|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 35/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узб2. Neotropika o’lkasi o'z ichiga Janubiy Amerika qit'asini, markaziy Amerikaning shuningdek Vest-Indiya, Galapagos, Xuan-Fernandes, olovli yer va Folklend orollarini oladi. Faunasi juda xilma-xil. Qo'l qanotlilarning endem oilalari, shular ichida listonoslar (vampirlar), uchinchi itlarning yo'qligi bilan xarakterlanadi. Xaltali sut emizuvchilardan tsenolestolilar va endemik opussumlar yashaydi. Keng tanovlilar kichik otryadining maymunlari endem bo'lib keng tarqalgan. To'liq emas tishlilarning uch oilasi - lenivetslar, bronenostslar va chumolixo'rlar bor. Kemiruvchilar juda xilma-xil: dikobraz, dengiz cho'chqalari, aguti (oltin quyon), Tuko-tuko, nutriya, viskashi, momiq junli shinshillalar va boshqa, xashoratxo'rlar kam, faqat shimoliy qismlarida shelezub, blarina yumronqozig'i va burozubka, Tuyoqlilardan- tapirlar, pekar cho'chqalari, o'rkachsiz tuya lamalar, mayda suvin-mazamalar, yirtqichlardan-yaguarlar, otselot, grivist?y bo'ri, kustoli it, enotlar, nosuxlar, ko'zoynakli ayiqlar tarqalgan. Qushlardan kilsiz nandu, shuningdek tinamu, kraks tovuqlari, palamedey g'ozlari, amerika tazg'aralari (kondor), tukanlar (pertseyadlar), tanagralar endemik hisoblanadi. Neotropika o’lkasi - kolibrilarning markazi. Kaltakesaklardan iguanlar, ilonlardan - boa va korallus turkumidan bo'g'malar, shuningdek katta anakondalar xarakterli. Zaharli ilonlardan jararaka va bushmeyster oddiy sonda, shaqildoq ilonlar (gremuchie zmei) bor. Toshbaqalardan yonbosh bo'yinlilarning xilma-xilligi xarakterli. Haqiqiy timsoxlarga alligatorlar kiradi. Kaymonlar endemik hisoblanadi. Yer-suv hayvonlaridan ayniqsa kvakshalar keng tarqalgan, jabalar ko'p, tilsiz qurbaqa - pipalar yashaydi. Haqiqiy qurbaqalar kam, ular faqat shimolda uchraydi. Chuchuk suv baliqlaridan ikki taraflama nafas oluvchi baliq - tseratod endemik. Bu o’lka to'rt kichik o’lkaga bo'linadi.
1. Markaziy Amerika kichik o’lkasi: Tapirlar, tinamu (endem turkum) iguana vasilisk (kaltakesak) podsho grif, zanjir jumli, opossum, o'rgimchaksimon maymun, yaguar va boshqalar yashaydi.
|
| |