|
Okean territoriyasini asosan ikki guruhga bo'ladi
|
bet | 45/50 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 424 Kb. | | #263569 |
Bog'liq биогеография лекция узбOkean territoriyasini asosan ikki guruhga bo'ladi:
1) asosiy suv qatlami buni pelagial deb ataydi.
2) okean va dengiz territoriyalarining tubi buni bental deb ataydi.
Umumiy bental o'z navbatida okeanlarning va dengizlar chuqurligiga bog'liq bir necha guruhga bo'linadi:
1. Supralitoral
2. Litoral
3. Sublitoral
4. Batial
5. Abissial
1) Supralitoral - bu okean qirg'oqlari territoriyasi bo'yicha litoraldan balandlikdagi uchastkalarga aytilib, yoki dengiz satxidan eng yuqori suvning ko'tarilish (priliv) va har xil okean suvining ta'sirlarining ostidagi territoriya uchastkalariga aytiladi. Bu territoriyada yashovchi organizmlar yer va suv hayvonlari bo'lishi mumkin.
2) Litoral - Okean territoriyasining bu uchastkasi asosan dengiz va okean bo'ylari chegaralarini egallab, okeanlarning suvining egallab turgan chegarasi bilan okean suvining 40-50 m chuqurlikgacha oraliqqa aytiladi. Bunday uchastkalarda asosan yashovchi suv organizmlari okean suvining toshishi va qaytishiga bog'liq bo'lib hisoblanadi.
3) Sublitoral - uchastkalari bu uchastkalar litoral uchastkalari bilan chegaralanib, okean territoriyasining 50 m boshlanib 200 m chuqurlikkacha bo'lgan oraliq uchastkalariga aytiladi. Bu uchastkalaradagi yashovchi ko'pchilik umurtqasiz suv hayvonlari eng ko'p oziqlanadigan hayvonlardan bo'lib hisoblanadi.
Umumiy okean territoriyasining terang uchastkalari va ulardagi yashovchi barcha organizmlar bilan birga bu territoriyalarda okeanlarni nerititik (nerit) o'lkalari deb ataladi. Bu o'lka uchun asosan quyidagi yirik xususiyatlar xarakterli bo'lib hisoblanadi. Ulardan 1) suv qatlamining qo'zg'alishini boshqa qatlamlarga taqqoslaganda ko'p bo'lishi,
2) sutkalik oqim mavsumiy sharoitlarda og'liq suv temperaturasining o'zgachaligi,
3) bu o'lkaga quyosh nuri yorug'ligining ko'proq tushishi,
4) shu o'lkaning suv hayvonlaridan va o'simliklarning ko'p songa ega bo'lishi. Shuning uchun ham okeanlarning bu o'lkalari insoniyat jamiyati uchun eng ahamiyatli suv territoriyalari bo'lib hisoblanadi. Umumiy yer sayyorasi bo'yicha barcha okean o'lka territoriyalarining neritik o'lkani va uning umumiy hajmi o'rtacha barcha okean territoriyasining faqatgina 8 % ni tashkil qiladi, ya'ni o'rtacha 29 mln. km2 okean territoriyasini egallaydi. Lekin bunday neritik o'lka barcha okean tublariga arealni paydo qilmasdan, ustingi areal xarakteriga ega bo'lib hisoblanadi.
|
| |