Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana23.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#143602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya

Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar 
Kuzatuvlar shuni ko‗rsatadiki aksariyat konfliktlar ishtirokchilarning 
ixtiyorisiz paydo bo‗ladi. Bu inson ruhiyatining o‗ziga xosligiga ko‗ra amalga 
oshadi, buni ko‗pchilik bilmasligi, bilsa ham balki unga e‘tibor bermasligi 
mumkin. Konfliktli holatni paydo bo‗lishida asosiy rolni konfliktogenlar o‗ynaydi. 
Mazkur atama ―konfliktga olib keluvchi, unga turtki beruvchi‖ degan ma‘noni 
anglatadi. Konfliktogenlar – konfliktga olib keluvchi harakatlar, so‗zlar yoki unga 
nisbatan e‘tiborsizliklarda namoyon bo‗ladi.
Konfliktli holatlar va nizolarni o‗zi ham konfliktogenlardir. Eng kuchli 
konfliktogen – qarama-qarshiliklarning to‗planishi natijasidagi konfliktli holatdir. 
Uning kuchi shundayki, nizo ko‗rinishidagi unchalik ham ahamiyatli bo‗lmagan 
konfliktogen sababli konflikt alangalanib ketishi mumkin. Katta xavf juda ham 
muhim qonuniyatni, ya‘ni konfliktogenlar to‗planishini rad etish natijasida sodir 
bo‗ladi. U quyidagicha yuzaga keladi. Odatda bizga biror bir konfliktogen 
qaratiladigan bo‗lsa, biz unga javoban nisbatan kuchli konfliktogen orqali, 
ko‗pincha mavjud variantlar orasidan eng kuchlisi orqali javob qaytarishga harakat 
qilamiz. 
Konfliktogenlar sodir bo‗lish qonuniyatini rad etish – konfliktni paydo 
bo‗lishiga sharoit yaratib berishdir. 
Konfliktsiz muloqot qilish qoidalari quyidagilardan iborat: 
- konfliktogenlardan foydalanmang; 
- konfliktogenga konfliktogen bilan javob qaytarmang; 
- hamsuhbatingizga nisbatan o‗z empatiyangizni namoyon eting. Bu 
hamsuhbatingizga yaxshi tilaklarni bildirish bo‗lib, unga kayfiyatni ko‗taruvchi 
barcha holatlar tegishlidir: maqtov, kompliment, do‗stona tabassum, e‘tibor, 
shaxsga nisbatan qiziqish, hamdardlik, hurmat bajo keltirish va boshqalar. 
Iloji boricha ko‗proq yaxshi tilaklar bildiring. Shu o‗rinda, holatimizning 
garmonal asoslari haqida so‗z yuritishga to‗g‗ri keladi. Konfliktogenlar bizni 
kurashga chorlaydi, shu sababdan qonda adrenalin garmoni ajralib chiqa 


15 
boshlaydi. Qahr va g‗azabni uyg‗otuvchi kuchli konfliktogenlar noradrenalinni 
(noradrenalin – vaxshiylik garmoni. Stress holatlarda organizm ishlab 
chiqaradigan, raqibni yo‗q qilish istagida kuchning kelib quyilishini chaqiruvchi 
garmon) ajratib chiqaradi. Yoki uning aksi ham bo‗lishi mumkin, yaxshi tilaklar 
bizni komfort, konfliktsiz muloqot qilishga chorlaydi, ular ―huzurlanish 
garmonlari‖ning ajralib chiqarilishi orqali amalga oshadi. 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish