• Egoizmning namoyon bo„lishi.
  • Konfliktogenlardan qanday qochish mumkin
  • R. D. Shodiyev




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/57
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #143602
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
    Bog'liq
    Pedagogik konfliktologiya

    Holatlardagi agressivlik. Ichki konfliktga javoban sharoit asosida namoyon 
    bo‗ladi. Bu kayfiyatni yomonligi, noxush holatlar yoki organizmda og‗riqni 
    mavjudligi hamda olingan konfliktogenlarga javob reaksiyasi tariqasida paydo 
    bo‗ladi. 
    Holatga qarab agressiv bo„lish. Yaratilgan vaziyat natijasida ichki 
    konfliktga javob tariqasida paydo bo‗ladi. Noxushlik, kayfiyat va sog‗liqni 
    yomonligi hamda bildirilgan konfliktogenga javob qaytarish reaksiyasi shular 
    jumlasiga kiradi. 
    Psixologiyada bu holatni frustratsiya deb ataladi. Frustratsiyada himoya 
    reaksiyalari agressivlikda namoyon bo‗ladi. Frustratsiya ko‗p hollarda nevroz 
    kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. 
    Agressivlik insonlar o‗rtasidagi munosabatlarni barbod etuvchi va u 
    frustratsiya bilan chambarchas bog‗liq ekan, unda ―Agressivlikning zararli 
    oqibatlaridan qanday xalos bo‗lish mumkin‖ degan savol tug‗iladi. 
    Qayd etishimiz joizki, ―ustunlikka erishish‖ va ―egoizmning namoyon 
    bo‗lishi‖ tipidagi konfliktogenlarni agressiyaning yashirin shakliga tegishli ham 
    deb qarash mumkin. Chunki, ular inson qadr-qimmatiga, uning manfaatlariga 
    tahdid qiladi. 
    Konfliktogenlarning ko‗payib, to‗planib borishi natijasida yashirin agressiya 
    o‗ziga nisbatan kuchli agressiya orqali oshkor ravishda javob olishi mumkin. 
    Egoizmning namoyon bo„lishi. 


    18 
    Egoizm – insonning o‗z manfaati va talablarini boshqa insonlar 
    manfaatlariga e‘tibor bermagan holda ustun qo‗yish tavsifini bildiruvchi jihatidir. 
    Alturizm - egoizmning antipodi bo‗lib, bunda asosiy motiv, baholashning 
    ma‘naviy mezoni - insonlar manfaati, mo‗ljal esa shaxs qadriyatlaridir. 
    Konfliktogenlardan qanday qochish mumkin?
    Birinchidan, konfliktogenlarni ko‗payib, to‗planib borishi asosida bizning 
    har qanday ehtiyotsizligimiz natijasida aytilgan gap konfliktga olib kelishini hech 
    qachon unutmasligimiz lozim.
    Ikkinchidan, hamsuhbatga nisbatan empatiyani namoyon etish darkor. 
    Mazkur umumiy holatlar har qanday konfliktogenlar uchun o‗rinlidir.
    Ustunlikka erishishga intilishdan qanday xalos bo‗lish mumkin? Ustunlikka 
    erishishning barcha mumkin bo‗lgan ko‗rinishlari – qarama-qarshi tomonni 
    boshqalardan yuqori turishini ko‗rsatishga harakat qilishi - bu boshi berk 
    ko‗chadir, chunki inson konfliktogenlar manbasidir – tinch holatni qadrlovchi
    atrofdagilar uchun u salbiy reaksiyani chaqiradi.

    Download 0,86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish