poyaslik nozik va faqat temperatur rejimi bilan aniqlanadi.
Har xil joylardagi qolgan tik poyas tip xususiyatlari bilan tanishib o'tamiz. Evraziyaning shimoliy tayga kichik zonalari uchun quyidagi poyaslarning almashinishi xarakterli: 1) O'rmonli poyas, Xibindagi sirchali-qarag'ay-qayinli, Chukotkadagi bargli-qayinli poyas 2) Xibindagi qiyshiq o'rmonli qayinlar va Chukotkadagi toshli qayinlar poyasi; 3) qayin erniklarining yoki kedr stlaniklar poyasi 4) Tog'li tundra poyasi 5) toshli sahrolar poyasi.
Poyaslilikning yaqin tipi shimoliy taygada ham kuzatiladi, masalan: O'rta Uralda nina bargli o'rmonlar, qayinli o'rmonlar, subalpli yaylovlar va stlaniklar tundralar va alpli yaylovlar.
Keng bargli o'rmonlar zonasida joylashgan tog'larda keng bargli o'rmonlar, aralash tog'alar (ayrim tog'li joylarda yo'q), nina bargli o'rmonlar, subalpli yaylovlar, alpli yaylovlar bir-birini almashtiradi. O'rmonning yuqori chegarasida juda tor poyas butalar rododenronlar, butali olxalar va boshqalar rivojlangan.
Kserofil sharoitlar uchun quyidagi poyaslar xarakterli. Masalan, Osiyoda dala, o'rmonli dala, o'rmonli subalpli, stlanikli-yaylovli poyas va alp yaylovli tundra poyasi (moxli-lishaynikli, alag'at, butali).
Subtropik va tropik tog'lar poyasiga misol bo'lib Ximalay tog'i xizmat qiladi. Unda o'rmon poyasining juda boy ekanligi ko'rinadi. Uning janub yonbag'ir etagida tropik o'rmonlar, yuqorisida polidominantli o'rmonlar (o'rtacha poyasga xos), undan yuqorida nina bargli o'rmonlar poyasi o'sadi. Barcha subtropik tog'lar uchun yuqori poyasdagi rododendronlarning barchasi, o'rmonlar yuqori chegarada butalar bilan, undan yuqorida mayda butachalar bilan almashadi.
Ximalay tog'ida muzlik davrining boshlanishining quyidagi chegarasi 1800-2000 m dan boshlanadi. Ushbu balandlikda o'rmonlarda birinchi xvoyli porodolar paydo bo'ladi, 3000-3800 m balandlikda esa pixta, sircha va boshqa porodalardan tashkil topgan yangi nina bargli o'rmonlar rivojlangan. Bu o'rmonlar tubida kalta bo'yli bambuklar, o'simlik qatlamida esa boreal o'rmon vakillari bo'lgan kislitsa o'sadi. Subalpli va alp poyasda yaylovli jamoalar bilan birgalikda qurg'oq sharoitda 5000 m balandlikda podushechniklar uchraydi. Shu yerda 5700 m balandlikdan "qorli liniya" (qor chizig'i) o'tadi.
Tropik Andlar poyaslar sistemasi tropik va ekvatorial o'lkalar tog'lar sistemasiga o'xshash bo'ladi. And tog'larining yonbag'irlaridan 1000 m balandlikkacha namli tropik o'rmonlar yashaydi. Undan yuqorida ularning turlik tarkibi almashib xin daraxtlari, bambuklar va daraxt paporotniklar ko'payadi. Bular tog' nam tropik o'rmonlari. 2000-3000 m dan 3800 m balandlikkacha nefelogileyalar jamoasi rivojlanadi.Ular tropik o'rmonlarga taqqoslaganda kalta bo'ladi. Ularda emerdjentlar bo'lmaydi. Ayniqsa, bu o'rmonlarda lianlar va epifitlar ko'p bo'ladi (moxlar, gimenofilli paporotniklar), bu yerda havoning namligi yuqori bo'ladi. Shu bilan bir qatorda bu yerda epifit va moxlardan boshqa orxideyalar o'sadi, orasida selaginellalyar ustunlik qiladi. Nefelogileyalarning yuqori tarafida irgejeyli bambuklar va ejevikalar o'sadi. 3000-3800 m dan 4500 m balandlikkacha paramos jamoalari o'sadi. Bu yerda ob-havo har xil bo'ladi. Yomg'irli shamollar orasida qorlar xohlagan vaqtda bo'lib turadi. O'simliklar qo'ng'ir rangda bo'ladi. Quyosh nuri tik va ochiq tusda. O'simliklari kseromorf. Bu yerde paramos daraxtlardan murakkab gullilar oilasiga mansub - "monashkalar" yashaydi. Ulrning balandligi 2-5 m bo'lib, shoxlari qalin bo'ladi. Ular bir-biridan bir necha metr ochiqlikda o'sadi. Bundan tashqari tussok tipiga mansub g'allalar: seleu yashaydi.
Markaziy Andda (Peru) uch poyas bor. Quyidagi poyas-serra. Bu birlashgan savanna bo'lib g'allalar ustunligi daraxtlar bilan almashadi. Ular 4000 m balandlikda puna bilan almashadi (4-10 m balandligi). Ularning ichida krupka, polevitsa, astragal, geran, fialka, gorechavka, valeriana. Qurg'oq punada qurg'oqchilik davri 7 oy davom etadi. Kuchli shamol esadi, sovuq temperatura 300С ga yetadi. Murakkab gullilar urug'doshiga kiruvchi mangu yashil buta-tola, shuningdek boshqa kaktus, saksovul, veyniklar o'sadi. Yillik yog'ingarchilik 100 mm dan past yerlarda sho'rli puna boshlanib, u yerda o'simliklar yo'q hisobi, faqat ayrim yerlarda sho'rga chidamli o'simlik turlari-lebeda, triostrennik, nitrofila, kuzmich o'simligi va boshqalar o'sadi.
Afrikada poyaslar tipi Markaziy Andga yaqin keladi. Janubiy yarim shar balandlik poyasligi shimoliy yarim shar o'rtacha poyasidan ajralib turadi.
|
| |