|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 91/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
102
fermentlar hosil qiladi. Mikroelementlar, vitaminlar bilan birgalikda biologik aktiv
moddalar guruhini tashqil etadi.
Temir - uning 90% hayvon organizmida xar hil oqsillar bilan birikkan holda bo‘ladi,
uning 50 % qon gemoglabinida, 20% taloqda, jigarda, buyrakda va orqa miya oqsili
ferritin shaklida uchraydi. Kupgina fermentlar tarkibiga kiradi. Organizmda siderfilin
oqsili yordamida organ va to‘qimalarga tashiladi. Gemoglobin metobolizimida
ajralgan temir yana qaytadan tarkibida temir saqlovchi oqsillar sintez bo‘lishida
ishtirok etadi. SHuning uchun temirga bo‘lgan talabning 10 % ozuqa orqali
ta’minlanadi. Ratsionda temir moddasining me’yordan ko‘p bo‘lishi ozuqadagi
proteindan foydalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Barcha qishloq xo‘jalik hayvonlarining ratsiondagi quruq moddaning 1 kg
hisobiga 50 mg temir talab qilinadi[7].
Mis - bu modda gemoglobinning hosil bo‘lishi uchun zarur. Mis gemoglobin
tarkibiga kirmaydi, ammo qizil qon tonachalari tarkibida bo‘lib, qon aylanishida ularning
aktivligini oshiradi. Hayvon organizmining barcha to‘qimalarida uchraydi, ayniqsa
jigarda ko‘p bo‘lib unda zaxira sifatida to‘planadi. Mayin jun beruvchi qo‘y
zotlarida mis yetishmaganda junining jingalaklanishi buziladi.
Kobaltning fiziologik ro‘li vitamin B
12
aniqlangandan keyin ma’lum bo‘ldi.
CHunki kobalt bu vitaminning (4,5%) tarkibiga kiradi. Kobalt yetishmaganda
qoramollarda va qo‘ylarda akoboltoz yoki suxotka kasalligiga chalinadi. Kasallik
darmonsizlikdan boshlanadi, mahsuldorlik pasayadi, jinsiy funksiya buziladi, kam
qonlik bo‘ladi va ozib ketadi. Kobalt yetishmaganda kavshovchi hayvonlar
ratsioniga kobalt sulfitini qo‘shib berish mumkin[8].
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda Farg‘ona viloyati
Uchko‘prik tumanida joylashgan “Dilnoza-Dilshoda” fermer xo‘jaligida, bir xil
sharoitda yetishtirilgan soya va zig‘ir o‘simliklarining poyalari o‘rganish uchun
tadqiqot obekti sifatida tanlab olindi. Poyalardan urug‘lari ajratib olinib, qoldiq
poyalar analiz uchun tayyorlandi.
Ozuqa uchun eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan oqsil miqdori
aniqlandi. Oqsil miqdorini aniqlashda Keldal usulidan foydalanildi. Bu usulning
mazmuni, azot miqdorini aniqlash orqali umumiy oqsil miqdorini hisoblashdan
iborat. Usulning mohiyati namunadagi organik moddalarni kontsentrlangan sulfat
kislotasi yordamida gidroliz qilib (oqsil tarkibidagi amin guruhlarini ) ammoniy
sulfat tuzlarini hosil qilishdan iborat.
|
| |