|
o ‘ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish qobiliyati vegetativ Pdf ko'rish
|
bet | 217/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limoto ‘ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish qobiliyati vegetativ,
ayniqsa uni simpatik bo‘limi ta’sirida o ‘zgarishini, ya’ni muskul charchab
turganida unga keladigan simpatik nerv ta’sirlansa, muskulning yana
qaytadan ishlay boshlashini o ‘z laboratoriyasida aniqladi. Bu vaqtda
simpatik nerv muskulda sodir bo‘layotgan moddalar almashinuvini
o ‘zgartirish y o ‘li bilan uning ishlashini yaxshilaydi.
QO‘ZG‘ALUVCHAN TO‘QIMALARDAGI BIOELEKTR
HODISALARI
Qo‘zg ‘alish kelib chiqqanda va tarqalganda to‘qimalarda elektr
hodisalari ro‘y beradi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda elektr hodisalari
327
boiishining kashf etilishi Luidji Galvanining nomi bilan bogiangandir.
Galvani «hayvonlardagi elektr» ni kashf etishga olib kelgan dastlabki
tekshirishlarini 1780 yilda o ‘tkazgan edi (Galvani tirik to‘qimalardan
topilgan elektmi hayvonlardagi elektr deb atagan edi). Galvani o ‘z
tajribalarida baqaning oyoqlari balkonning temir panjarasiga mis ilmoq
bilan osib qo‘yilsa, ular panjaraga har gal tekkanida titrab tushganini
payqadi. Galvani ana shu kuzatishlami va boshqa tajribalarini 1791 yilda
bosilib chiqqan «Muskul harakatidagi elektr kuchlari to‘g ‘risida traktat»
nomli mashhur asarida bayon qildi. Uning o ‘z kitobida yozishicha, orqa
miyada elektr toki kelib chiqadi, bu tok mis simlardan o ‘tib, muskullami
qisqartiradi.
Galvanining zamondoshi, u bilan birday shuhrat qozongan Aleksandr
Volta
Galvanining
tekshirishlariga
qiziqib
qoldi.
Dastlab
Volta
Galvanining qarashlarini yoqladi, lekin tez orada hayvonlarda qanday
bo‘Imasin elektr toki y o ‘q degan fikrda turib oldi.
|
| |