R. D. Shodiyev




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/57
Sana23.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#143602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya

 
 


10 
Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi 
Pedagogik konfliktologiyani boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochib 
berishda har bir fan pedagogik konfliktologiyaga nisbatan o‗zining metodologik 
funksiyasini qanday bajarishini ko‗rsatib berish juda muhimdir. Eng avvalo 
pedagogik konfliktologiyada bunday aloqadorlikni ikkiga ajratishimiz mumkin, 
birinchisi - pedagogika, pedagogika nazariyasi, oila pedagogikasi, ijtimoiy 
pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, umumiy psixologiya, 
yosh va pedagogik psixologiya, psixologik konfliktogiya, pedagogika tarixi, 
qiyosiy pedagogika kabi turdosh fanlar tegishlidir. Ikkinchisiga - falsafa, tarix, 
iqtisod, siyosatshunoslik, matematika, anatomiya va sotsialogiya kabi fanlar kiradi.
Pedagogik konfliktologiyaning tashkiliy-ijtimoiy yo‗nalishini rivojlantirish 
boshqa boshqaruv tizimi bilan ham uyg‗unlashib ketadi, xususan, pedagoglar 
jamoasini va o‗quvchilar jamoasini boshqarish va shu kabilar. 
Pedagogik konfliktologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi quyidagi 
ikkita aspektda ochib beriladi. 
Birinchi aspekt – boshqa fanlar doirasi shakllantirilgan va konfliktologik 
tadqiqotlar predmetini teran anglash imkoniyatini beradigan bilish tamoyillariga 
tayanadi. Tizimli yondashuvdagi umumiy bog‗lanish va rivojlanish tamoyili; 
shaxsga yondashuv va shu kabi tamoyillar unga tegishlidir. 
Ikkinchi aspekti – boshqa fanlarni ijodiy tadqiq etishdan iborat. Pedagogik 
konfliktologiyaning boshqa fanlar bilan bog‗liqligi haqida gapirganda mazkur 
fanlarga uning aks ta‘sirini ham ta‘kidlamasdan iloji yo‗q. Masalan, shaxslararo 
munosabatlar doirasida konfliktologik muammolar ko‗pchilik psixologik, ijtimoiy, 
huquqiy va ma‘naviy muammolar yechimini topishga turtki beradi, xususan, 
muloqot, o‗zaro munosabatlar, ijtimoiy-psixologik holatlar va shu kabilar. 
Pedagogik konfliktologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi qayerlarda 
kuzatiladi: 


11 

qarama-qarshi 
tomonlar kurashi va to‗qnashuvlarning turli 
ko‗rinishlari sifatida, konfliktning umumiy tamoyillarini tushunish imkoniyatini 
hamda umumiy metodologiyasi - falsafaga; 

abstrakt matematik modellar sifatida konfliktni modellashtirishning 
matematik modellari – matematikaga; 

qarama-qarshilik nuqtai nazaridan inson ruhiyati bilan bog‗liq
konfliktlarni o‗rganish – psixologiyaga; 

sotsiumda ijtimoiy munosabatlar bilan bog‗liq konfliktlarni – 
sotsiologiya fanlariga tegishli bo‗lib ana shu fanlar ularni atroflicha o‗rganadi. 
Pedagogika o‗qituvchi va o‗quvchi o‗rtasida yuzaga keladigan 
tushunmovchilik va paydo bo‗ladigan har qanday konfliktlarning oldini olish uchun 
ham pedagog eng avvalo, o‗quvchilarga bilim berish, tarbiyalash, munosabatga 
kirishish maqsadida tizimli ta‘sir ko‗rsatishni o‗rganishiga imkon beradi.
Pedagogika nazariyasi – konfliktlar va ularning yechimi bo‗yicha ma‘lum 
bilimlar va ko‗nikmalarni egallashga xizmat qiladi. Bu esa o‗z navbatida 
konfliktlarni boshqarishga yaqindan yordam beradi.
Oila pedagogikasi- konfliktni uning kelib chiqqanligi, rivoj topib, ildiz otgan 
paytidagina emas, balki uning ilk kelib chiqish davridayoq bilib, oldini olish 
unumliroq ekanligini o‗rgatib, konflikt vaziyatlarga to‗g‗ri munosabat bildirishga 
imkoniyat yaratadi. Shu bois, mavjud o‗zgarishlarning mohiyatini uning bor 
murakkabligi bilan tahlil va muhokama etish, oilada bo‗lishi mumkin bo‗lgan salbiy 
o‗zgarishlarning oldini olishga tomonlarni o‗rgatish hozirgi kunda eng dolzarb 
vazifalardan biriga aylanmoqda.
Pedagogik mahorat- pedagogga har xil psixologik xususiyatlarga ega bo‗lgan 
o‗quvchilar bilan ta‘lim-tarbiyaviy faoliyat olib borish jarayonida turli ziddiyatlarga 
duch kelishda konfliktning zarur vosita va usullarini topib, mohirona qo‗llashiga 
yordam beradi. Zero, turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‗lgan ijodiy kayfiyatni 
boshqarish hamda o‗quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‗batlantiruvchi 
munosabatda bo‗lishni o‗rganish ham konfliktlarning barham topishiga imkon 


12 
yaratadi. Pedagogik konfliktologiyaning pedagogik mahorat bilan aloqasini
quyidagi qobiliyat turlari orqali ko‗rsatish mumkin: 
a)kommunikativ qobiliyat 
b)perseptiv qobiliyat 
v) kreativ qobiliyat 
c) empatiya 
Psixologiya - insonni atrofidagi voqealarni tahlil etishga yo‗naltiradi. Bu esa 
insonga hissiyotlarni anglab yetishga yordam beradi va kishi o‗z ichki hissiyotlari 
orqali o‗ziga uzatilayotgan axborotlarni to‗g‗ri ―tarjima‖ qilishni o‗rganadi bu esa 
ko‗pincha o‗zi va atrofidagilarni ziddiyatlardan saqlab qolishga asos bo‗ladi.
Ta‘kidlash joizki, o‗qituvchi o‗zining kommunikativ vazifalarini bajarish 
jarayonida boshqa kasb egalari singari tashqi muhitning ta‘siri ostida va insoniy 
his-tuyg‗ular bilan yashaydi, kasbiy faoliyatining o‗ziga xosligi ham ana shunda 
namoyon boladi va o‗qituvchining ta‘sirlanishi, his-tuyg‗ulari, hayajoni pedagogik 
maqsadga muvofiq bo‗lishi lozim. Bu esa ziddiyatlarning to‗g‗ri yechimini 
topishga xizmat qiladi.
Etika va estetika fanlari- pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‗limi bo‗yicha
ma‘lumot berish bilan birga bu fan o‗quvchining xulqi, odobi meyorlarini aniqlash, 
belgilash hamda go‗zallikni chin ma‘noda tushuntirish, insonlarning o‗zaro bir-
birlarini hurmat qilish va bir-birlariga zarar yetkazmaslikka harakat qilib 
ishlashlarida alohida o‗ringa egadir. Vujudga keladigan konfliktlarda ham o‗zini 
tutish va konflikt vaziyatlarda mana shu muomala madaniyati talablariga rioya 
etish hamda konfliktda bo‗lgan munosabatlar bo‗yicha ma‘lum tartib-qoidalarga 
rioya qilgan konfliktni boshqarishga asos yaratadi. 
Pedagogik konfliktologiya turli ta‘lim muammolari va jamoatchilik fikrini 
o‗rganadigan ular bo‗yicha xulosa beradigan, og‗ir nuqtalarini aniqlaydigan hamda 
bularning natijalari nimalarga olib kelishini kuzatadigan ijtimoiy pedagogika fani 
bilan chambarchas bog‗lanib ketgan fandir.
Konfliktlar har doim insonlar manfaatlari o‗rtasidagi kurashlar va ularning 
qarashlari bog‗liq bo‗lgani sababli, unda psixologik omil katta ahamiyat kasb etadi. 


13 
Shu sababli psixologik tashhislash konfliktologiyada konfliktlarni tashhislash 
muammolari ustida tadqiqot olib borishga ko‗maklashadi. Psixologik 
korreksiyalash, psixoterapiya, psixologik maslahatlar guruhlararo hamda 
shaxslararo darajada o‗zaro munosabatlarni to‗g‗rilashga ko‗maklashadi. 
Shaxslararo konfliktli muammolarni bartaraf etishda psixologiya fanlari katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Hayotning o‗zi pedagogik konfliktologiyani pedagogikaning boshqa fanlari 
bilan bog‗liqligi o‗rtasida izlanishlar olib borishni talab etadi. O‗zaro bog‗liqlik 
doirasi bolani shaxs va jamiyatning bo‗lg‗usi faol a‘zosi sifatida tarbiyalashda 
hamda turli muammoli holatlarni bartaraf etishda pedagogik yondashuvni 
mavjudligida ko‗rinadi.
Tarix, falsafa va zamonaviy falsafiy tafakkur konfliktli holatlarni 
tushunishning umumiy tamoyillarini ifodalaydi. 
Matematika fanlari bilan bog‗liqligi esa, eng avvalo real obyektlarda tatbiq 
etish mumkin bo‗lgan, amaliy matematikaning abstrakt matematik modellari 
ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Jamiyat hayotining ko‗plab jabhasida matematik 
modellashtirishni tatbiq etib, aniq natijalarga erishish mumkin. 
Pedagogik konfliktologiyaning huquqiy fanlar bilan bog‗liqligi –insonning 
guruhda, jamoada qanday o‗zini tutishi, uning majburiyati, huquqi, tamoyillari va 
meyorlarini tasdiqlaydi. Mazkur meyorlar va huquqlarni buzilishi konfliktli 
holatlarga olib kelishi mumkin.
Tarix fani davrlar nuqtai nazaridan siyosiy, ijtimoiy, harbiy va boshqa 
jamiyatdagi konfliktlar haqidagi boy material va ma‘lumotlarni tahlil qilish uchun 
taqdim etishi mumkin. Tarixiy tajriba konfliktlar natijasida qanday yo‗qotishlar 
bo‗lishi mumkinligini, ularni bartaraf etishning o‗ziga xos usullarini taqdim etadi, 
o‗tmishning tajribasi esa kelajakdagi konfliklarni oldini olish imkoniyatini beradi.


14 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish