|
Rejasi:
1. Zonal, introzonal, ekstrozonal jamoalari
|
bet | 38/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбRejasi:
1. Zonal, introzonal, ekstrozonal jamoalari.
2. Yer yuzining asosiy biomlariga (sovuq sahrolar, tundralar, o'rmonlar, dalalar va boshqalar) ta'rifi.
Iqlimiy omillar natijasida biomlarning zonal xususiyatlari kelib chiqdi. Zonalar o'simlik va hayvonot qatlami bo'yicha har xil. Ular regional farqlanadi.
Zonal jamoalar birgalikda introzonal va ekstrozonal jamoalari bor. Introzonal jamoalar deb - o'zining zonasini hech qayerda tuzmaydigan, biroq bir necha va undan ham ko'p zonalarda uchrovchi turlarga aytiladi. Yirik biotsenotik bosqichlar - o'simlik tiplari (o'tloq, botqoqlik) barcha zonalarda uchraydi. Kichik bosqichlarning tarqalishi (mis, formatsiya sinflari) bir necha zonalar bilan chegaralanadi. Masalan, sfagnumli, papirusli botqoqliklar va boshqalar. Ekstrozonal o'simlik va hayvonotlar ma'lum bir zona chegarasida (tashqarisida) zonal jamoalarni tashkil qiladi, biroq "o'zining" zonasidan chiqib zonasiz sharoitlarga ham moslashgan. Masalan, o'zgacha zonani tashkil etuvchi keng bargli o'rmonlar cho'lda suv bo'limlarida uchramasdan tekislikdagi daryo qirg'oqlarida uchraydi va cho'l balkalarida uchraydi. Keyinchalik ular bayrachli o'rmonlarni tashkil qiladi. Endilikda yer yuzidagi asosiy zonal jamoalarga ta'rif berib o'tamiz.
1. Sovuq (polyar) sahrolar. O'simliklar to'liq qatlam tuzmaydi. Bu yerda qor bo'ladi, kuchli shamollar esib turadi. O'simliklar to'shalib o'sadi. (toshlar orasida). O'simliklar ayniqsa qushlar in qurgan joylarda ("qush bozorlari") ko'plab bo'ladi. Qushlardan punochka, laplend podorojnigi, chistiklar (lyuriklar, tupiklar), chaykalar, gaga, pingvinlar, burgomistrlar, kuliklar, rjankalar va boshqalar yashaydi. Pingvinlar balalarini muz yoki qor ustida tug'adi. Sut emizuvchilardan lemminglarning ayrim turlari yashaydi, biroq ularning soni katta emas. O'simliklarning lishaynik va moxlar, gullardan sinyuxa, mak va boshqalar yashaydi. Bu o'simliklarning changlanishida shmellar va ikki qanotlilar qatnashadi. Ozuqa zanjiri qisqa. Arktika sahosida fitomassalarning jamg'armasi 2,5-50 tsG'/ga yillik mahsulot esa -10 ts/ga dan kam. (Bazilevich va Rodin bo'yicha, 1967).
2. Tundralar sovuq sharoitga ega. Vegetatsion davr qisqa 2-2,5 oy. Yog'ingarchilik yiliga 200-300 mm. Sovuq, kuchli shamol bilan birga yerda qor yotadi. Hattoki yozda tungi temperatura 00 dan pasayib ketadi. Muz shaxar yozning hoxlagan kunida bo'ladi. Ko'p yillik muzshaxar torfli tuproqda 40-50 sm orqa tomonlarida 1 m chuqurlikkacha boradi. Relefi tekis bo'lmaydi. Tundrada daraxtlar o'smaydi. Lishaynik va moxlar o'sadi. Lishayniklar juda kalta bo'ladi. Masalan, V.N.Andreeva ma'lumotlariga ko'ra Kladoniyaning yillik o'simi 3,7-4,7 mm ga, tsetrariy -5,0-6,3 mm ga yetadi. Shuning uchun tovuslar bu yerda har doim yashay olmaydi. Tundrada sfagnum moxi o'sadi. O'simlik dunyosi juda jarli. Butachalardan kaklik cho'pi, kassiopeya, brusnika, voronika (qishda yaprog'i yashil); qishda yaprog'ini to'kuvchi butachalardan-chernika, karlik qayin, karlik iva o'sadi.
|
| |