|
santimetr kvadratlarining soniga bo‘linadi va shu y o ‘l bilan muskulning Pdf ko'rish
|
bet | 214/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotsantimetr kvadratlarining soniga bo‘linadi va shu y o ‘l bilan muskulning
mutloq kuchi aniqlanadi. Odam boldir muskulining mutloq kuchi 5,9 kg
sm kvadrat, baqaniki 3 kg sm kvadrat atrofida bo‘ladi. Bir qator tajribalar
muskul o ‘rtacha yuk ko‘targanda ko‘proq foydali ish bajarishini isbotladi,
ya’ni yuk o ‘rtacha bo‘lganda muskulning vaqt birligida bajargan ishi bilan
o ‘lchanadigan quw ati maksimal darajaga yetadi. Muskulning ishi va
quvvatining yukga bog‘liqligi o ‘rtacha yuklamalar qoidasi deb ataladi.
325
MUSKULLARNING QISQARISHI
Muskul qisqarganda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, asosan
ikki fazada: kislorodsiz-anaerob fazada va kislorodli-aerob fazada o ‘tadi.
Bu ikkala fazada bir qancha kimyoviy o ‘zgarishlar yuz berib, energiya
ajralib chiqadi, ana shu energiyaning hisobiga muskul qisqaradi va ish
bajaradi.
Anaerob faza - muskulning qisqarishi uchun zarur energiya ana shu
fazada hosil boiadi. Dastlab adenozintrifosfat kislota adenozindifosfat,
adenil va fosfat kislotalarga parchalanadi. Shu reaksiya natijasida energiya
ajralib chiqadi va bu energiya muskulning qisqarishi uchun sarflanadi.
Adenozintrifosfat kislotasining parchalanishidan hosil b oig an fosfat
kislota glikogen bilan birikib, geksozafosfat hosil qilish uchun sarf boiadi.
Anaerob fazaning ikkinchi bosqichida kreatinfosfat kislota kreatin va
fosfat kislotaga parchalanadi. Bu reaksiya paytida ham energiya ajralib
chiqadi. Ajralib chiqqan energiya hisobiga hosil b oigan fosfat kislota,
adenozindifosfat va adenil kislotalar birikib yana adenozintrifosfat
kislotani hosil qiladi. Anaerob fazaning uchinchi bosqichida geksozafosfat
|
| |