|
Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi Pdf ko'rish
|
bet | 210/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotQisqarish
muskullaming
asosiy
xususiyatidir.
Muskul
faoliyatining ikki xili farq qilinadi: izotonik va izometrik qisqarish
faoliyatlari. Muskul taranglashmasdan qisqaradigan bo‘lsa, bunga izotonik
faoliyat deyiladi. Bunday faoliyat muskul yuk ko‘tarmasdan qisqarganda
к uzatiladi. Muskulning og‘ir yuk ta’sirida uzunligini o ‘zgartirmasdan,
tarang tortib qisqarishiga izometrik faoliyat deyiladi. Izotonik va izometrik
faoliyatlar maxsus tajriba sharoitidagina so f holda hosil qilinishi mumkin.
Tabiiy sharoitda, organizmda bu faoliyatlar hamisha birgalikda uchraydi,
ya’ni muskul ham tarangligini, ham uzunligini o ‘zgartirib turadi. Demak
organizmdagi harakatlar izotonik faoliyat bilan izometrik faoliyatning
birga qo‘shilishidan vujudga keladi. Muskul qisqarishini miograf asbobi
yordamida qayd qilib, o ‘rganish mumkin. Shu asbobda yozib olingan egri
chiziq miogramma deyiladi va muskulning qisqarishini aks ettiradi.
Muskullarning qisqarishi yakka va tetanik (titroq) qisqarish tarzida o ‘tadi.
Yakka qisqarish. Muskulga juda qisqa vaqt mobaynida bitta ta’sirot
berilsa, u bir marta qisqaradi, yakka qisqarish deb shuni aytiladi. Muskul
faoliyatini o'rganish uchun ataylab, sun'iy ravishda yakka, qisqarish hosil
qilinadi. Yakka qisqarishni kimografga yozib olsak, uni ifoda etadigan egri
chiziqda 3 ta: latent-yashirin (ya’ni muskulga ta’sir berilgandan to
qisqarishning paydo bo‘lishigacha o ‘tgan vaqt), qisqarish va bo‘shashish
davrlarini farq qilishimiz mumkin. Yakka qisqarishning umumiy davri
turli organizmlarda, shuningdek, bir turdagi hayvonlarning har xil
muskullarida bir xil emas. Jumladan, issiq qonli hayvonlar muskulining
yakka qisqarish davri sovuq qonli hayvonlarnikidan kamroqdir. Masalan,
|
| |