|
Qoraqolpoq davlat universiteti ekologiya va fiziologiya
|
bet | 44/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узб2. Okeandagi hayot.
Okeanda yashovchi organizmlarning yashashini aniqlovchi asosiy omillardan biri - bosim hisoblanadi. Okeanning chuqurligi ko'tarilgan sari uning bosimi ham ortib boradi. Bu yerda tirik organizm yashashi uchun shunchalik ichki bosimga ega bo'lishi kerak. Butun jahon okeanning eng chuqur joyi (11 km) 1100 atm. Bosimga ega.
Bosimga ta'siri bo'yicha ko'plagan evribiont turlar mavjud. Masalan, dengiz tipratikoni Echinocardium australe 4900 m chuqurlikda (490 atm. bosimda). Serolicularia longicallus mollyuskasi 35-4400 m chuqurlikda (440 atm.bosimda), krevetka Gennades parvus 600 m dan 5600 m chuqurlikda yashaydi.
Butun jahon okean temperaturasi - organizmlarning tarqalishining asosiy omillarining biri. Quruqlikdagi kabi butun jahon okeanning temperatura rejimining zonalligi xarakterli, biroq okeanda temperaturaning o'zgarishi juda sekin bo'ladi. Okeanning har xil tumanlari bir-biridan o'rtacha yillik temperaturasi bilan farqlanadi.
Tropik va polyar suvlarida stenotermli hayvonlar yashaydi. Ular bu chegaradan chiqa olmaydi. Stenotermli sovuqsevar organizmlar pripolyar suvda hayot kechiradi. Masalan, navaga, sayka balig'i, kitsimonlardan beluxa va narval, ko'pchilik tyulenlar, umurtqasizlardan amfipodalar (chayonsimonlar).
O'rtacha poyasda evritermli turlar keng tarqalgan. Masalan: mollyuskalardan ustritsa va midiya, baliqlardan tunets va qilich baliq. Okeanda chuqurga tushgan sari temperatura pasayib boradi. Tropik zonada 150 m gacha 16,00, 300 m da -10,10, 1000 m da-4,50, 2000 m da-2,30, 3000 da esa -1,80. Undan chuqurda o'zgarishsiz qoladi.
Ayrim tumanlarda sovuq suvlarning yuqori ko'tarilishi kuzatiladi, bu apvelling deb ataladi. Bu Janubiy Amerika va Afrikaning g'arbiy yoqalari uchun xarakterli. Sovuq suvda kislorod yaxshi eriydi, shuning uchun unda tiriklik boy bo'ladi.
Okean tirikligi uchun suvning sho'rligi katta ahamiyatga ega. Butun jahon okeanining o'rtacha sho'rligi 35F ni tashkil qiladi. Chetdagi va ichkaridagi dengizlarning masalan: Yer O'rta dengizi 37-40F, Qizil dengiz -46,5F ga teng. Okean organizmlari achchiq suvda yashaydi, sho'rlik kamaygani sari organizmlar kamaya boshlaydi. Chuqurga tushgan sari kislorod miqdori ham kamaya boshlaydi.
Okeanning ekologik o'lkalari.
Umumiy yer sayyorasida tarqalgan va barcha okean bilan dengiz territoriyasining organizmlarning yashash sharoitlari asosidan suv qatlami bir necha eng boshli xususiyatlarga bog'liq bo'ladi. Ulardan: 1) suvning temperaturasi 2) suvning sho'rligi, 3) suvning chuqurligiga bog'liq ularning atmosfera bosimiga,
1) Suvning temperaturas bu asosan suvda yashovchi organizmlarning (o'simlik va hayvonlar) quyosh nuridan kelib tushgan issiqlik energiyasiga bog'liq bo'lishi organizmlar bo'lib hisoblanadi. Suvning bunday qatlamida yashovchi organizmlar suv temperaturasi quyi bo'lgan boshqa geografik zonada shuningdek suvning chuqur qatlamlarida yashash imkoniyatiga ega emas:
2) Suvning sho'rligi. Umumiy yer shari okeanlari suvining o'rtacha sho'rligi 35 % bo'lib, hozirgi Orol dengizi suvining sho'rligi 22-25% - 27% . Umumiy okean yoki dengiz suvlarining sho'rligi asosan dengizlaridan va okeanlarning geografik joylashish o'rniga, shuningdek bu suv territoriyasiga tushib turuvchi chuchuk suv daryolarining soniga ham okean okean dengiz suvining ta'sirida va boshqa omillar natijasida oqimning tezligiga bog'liq bo'ladi.
3) Suv qatlamining bosimi okean va dengizlarning chuqurligi ko'tarilgani sari ularning bosimi ham ko'tarila boshlaydi. masalan: suv usti qatlamida suvning bosimi normal bo'ladigan bo'lsa, okean suvining esa 11 km chuqurlikda suvning bosimi o'rtacha 1100 atmosferaga yetadi. Keyinchalik suvning ustki qatlamida yashovchi organizmlar bilan suvning chuqurlikda yashovchi organizmlardan katta farqqa ega bo'ladi.
Umumiy okean territoriyalari ekologik jihatdan bir necha o'lka tiplariga bo'linadi. Ushbu okeanning ekologik o'lkalarda organizmlarning yashash imkoniyatlari har xil o'lkaga bog'liq o'zgarishining o'zgachaligiga ega bo'ladi.
|
| |