• Qarz so„rash.
  • Agressivlikning namoyon bo„lishi.
  • R. D. Shodiyev




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/57
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #143602
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
    Bog'liq
    Pedagogik konfliktologiya

    Etika normalarini buzish. Boshqa muallif fikrlaridan unga iqtibos 
    bermasdan foydalanish. Noqulaylik tug‗dirib (bilmasdan turtib yuborish, oyog‗ini 
    bosib olish va hakozolar) kechirim so‗ramaslik, salomlashmaslik va boshqalar. 
    Hazillashish. Uning uchun yetarli javob qaytara olmaydigan kishi obyekt 
    bo‗lishi mumkin. Ustidan kulingan kishi uni xafa qilgan bilan hisob-kitob qilish 
    uchun imkoniyatni poylaydi. 
    O‗z maqsadiga erishish vositasi sifatida aldash yoki aldashga harakat qilish 
    yo‗lini tanlanishi – eng kuchli konfliktogen hisoblanadi. 
    Hamsuhbatiga bo‗lib o‗tgan va uning uchun noqulay vaziyatni esiga tushirish 
    (balki, atayin yoki atayin bo‗lmasligi ham mumkin).
    O‗ziga yuklangan javobgarlikni boshqaga yuklash. 
    Qarz so„rash. Uni rad etilishi so‗rovchi uchun noxush hisni hosil qiladi. 
    Ammo so‗rovni qoniqtirish ham ko‗pincha konfliktga olib keladi – vaqtida qarzni 
    qaytarmaslik, uni eslatib turishga to‗g‗ri kelishi va hakozolar.
    Qayd etilgan barcha konfliktogenlar – hamsuhbatini manipulyatsiya qilishga 
    bo‗lgan harakatlardir, ya‘ni suhbatdoshni istagiga qarshi o‗z manfaatiga erishish 
    uchun boshqarish, u ruhiy yoki moddiy bo‗lishi mumkin.
    Agressivlikning namoyon bo„lishi. 
    ―Agressio‖ lotin tilidan olingan so‗z bo‗lib, u ―hujum‖ni anglatadi. Agressiya - 
    shaxsning holatiga yoki sharoitga qarab reaksiya bildirish natijasida namoyon 
    bo‗ladi. 
    Tabiiy agressivlik. Tabiatan agressiv bo‗lgan insonlar kamchilikni tashkil 
    etishi quvonchli holatdir. Aksariyat insonlarda tabiiy agressivlik normal holatda 
    bo‗lib, u ba‘zi agressiv holatlarda namoyon bo‗lishi mumkin. Shu bilan birga 
    agressivlikni yoshga qarab namoyon bo‗lishi ham ma‘lum, masalan, o‗smirlarda 
    (o‗zaro, guruhlararo va hakozolar) uyda, maktabda va ko‗chada janjallashish 
    holatlari uchraydi.


    17 
    Agressivligi yuqori bo‗lgan kishi konfliktogen hisoblanadi, ya‘ni u 
    ―oyoqdagi konfliktogen‖, u o‗zidagi to‗planib qolgan salbiy jihatlarni 
    atrofdagilariga sochadi. O‗zining ichki muammolarini boshqalar hisobiga hal etadi. 
    Agressivligi o‗rta darajadan past bo‗lgan kishi hayotida erishishi mumkin 
    bo‗lgan marralardan barchasiga ham erisha olmasligi mumkin. 
    Agressivligi umuman bo‗lmagan kishi apatiya holatida yoki unda o‗ziga xos 
    xarakterni yo‗qligi bilan tavsiflanadi, bu esa unda kurashuvchanlikning yo‗qligini,
    har qanday hayotdagi kurashdan voz kechishini bildiradi. 

    Download 0,86 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish