|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 90/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
101
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga hayvon organizmidagi to‘qimalarda 40 ga yaqin
mineral moddalarning aniqlangani asos bo‘la oladi. Ammo aniqlangan minerallardan
15 tasi fiziologik faoliyat uchun zarurligi aniqlangan, bundan tashqari to‘liq
o‘rganilmagan elementlar ham mavjud: bularga ftor, brom, bariy va stransiy
elementlari kiradi[5].
Mineral moddalar ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Makroelementlar - kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, xlor, magniy va olingugurt.
2. Mikroelementlar - temir, rux, mis, marganets, kobalt, molibden va selen.
Ayrim turdagi elementlarning yetishmasligi chorva organizmlarida fiziologik
funksiyalarning buzilishiga olib keladi. Masalan: temir, kobalt elementlaridan birontasi
yetishmasa gemoglabinning sintezlanishi keskin kamayib ketadi. SHuning uchun
hayvonlar ratsioniga qo‘shimcha xolda mineral moddalarni ayniqsa mikroelement
tuzlarini qo‘shishda juda extiyotkorlik talab etadi. Mis, ftor, selen, molibden
ozuqada me’yordan ziyod tushsa organizmni zaxarlaydi, ayrim xollarda chorvaning
nobud bo‘lishiga olib keladi.
Kalsiy barcha elementlarga nisbatan organizmda ko‘p saklanib uning 99% suyak va
tishda bo‘ladi. Suyak kuli 38% Ca, 17% P va 1% Mn saqlaydi.
Fosfor - organizmda mavjud fosforning 80% suyakda va tishda bo‘ladi, qolgan 20%
fosfoproteid, nuklein kislotasi va fosfolipidlar tarkibida uchraydi. Bu element uglevod va
energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Organizmda fosforning almashinuvi kalsiy
almashinuvi bilan bog‘liqdir. Ular yetishmaganda yosh hayvonlarda raxit kassaligi, katta
yoshdagilarda esa osteomalyasiya vujudga keladi.
Kaliy, natriy, xlor. Bu elementlarning boshqa elementlardan saqlanishidagi farqi
shundan iboratki ular tananing suyuq qismida va yumshoq to‘qimalarida bo‘ladi.
Osmotik bosimning normal bo‘lishida qon va limfaning aktiv reaksiyasining
boshqarilishida va organizmda suv boshqarilishida ishtirok etadi.
Magniy - hayvon organizmida modda almashinuvida magniy, kalsiy va fosfor bilan
uzviy bog‘liq bo‘ladi. Yosh o‘suvchi buzoqlar faqat sut bilan oziqlantirilganda,
organizmlarida magniyning etishmasligi kuzatiladi, ayniksa bu element suyak, qon
zardobida kamayib ketib tetoniya kasalligiga olib kelib, o‘lim bilan tugashi
kuzatiladi [6].
Ozuqa tarkibida mikroelementlar juda kam miqdorda uchrab muhim fiziologik
ro‘lni bajaradi.
Vitaminlarga o‘xshab ayrim mikroelementlar oqsillar birikmasida uchrab maxsus
|
| |