I. RAQAMLI TEXNIKANING ELEKTRON KOMPONENTLARI




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana12.02.2024
Hajmi2,28 Mb.
#155309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
RAQAMLI TEXNIKAGA

I. RAQAMLI TEXNIKANING ELEKTRON KOMPONENTLARI, 
ATOM TUZILISHI, ELEKTRON-ION ELEMENTLAR 
NAZARIYASI, RAQAMLI TEXNIKANI TASHKIL ETISH TARIXI 
 
1.1. Elektron ion nazariyasi, Rezerford atom moduli
 
Atomlarni bo`linmas eng kichik zarrachalar ekan to`g‘risidagi tasavvur 
qadim 
zamonlardan 
mavjud, 
faqat 
XVIII 
asrda 
A. 
Lavuaziy,
M.V. Lomonosov va boshqa olimlar tomonidan atomlarning mavjudligi isbotla-
gan. Ammo ularning ichki strukturasi masalasi ko`tarilmadi va atomlar 
bo`linmas zarracha deb qaralib kelindi. XIX asrda moddalarning atomistik 
strukturasini o`rganish sezilarli darajada rivojlandi. 1833 yilda elektroliz 
fenomenini (fenomen – favqulotdda, kamda – kam uchraydigan hodisa) 
o`rganish paytida M. Faraday elektrolit eritmasidagi tok zaryadlangan 
zarrachalar – ionlarning tartibi harakati ekanligini isbotladi. Faraday, elementar 
elektr zaryadi deb nomlangan ionning minimal zaryadini aniqladi. Uning 
taxminiy qiymati e = 1,60 • 10
-19
Kl ga teng edi. 
Faradayning tadqiqotlari asosida, atomlar ichida elektr zaryadi mav-
judligi to`g‘risida xulosa chiqarildi. 
Buyuk rus ximik olimi D.I.Mendeleyev atomlar nazariyasining rivojiga 
katta hissa qo`shgan, 1869 yilda atomlarning tabiati haqida birinchi navbatda 
ko`tarilgan davriy elementlar tizimini ishlab chiqdi. 
Atomlarning chiziqli spektrlarini kashf etishga olib keladigan 
spektroskopik tadqiqotlar atomlarning murakkab tuzilishining muhim 
dalilidir. XIX asrning boshlarida diskret spektr linyalari (chiziqlari) vodorod 
atomlarining nurlanishda spektrni ko`rinadigan qismida aniqlandi. Keyin-
chalik, 1885 yilda I. Balmer bu chiziqlarning to`lqin uzunligini bog‘laydigan 
matematik qonuniyatlarni o`rnatdi. 
A. Bekkerel 1896 yilda radioaktivlik deb nomlangan atomlar tomonidan 
ko`zga ko`rinmaydigan kiruvchi radiatsiya nurlarini kashf qildi. Keyingi 
yillarda radioaktivlik hodisasini ko`plab olimlar tomonidan o`rganilgan (M. 
Sklodovskaya-Kyuri, P.Kuryi, E. Rezerford va boshqalar). Radioaktiv 
moddalarning atomlari turli xil fizik tabiatga ega bo`lgan uch xil nurlanishini 
(alfa, beta va gamma nurlarini) chiqaradi. Alfa nurlari geliy ionlarining 
oqimi, beta nurlari - elektronlar oqimi va gamma nurlari - qattiq rentgen 
nurlarining kvanti bo`lib hisoblanadi. 
1897-yili J. Tomson elektronni kashf qildi va elektron zaryadining e/m 
massaga nisbatini o`lchadi. Tomsonning eksperimentlari elektronlar atomlar 
tarkibiga kirishini tasdiqladi. 



Shunday qilib, XX asr boshida ma’lum bo`lgan barcha eksperimental 
faktlar asosida materiya atomlari murakkab ichki tuzilishga egaligi 
isbotlandi. Ular elektroneytral tizimlar bo`lib, bunda massasi kichik atom 
massasi qismini tashkil etuvchi manfiy zaryadli atomlar tashuvchi yengil 
elektronlar hisoblanadi. 
Atom massasining asosiy qismi musbat zaryad bilan bog‘liq. 

Download 2,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. RAQAMLI TEXNIKANING ELEKTRON KOMPONENTLARI

Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish