• Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo„lishi
  • R. D. Shodiyev




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/57
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #143602
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    Pedagogik konfliktologiya

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, 
    vazifalari va fan sifatida paydo bo„lishi
    Pedagogika nuqtai nazaridan konfliktologiya – o‗quv-biluv jarayonida paydo 
    bo‗ladigan ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, nizolar va shu kabilarni oldindan ko‗ra 
    bilishning usul, vosita va yo‗llarini aniqlab beradigan psixologiya va 
    pedagogikadagi ilmiy bilimlar sohasidir. 
    Pedagogik faoliyatdagi konfliktlar haqidagi ma‘lumotlarga bo‗lgan qiziqish 
    eng avvalo o‗quvchilar, o‗qituvchilar va ota-onalarning o‗zaro munosabatlari 
    asosida kelib chiqqandir. Pedagogikada asosan pedagogik muloqotdagi murakkab 
    holatlar va undagi to‗siqlar haqidagi masalalarni doimiy ravishda muhokoma qilib 
    kelinadi. Lekin, mazkur holatlar o‗z tabiatiga ko‗ra konfliktogenlar bo‗lsada, ilmiy 
    manbalarda ular bunday aspektda uchramaydi. Konfliktlar haqida ma‘lumotlarning 
    kam uchrashi, bu sohadagi qarama-qarshiliklarga unchalik ham muhim bo‗lmagan 
    muammo sifatida deb qaralishi sabablidir.
    Pedagogikada konfliktlar qarama-qarshi pozitsiyalarga tegishli bo‗lib, bu 
    hodisalar normal yoki anomal deb baholanadi. Ba‘zi tadqiqotchilar konfliktlarni 
    ta‘lim-tarbiya jarayonini tabiiy ravishda borishini barbod etuvchi hodisalarga 
    tegishli deb biladilar. Ushbu mavzuga eng adekvat yondashuv – pedagogik tizim 
    tarkibida hayotiy faoliyat davomida konfliktli holatlarni namoyon bo‗lishini tabiiy 
    ravishda yaxlit aks ettirilishidir.
    Pedagogik konfliktlarga tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar (o‗qituvchi va 
    o‗quvchilar, ota-ona va bola) o‗rtasidagi shaxslararo hamda guruhlararo, masalan, 
    o‗qituvchi va sinf o‗rtasida yuzaga keladigan munosabatlardagi qarama-
    qarshiliklar kiradi. Shu bilan birga avlodlar o‗rtasidagi konfliktlar ham pedagogik 
    konfliktlarga tegishlidir. Pedagogik konfliktlar o‗z mohiyati va o‗ziga xosligi bilan 
    farq qiladi. Pedagogik konfliktning o‗ziga xos farq qiladigan jihati – ijtimoiy-rolli 
    pozitsiyalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilishdan iboratligidir.



    Konfliktni kelib chiqish sabablarini aniqlash uni bartaraf etishga yo‗l ochib 
    beradi. Aynan maktabda paydo bo‗lgan konfliktning haqiqiy sabablarini izlash va 
    aniqlash pedagogik konfliktologiyaning muhim vazifalaridan biridir. 
    Pedagogik konfliktlarni paydo bo‗lishining obyektiv va subyektiv sabablari 
    mavjud ular quyidagilar: 
    Pedagogik konfliktni paydo bo‗lishining obyektiv sabablari:

    bolaning bazaviy talablarini yetarli darajada qoniqtirilmasligi; 

    o‗qituvchi va o‗quvchining funksional-rolli pozitsiyalarini qarama-
    qarshi qo‗yish; 

    erkinlik darajasini sezilarli ravishda cheklanishi (qat‘iy tartib-intizom, 
    bo‗y sunish, o‗qituvchi va fanni tanlash huquqining mavjud emasligi, 
    mashg‗ulotlarga albatta qatnashish lozimligi va boshqalar); 

    tasavvurlarda, qadriyatlarda, hayotiy tajribadagi farqlar, turli 
    avlodlarga tegishlilik; 

    o‗quvchining o‗qituvchiga ta‘lim berish, ta‘lim olish va ma‘naviy 
    jihatdan bog‗liqligi; 

    o‗quvchilarni o‗qituvchi tomonidan baholanishining zarurligi; 

    rasmiy ta‘lim tizimida o‗quvchining shaxsiy muammolarini rad 
    etilishi; 

    ta‘lim muassasasida o‗quvchi bajarishi kerak bo‗ladigan rollarning 
    ko‗pchilikni tashkil etishi, ba‘zan ota-onalar, o‗rtoqlari va uning uchun ahamiyatli 
    kishilar tomonidan bir-biriga nisbatan zid bo‗lgan talablarning qo‗yilishi; 

    o‗quv materiali bilan hodisalar, real hayot obyektlari o‗rtasidagi 
    farqlarning mavjudligi va boshqalar
    Subyektiv sabablarga quyidagilar: 
    - o‗qituvchi va o‗quvchining psixologik nuqtai nazardan mutanosib 
    emasligi; 
    - o‗qituvchi yoki o‗quvchida ―konfliktli shaxs‖ni aniqlaydigan (agressivlik, 
    qo‗pollik, serjahllik va hakozolar) tavsifiy jihatlarning mavjudligi;



    - o‗qituvchi yoki o‗quvchida kommunikativ madaniyatning mavjud 
    emasligi; 
    - barcha o‗quvchilar tomonidan mazkur predmetni o‗zlashtirishning zarurligi 
    va aniq bir o‗quvchida unga qiziqishning yo‗qligi; 
    - o‗quvchi va unga qo‗yiladigan talablarga uning intellektual, jismoniy 
    imkoniyatlarini mos kelmasligi; 
    - o‗qituvchining yetarli darajada kompetent emasligi – tajribaning 
    yetishmasligi, fan bo‗yicha chuqur bilimlarning yo‗qligi, konfliktni bartaraf etishga 
    tayyor emasligi, aniq kasbiy qobiliyatni rivojlanish darajasining pastligi; 
    - o‗quvchi yoki o‗qituvchida shaxsiy muammolar, sertashvishlilik va stress 
    holatning mavjudligi; 
    - o‗qituvchi yoki o‗quvchining haddan tashqari yuklanganligi; 
    - o‗quv jarayonida ijodiy yondashuv va mustaqillikning yo‗qligi;

    o‗quvchining o‗z-o‗zini baholashi bilan o‗qituvchi tomonidan 
    baholanishdagi mutanosiblikning yo‗qligi va hakozolar. 

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish