|
Research science and innovation house Pdf ko'rish
|
bet | 89/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PBUZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
100
macro-microelements and 20 protein-forming amino acids. Considerations are given
regarding their use in animal husbandry.
Key words: flax and soybean plant stems, argon plasma mass spectroscopy,
high-performance liquid chromatography.
Chorva hayvonlarini boqishda ularga beriladigan ozuqa tarkibini har
tomonlama o‘rganish, kimyoviy tarkibini tadqiq etish va yem-xashakbob
ozuqalarning arzon va sifatli yangi turlarini izlab topish dolzarb muammolardan
sanaladi. Ozuqalarning kengroq tadqiq etish kelgusida chorvachilik maxsulotlarini
yanada sifatli va sermaxsul bo‘lishiga olib keladi. Bu ko‘p jihatdan o‘simliklarning
kimyoviy tarkibini chuqur tahlil qilishni taqozo qiladi [1-2].
Ushbu maqolada moy beruvchi o‘simlik sifatida ekiladigan soya (Glicina
hispida L) va zig‘ir (Linum usitatissimum) o‘simliklarining poyasi tarkibidagi oqsil
miqdori va aminokislotalar hamda elementlar tarkibini o‘rganish natijasida olingan
ma’lumotlar tahlil qilindi.
Chorvachilik bizning o‘lkamizda qadimdan rivojlangan sohalardan biri bo‘lib,
chorva hayvonlarini boqishda ularga beriladigan ozuqalarning sifati va to‘yimligiga
katta e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, ozuqalarning sifati ozuqa birligi bilan baholanadi
[3]. Ozuqalarning to‘yimliligini, uning sifatini har xil usullarda aniqlash mumkin.
Ozuqa birligi Markaziy Osiyo Davlatlari hududida 1922-yili qabul qilinib, shu
davrgacha ishlab chiqarishda va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilib kelinmoqda. Bir
ozuqa birligi 1 kg quruq suli donining to‘yimligiga tenglashtirilgan. Ammo suli
to‘yimligi bo‘yicha barcha ozuqalarning to‘yimliligini aniqlash usuli bilan to‘la
ma’lumotga ega bo‘lish mumkin emas. Shuning uchunchorva ozuqalari kimyoviy
tahlildan o‘tkazilishi lozim. Kimyoviy tahlilda albatta, oqsil, yo‘g, karbon suvlari
aniqlanadi. Zamonaviy ozuqa birligi esa bu quvvat birligidir. Buni aniqlash uchun
oqsil, yo‘g‘, karbon suvlari quvvati aniqlanadi va shunga ko‘ra maxsulotning ozuqa
quvvatiga baho beriladi.
Oqsilning
sifati
uning
tarkibidagi
aminokislotalar
turiga
bog'liq.
Almashinmaydigan aminokislotalar guruhiga lizin, triptofan, leytsin va boshqalar
kiradi. Bu aminokislotalar hayvon organizmida bo‘lmaydi, shuning uchun bu
moddalar ozuqalarda bo‘lishi kerak, aks holda modda almashinuvi buziladi,
chorvalarning mahsuldorligi pasayadi[4].
Shu bilan birgalikda hayvon ozuqasi tarkibida mineral moddalarning mavjudligi
|
| |