86
Rasmlardan ko‘rinadiki, jo‘natmaning davomiyligini tobora
oshirishda, uzatish tezligini o‘zgartirmay saqlab qolish talablari
qo‘shni vektorlarning yaqinlashuviga olib keladi. Masalan, tezlikni
kamaytirmasdan jo‘natmaning davomiyligini
uch marta oshirish
bitta jo‘natma orqali sakkizta xabarni uzatishni bildiradi, ya’ni
BFM bilan solishtirganda jo‘natish quvvatining uch marta ortishi
yonma-yon signallar o‘rtasidagi burchakning 45
0
gacha kamayishi
bilan qoplanadi (6.3-v rasm), ya’ni
minimal Evklid masofasining
2
2
(
3
−
Β
E
gacha kamayishi bilan.
Shunday qilib, polosadagi uch martali yutuq 3.5 dB miqdoridagi
energetik yo‘qotish evaziga erishiladi (vektorlarning yaqinlashuvi-
ni to‘ldiruvchi va adashish ehtimolligini oldingi darajagacha pa-
saytiruvchi energiyaning ortishi aynan shunday bo‘lishi lozim).
Bunday usul bilan spektral samaradorlikning
tobora oshirilishi
energiyaning sarflanish jihatdan foydasizdir. Polosada 2-Mli FMda
M karrali yutuq energetik yutqazish bilan birga boradi.
Umuman olganda signal vektorlari o‘rtasidagi minimal maso-
fani signal vektorlarni optimallashtirish hisobiga eslatib o‘tilgan
energetik yo‘qotishlarni ma’lum darajada kamaytirish imkoni-
yati mavjud. Bunda vektorlar bir xil bo‘lmagan uzunlikka ega,
ya’ni fazali manipulyatsiya parallel ravishda
amplitudali bilan
qo‘shimcha to‘ldiriladi. Bunga o‘xshash usullar amplitudali-fazali
va kvadraturali-amplitudali manipulyatsiyalar nomi bilan ma’lum
(AFM va KFM), telekommunikatsiya tarmoqlarida (kabelli, ra-
dioreleyli aloqa va h.k.) keng tarqalgan. Ammo simsiz mobil
telefonlar tizimi spetsifikasi ixcham (portativ) terminal avtonom
(qo‘shimcha zaryadsiz yoki batareyalarni almashtirmasdan) ish-
lash
muddatini uzaytiruvchi, energiyani samarali tejashning va
tijorat ko‘rkamligi uning og‘irligi – gabariti harakat xarakteristi-
kalarining nihoyatda muhimligidan iborat. Shu sabablarga ko‘ra,
87
ko‘p sathli (fazalar soni 16 ta va ko‘proq) FM AFM va KAM bi-
lan birgalikda mobil aloqa tizimlari radiointerfeyslarida qo‘llanil-
maydi va faqat sakkiz sathli FM (8-PSK)
uzatish tezligini oshirish
maqsadida EDGE spetsifikatsiyasi doirasida ikkinchi avlod tizim-
lari uchun tavsiya qilinadi.