• 2-TXKda bajariladigan nazorat, mahkamlash va rostlash ishlari
  • Ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish (2-TXK)




    Download 261.02 Kb.
    bet4/5
    Sana03.05.2023
    Hajmi261.02 Kb.
    #55996
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Qolgan mavzular
    Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
    Ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish (2-TXK)
    2-TXK vaqtida 1-TXK hajmidagi barcha ishlar bajariladi va qo’shimcha ravishda 2- tashhis qo’yishda aniqlangan ishlar amalga oshiriladi.
    2-tashhis qo’yish ishlari 1-TXK dan 1-2 kun oldin bajariladi. 2-tashhis qo’yish tugagandan so’ng nosozliklari aniqlangan avtomobil, agar bu nosozliklarni bartaraf etish hajmi katta bo’lsa, joriy ta’mirlashga yuboriladi.
    2-TXK rostlash va joriy ta’mirlash ishlari bilan birga bajarish maqsadga muvofiqdir.


    2-TXKda bajariladigan nazorat, mahkamlash va rostlash ishlari:

    • Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasini rostlagichi, ventilyatori, tsilindrlar bloki, dvigatel karter tagligi, ilashish mexanizmi, radiator jamlamasi mahkamlanganligi tekshiriladi va aniqlangan nosozliklar bartaraf etiladi. Klapan mexanizmidagi tirqishlar aniqlanadi va rostlanadi.

    • Dvigatelni ta’minlash tizimi, sovitish tizimi va moylash tizimining jipsligi, karbyurator, drossel va havo to’siqlari yuritmasi, yonilg’i nasosi, moy va yonilg’i filьtrlari, purkagichlar, yonilg’i uzatilishi, dvigatel to’xtashini boshqarish mexanizmining sozligiga ishonch hosil qilinadi. Agar zarurat bo’lsa, nosozliklar bartaraf etiladi;

    • Startyor, generator va rele-rostlagich tekshiriladi va mahkamlanadi. Generator yuritma tasmasining tarangligi rostlanadi. 25-30 ming km yo’l bosilgandan keyin generator va startyor olinadi, cho’tkalar, kollektor, podshipniklar holati tekshiriladi, yeyilgan detallar almashtiriladi va generator hamda startyor stendda yuklanishi ostida sinab ko’riladi;

    • O’t oldirish svechalari burab olinadi, qurimdan tozalanadi, elektrodlar orasidagi tirqish rostlanadi va svechalarning ishlashi 202 p asbobi yordamida tekshiriladi. Uzgich-taqsimlagich olinadi, kontaktlari ko’zdan kechiriladi, ular orasidagi tirqish rostlanadi, uzgich-taqsimlagich vali, to’qmoqcha uchi, mushtchali vtulka moylanadi va uzgich-taqsimlagichning yeyilishi. SP3-8M asbobida tekshiriladi;

    • Dvigatelning ishga oson tushish holati tekshiriladi. Salt yurishning eng kam aylanishlar soni rostlanadi;

    • Ilashma tepkisining erkin va to’liq yo’li, tepkini orqaga tortish prujinasining ishlashi tekshiriladi, zarur bo’lsa, rostlanadi;

    • Uzatmalar qutisining holati va jipsligi, masofadan boshqarish mexanizmining ishlashi tekshiriladi, sapun tozalanadi. Gidromexanik uzatmada zalotniklarni boshqarish mexanizmi rostlanadi, tizimdagi moy bosimi tekshiriladi va rostlanadi;

    • Kardanli uzatma sharniri, shlitsali birikma va oraliq tayanch podshipniklaridagi lyuft o’lchanadi;

    • Ketingi ko’prik karteri birikmalari jipsligiga ishonch hosil qilinadi, reduktor va g’ildirak uzatmalari mahkamlanadi, sapun tozalanadi;

    • Rul chambaragi, rul kolonkasi, rul mexanizmi, burilish tsapfalari richaglari, rul boshqarmasi yuritmasi, kardanli val sharli barmoqlari mahkamligi tekshiriladi va zarur bo’lsa mahkamlanadi. Rul boshqarmasidagi lyuft, rul tortqilari, sharnirlaridagi lyuft, burilish tsapfalari shkvorenli birikmalardagi lyuft, old g’ildiraklarni o’rnatish va muvozanatlash burchaklari tekshiriladi. Zarur bo’lsa, rul boshqarmasining lyufti rostlanadi, rul tortqilari sharnirlari va shkvorenlar almashtiriladi, old, g’ildiraklarning yaqinlashuvi rostlanadi, g’ildiraklar muvozanatlanadi:

    • Tormoz yuritmasi, asosiy tormoz silindri, tormoz tizimi kuchaytirgichi, mahkamlanganligi tekshiriladi va mahkamlash ishlari bajariladi;

    • G’ildirak gupchaklari tormoz barabanlari bilan birga olinadi va tormoz kolodkacining ustquymalari, kolodkalarni tortish prujinalari, tayanch disklar, g’ildirak podshipniklarining holati tekshiriladi. G’ildirak gupchaklari o’rnatiladi va podshipniklarning tarang o’tkazilishi, g’ildirak barabanlari bilan tormoz ustquymalari orasidagi tirqish rostlanadi. Tormoz tizimining gidravlik yuritmasi tizimiga havo kirib qolgan bo’lsa, tizimdan chiqarib yuboriladi va gidrovakuumni ishlashi, to’xtatib turish va yuritmasining sozligi tekshirib ko’riladi;

    • Oldingi va ketingi ko’priklarda nuqsonlar yo’qligiga ishonch hosil qilinadi. Rama holati tekshiriladi. Ressor varaqlari, amortizatorlar, reaktiv shtanga va balansirlar mahkamlanadi;

    • Kabina, platforma, shinalar, qanotlar, loy surtkichning mahkamligi tekshiriladi. Zarurat bo’lsa, mahkamlash ishlari bajariladi.




    Download 261.02 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 261.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish (2-TXK)

    Download 261.02 Kb.