shifrovka qilish jarayoni kalit m a’lum bo‘lganida
shifr gammasini
qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirish-
dan iborat.
Shifrlangan m a’lumotlar vektorini matritsaga ko‘paytirishni
qo‘llashda shifrlangan matn bir bayt uzunlikdagi
vektorlarga
ajratiladi va har bir vektor kvadrat matritsa
ga ko‘paytiriladi va
shifrlangan vektorlar shakllantiriladi:
f ' = / M 4
Bu usulning asosiy afzalligi sifatida uning m a’lumotlar ishla-
nishining turli jabhalaridagi moslanuvchanligini ko‘rsatish mumkin.
Har bir vektor alohida shifrlanganligi sababli m a’lumotlar
blokini
uzatish va dasturlangan ma’lumotlardan ixtiyoriy foydalanish
imkoniyati tug’iladi. Ushbu usulni apparat yoki dasturiy usulda
amalga oshirish mumkin.
Rasshifrovka qilish jarayonida shifrlangan
f ’ vektorlami
lM -1 j
teskari matritsa '
“ 'ga ko’paytiriladi.
Kombinatsiyalangan usullaming yuqori
samaradorligiga uning
ikkala bosqichini apparat usulda amalga oshirish orqali erishish
mumkin. Ammo bu uskuna xarajatlarining jiddiy oshishiga olib ke-
ladi. Dasturiy usulda amalga oshirilishida esa m a’lumotlami shifr-
lash va rasshifrovka qilish vaqti oshib ketadi. Shu sababli kombinat
siyalangan usullami
apparat-dasturiy usulda, ya’ni usulning bir bos-
qichi apparat usulda, ikkinchi bosqichi dasturiy usulda amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.