- ma'ruza. Yer shari suvlaridagi hayot




Download 424 Kb.
bet43/50
Sana14.06.2024
Hajmi424 Kb.
#263569
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
биогеография лекция узб

14- ma'ruza. Yer shari suvlaridagi hayot.
Rejasi:
1. Ichki suv havzalaridagi hayot.
2. Okeandagi hayot.
3. Okeanning ekologik o'lkalari.
4. Okeanning biogeografik tumanlari.
Ichki suv havzasining ikki tipi mavjud: 1. Oqmaydigan (ko'llar, botqoqliklar, suv omborlari). 2. Oqar suvlar (daryolar, salmalar va boshqa)
Oqar suv havzasi chuchuk suvga ega bo'ladi, oqmaydigan suv havzasi esa tuzli tarkibi, miqdori bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Tikonli baliq 59F gacha tuzli suvda yashaydi; engidra pashshasining lichinkalari va qo'g'irchoqlari 120-160F gacha; ko'llarda yashovchi chayon Artemia Salina 220 F sho'rlikda ham yashay oladi.
Suvning qattiqligi - bu ham suv organizmlariga ta'sir qilib turadi. Masalan: chuchuk suv gubkalari va mshankalari qattiq suvlarda mollyuskalar esa yumshoq suvlarda hayot kechiradi. Qattiq suvga ega suv havzalar izvestnyak va dolomitlar rivojlangan tumanlarda bo'ladi.
Chuchuk suv vakillarining tana suyuqligi gipretoniyali ya'ni ularning tuzlarining kontsentratsiyasi ular yashaydigan suv kontsentratsiyasga qaraganda yuqori bo'ladi. Osmos qonuni bo'yicha ularni o'rab turgan suv ularning tanasiga kirishga urunadi. Bundan qutilish uchun chuchuk suv vakillari suv o'tkazmaydigan qobiqqa yoki tanadagi suvni bo'lib chiqaruvchi maxsus qobiliyatga (soddalilardagi qisqaruvchi vakuollar, baliqlarning buyraklari va boshqalar). Chuchuk suvda hayot kechirishning manna shunday qiyinchiliklarga bog'liq dengiz hayvonlarining ko'pchilik tiplari shuning uchun ichki suv havzalarida yashay olmasligi mumkin.
Tuzli suvlarning vakillarining tana suyuqligi (shuning ichida okean vakillarining) izotonyali yoki nozik gipotoniyali (atrof muhitiga qaraganda teng yoki qisqa tuz kontsentratsiyasiga ega) bo'ladi, bu suvning vakillari maxsus moslashuvchanlikka ega ya'ni ortiqcha tuzlar (keragidan ortiq) suvga bo'lib chiqaradi.
Ichki suv havzalarda organik moddalarning miqdori va ular bilan bog'liq erigan kislorodning miqdori keskin ko'rinib turadi. Botqoqliklar bilan bog'liq bo'lgan gumin kislotasiga boy suv havzalar qoramtir ranga ega bo'ladi. Ularning qirg'oqlari torfli, suvning kislotaligi yuqori bo'ladi. Organik dunyosi jarli bo'ladi. Asta-sekin ular botqoqlika aylanadi. Ichki suvlarda organik moddalarning miqdorining o'sishi suvning "gullashi" ga olib keladi. Natijada kislorod zaxirasi kamayadi. Ko'pchilik baliqlar va umurtqassiz hayvonlar nobud bo'ladi. Suv havzalarining bunday ifloslanishi antropogen ta'sir natijasida ham bo'lishi mumkin. Kislorod miqdori boshqalarga qaraganda tez oqar daryo va kanallarda ko'p bo'ladi.
Ichki suv havzalarida temperatura rejimi birinchi navbatda shu tumanning umumiy iqlim sharoitlari bilan bog'liq bo'ladi.
Yozda o'rtacha poyasning ko'llarining suv yuzasi qattiq qizadi, shuning uchun suv tsirkulyatsiyasi faqat yuqorgi issiq qatlamda kechadi. Suvning yuqori qatlami - epilimnion va chuqur qatlami - gipolimnion orasida temperatura sakrash qatlami - termoklin tuziladi. Sovuq ob-havo kelishi va epilimnion va gipolimnionda temperatura tenglashishi bilan suvning kuzgi aralashuvi yuz beradi. Qishda kislorod zaxirasi kamayadi. Agar muz qalin qor bilan qoplansa, ko'lda fotosintez sodir bo'lmaydi, kislorod tugab va baliqlarning qishki och bo'lishi baslanadi. Yozda gipolimnionda kislorodning yetishmasligi buzuvchi moddalarning miqdori va termoklin chuqurligiga bog'liq bo'ladi. Yuqori xosildorli ko'llarda organik moddalar yuqori qatlamdan gipolimnionga o'tadi (ko'p miqdorda).
Sovuq joylarda suv 5 oy davomida muz bilan qaplanib turadi. Subtropik mintaqalarda suvning teperaturasi 4 С dan pasaymaydi va fqat bir qishki suvning aralashuvi bo'ladi.
Issiq nuqtalarda suv temperaturasi uning qaynash temperaturasigacha borishi mumkin, 55 ten 81 S temperaturada ko'k-yashil vodorosllar, bakteriyalar, ayrim suv omurtqasizlari va baliqlar yashaydi. Ko'pchilik issiq suv havza vakillari 45 S dan yuqori temperaturani ko'tara olmaydi va o'zining stenotermli turlardan tuzilgan biotani tashkil qiladi. Suv harakati to'lqinlar va oqimlarda ko'rinadi. To'lqinlar faqat yirik ko'llarda bo'ladi.
Suv havza vakillari reofil (tez oquvchi daryo va salmalarda) va limnofil (turib qolgan suvlar, ko'llarda) bo'lib bo'linadi. Reofil turlar har xil moslashishga ega bo'lib, kuchli oqimga qarshi turadigan, kuchli muskulaturaga ega bo'ladi. Limnofil baliq turlari yon tarafdan qisilgan bo'ladi. Daryo va salmalarda tog'larda qattiq oqimga ega bo'ladi, tekislikka chiqqandan keyin esa ulrning oqimi sekinlashib qoladi.
O'simlik va hayvonlarning yashash sharoitlariga qarab suv havzalar bir-necha tiplarga: oligotorfli (ozuqaviy resurslari jarli); mezotrofli (o'rtacha ozuqa fondiga ega) va evtrofli (ozuqaviy resurslarga boy) bo'lib bo'linadi.
Oligotrofli, kam oziqlik ko'llar litoral o'simlik qatlamiga, jarli plankton qatnashiga, kam birlamchi maxsulotga ega bo'ladi. Bu ko'llarning gipolimnionida "gullash" bo'lmaydi. Ularning chuqur o'lkalarida stenotermli sovuq sevar baliqlar, shuning ichida ko'l foreli, sigi yashaydi. Bu ko'l tiplariga chuqur eski ko'llar - Baykal, Tanganika, Oxrida vaboshqalar kiradi. Baykal ko'li endem turlarga juda boy: 98F bo'g'in oyoqlilar turlari, baliq turlarining 81F i yashaydi. Endemik turlarga Tanganika ko'li (Afrika) ham juda boy (75F).
Evtrofli, yuqori ozuqaviy ko'llar oligotrofga qaraganda kichik chuqurlikka ega bo'ladi. Litoral o'simlik qatlami yaxshi rivojlangan, plankton ko'p miqdorda. Shuning uchun uning chuqur bo'limlarida zamorga bog'liqligi "gullash" kuzatiladi. Bu yerning suvning chuqur qatlami bilan bog'liq sovuqsevar baliqlar bo'lmaydi.
Cho'l o'lkalarining achchiq ko'llari kam sonli o'simlik va turlariga ega bo'ladi (tuz kontsentratsiyasining yuqori bo'lishiga bog'liq). Vaqtincha ko'llar o'zgaruvchan bo'ladi, vaqti-vaqti bilan qurib turadi. Bularning qaytadan to'lishi to'satdan qor ko'p yog'gan vaqtlari bo'ladi.
Yer osti suv havzalari odatda chuqurlar bilan bog'langan bo'ladi. Bu suvlar uchun yorug'likning yo'qligi, to'lqinlarning bo'lmasligi va doimiy quyi temperaturaga ega bo'lish xarakterli. Ushbu sharoitlarga bog'liq bu yerda fotosintezlovchi o'simliklar bo'lmaydi, ko'r hayvonlar esa (masalan: Delmatsiya chuqurligidan protey, Kungur chuqurligidan chayonlar va boshqalar) yashab umuman organizmlarga jarli bo'ladi.
Keyingi vaqtlarda suv havzalari ichida odamlar tarafidan ishlangan suv omborlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Suv omborlarni qurish - bu daryoning barcha rejimini va unda yashovchi o'simlik va hayvonlarning yashash sharoitlarini birdan (keskin) o'zgartirib yuboradi.
Ichki suv havzalari yoshi bo'yicha har xil bo'ladi. Agar qadimgi mezozoy erasining va uchlamchi yoshga ega ayrim ko'llardi hisobga olmaganda, deyarli barcha ko'llar yosh ko'llar hisoblanadi. Ularning ko'pchiligi muz bosish davrida, yuoshqalari esa keyinchalik paydo bo'ladi. Ko'llarning paydo bo'lishi hozirgi davrda ham yuz bermoqda, ular grunt suvlarning yerning yuqori qatlamiga chiqishi va boshqalar natijasida paydo bo'ladi. Ko'llar mangu emas. Ularning yoshi, hajmi va tipi bo'yicha o'nlagan, yuzlagan, minglagan, yil yashashi mumkin.
Ichki suv havzalar uni atrofidagi quruqlik bilan chambarchas bog'liq. Ular quruqlik iqlimiga ta'sir etadi. Ko'pchilik o'simlik va hayvonlar turlari suv - quruqlik yashash tarziga ega bo'ladi, Misol uchun: qamish, yekan, chastuxa va boshqalar; hayvonlardan - bobr, norka, ondatra, suvda suzuvchi qushlar.



Download 424 Kb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Download 424 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- ma'ruza. Yer shari suvlaridagi hayot

Download 424 Kb.