Pedagogik konfliktlarning ko„rinishlari




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/57
Sana23.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#143602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya

Pedagogik konfliktlarning ko„rinishlari. Ta‘lim jarayonida paydo 
bo‗ladigan konfliktlarni asosan uchta guruhga ajratish mumkin: 
Tizimli konfliktlar – ta‘lim tizimida qarama-qarshiliklar asosida paydo 
bo‗ladigan konfliktlar: ular iqtisodiy, tashkiliy, siyosiy, etnik, ma‘naviy tavsifga 
ega bo‗lishi mumkin; 
Jarayondagi konfliktlar – ta‘lim jarayonidagi qarama-qarshiliklar asosida 
paydo bo‗ladigan pedagogik konfliklar; 
Natijaviy konfliktlar – konfliktning real va ideal natijalari asosida paydo 
bo‗ladigan qarama-qarshiliklar. 
Pedagogik konfliktologiya - konfliktologiyaning o‗ziga xos sohasi bo‗lib, 
uning maqsadi – ta‘limdagi konfliktlarni paydo bo‗lish, rivojlanish va yakun 
topishini o‗rganish hamda ularni konstruktiv boshqaruvi prinsiplari, usul va 
metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir. 
Pedagogik konfliktologiyaning predmeti – ta‘limdagi konfliktlarni paydo 
bo‗lish, rivojlanish va yakun topish omillari, mexanizmlari va qonuniyatlaridir. 



Pedagogik konfliktologiyaning obyekti – ta‘limda tizimli, protsessual va 
natijaviy konfliktlarni o‗rganish. 
Pedagogik konfliktologiya fanida quyidagi metodlardan foydalaniladi: 
1. 
Funksional-tarkibiy – konfliktli harakatlarning asosiy elementlarini 
oshkor qilishga ko‗maklashadi, unda har bir kishining rolini aniqlaydi. 
2. 
Jarayonning dinamikligi – konfliktni rivojlanishining asosiy 
bosqichlarini aniqlash. 
3. 
Tiplarga 
ajratish 

konfliktli 
shaxslar 
ko‗rinishini 
klassifikatsiyalashni va guruhlashini ta‘minlaydi hamda konfliktli o‗zaro harakatlar 
shakllarini aniqlaydi.
4. 
Tashhislash - konfliktli o‗zaro harakatlarni mumkin bo‗lgan 
variantlarini tasvirlaydi hamda ularni bartaraf etishning optimal yo‗llari va 
vositalarinini ifodalaydi. 
5. 
Bartaraf etish – konfliktni yechimini topishning asosiy strategiya va 
taktikasini qarab chiqadi va tatbiq etadi. 
Pedagogik konfliktologiyaning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati quyidagilardan 
iborat: 
1. 
Pedagogik konfliktlarning tabiati va paydo bo‗lish sabablarini 
o‗rganish; 
2. 
Pedagogik konfliktlarni ogohlantirish, yechimini topish va amaliy 
jihatdan bartaraf etish metodlarini ishlab chiqish; 
3. 
Ta‘lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish; 
4. 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktabi sharoitida shaxslar o‗rtasidagi 
munosabatlarda tanglik, keskinlik holatlarini pasaytirish; 
5. 
Pedagoglik kasbini jamiyatda obro‗sini ko‗tarish; 
6. 
Maxsus ta‘lim dasturlari va treninglar orqali konfliktologik bilim 
asoslari bilan ta‘lim subyektlarini tanishtirish va ularni tayyorlash uchun
mashg‗ulotlar tashkil etish. 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish