31
2-jadval
Kodlar kitobidan olingan na’muna
Ochiq matn
Shifrmatn
Februar
13605
fest
13732
finanzielle
13850
folgender
13918
Frieden
17142
Friedenschluss
17149
⋮
⋮
Masalan, “Februar” so’zini shifrlash uchun butun so’z 5-simvolli kod so’z
13605 bilan almashtirilgan. Kodlar kitobi
shifrlash uchun, deshifrlash uchun esa kod
so’zlar ustuni bo’yicha tartiblangan kod so’zlar kitobidan foydalanilgan. Kod so’zlar
kitobi o’rniga qo’yish akslantirishiga asoslangan bo’lib, bunda bir simvol
emas balki
butun so’z, ba’zida esa butun ibora o’rniga kod so’z qo’yilgan.
2-jadvalda keltirilgan kod so’zlar mashhur Zimmermann telegrammini
shifrlash uchun foydalanilgan. 1917 yil
birinchi jaxon urushi davrida, Germaniya
tashqi ishlar vaziri Artur Zimmerman Germaniyaning Meksikadagi elchisiga
shifrlangan ko’rinishdagi telegramma yuboradi. 10-rasmda keltirilgan shifrlangan
xabar Britaniyaliklar tomonidan tutib olinadi. Bu vaqtda Britaniya va Fransiya
Germaniya bilan urush va AQSh bilan betaraf holatida edi.
10-rasm. Zimmerman telegrammi
32
Ruslar Nemislarning kodlar kitobini
zararlangan versiyasini tiklab, uni
Britaniyaga yuboradi. Murakkab tahlillardan so’ng, Britaniyaliklar Zimmerman
telegrammi yozilgan vaqtidagi kodlar kitobining bo’shliqlarini to’ldirishadi va uni
deshifrlashadi. Telegrammda aytilishicha, Germaniya hukumati
cheklanmagan
suvosti urushi boshlashni rejalashtirayotgani va bu AQSh bilan urushga olib kelishi
mumkinligi haqida mulohazalar borligi bayon etilgan. Shu sababli, Zimmerman o’z
elchisiga Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo’lishga
undashi kerakligini aytadi. Xususan, Meksikani Texas, Yagni
Meksika va Arizona
shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma
oshkor bo’lgandan so’ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turadi. Shundan so’ng,
AQSh urushga kiradi. Zimmerman telegrammini to’liq deshifrlangan ko’rinishi 11-
rasmda keltirilgan [22].
11-rasm. Zimmerman telegrammining deshifrlangan ko’rinishi
Download